O'SPIRINLIK DAVRIDA MUSTAQIL KASBIY MALAKALARNI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK OMILLARI
Aliyeva Xonzodabegim Furqatbek qizi
Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti lbosqich magistranti. Pedagogika va
Annotatsiya Ushbu maqolada o'spirinlik йауггйа mustaqil kasbiy таШкаШгт shakllantirishning psixologik отШап haqida so'z boradi. Maqola davomida kasbiy ко'ткта hamda таШкаШгт shaкllantirish иекип тиЫт Ьо'^ап metodlar va иШгт qo'llash тиПап yoritib berilgan.
КаШ so'zlari: psixologik отИ, kasb, metod, таИка, о^ртпМк davri, motivatsiya ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ФАКТОРЫ ФОРМИРОВАНИЯ САМОСТОЯТЕЛЬНЫХ ПРОФЕССИОНАЛЬНЫХ НАВЫКОВ В ПОДРОСТКОВОМ ВОЗРАСТЕ
Аннотация. В данной статье рассматриваются психологические факторы формирования самостоятельных профессиональных навыков в подростковом возрасте. В статье описаны методы и приемы, важные для формирования профессиональных навыков и компетенций.
Ключевые слова: психологический фактор, профессия, метод, квалификация, подростковый возраст, мотивация.
Abstract. This article discusses the psychological factors in the formation of independent professional skills during adolescence. The article describes the methods and techniques that are important for the formation of professional skills and competencies.
Keywords: psychological factor, profession, method, qualification, adolescence, motivation
Osmirlikdan keyingi navbatdagi bosqichni o'spirinlik davri deb bir bosqich hisoblashimiz ham mumkin, lekin hozirgi kopchilik psixologlar klassifikatsiyasi boyicha ikki bosqichga ajratishimiz ham mumkin. Bu davrda o'quvchi jismonan baquvvat, oqishni tugatgach mustaqil mehnat qila oladigan, oliy maktabda ozini sinab ko'radigan imkoniyatga ega boladi. Mazkur davrning yana bir xususiyati-mehnat bilan ta'lim faoliyatining bir xil ahamiyat kasb etishidan iborat. Ijtimoiy hayotda faol qatnashish, ta'lim xarakterining o'zgarishi, yigit va qizlarda ilmiy dunyoqarash, barqaror e'tiqodning shakllanishiga, yuksak insoniy xis-tuyg'uning vujudga kelishiga, bilimni o'zlashtirishga ijodiy yondoshuv kuchayishiga olib keladi.
Hayotda oz ornini topishga intilish kasb-hunar o'rganish, ixtisoslikni tanlash, istiqbol rejasini tuzish, kelajakka jiddiy munosabatda bolishni keltirib chiqaradi. Biroq bu davr kuch-g'ayrat, shijoat, qahramonlik ko'rsatishga urinish, jamoat, jamiyat va tabiat hodisalariga romantik munosabatda bolish bilan boshqa yosh davrlaridan keskin farqlanadi. Ilk ospirinning psixik rivojlanishini harakatga keltiruvchi kuch jamoat tashkilotlari, maktab jamoasi, ta'lim jarayoni ko'yadigan talablar darajasining oshishi bilan u erishgan psixik kamolot o'rtasidagi
psixalogiya yo'nalishi https://doi.org/10.5281/zenodo.6727272
PSYCHOLOGICAL FACTORS OF THE FORMATION OF INDEPENDENT PROFESSIONAL SKILLS IN ADOLESCENCE
KIRISH
SCIENCE AND INNOVATION 2022
№ 3
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
ziddiyatlardir. Turli qarama-qarshiliklar, ziddiyatlar o'spirinning ahloqiy, aqliy, estetik jihatdan tez osishi orqali bartaraf qilinadi.
