Научная статья на тему 'O’QUVCHILARNING MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYASINI BAHOLASHNING AYRIM MASALALARI'

O’QUVCHILARNING MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYASINI BAHOLASHNING AYRIM MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

798
138
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’QUVCHILARNING MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYASINI BAHOLASHNING AYRIM MASALALARI»

4 mYBBA

TA^ABA^APHH nE^ArOrHK BA H^MHH OAO^HHTrA HyHA^THPHm^A HННОBAЦHОН EH^AmYB^AP

O'QUVCHILARNING MA'NAVIY-AXLOQIY TARBIYASINI BAHOLASHNING AYRIM MASALALARI

G. A. Abdullayeva

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universiteti

Pedagogika va umumiy psixologiya kafedrasi tayanch doktoranti

Yoshlar tarbiyasi va uning o'lchovi. Buni qanday o'lchash mumkin. Biz shu davrga qadar o'quvchi-yoshlar tarbiyasini qanday usullar bilan baholab kelganmiz? Ota-onasi, ustozlari hamda mahalla ko'yining tavsifiga ko'rami yoki tarbiyani o'lchashning boshqa usullari ham bormi? Demak, gap tarbiyametriya haqida ketayapti. O'quvchilarning ma'naviy-axloqiy tarbiya sifatini aniq o'lchash bu - tarbiya ishidagi asosiy muammolardan sanaladi. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'quvchilarni tarbiyaviy sifatlarini baholash uchun esa kuzatuv asosidagi tashhis, psixologik, pedagogik testlar va shu kabi psixologlarning shaxsiy diagnostik usullaridan foydalanib kelinadi.

"Mikrokosmos makrokosmosga o'xshaydi" tamoyiliga asosan o'quvchining tashqi faolligi va tutumlari uning ichki dunyosining qanday ekanligiga, tartiblanganmi yoki yo'q ekanligiga bog'liq. Ko'pincha barchamizni fiziologik, psixologik imkoniyatlarimiz yetarli bo'lsada, lekin kuchlarimiz tarqoq bo'lganligi va noto'g'ri sarflayotgan ekanligimiz sababli asosiy narsalarga ulgura olmasligimiz va boshlagan ishimizda muvaffaqiyatga erisha olmasligimiz mumkin. Shuning uchun ham, Kosmizm falsafasining ushbu tamoyili tarbiyani baholashda birinchi mikro sifatlarga e'tibor qaratish lozimligini uqtiradi. Rossiyalik pedagog olim A.Xutorskoyning shaxsiy qadriyatlar reytingini baholovchi metodikasi bo'yicha o'quvchiga bir necha qadriyatlar tizimi keltiriladi. O'quvchi esa ularning ichida eng muhimrog'larini belgilab ko'rsatadi. Shaxsiy qadriyatlarning mukammalligi insonning xatti-harakatlarini faollashtirishga, maqsadlarini belgilash va to'g'ri tanlov qilishga ta'sir ko'rsatadi. O'quvchilarni tarbiyalanganlik darajalarini baholash uchun ham mana shu Xutorskiy metodikasini moslashtirilgan shaklini quyida keltirib o'tdik. Demak, o'quvchilarga "Mening qadriyatlarim" metodik vazifasi beriladi:

- O'quvchilar quyidagi 15 ta banddan eng muhimlarini o'zidagi mavjud sifatlarga qarab yoki erkin tanlovi asosida belgilaydilar.

- O'qituvchilar esa natijalarni ularni ahamiyat darajasiga qarab baholaydilar va tahlil qiladilar.

- O'quvchilarining "qadriyatlar reytingi"ni yilda ikki marotaba baholab, natijalarini o'zaro solishtirib boriladi.

1-ilova.

