Научная статья на тему 'OʻRTA TALIM MAKTABLARIDA TEXNOLOGIYA TAʼLIMINI SAMARALI RIVOJLANTIRISH METODLARI'

OʻRTA TALIM MAKTABLARIDA TEXNOLOGIYA TAʼLIMINI SAMARALI RIVOJLANTIRISH METODLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
25
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Research Focus
Область наук
Ключевые слова
konstruktsiya / ta’lim / texnologiya / dizayn / inovatsiya / maktab / muammoli ta’lim / qobiliyat / inovotsion texnologiyalar / metod / ta’lim tizimi / texnologiya darslari. / construction / education / technology / design / innovation / school / problem-based education / ability / innovative technologies / method / educational system / technology lessons

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Hamdamova Nozima Mukimova, Baxtiyorova Sobira Ixtiyor Qizi, Hamidov Ruslan Asliddinovich

Ushbu maqola o’qituvchilarning ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish masalasida faol sanalgan yangicha ta’lim texnologiya yani shakl, metod va vositalariga alohida e’tibor qaratgan holda, ularning amaliy jarayonlarda tutgan o’rni va ahamiyati haqida fikr-mulohaza yuritadi. Bundan tashqari ma’lum bir metodlar bu borada qanchalik darajaga ega ekani haqida qisqacha ma’lumot beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODS OF EFFECTIVE DEVELOPMENT OF TECHNOLOGY EDUCATION IN SECONDARY SCHOOLS

The new educational technology, which is considered active in the development of the labor activity of the teachers, pays special attention to the production of new forms, methods, and articles. Here is a brief summary of how certain methods are ranked in this regard for

Текст научной работы на тему «OʻRTA TALIM MAKTABLARIDA TEXNOLOGIYA TAʼLIMINI SAMARALI RIVOJLANTIRISH METODLARI»

O'RTA TALIM MAKTABLARIDA TEXNOLOGIYA TA'LIMINI SAMARALI RIVOJLANTIRISH METODLARI Hamdamova Nozima Mukimova

Falsafa fanlari doktori(PhD), dotsent Baxtiyorova Sobira Ixtiyor qizi

Buxoro Davlat Pedagogika Instituti "Texnologik ta'lim" kafedrasi o'qituvchisi

Hamidov Ruslan Asliddinovich Buxoro davlat pedagogika instituti "Texnologik ta'lim" yo'nalishi 2-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10907294 Annotatsiya: Ushbu maqola o'qituvchilarning ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish masalasida faol sanalgan yangicha ta'lim texnologiya yani shakl, metod va vositalariga alohida e'tibor qaratgan holda, ularning amaliy jarayonlarda tutgan o'rni va ahamiyati haqida fikr-mulohaza yuritadi. Bundan tashqari ma'lum bir metodlar bu borada qanchalik darajaga ega ekani haqida qisqacha ma'lumot beradi.

Kalit so'zlar: konstruktsiya, ta'lim, texnologiya, dizayn, inovatsiya, maktab, muammoli ta'lim , qobiliyat, inovotsion texnologiyalar, metod, ta'lim tizimi, texnologiya darslari.

METHODS OF EFFECTIVE DEVELOPMENT OF TECHNOLOGY EDUCATION IN SECONDARY SCHOOLS Abstract: The new educational technology, which is considered active in the development of the labor activity of the teachers, pays special attention to the production of new forms, methods, and articles. Here is a brief summary of how certain methods are ranked in this regard for

Keywords: construction, education, technology, design, innovation, school, problem-based education, ability, innovative technologies, method, educational system, technology lessons

МЕТОДЫ ЭФФЕКТИВНОГО РАЗВИТИЯ ТЕХНОЛОГИЙ ОБРАЗОВАНИЯ

В ОБЩЕОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ШКОЛАХ Аннотация: В данной статье основное внимание уделяется новым образовательным технологиям, то есть формам, методам и инструментам, активным в развитии творческих способностей педагогов, и комментируется их роль и значение в практических процессах. Кроме того, там дается краткая информация о том, как обстоят дела в этом отношении те или иные методы.

Ключевые слова: строительство, образование, технология, дизайн, инновация, школа, проблемное образование, способности, инновационные технологии, метод, образовательная система, уроки технологии.