Ilk o'spirinlik yoshidagi etakchi omil yuqori sinf o'quvchisi faoliyatining xususiyati, mohiyati va mazmunidagi tub burilishdir. Ospirinlarda avvalo ozini anglashdagi siljish yaqqol kozga tashlanadi. Bu xol shunchaki o'sishni bildirmaydi. Ospirinda ozining ruhiy dunyosini, shaxsiy fazilatlarini, aql-zakovatini, qobiliyati hamda imkoniyatini aniqlashga intilish kuchayadi. Bu yoshdagi o'quvchilarning ozini anglashga aloqador xususiyatlari mavjud. Ular avval, ozlarining kuchli va zaif jihatlarini, yutuq va kamchiliklarini, munosib va nomunosib qiliqlarini aniqroq baholash imkoniyatiga ega bo ladilar. O spirin o smirga qaraganda o z ma'naviyati va ruhiyatining xususiyatlarini tolaroq tasavvur eta olsa ham, ularni oqilona baholashda kamchiliklarga yo'l qo'yadi. Natijada u oz xususiyatlariga ortiqcha baho berib, manmanlik, takabburlik, kibrlanish illatiga duchor bo'ladi, sinf va pedagoglar jamoalarining a'zolariga g'ayritabiiy munosabatda bola boshlaydi. Shuningdek, ayrim o'spirinlar oz hatti-harakatlari, aqliy imkoniyatlari va qiziqishlariga past baho beradilar va o zlarini kamtarona tutishga intiladilar. Osmirlik yoshidagi boladan yana bir xususiyat-murakkab shaxslararo munosabatlarda aks etuvchi burch, vijdon xissi, oz kadr-qimmatini e'zozlash, sezish va faxmlashga moyillikdir. Masalan, o'spirin yigit va qiz sezgirlik deganda nozik, nafis xolatlarning farqiga borish, zaruratni anglash, xolisona yordam uyushtirishni, shaxsning nafsoniyatiga tegmasdan amalga oshirishni tushunadi. Ospirin ozining ezgu niyatini baholashda jamoada o z o rnini belgilash nuqtai-nazaridan yondoshadi, chunonchi, «o zim tanlagan mutaxassislikka yaroqlimanmi?», «Jonajon Respublikamga, ota-onamga munosib farzand bola olamanmi?», «Jamiyatning taraqqiyotiga oz ulushimni qosha olamanmi?» degan savollarga javob qidiradi. Oquvchida ozining fazilati to'g'risida yaqqol tasavvur hosil qilish uchun o'qituvchi unga juda ustalik, ziyraklik bilan yordam berishi lozim. Shundagina jamoada ustozga, do'stlariga chuqur xurmat, minnatdorchilik tuyg'ulari uyg'onadi.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Ospirin o'quvchida ozini anglash zamirida oz-ozini tarbiyalash istagi tug'iladi va bu ishning yo'llarini topish, ularni kundalik turmushga tadbiq qilish ehtiyoji vujudga keladi. Ozlariga ma'qul ma'naviy-psixologik qiyofaga ega bo'lish uchun oqilona o'lcham, mezon, vazifalarni bajaruvchi barkamol, mukammal timsol, namuna, yuksak orzu tasvirini qidiradilar. Ospirinda ideallar bir necha korinishda namoyon bo lishi va aks etishi mumkin. Masalan, ular taniqli kishilarning qiyofalari, badiiy asar qahramonlari timsolida ozlarida yuksak fazilatlarni gavdalantirishni orzu qiladilar. Bu orzular mazmun jihatidan ospirin yigitlar va qizlarda farq qilishi mumkin. Masalan, qizlar kopincha mehnatkash ayolning, jozibali, nazokatli, iboli, iffatli jamoat