Qadriyatlar Qadriyatlar Qadriyatlar Qadriyatlar

Tartiblilik Vaqt Hurmat Mehribonlik

Faollik Do'stlik Salomatlik Ijodkorlik

Xavfsizlik Hamkorlik Ishonch Barqarorlik

Kamtarlik Ma 'naviyat Ishtiyoq Xayolparast

Yaxshilik Ehtiyotkorlik Sir Intiluvchan

Minnatdorlik Adolat Qiziquvchan Foyda

Boylik Bilim Taniqli Ehtiros

Cheklov Ta 'lim Hayrat Baxt

Oila Izlanish Qulaylik Nikoh

Kuch Hiyla Xursandchilik Sevgi

Kamtarlik G 'urur Go'zallik Mustahkam

Tejamkorlik Bayram Zavq Omad

Ulug'vorlik Tozalik Zukko Samimiy

Jasorat Orzu Muvaffaqiyat Haqgo 'y

Raqobat Tabiat Sahiy Hursandchilik

Ilhom Etiket Axloq O 'ziga hurmat

Sodiqlik Xazil Erkinlik Halollik

Uy Vaqt Halollik Vaqt

Baxt Ijodkorlik Ehtiyotkorlik

O'quvchining ma'naviy-axloqiy tarbiyalanganlik darajasi uning shaxsiy qadriyatlarga ega ekanligi bilan baholanadi va yuzaga chiqadi. O'quvchilarning shaxsiy qadriyatlari uning mustahkam tarbiya topishida muhim o'rin egallaydi. Shaxsiy qadriyatlar deganda, o'quvchining kundalik hayotini tartibga soluvchi va yo'naltiruvchi muhim ahamiyatga ega bo'lgan odatlarining muntazamligi nazarda tutiladi. Yoshlar tarbiyasi ustida ishlab ba'zan tez o'zgaruvchan, ba'zan tez moslashuvchan va ba'zan esa o'zgartirib bo'lmas mushkul holat sifatida turli xulosalarga kelishimiz mumkin. Ularning shaxsiy qadriyatlari ham ijtimoiy muhit ta'sirida o'zgaruvchanlik kasb etib, ayniqsa yoshlik davrlarida har qancha nazorat qilsang ham turli ta'sirlarga tushib, izdan chiqish olatlari ko'p kuzatiladi. Shuning uchun ham, A.Xutorskiy yuqori sinf o'quvchilarining "qadriyatlar reytingi"ni yilda ikki marotaba baholab, natijalarini o'zaro solishtirib turishni tavsiya qiladi. Insonni kamolotga yo'naltiruvchi ichki kuchi uning maqsadlari va shaxsiy qadriyatlarida ifoda topadi. Shuning uchun ham, o'quvchilar qabul qilgan qadriyatlarning dinamikasini pedagoglar tamonidan o'rganib borilishi, uning ma'naviy tarbiya tamoyillariga xosligini baholash va o'z vaqtida ularda kechayotgan o'zgarishlarni tahlil qilish imkonini beradi.

Har bir o'quvchining umumiy o'rta ta'lim maktabida huddi ta'lim reytingini ifoda etuvchi tabeli bo'lgani kabi tarbiyaviy tavsifnomasini o'zida aks ettirgan anketasi bo'lishi lozim. Shundagina biz farzandlarimizning ta'lim muassasasidagi tarbiyasi haqida faqat og'zaki ma'lumotga ega bo'lmasdan, uning tarbiyalanganlik dinamikasini o'zida xarakterlovchi maxsus ma'lumotnomaga ega bo'lamiz. Mavjud diagnostikalar natijasiga qarab tarbiyaviy ishimizni yo'naltiraolamiz. Quyidagi tablitsada umumiy o'rta ta'lim maktabi (yuqori) sinf o'quvchilarining tarbiyaviy sifatlarini individual baholash yuzasidan "Shaxsiy sifatlarni baholash shkalasi" ishlab chiqilgan bo'lib, mazkur metodikani o'quv yilining boshi va oxirida har bir sinf o'quvchilari uchun o'tkazilishi va tahlil qilingan natijasi esa o'quvchining ota-onasiga ham taqdim etilishi maqsadga muvofiqdir.

Shaxsiy sifatlarni baholash faktorlari/baho reytingi

2-ilova.

№ Sifatlar O'z o'zini Sinf Psixolog Tarbiya 1-sinf 2-sinf Um

baholash rahbar fani o'qituvc o'qituv um.

o'qituvc hisi chisi Bah

hisi o

1 To'g'riso'z

2 Intizomli

3 Dangasalik

4 Mensimaslik

5 Sabrli

6 Irodali

7 Tanqidiy fikralash

8 Talabchan

9 Mehr muruvvatli

10 Intiluvchan

11 Qiziquvchan

12 Ishonuvchan

13 Jur'atli

14 Ayyor

15 Qanoatli

16 Uyatsiz

17 Asabiy

18 Ruhiy tushkunlik

19 Sevimli

20 Maqtanchoq

Pedagogik hamkorlik o'quvchüaming samarali ta'lim-tarbiya olishlari uchun ta'lim muassasasi, oila va mahallaning ta'sir kuchini birgalikda amalga oshiruvchi pedagogik jarayon deb baholasak mubolag'a bo'lmaydi. Bola rivojlanishiga pedagogik bilmiga asoslanib ta'sir etmagan har qanday omil sifat jihatdan farzand kamolotini ta'minlay olmaydi. Tarbiya - bu o'quvchilarga pedagogik ta'sir orqali ularning shaxsiy qadriyatlarini shakllantirish, fazilatlarini boyitish va tashqi me'yor va qoidalarni singdirishga qaratilgan jarayon1 bo'lib, o'quvchilar tarbiyasini baholash, ularni anglash, maqsadini tushunish, ijobiy va salbiy tomonlarini aniqlash to'g'ridan to'g'ri qiyin jarayondir. Ilmiy izlanishlarimiz natijasi shuni ko'rsatadiki, bola tarbiyasidagi uch tamonlama hamkorlik o'zaro teng ta'sirga ega emas. Bu albatta birinchi o'rinda oilaning va ta'lim muassasasining muhim vazifasi ekanligi sababli to'liq ta'sir kuchini ko'rishimiz mumkin. Lekin, mahalla faollari bilan suhbat olib borganimizda ular