KIRISH

Texnologiya va uni o'qitish metodikasi fani bo'yicha dastur Respublika Oliy va o'rta maxsus ta'lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan bo'lib, fanni o'zlashtirish jarayonida talabalarni boshlang'ich sinf o'quvchilariga texnologiya fanini darslari o'tish sirlarini xar tomonlama bilishga o'rgatishdir. Mazkur fan hozirgi kunda Boshlang'ich ta'lim va sport-tarbiyaviy ish yo'nalishida ta'lim olayotgan talabalarni kasbga tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Pedagogik texnologiyalar, axborot texnologiyalari yutuqlari asosida va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi hamda Ta'lim to'g'risidagi Qonun talablarini bajarish maqsadida bo'lajak boshlang'ich sinf

o'qituvchilarining texnologiya fanini ta'limidan tayyorgarlik darajasiga erishish eng muhim vazifalardan biridir.

ASOSIY QISM

SHuning uchun boshlang'ich sinf o'qituvchisi shaxsiga tarbiyaviy tasir ko'rsatishning ijobiy omillari sifatida yangilanayotgan ta'lim tizimidagi barcha o'quv-tarbiya muassasalarida uslubiy fanlarning o'qitilish dasturlariga alohida e'tibor berilmoqda. Metodika fanlarini o'qitish ishlarida jumladan texnologiya o'qitish metodikasi kursini o'qitishni qaytadan ko'rib chiqib, hozirgi kun talabiga moslashtirish zarurati vujudga keldi. Bu ishlar bo'lg'usi boshlang'ich sinf o'qituvchilari tayyorlash ishini takomillashtirishda, talabalarni o'qituvchilik kasbiga tayyorlashda muhim bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalarni hosil qilishda zarur bo'lgan o'quv-tarbiya ishlarini tashkil qilishda katta yordam berishi lozim. Texnologiya o'qitish metodikasi kursi ma'lum darajada ma'ruza, amaliy, seminar mashg'ulotlari mustaqil ta'lim va pedagogik amaliyot orqali amalga oshiriladi. Texnologiya va uni o'qitishi metodikasi fani pedagogika, psixologiya, tasviriy san'at, tabiatshunoslik fanlari bilan bog'lanadi. Talabalarning bilish faoliyatini faollashtirishi asosida ularni to'garak ishlariga, ilg'or o'qituvchilarning ish tajribalarini o'rganishi va ommalashtirishga, mustaqil ishlar, ma'ruzalar, kurs ishlari va bitiruv malakaviy ishi yozishga jalb qilish tavsiya etiladi. Texnologiya va uni o'qitish metodikasi fani ta'lim metodikalari kursi fani hisoblanib, fanning asosiy ilmiy izlanishlari natijalariga tayangan holda, ilg'or o'qituvchilarning ish tajribasi bilan boyitilgan materiallar asosida yoritib beriladi. O'quvchilarni amaliy ishga tayyorlash va ularni mehnat malaka va ko'nikma]arini egallashlarini ta'minlaydi. Texnologiya fanining tarbiyaviy ahamiyati o'quvchilarda mehnatsevarlik, mas'uliyat, intizomlilik, burch hissi, jamoatchilik hissini tarbiyalashda, o'quvchilaring aqliy o'sishida eng muhim iroda va axloqiy sifatlarning rivojlanishiga yordam beradi. O'quvchilar o'rtasida yo'lga qo'yilgan o'zaro yordam esa, ularda do'stlik, birodarlik, umumlashish, jamoatchilik kabi fazilatlarni tarbiyalaydi. Talabalarning fanni o'zlashtirish jarayonida darsliklar, o'quv-uslubiy qo'llanmalar, ma'ruza matnlari, texnik vositalardan unumli foydalanish, uzatish qurilmalari yordamida slaydlardan va elektron materiallar yoki boshqa texnik 6 vositalardan foydalanishda pedagogik texnologiya yutuqlarini qo'llash, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish, interfaol usullarni, ta'limiy vositalarni va ta'limiy o'yinlarni ta'lim jarayoniga tadbiq etishda muhim ahamiyatga ega. Fanni o'qitishdan maqsadi — talabalarni boshlang'ich sinflarda texnologiya fanining mazmuni va vazifalari, o'qitish usullari, ta'limiy vositalar bilan tanishtirish va ularni ta'lim jarayoniga tadbiq etish bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalarini shakllantirishdir.

