Научная статья на тему 'O‘SMIRLIK DAVRIDA HAYOTIY BARQARORLIK SHAKLLANISHINING O‘ZIGA XOSLIGI'

O‘SMIRLIK DAVRIDA HAYOTIY BARQARORLIK SHAKLLANISHINING O‘ZIGA XOSLIGI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
43
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
hayotiy barqarorlik / o‘smirlik davri / component / ishtirok etish / nazorat qilish / tavakkal qilish

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Saboxiddinova Shahnoza Xojiakbar Qizi, Abdusattorova Malika Olim Qizi, Anvarova Maftuna Ibrohim Qizi

Mazkur maqola o‘smirlarda hayotiy barqarorlik shakllanishining psixologik xususiyatlarini o‘rganishga qaratilgan tadqiqot ishining natijalari asosida yozilgan. Maqola muallifi tomonidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida O‘zbekistonlik o‘smirlarda hayotiy barqarorlik va uning komponentlari qay darajada shakllanganligi, shuningdek, uning psixologik tahlili yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘SMIRLIK DAVRIDA HAYOTIY BARQARORLIK SHAKLLANISHINING O‘ZIGA XOSLIGI»

O'SMIRLIK DAVRIDA HAYOTIY BARQARORLIK SHAKLLANISHINING O'ZIGA XOSLIGI

Saboxiddinova Shahnoza Xojiakbar qizi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlatpedagogika universiteti

Psixologiya kafedrasi o'qituvchisi Talabalar: Abdusattorova Malika Olim qizi, Anvarova Maftuna Ibrohim qizi

Annotatsiya: Mazkur maqola o'smirlarda hayotiy barqarorlik shakllanishining psixologik xususiyatlarini o'rganishga qaratilgan tadqiqot ishining natijalari asosida yozilgan. Maqola muallifi tomonidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida O'zbekitfonlik o'smirlarda hayotiy barqarorlik va uning komponentlari qay darajada shakllanganligi, shuningdek, uning psixologik tahlili yoritilgan.

Tayanch so'zlar: hayotiy barqarorlik, o'smirlik davri, component, ishtirok etish, nazorat qilish, tavakkal qilish.

ОСОБЕННОСТИ ФОРМИРОВАНИЯ ЖИЗНЕСТОЙКОСТИ В

ПОДРОСТКОВЫЙ ПЕРИОД

Сабохиддинова Шахноза Ходжиакбар кизи

Преподаватель кафедры психологии Ташкентского государственного педагогического

университета имени Низами Студенти: Абдусатторова Малика Олим кизи, Анварова Мафтуна Ибрoxим кизи

Аннотация: Данная статья написана на основе результатов исследовательской работы, направленной на изучение психологических особенностей формирования жизнестойкости у подростков. На основании результатов исследования, проведенного автором статьи, освещена степень сформированности жизнестойкости и ее компонентов у узбекских подростков, а также ее психологический анализ.

Ключевые слова: жизнестойкость, подростковый возраст, компонент, вовлеченность, контроль, принятие риска.

FEATURES OF BUILDING RESILIENCE IN ADOLESCENCE

Saboxiddinova Shahnoza Xojiakbar qizi

Lecturer, Department of Psychology, Tashkent State Pedagogical universitety named after Nizami Students: Abdusattorova Malika Olim qizi, Anvarova Maftuna Ibrohim qizi

Annatation: This article is written on the basis of the results of a research work aimed at Undying the psychological characteri&ics of the formation of hardiness in

- 415 -

adolescents. Based on the results of the tfudy carried out by the author of the article, the extent to which hardiness and its components are formed in adolescents from Uzbeki&an is covered, as well as its psychological analysis.

Key words: hardiness, adolescence, component, commitment, control, challenge.

Hayotiy barqarorlik insonning ijtimoiy va madaniy muhitning yomonlashayotgan sharoitida yashashga, shaxsga aylanish, hayotiy qarashlarning ma'nosini shakllantirish, o'zini namoyon etish, o'zlikni topish, o'z salohiyati va ijodiy imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishni anglatadi, shuningdek, inson atrof-muhitni o'zgartiradi, uni yo'q qilmasdan hayot uchun yanada qulayroq qiladi. Hayotiy barqarorlikning uch komponenti bo'lib, ular ishtirok etish, nazorat qilish hamda tavakkal qilishdan iborat.