arbobining, badiiy asar qahramonining xususiyatlari mujassamlashgan qiyofalarini ideal darajaga kotaradilar. Ammo ayrim o'quvchilar tarixiy shaxslarning, masalan, baquvvat yo'lto'sar, xiylagar quv josus va boshqalarning salbiy sifatlariga taklid qilishga ham moyil bo ladilar. Kuzatishlar va hayot tajribalarining ko rsatishicha, ba'zi xollarda ilk o spirinlar ozlarini qorqmas, jasur qilib korsatishga, noorin harakatlarga moyil boladilar. Ilk ospirinlar ma'naviy xislatlarga, ahloqiy mezonlar mohiyatiga jiddiy munosabatda boladilar. Masalan, burch, vijdon, g'urur, qadr-qimmat, faxrlanish, ma'suliyat, or-nomus kabi tushunchalarni chuqur tahlil qila oladilar. Lekin hammalari emas. ahloqiy ma'naviy qarashlar, tasavvurlar shakllanishi uchun pedagoglar sog'lom muxit yaratish, barqaror shaxsni tarkib toptirish uchun
SCIENCE AND INNOVATION 2022
№ 3
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
doimo izlanishlari zarur. Ayrim munozarali tadbirlar puxta o'ylab tashkil qilinishi, ayrim chet el filmlari muxokamasi shular jumlasiga kiradi. Ijtimoiy hayotda uchraydigan yaramas yurish-turishlarga, illatlarga zarba berish pedagoglar jamoasining muhim vazifasi hisoblanadi. Ospirinlarda balog'atga etish tuyg'usi takomillashib borib ozining ornini belgilash va ma'naviy dunyosini ifodalash tuyg'usiga aylanadi. Bu hol uning ozini alohida shaxs ekanligi, oziga xos xislatini tan olinishini istashida aks etadi. TADQIQOT NATIJALARI
Psixolog K.K.Platonov "Kasb tanlashga yo'naltirish uchburchagi" sxemasini ishlab chiqib u o'zining ixchamligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Xuddi shu bois kasb tanlashga yo'llashda undan unumli foydalanish mumkin.
Kasb tanlashga yo'naltirish uchburchagining muhim tomoni bu har xil kasb hunar egasiga nisbatan quyiladigan talablar yuzasidan muayyan bilimning mavjudligidir. Uning ikkinchi bir xususiyatli tomoni shuki u yoki bu mutaxassislikka nisbatan jamiyatning mehnat imkoniyatiga ehtiyoji bo'yicha bilimlar mujassasmlashganligidir. Yana bir o'ziga xos tomoni shundan iboratki kasbga yo'naltiruvchining qunti qobiliyati shaxsiy xususiyatlari bo'yicha bilimlar umumlashtirilgan bo'lib kasb tanlashga oid barcha jihatlar majmua holiga keltirilgandir.
Kasb tanlashga yo'naltirilgan uchburchagi shaxsning qiziqishi mayli xohishi o'zini o'zi baholashi nufuzi kabilarga oid materiallarni o'zida mujassasmlashtiradi.
V.A.Krutetskiy o'spirinlarda uchrash mumkin bo'lgan motivlardan quyidagilarni alohida ta'kidlab o'tadi:
-biror o'quv faniga nisbatan o'spirinning qiziqishi.
-vatanga foyda keltirish istagi
-shaxsiy qobiliyatini ro'kach qilib ko'rsatish
-oilaviy an'analariga rioya qilishi
-do'stlari va o'rtoqlaridan o'rnak olganligi
-ish joyining va o'quv yurtining uyga yaqinligi
- moddiy ta'minlanganlik
- o'quv yurti ko'rinishining chiroyliligi yoki unga joylashishining osonligi singari motivlardir.