Fanning vazifalari — boshlang'ich sinflarda texnologiya fanining asosiy vazifalari o'quvchilarni mehnatga tayyorlash, bilim berish va umumta'lim maktablarining boshlang'ich sinflarida kasblar haqida ma'lumot berish izchilligini takomillashtirish, Davlat ta'lim standartlari talabi bo'yicha nazariy va amaliy bilimlar berishdan iborat. Insoniyat XXI asr—yuksak rivojlangan texnika, axborot texnologiyalar asriga qadam qo=ydi. Bu texnologiyalarni intellektual, xar tomonlama bilimga ega bo=lgan barkamol avlodgina samarali boshqara oladi. SHuningdek bu avlod zimmasiga, Koinotda nuqtadek bo=lgan va xayot baxsh etilgan noyob sayyora—Yer, ona zaminimizni ko=z qorachig=idek avaylab asrash, ekologik muvozanatlash, saqlash, uning moddiy—tabiiy resurslaridan oqilona, tejamkorlik bilan foydalanish, insonni ma'naviy yuksaltirish kabi global ahamiyatga molik muammolarni hal etishga hissa qo=shish ma'suliyatini anglash va amalga oshirishdek sharafli vazifa xam yuklatilgan. Bu vazifalarni xis etadigan xar tomonlama yuksak bilimga ega bo=lgan intellektual yoshlarni tarbiyalash bugungi kunning dolzarb masalalaridan xisoblanadi.

Xozirgi davr jahon pedagogikasi yoshlarni tarbiyalashda, ularning kasb bo=yicha tor professional bilimlarni egallashlariga chek qo=yishni, uzluksiz ta'lim tizimida, jumladan, umumta'lim fanlaridan keng integrativ bilimlarga ega bo=lishlari zarurligini taqoza qiladi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning "Jamiyat taraqqiyotining rivojlanishi, fan va texnika o=suvining jadallashuvi, axborotlar texnologiyasining kun sayin keng quloch yoyishi, XXI asrni tinchlik asriga aylantirish uchun insoniyatni yangi xalqlar jamiyatiga, chuqur integratsiyalashgan iqtisodiy makonga, yagona kommunikatsiya va axborotlar tizimiga kirib bormoqda. Bunday jamiyatda yashab ketish anchagina tayyorgarlik va katta bilimni talab qiladi",—degan so=zlarida kelgusida aynan har tomonlama integrativ bilimli, intellektual yoshlarni tarbiyalash zarurligi e'tirof etiladi. Umumiy o'rta ta'limda "Texnologiya" darsligi insonlar hayotida muhim o'rin tutuvchi amaliy mehnat faoliyatiga tayyorgarlik ko'rishda muhim o'rin tutadi. Voyaga yetib, qaysi kasbni egallamang, kim bo'lmang, "Texnologiya" fanidan olgan bilim va ko'nikmalaringiz Sizga hayotda, albatta, naf keltiradi.

"Texnologiya" darslarida materialshunoslik, asbob-uskunalar, moslamalar va ulardan foydalanishga oid bilimlarni o'zlashtirasiz. Mahsulot ishlab chiqarish va uy-ro'zg'or buyumlarini ta'mirlashga oid ko'nikma va malakalarga ega bo'lasiz. Texnologiya (yunoncha techne-san'at, mohirlik, uquv)-sanoat, qurulish, transport, qishloq xo'jaligi va boshqa sohalarda mahsulotlar olish , ularga ishlov berish va ularni qayta ishlash usullari tartibga solingan tizim; shu usullarni ishlab chiqish, joriy qilish va takomillashtirish bilan shug'ullanadigan fan. Texnologiya (grekcha"techno"- hunar, usta va "logos"-fan,ta'lim)-ilmiy-praktika asosida xom ashyoni tayyor mahsulotga aylantirishning usullari. Texnologiya fanining maqsadi tayyor mahsulot yaratish haqidagi bilimlarni berib, ko'nikma shakllantirib, yaratuvchanlik malakasini rivojlantirishdan iborat hisoblanadi.