Hayotiy barqarorlik komponentlari bolalik va qisman o'smirlik davrida rivojlanadi, lekin ularni keyinchalik ham rivojlantirish mumkin. Ularning rivojlanishi ota-ona va farzandlar o'rtasidagi munosabatlarga juda bog liq. Xususan, ota-onalar tomonidan farzandni qabul qilinish va qo'llab-quvvatlash, muhabbat va maqullash ishtirok etish komponentini rivojlanishi uchun muhim hisoblanadi. Nazorat komponentining rivojlanishi uchun bolaning tashabbusini qo'llab-quvvatlash, uning imkoniyatlari darajasidan tobora ortib murakkablashib borayotgan vazifalarni uddalash i&agi muhim ahamiyatga egadir. Tavakkal qilish komponentini rivojlantirish uchun muhitning turfa xilligi, o'zgaruvchanligi, taasurotlarga boyligi muhimdir.

S.Maddi &ressli vaziyatlarda sog'liqni saqlash va faoliyatni saqlab qolgan holda optimal darajada ishlash uchun uch komponentni alohida ifodalashni muhimligini takidlaydi. Hayotiy barqarorlik tarkibidagi uch komponentdan har birining individual farqlari, ularning bir-biriga va umumiy hayotiy barqarorlikning o'lchoviga muvofiqligi zarurligi haqida gapirishimiz mumkin.

O'smirlarda hayotiy barqarorlikning psixologik xususiyatlarini o'rganish maqsadida Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 102-sonli umumiy o'rta talim maktabi hamda Toshkent viloyati Zangiota tumani 14-sonli umumiy o'rta talim maktabining 7 va 9-sinf o'quvchilarida tadqiqot ishini olib bordik. Tadqiqot metodikalari sifatida Salvatore Maddi "Hayotiy barqarorlik" metodikasining moslashtirilgan variantidan foydalanildi.

Mazkur metodikalar 7-9 sinf o'quvchilari jami 211 ta o'smirlarda o'tkazildi. Har bir o'smirga metodikalar to'plangan tayyor tarqatma blanki berildi va olingan metodikalar natijalarining miqdor va sifat tahlili asosida o'rganildi.

Mazkur metodika 45 ta savol va 4 ta subshkala: hayotiy barqarorlikning tarkibiy qismi bo'lgan uch komponent - ishtirok etish, nazorat, tavakkal qilish shkalasi hamda umumiy hayotiy barqarorlik ko'rsatkichidan iborat. Ushbu metodika orqali olingan malumotlar miqdor va sifat jihatdan tahlil qilindi, uning natijalari quyidagi jadval va diagramma shaklida keltirildi:

O'smirlarda hayotiy barqarorlikning shakllanganlik darajasi

Natijalar o'rtacha hisobida Toshkent shahri Toshkent viloyati

7-sinf o'quvchilari 9-sinf o'quvchilari 7-sinf o'quvchilari 9-sinf o'quvchilari

Ishtirok etish 30 31,1 29,85 31,48

Nazorat qilish 27,68 28,98 29,1 29,5

Tavakkal qilish 14,10 15,21 16,55 14,82

Umumiy hayotiy barqarorlik 71,81 75,31 75,53 75,81

Ushbu metodikadan olingan natijalar diagramma holatida hududlar kesimisiz o'rtacha arifmetik qiymatda ko'rsatildi.