Psixolog Ye.A.Klimov tomonidan o'spirinlarda kasb tanlash jarayonida uchraydigan xatoliklarni quyidagilar deb ajratib ko'rsatadilar:
-biror bir kasbning nufuzli ekanligiga asoslanish -kasbga uzoq va noaniq tasavvurga binoan baho berish
-biror kasb egasi bo'lmish kishiga nisbatan ijobiy yoki salbiy munosabatda bo'lishni tegishli kasbga ko'chirish
-kasbning oddiy kundalik tomonini nazar pisand qilmasdan uning tashqi tomoniga sirtiga mahliyo bo'lish
-o'rtoqlarining ta'siri ostida kompaniya uchun kasb tanlash va boshqalar. MUHOKAMA
V.SHubkin qiziqarli ma'lumotlarni keltirb o'tadi ma'lum bo'lishicha maktabni bitirib chiqayotgan yoshlar fizik radiomutaxassis matematik uchuvchi geolog vrach adabiyot va san'at xodimi kasblarini juda yuqori baholar ekanlar. Xizmat ko'rsatish sohalariga oid kasblarning sotuvchilar umumiy ovqatlanish kommunal korxonalar xodimlari tikuvchilar shuningdek
hisobchilik ish yurituvchilik buxaterlik kasblarining mavqei juda past ekan. G.Kulagin ham maktabni bitirib chiqayotganlar orasida turli kasblarning qanday mavqeiga ega ekanligi haqida yorqin ma'lumotlar keltiradi. Ana shu yoshlar 80 ta kasbni muhimligiga qarab quyib chiqqanligini ko'rishimiz mumkin unga ko'ra tokar va usta kasblarini 39-40 o'ringa quygan bo'lsalar ayrimlari 75-76 o'ringa quyishgan.
Kasbiy niyatlarning barqarorligini o'rganish maqsadida N.I.Krilov o'tkazgan tekshirish shuni ko'rsatadiki hatto o'z niyatlarini amalga oshirib oliy o'quv yurtiga kirgan talabalar orasida ham ko'plari o'zlarining kim bo'lishlarini oxirigacha hal qilmaganlar. Bunga sabab maktabni bitirgan yoshlarini mazkur oliy o'quv yurtiga olib kelgan kasb haqidagi tasavvur bilan bu kasbning haqiqiy amaliy mazmuni o'rtasidagi nomuvofiqlikdir. Ko'plari mazkur oliy o'quv yurtiga tasodifan kirgan bo'ladilar otam ham vrach bo'lgani sababli kirdim, o'rtog'im kirayotgani sababli kirdim chunki bu yerga kirish osonroq bo'ldi va hokazo.
A.V.Darinskiy yoshlarni oliy ma'lumot olishning ijobiy tomonlari bilan birga salbiy tomonlari ham mavjudligini ko'rsatib o'tadilar.
-ilk o'spirin o'zlari tanlagan oliy o'quv yurtga kirish uchun imtihon topshiradigan 3-4 ta fanni chuqur o'rganishni mo'ljallaydilar xolos. Boshqa fanlarni o'rganishga vaqt sarflash oqilona va samarali ish deb hisoblanmaydi uch baho olinsa bo'lgani.
-tanlagan fanlarini o'rganish ham to'g'ri ko'rsatib o'tilganidek oliy o'quv yurtiga kirish imtihonlari topshirish talablariga mos keladigan pragmatik xarakterga ega bo'ladi.
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, o'spirin yoshlarda mustaqil kasbiy malakalarni shakllantirish uchun birinchi navbatda oilaning o'rni muhim. Oiladagi muhit unga ijobiy va salbiy ta'sir qilishi mumkin. Ikkinchidan, do'stlar davrasi. O'spirinning atrofida qaysi sohaga qiziquvchi tengdoshlari ko'p bo'lsa va ular yetarlicha bilim-ko'nikmaga ega bo'lsalar, ijobiy ta'sir qilmasdan qolmaydi.
XULOSA
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Goziev E. Psixologiya. T.1994.
2. Krutetskiy V.A. Psixologiya obucheniya i vospitaniya shkolnikov.M.1976
3. Kazakov V. G. Psixologiya. M.1989.
4. Yosh va pedagogik psixologiyadan praktikum. T.1991.