Texnologiya fani o'quvchilarda ijodkorlikni,qobiliyatni,tafakkurni rivojlantiradi. Ijodkorlik-bu yangi g'oyaga asoslangan moddiy va ma'naviy boyliklar yaratishdir. Ijodkorlik orqali hayotimiz rivojlanmoqda,yumushlarimiz yengillashmoqda kundan-kunga yangi-yangi g'oyalar asosida yangi mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.fan-texnika chiddat bilan rivojlanmoqda. Qobiliyat-bu kisining muayyan faoliyatiga bo'lgan layoqatidir.Kishilar 1001 qobiliyati nihoyatda turli-tuman bo'ladi.Har bir kishidan mehnatda,ijodiyotda va o'qish faoliyatlarida har bir soha o'ziga ta'luqli qobiliyat talab etadi.Kishining muayyan bir faoliyatiga bo'lganlayoqati darajasi uning individual xususiyatini ko'rsatadi.Shahsning rivoj topib,qobiliyatlarida namoyon bo'ladigan tug'ma xususiyatlarini iste'dod deb atashadi. Har bir shaxsning qobiliyat va iste'dodi taraqqiyot mahsulidir. Kishining qobiliyati uning tug'ma layyoqati asosida,muhitga bog'liq ravishda,olayotgan ta'lim-tarbiyasiga qarab,shuningdek,kishining o'z ustida ishlashi bilan bog'liq holda o'sib kamol topib boradi. Tafakkur-inson aqliy faoliyatining yuksak formasi, olamni bilish qurolidir. Borliqdagi narsa va hodisalarni umumiy qonuniy bog'lanishlarni ongimizda aks ettirishdir Texnologiya fani o'quvchilarning iste'dodining tug'ulishiga ham sababchi bo'luvchi fandir.Shuningdek shaxsning layoqatini rivojlantiradi.Bu ijodkorlik,qobiliyat,iste'dod,tafakkur kabi yaratuvchanlikka oid fazilatlarni texnologiya fani amaliy mehnat faoliyatida shakllantiradi va rivojlantiradi.

Texnologiya darslari o'quvchilarni amaliy mehnat faoliyatiga tayyorlaydi. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida texnologiya fani quyidagicha sinflarda o'qitiladi. 1-4-sinflar uchun: l.Qog'oz va karton bilan ishlash. 2.Tabiiy va turli materiallar bilan ishlash. 3.Gazlama va tolali materiallar bilan ishlash. 4.Badiiy qurush-yasash va texnik modellashtirish . 5-7 sinflar uchun: 1.Texnologiya va dizayn yo'nalishi. 2.Servis xizmat yo'nalishi. 8-9 sinflar uchun: 1.Texnologiya va dizayn

yo'nalishi. 2.Servis xizmat yo'nalishi. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida texnologiya fanini amaliy o'rganish faoliyatida o'zlashtirgan mavzularni amalda qo'llay olish va egallagan bilimlarini hayotda tadbiq etishni o'rgangan maktab bitiruvchilari Vatanimiz ravnaqi yo'lida har tomonlama yetuk shahs sifatida shakllanishi, sanoat sohasining barcha tarmoqlarida xususiy injiniring,ilmiy tadqiqot tajriba konsturoktorlik bazalarining yanada rivojlanishi, bozor munosabatlarida raqobatbardosh kadr bo'lishga xizmat qiladi. 1002 Shuningdek, o'z kasbining mohir ustasi bo'lib etishadi.

Texnologiya fani amaliy fandir. Zamonaviy texnologiya fanini o'rganishda STEM, STREM, STEAM ta'lim texnologiyalari asosida o'qitilsa, xalqaro tajribalarga tayangan holda qo'llanilsa maqsadga mufoviq bo'ladi va natijada fan samaradorligiga erishiladi. STEM-ta'lim texnologiiyasi loyhalash metodiga tayangan holda, uning asosida o'quvchiga bilim va ijodiy izlanish beradi. Ko'rinib turibdi-ki, bu ta'lim texnologiyasi texnologiya fani uchun muhum ahamiyatga ega. STREM-ta'lim texnologiyasi robototexnika ishlarini ham o'z ichiga oladi va texnologiya fani uchun yangilik hisoblanib 2022-2023 o'quv yilidan boshlab, yangi o'quv darsliklariga robototexnika haqidagi bilimlar kiritildi va shu o'quv yilidan 5-sinf o'quvchilari uchun yangi darslikdan foydalanib robototexnika haqidagi bilimlar o'qitila boshlandi. STEAM-bu ta'lim texnologiyasiga san'at, mahorat kabi tushunchalarni o'z ichiga olgan va o'quvchilar olgan nazariy bilimlaridan foydalanib o'z hunarini san'atkorona, mohirona bajarishga undagan ko'nikma, malakadir.

