Научная статья на тему 'UMUMIY O`RTA TA’LIM TEXNOLOGIYA DARSLARIDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI'

UMUMIY O`RTA TA’LIM TEXNOLOGIYA DARSLARIDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
282
49
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
texnologiya darslari / innovatsion texnologiya / pedagogik texnologiya / ta’lim tizimi.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Hayitova Muqaddas Eshboyevna

Ushbu ilmiy maqolada texnologiya ta’limi haqida umumiy tushunchalar haqida fikr yuritiladi. Bundan tashqari, texnologiya darslarini hayotimiz tutgan o'rni va texnologiya darslarida zamonaviy texnologiylardan foydalanish maqolaning asosiy mazmunini tashkil qiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «UMUMIY O`RTA TA’LIM TEXNOLOGIYA DARSLARIDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI»

UMUMIY ORTA TA'LIM TEXNOLOGIYA DARSLARIDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI

Hayitova Muqaddas Eshboyevna

Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani

10-son umumiy o'гta ta'lim maktabi Texnologiya fani o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7487318

Annotatsiya: Ushbu ilmiy maqolada texnologiya ta'limi haqida umumiy tushunchalar haqida fikr yuritiladi. Bundan tashqari, texnologiya darslarini hayotimiz tutgan o'rni va texnologiya darslarida zamonaviy texnologiylardan foydalanish maqolaning asosiy mazmunini tashkil qiladi.

Kalit so'zlar: texnologiya darslari, innovatsion texnologiya, pedagogik texnologiya, ta'lim tizimi.

Umumiy o'rta ta'limda "Texnologiya" daTsligi inson^ hayotida muhim o'гin tutuvchi amaliy mehnat faoliyatiga tayyoгgaгlik ko'гishda muhim o'rin tutadi. Voyaga yetib, qaysi kasbni egallamang, kim bo'lmang, "Texnologiya" fanidan olgan bilim va ko'nikmalaringiz Sizga hayotda, albatta, naf keltiradi. "Texnologiya" darslarida materialshunoslik, asbob-uskunalar, moslamalar va ulardan foydalanishga oid bilimlarni o'zlashtiгasiz. Mahsulot ishlab chiqaгish va uy-ra^g^ buyumlaгini ta'miгlashga oid ko'nikma va malakalaгga ega bo'lasiz.

