Научная статья на тему 'O’SMIRLARNING IJTIMOIYLASHUVI BILAN DINIY TUYG‘U ORASIDAGI O‘ZARO MUNOSABAT'

O’SMIRLARNING IJTIMOIYLASHUVI BILAN DINIY TUYG‘U ORASIDAGI O‘ZARO MUNOSABAT Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
145
27
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Diniy amallar / e’tiqod / diniy tuyg’u / ijtimoiylashuv / tarbiya / tafakkur / muloqot / Religious practices / beliefs / religious sentiment / socialization / upbringing / thinking / communication.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Ойбек Исмоилов

Mazkur maqolada hozirgi kunda o’ziga xos dolzarb bo’lgan masalalardan biri o’smirlar ijtimoiylashuvi jarayonida diniy tuyg’uning tutgan o’rni va uning shakllanishi haqida so’z yuritiladi. Diniy tuyg’u shakllanishi orqali o’smirlarda dunyoqarashining shakllanishi, tarbiyaning namoyon bo’lishi va xulq atvor tarzida bo’layotgan o’zgarishlar bayon etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE RELATIONSHIP BETWEEN TEENAGERS 'SOCIALIZATION AND RELIGIOUS FEELINGS

One of the most pressing issues today is the role of religious sentiment in the socialization of adolescents and its formation. Through the formation of religious feelings, adolescents are told about the formation of their worldview, the manifestations of their upbringing, and the changes that are taking place in their behavior.

Текст научной работы на тему «O’SMIRLARNING IJTIMOIYLASHUVI BILAN DINIY TUYG‘U ORASIDAGI O‘ZARO MUNOSABAT»

O'SMIRLARNING IJTIMOIYLASHUVI BILAN DINIY TUYG'U ORASIDAGI

O'ZARO MUNOSABAT

Ойбек Исмоилов

Узбекистан Х,алк;аро Ислом академияси психология (дин психологияси)

йуналиши 2-курс магистранти

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada hozirgi kunda o'ziga xos dolzarb bo'lgan masalalardan biri o'smirlar ijtimoiylashuvi jarayonida diniy tuyg'uning tutgan o'rni va uning shakllanishi haqida so'z yuritiladi. Diniy tuyg'u shakllanishi orqali o'smirlarda dunyoqarashining shakllanishi, tarbiyaning namoyon bo'lishi va xulq atvor tarzida bo'layotgan o'zgarishlar bayon etiladi.

Kalit so'zlar. Diniy amallar, e'tiqod, diniy tuyg'u, ijtimoiylashuv, tarbiya, tafakkur, muloqot,

THE RELATIONSHIP BETWEEN TEENAGERS 'SOCIALIZATION AND

RELIGIOUS FEELINGS

ABSTRACT

One of the most pressing issues today is the role of religious sentiment in the socialization of adolescents and its formation. Through the formation of religious feelings, adolescents are told about the formation of their worldview, the manifestations of their upbringing, and the changes that are taking place in their behavior.

Keywords: Religious practices, beliefs, religious sentiment, socialization, upbringing, thinking, communication.

Bugungi o'smirlardagi o'ziga xos yangicha fikrlash tarzi, ularda ma'naviy tarbiyani boshqa ta'lim-tarbiya yo'nalishlari bilan uyg'unlikda olib borilayotgani samarasidir. Yangicha fikrlash va yangicha tafakkur ehtimol aynan mustaqillik mafkurasi ruhida tarbiya topib, sayqal topgan milliy ong, dunyoqarash va diniy e'tiqodimiz ta'siri hamdir.

Insoniyat murakkab rivojlanish jarayonini boshidan kechirib turgan hozirgi paytda dinning turli xalqlar o'rtasida aloqalar o'rnatish, ularni ma'naviy va axloqiy yaqinlashtirish, shafqatsizlik va jaholatga qarshi kurashdagi ahamiyati oshib bormoqda. Tarixdan ma'lumki, din va diniy tasavvurlar, dunyoviy tasavvurlar, dunyoviy hayot tarzi bilan birga, o'zaro muvofiqlikda yashab kelgan va bu holat hozir ham davom etmoqda.

O'smirlarning ijtimoiylashuv jarayoni va diniy tuyg'u o'rtasidagi munosabatni yanada oydinroq tushunish uchun, ijtimoiylashuv jarayonida dinning tutgan o'rniga

e'tibor qaratish aniqroq mulohazalarni yuzaga chiqaradi. Zero, inson biror bir dinga e'tiqod qilar ekan o'sha dinning qadriyatlari ta'sirida diniy tuyg'ularni his qilish va qalbdan o'tkazish(boshdan kechirish) tendensiyasi vujudga keladi.

Psixolog olim X.Alimov fikriga ko'ra din tuyg'usi fitriydir. Diniy sohada olib borilgan tadqiqodlar diniy tuyg'u fitriy (inson mohiyatiga xos, botiniy) ekanligini isbotlagan. Maks Myuller olib borgan juda ko'p izlanishlar va tadqiqodlar natijasida u din inson tabiyatida fitriy shaklda bo'lishini ta'kidlagan. Benjamin Constant "Din, insoniyat tarixiga eng ko'p hokim bo'lgan omildir. Diniy hayot, tabiatimizning azaliy bir mohiyati va uning ajralmas bir bo'lagidir", degan. "Ma'lum bir yo'nalishdagi olimlar din tuyg'usini faqat qo'rquv, umid yoki har qanday keyinchalik erishilgan tuyg'u deb bilish xato degan qarashdadirlar" deydi X.Alimov.