Texnologiya fanida o'quvchilarning nechog'lik o'z bilimiga tayangan holda mavzu bo'yicha bajargan texnologik jarayonlari va yaratgan mahsulotining sifatiga qarab o'quvchining bahosi berilishi lozim. Texnologiya fani amaliy fan bo'lgani ushun o'quvchi olgan bahoning ko'proq qismini mahsulotni tayyor holatga keltirguncha bo'lgan texnologik jarayonga qo'yilgan baho bo'lishi lozim. Texnologiya fanida baholash tizimi orqali o'quvchida qay darajada ijodkorlik, qobiliyat, tafakkur rivojlanganligni ko'rish mumkun. Texnologiya fani o'z nomidan ham amaliy, tayyor buyum holatiga keltirish, yangi modellarni loyihasini yaratish vazifalarini aniq bajaradigan fandir. Zamonaviy bilimlar asosida o'quvchini zamonaviy kasbiy mahoratini va ijodkorligini rivojlantiruvchi fandir.

Texnologiya fani o'qitilishida dars mashg'ulotlari an'anaviy va aralash shakllarda juftlikda 2 soatdan 90 daqiqa davom etadi. Hozirgi kunda ta'lim jarayonlarida interfaol usullardan(innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalari)dan foydalanib, ta'limning samaradorligini ko'tarishga bo'lgan qiziqish, e'tibor kundan kunga kuchayib bormoqda. 20202021 o'quv yilidan maktab darsliklarinin yangi avlodlari zamonaviy bilimlarga asoslangan holda, an'anaviy usulda dars o'tish texnologiyalari va onlayn(online) usulda dars o'tish texnologiyalari kiritildi. Dars o'tishning eng muhum jihati darsning to'g'ri tashkil etilishi va dars jarayoniga qo'yiladigan barcha talablar :davomat, uy vazifasini tekshirish, yang mavzu bilan tanishish, yangi mavzuni mustahkamlash, mustaqil 1003 ishlash, amaliy ish bajarish, baholash, uy vazifasini berish usullarining to'g'ri bajarilishi shart.

XULOSA

Bundan tashqari, o'quvchilarni texnologiya darslarida texnik ijodkorlikni, qobiliyatini, tafakkurini rivojlantirish, dars jarayonida turli va tabiiy hamda metall va metallmas materiallarga texnologiya asosida ishlov berish usullarini o'rgatish orqali kasb-hunarga yo'naltirishni yanada kuchaytirish, xalq hunarmandchiligi asoslari, ro'zg'orshunoslik, elektrotexnika ishlarini bajarishda kasbhunarga yo'llash bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalarni egallash hamda ularni hayotda qo'llay olish layoqatini shakllantirish ko'zda tutilgan. Umumiy o'rta ta'lim

muassasalarida texnologiya o'quv fanini o'qitishning asosiy vazifalari: -materiallar va ularning xossalari, xususiyatlari hamda texnik obyekt va texnologik jarayonlarga oid ma'lumotlarni o'rganish; - texnik obyekt hamda texnologik jarayonlarda maxsus va umummehnat operatsiyalarini bilish; -texnologik jarayonlarni boshqarish, maxsus va umummehnat operatsiyalarini amaliyotda qo'llay olish; -texnik va kreaktiv fikrlashni, intellektual qobiliyatlarini shakllantirish; -texnologik jarayon va tayyorlangan mahsulotlarni bajarish ketma-ketligi hamda mahsulot sifatini tahlil qila olish; Umumiy o'rta ta'lim maktablarida texnologik ta'limni o'qitishning-ilmiy asoslari nechog'lik to'g'ri bajarilashi texnologiya faning asosini tashkil etadi. Texnologiya darslarida bajariladigan jarayonlar ilmiy jihatdan to'g'ri bajarilishinifaning ravnaqini, muhumligini belgilaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Texnologiya darsliklaridan

2. ''Xalq so'zi" gazetasi

3. Elektiron resuslar.

4. N.M.Hamdamova S.I.Baxtiyorova Sh.I. Bahronova "Ta'lim va innovatsion tadqiqotlar"

5. Hamdamova Nozima Mukimovna Baxtiyorova Sobiraxon Ixtiyor qizi «ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ» Xalqaro ilmiy jurnal. -2023 - Т. 1.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.