Shuningdek, quyida biz tanishishimiz mumkin bo'ladi o'quvchilarning turli materiallarga ishlov berish usullarini egallashida kerak bo'ldigan qobiliyatlar va ularni shakllantirishga doir jihatlar keltirib o'tilgan. Zero, materiallarga ishlov berish bilan bog'liq umummehnat ko'nikmalari har biг inson hayotida muhim o'rin tutadi. Jamiyatimizning haг Ыг a'zosining bilim va salohiyatini to'la ra'yobga chiqaгishga qaгatilgan bozoг munosabatlarining гivojlanib boгayotganligi bu ko'nikmalaming zaruratini yanada oshirmoqda. Ijodkorlik - bu yangi g'oyaga asoslangan moddiy va ma'naviy boyliklami yaгatishdiг. Ijodiy faoliyat tufayli hayotimiz yanada qulay va qiziqarii bo'lib boimoqda. Sizni o'rab tuгgan baгcha buyumlaг, jihoz va uskuna^ ijodkor insonlartomonidan yaratilgan texnik vosita va texnologiyalarning mahsuli hisoblanadi. Ular mehnati natijasida ulkan samolyotlar, zamonaviy avtomobillar, katta imkoniyatlaгga ega kompyuterlar va biz uchun qadrii boshqa ne'matlar yaratilgan. Siz ham kelajakda voyaga yetib, tanlagan kasbingizni mukammal egallab, bu taгaqqiyotga o'z hissangizni qo'shasiz deb umid qilamiz. Bu vazifalami uddalashingizda muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Texnologiya darslarida zamonaviy (innovatsion, pedagogik va axborot) texnologiyalarini qo'llashning asosiy bo'limlari «Texnologiya va dizayn», «Servis xizmati» hamda «Qishloq xo'jalik asoslari» yo'nalishlari berilgan. Siz ulardan birini to'liq o'rganasiz. Shuni e'tiborga olish kerakki, «Texnologiya va dizayn» yo'nalishi uchun darslikda «Elektrotexnika ishlari» hamda «Uy-ro'zg'or buyumlarini ta'mirlash» nomli boblar berilgan. Bu boblarni «Qishloq xo'jalik asoslari» yo'nalishlarini o'rganayotgan o'quvchilar ham o'rganadilar. Siz mashg'ulotlar va uyushtiriladigan sayohatlar davomida ko'plab sohalarga oid kasb-hunar turlari bilan tanishasiz. Ta'lim sohasidagi ilmiy-pedagogik adabiyotlarda texnologiya, pedagogic texnologiya, texnologik yondoshuv, ta'limni texnologiyalastirish, texnologik tayyorgarlik haqida so'z yuritilib, ularga turlicha talqin va ta'riflar beriladi. Menimcha, avvalo «texnologiya» so'zining ma'nosini bilish maqsadga muvofiq. «Texnologiya» so'zining grek tilidan tarjimasi tayyor mahsulot, buyumlar olish maqsadida ishlab chiqarishning mos keladigan qurilma va jihozlari bilan xom-ashyo va materiallarini ishlov berish usullari majmuasini tizimlashtiruvchi fanni anglatadi. Shuning uchun bo'lsa kerak, ba'zida uni «texno» - hunar yoki san'at, «logos» - fan deb, buyum olish uchun xom-ashyolarga ishlov berish san'ati haqidagi fan sifatida e'tirof etishadi. Shu nuqtai nazardan bo'lsa kerak, Yevropa mamlakatlarida, jumladan Germaniya va Rossiya maktablarida «Mehnat ta'limi» o'quv predmetini «Texnologiya» yoki «Texnologik ta'lim» deb yuritilishi maqsadga muvofiq hisoblayman. Bundan tashqari, o'quvchilarni texnologiya darslarida texnik ijodkorlikni, qobiliyatini, tafakkurini rivojlantirish, dars jarayonida turli va tabiiy hamda metall va metallmas materiallarga texnologiya asosida ishlov berish usullarini o'rgatish orqali kasb-hunarga yo'naltirishni yanada kuchaytirish, xalq hunarmandchiligi asoslari, ro'zg'orshunoslik, elektrotexnika ishlarini bajarishda kasb-hunarga yo'llash bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalarni egallash hamda ularni hayotda qo'llay olish layoqatini shakllantirish ko'zda tutilgan.

Umumiy o'rta ta'lim muassasalarida texnologiya o'quv fanini o'qitishning asosiy vazifalari:

❖ materiallar va ularning xossalari, xususiyatlari hamda texnik obyekt va texnologik jarayonlarga oid ma'lumotlarni o'rganish;

❖ texnik obyekt hamda texnologik jarayonlarda maxsus va umummehnat operatsiyalarini bilish;

❖ texnologik jarayonlarni boshqarish, maxsus va umummehnat operatsiyalarini amaliyotda qo'llay olish;

❖ texnik va kreaktiv fikrlashni, intellektual qobiliyatlarini shakllantirish;

❖ texnologik jarayon va tayyorlangan mahsulotlarni bajarish ketma-ketligi hamda mahsulot sifatini tahlil qila olish;

Umumiy o'rta ta'lim maktablarida texnologiya fani boshlang'ich ta'lim yo'nalishida umumlashgan holda, 5-9-sinflarda "Texnologiya va dizayn", "Servis xizmati" yo'nalishlarida o'qitiladi.

Foydanilgan adabiyotlar:

1. Sanaqulov X.R., Xodiyeva D.P. Satbayeva «Mehnat va uni o'qitish metodikasi». Darslik. Т.: TDPU. 2015-yil.

2. Mavlonova R. A., Sanaqulov X.R., Xodiyeva D.P. Mehnat va uni o'qitish metodikasi. O'quv q o 'llanma. Т.; TDPU. 2007-yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.