Shuningdek, olimlar diniy ibodatlar va amallarni bajarishda insonda katarsis jarayoni kechishini isbotlab berishgan. Bunday katarsis (hissiy-emotsional forig'lanish) asosan shu holatga xosdir. Ijtimoiy psixologik jihatdan esa, aynan katarsiz orqali insonda anglash yoki anglanilish jarayoni jadallashadi, bu shaxsing ayniqsa muayyan tiniy tuyg'uga ega yoshlarning ijrimoiylashuv jarayoniga u yoki bu ta'sirni o'tkazishi amaliy farazdir. Diniy tuyg'u insonning boshqa hissiy kechinmalaridan farq qilib u intim (yashirin, sirli) va ilmiy tushuncha so'zlar bilan ifodalab berish qiyin bo'lgan ilohiy holat va xususiyatdir. Alohida inobatga olish lozimkin, diniy tuyg'ulardan boshqa barcha hissiy kechinmalar, insonning besh tashqi sezgilar asosida xosil bo'ladi.

Bir necha ming yillik tarixga ega bo'lgan falsafa, mantiq kabi fanlar inson tafakkuri, uning hosilalari bo'lgan fikrlarni, nomoddiy xususiyatga ega narsalarni o'rganib keladi. Shuning bilan birga din jomoaviy fenomen sifatida individga ta'sir etib turadi. Lekin individning diniy e'tiqodlarining vujudga kelishida muayyan ijtimoiy-tarixiy davr, jamiyatning dinga bo'lgan munosabati kabi omillarning ta'sirini unutmaslik kerak. Zero insonning ruhiy xususiyatlari ijtimoiy munosabatlar ta'sirida shakllanib, rivojlanib boradi. Jamiyat a'zolari muayyan dinga e'tiqod qilar ekan, o'sha din shaxs qadriyatlarida, konstitusiyasida o'z qoidalarini yozib qo'yadi. Fikr yuritilayotgan jamiyatdagi yoshlar ham yuqoridagilarga dahldor shaxs sifatida ta'sirlanadi, ijtimoiylashadi.

Rossiyada olib borilgan dinning o'smirlarni ijtimoiylashuvidagi o'rnini aniqlash yo'nalishigagi tadqiqodlar shunday xulosala ko'rsatadi:

• Din o'smirlarning ijtimoiylashuv faktorlaridan biri;

• Din ijtimoiylashuv instituti ham bo'la oladi;

• Din tarbiyaviy xususiyat kasb etib o'smirlarning ijtimoiylashuvida bevosita qatnashadi;

• Din spetsifik madaniyat shakli bo'lib, insonda ijtimoiy-madaniy qadriyatlar tizimini vujudga keltiradi;

• Ijtimoiy munosabatlarga kirishish jarayonida ijobiy yo'nalgan munosabatlarni o'rnatishga yordam beradi;

• Shaxsda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolarni bartaraf etishda unga psixologik resurs sifatida ta'sir qilib, ijtimoiy mobillikni tarkib toptiradi.

Yuqoridagi xulosalarni tahlil qilar ekanmiz, ularning har biri o'zining mohiyatan sharoiti va davri borligini, individual psixologik va ijtimoiy psixologik xususiyatlarni o'zida jamalagan holatlari bo'lishi mumkinligini e'tiborga olishimiz kerak.

Sotsial-psixologik tadqiqodlar shuni ko'rsatadiki, din jamiyatda ham progressiv ham konservativ kuch sifatida muayyan ro'l o'ynashi mumkin. Buni bir qator davlatlar va mamlakatlarning tarixiy taraqqiyotida ko'rishimiz mumkin. Diniy qarashlar va amaliyotlarning ko'pchilik shakllari o'zgarish va yangiliklarni qabul qilmay, faqat an'anaviy qadriyatlar va rasm-rusmlarga rioya etish zarurligini ta'kidlab kelgan. Biroq, Maks Veber ta'kidlab o'tganidek, diniy e'tiqodlar doimo jamiyatdagi o'zgarishlar uchun yordamga safarbar qilinib kelingan.

O'smirlarning ijtimoiylashuv jarayonida diniy tuyg'uning o'rnini tahlil qilar ekanmiz, alohida diniy ijtimoiylashuv yo'nalishi ham mavjud degan fikrni ilgari surish mumkin. Chunki din ijtimoiylashuv agentlaridan biri sifatida jamiyatda o'z o'rniga ega bo'lgan faktor. Diniy ijtimoiylashuv jarayonini o'rganishda, bunday ijtimoiylashuvning kechishi diniy ta'lim va diniy tarbiya kabi omillar bilan bog'liqligi ko'zga tashlanadi.

REFERENCES

1. B.M.Umarov. Psixologiya. - "Voris".Toshkent-2012.176.

2. Entoni Giddens. Sotsiologiya. - "SHARQ" Toshkent - 2002.578.

3. fikr.uzfikr.uz/posts/TTYSI/18279.html

4. http://rl-online.ru/articles/4-02/206.html - Т. В. Склярова. Религиозная социализация: проблемы и направления исследований

5. www.superinf.ru

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.