O'smirlarda hayotiy barqarorlik ko'rsatkichlari

Ishtirok etish Nazorat qilish Tavakkal qilish Umumiy hayotiy

barqarorlik

7-sinf o' quvchilari ■ 9-sinf o' quvdiilari

Metodika natijalaridan ko'rinadiki, hududlar kesimida va o'smirlar guruhida hayotiy barqarorlikni shakllanganlik darajasida deyarli katta farqlar kuzatilmadi. O'smirlarning umumiy hayotiy barqarorlik ko'rsatkichlari 7-sinf o'quvchilarida M=73,67 va 9-sinf o'quvchilarida esa M=75,56 ni tashkil qiladi. Unga ko'ra, 9-sinf o'quvchilarida umumiy hayotiy barqarorlik ko'rsatkichlarini yuqori ekanligi ularda kattalik hissini shakllanganligi, atrofdagi insonlar bilan munosabatlar tizimiga kirisha olishi hamda shaxslararo munosabatlar tizimida o'z o'rniga ega ekanligi bilan tavsiflanadi. Kichik o'smirlar guruhida ko'rsatkichlarning tabiiy ravishda pa& bo'lishi ularda o'zi insonlar jamiyat to'g'risida bilimlarning yetarli emasligi hamda turmush tajribasining kamligi bilan izohlanadi.

Sinaluvchilar o'rtasida ishtirok etish ko'rsatkichi M=29,9 va M=31,29 ni tashkil qiladi. Bu ularda hayotiy muammo va qarashlarga nisbatan o'zining shaxsiy fikri, pozitsiyasi mavjudligidan dalolat beradi. Takidlash joizki, o'smir katta bo'lgan sari

hayotiy muammolarni chetdan kuzatib bormaydi aksincha, jarayonni faol ishtirokchisi sifatida namoyon bo'ladi. Shu bois, o'smirlik davrida yosh o'tishi bilan bogliq ravishda shaxsiy tajriba hamda fikrlash malakalarini ortganligini ko'rishimiz mumkin.

Hayotiy barqarorlikning navbatdagi shkalasi nazorat qilish 7-sinf o'quvchilarida M=28,39 va 9-sinf o'quvchilarida esa M=29,24 ni tashkil qiladi. Ko'rsatkichlarga nazar tashlaydigan bo'lsak, ular o'rtasida ahamiyatli jihatlarni kuzatilmasligi tabiiy hisoblanadi. Malumki, o'smir shaxsi har qanday hayotiy sharoitlarda o'zini adekvat baholash, nazorat qilish imkoniyatiga ega bo'lishni taqazo qiladi. Shu bois, o'smir shaxsi har qanday tasirlarga nisbatan o'z xulq-atvorini ongli ravishda boshqarish ko'nikmasining tarkib topganligi bilan tavsiflanadi.

Tavakkal qilishbo'yichanatijalargae4iborqaratadiganbo'lsak,7-sinfo'quvchilarida M= 15,33 va M=15 ni tashkil qiladi. O'smirlar guruhida tavakkal chilikka moyillik, o'ylamasdan qaror qabul qilish kabi sifatlarning rivojlanganligi bilan belgilanadi. Shu bois, o'smirlik davrida yosh o'tishi bilan tavakkal qilishga moyillik ortadi. Bu ularda kelajakka nisbatan faol ravishda intilishlari bilan bogliq holda kelajakka rejalar tuzishda tavakkalga moyil ekanliklari kuzatiladi.

Metodika natijalaridan ko'rinadiki, o'smirlik davriga kelib hayotiy barqarorlikni shakllanishi bir qator omillar bilan uygunlashgan holda yuz beradi. Takidlash joizki, o'smir shaxsida yosh o'tishi, hayotiy tajribalarni ortishi, o'zlarida mu^aqillik, erkinlikka nisbatan kuchli ishtiyoqning mavjudligi bilan belgilanadi. Eng muhimi o'smir shaxsida yuzaga keladigan ^ressogen omillarga nisbatan ichki va tashqi tasirchanlikni oshirishdan iborat.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Мадди C.P. "Теории личности: сравнительный анализ". Пер. с англ. -СПб., 2002. - 567 с.

2. Saboxiddinova Sh.X. Shaxs hayotiy barqarorligi muammosining ilmiy talqini. "Pedagogika" ilmiy-nazariy va metodik jurnal. - №4, Toshkent, 2021. - 110 b.

3. Saboxiddinova Sh.X. "Shaxsda hayotiy barqarorlik shakllanishi psixologik muammo sifatida". "Jamiyatning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlaninish yillarida zamonaviy shaxs rivojlanishining psixologik xususiyatlari" mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya. Toshkent, 2021. - 240 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.