1 Andrey Viktorovich Xutorskoy, Izmereniya vospitaniya, директор Института образования человека, член-корреспондент РАО, доктор педагогических наук, Москва Narodnoye obrazovaniye.10.2018 С145

"Konsepsiya boyicha avvallari ish olib borar edik. Lekin, bugungi kunda mahallaning funksional vazifalari fiziologik imkoniyatlarimiz chegarasidanda ortiqroq yuklatilganki, ochig'i o'quvchi-yoshlar ta'lim-tarbiyasiga tengma teng ta'sir ko'rsataolmayotgan bo'lsakda muhim targ'ibot-tashviqot ishlarida bosh-qosh bo'lishga harakat qilamiz, albatta", -deya munosabat bildirgan edi Toshkent shahar Chilonzor tumani, Novza mahallasi faollaridan biri. Shu va boshqa o'rganishlarimizdan kelib chiqib biz, o'quvchilar tarbiyasida hamkorlikning ro'li qay darajada ekanligini darajalarga bo'lib baholashga harakat qildik. Demak, ular: Faol (aktiv) hamkorlik - O'qituvchi va o'quvchi; Qoniqarli hamkorlik - Ota-ona va maktab; Qoniqarsiz hamkorlik - Mahalla va maktab.

O'quvchilarni mustahkam tarbiyalashda nafaqat oila, ta'lim-tarbiya maskanlari va atrof -muhitning ijobiy ta'siri balki oquvchi shaxsining o'z -o'ziga bo'lgan tasiri muhim hisoblanadi. Ya'ni, ularni bolalaigidanoq o'z o'zini tarbiyalash va qayta tarbiyalashga to'liq o'rgatishimiz kerak:

- hamisha maqsadlarini ilgari surishi va harakat qilishi;

- ehtiyojlarini tartibga solishi va oqilona ehtiyojlanishi;

- kamchiliklari ustida ishlashi;

- hamisha faoliyatning biror turi bilan mashg'ul bo'lishga o'rganishi ya'ni,

shaxsiy qadriyatlarini rivojlantirib borishi lozim.

Yosh-avlodni tarbiyalab, voyaga yetkazar ekanmiz biz eng avvalo, "majburiyatsiz tarbiyalash"ni o'rganishimiz kerak chunki tarbiya ishi bu barchamizning ishimizdir ya'ni, hamkorlikdagi ishdir. Agarki faqat majburiyatimiz bo'lgani uchungina tarbiyalayotgan ekanmiz bu ishimizda samaradorlik va sifat bo'lishi qiyin. Tarbiyadagi maqsad va harakatlarimiz ich ichimizdan uyg'onishi va abadiy qadriyat sifatida biz o'zbek xalqining shuuriga singib ketishi kerak.

O'quvchilarni ma'anviy-axloqiy tarbiyalashning muhim yo'nalishlari:

1) kognitiv ya'ni, borliqni anglash, atrof-muhitni rivojlantirishga qiziqish, savollar berib, hodislarning kelib chiqishini o'rganish, tushungan yoki tushunmagan narsa va hodisalarni erkin ifoda eta olishi kabi layoqati;

2) kreativligi, ya'ni ijodiy fikrlash, intiluvchan, fantaziyaga boylik, yangilikka intiluvchi va emotsional barqarorlikka ega;

3) tashkilotchiligi ya'ni, o'zining va jamoasining oldiga mustaqil maqsad qo'ya olishi va uni ro'yobga chiqara olish layoqatiga egalik, safarbar etuvchi, birlashtiruvchi va ta'sir etaoluvchi kabi boshqaruvchanlik xususiyatlarining mujassamlashganligi;

4) kommunikativ ya'ni, o'zaro aloqadorligi, bog'liqligi, keng ta'sir doirasiga ega ekanligi;

Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

National University of Uzbekistan 304 www.ares.uz

5) xulq-atvori -mavjud sifat va fazilatlari hamda o'z o'ziga, inson va jamiyatga, tabiatga, nabodotu hayvonotga bo'lgan faol munosabatining qiymati.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.