Научная статья на тему 'O’QUVCHILARNING ESTETIK TARBIYASINI RIVOJLANTIRISH'

O’QUVCHILARNING ESTETIK TARBIYASINI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
5150
248
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Estetik-tarbiya / estetik tarbiya kategoriyalari / estetik rivojlantirish.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Guljahon G’ulomovna Mahmudova, Sitora Qobiljon Qizi Jumayeva

Ushbu maqolada estetik tarbiyaning mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari, tarbiya berish vositalari yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’QUVCHILARNING ESTETIK TARBIYASINI RIVOJLANTIRISH»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

O'QUVCHILARNING ESTETIK TARBIYASINI RIVOJLANTIRISH

Guljahon G'ulomovna Mahmudova, Sitora Qobiljon qizi Jumayeva

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti 2-bosqich

talabalari

Ushbu maqolada estetik tarbiyaning mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari, tarbiya berish vositalari yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: Estetik-tarbiya, estetik tarbiya kategoriyalari, estetik rivojlantirish.

"Odam bolasidagi go'zallik - tabiat ato qilgan husn-jamolidan tashqari, yana engyaxshi xulq-atvorni, insondagi engyaxshi fazilatlarni o 'z ichiga

olgan odamiylikdan iborat" Mirzakalon Ismoiliy

Estetik tarbiya - o'quvchilarda estetik his-tuyg'u, estetik ong va munosabatni shakllantirishga qaratilgan tarbiyaning alohida shakli. Estetik tarbiya - bu estetik jihatdan rivojlangan va ijodiy faol bo'lgan inson shaxsini shakllantirish jarayoni. Estetik tarbiya insonparvar mohiyatga, estetik orzuga mos keladigan voqelikni idrok etish, baholash va nafosat qonunlari asosida qayta yaratishga qodir bo'lgan inson shaxsini shakllantirishga mo'ljallangan tarbiya sohasidir. Estetik tarbiyaning maqsadi: o'quvchilarda shaxsning har tomonlama rivojlanishi uchun zarur bo'lgan axloqiy-estetik, insonparvarlik ideallarini, go'zallikni ko'ra olish, his qilish, tushunish va yaratish ko'nikmalarini shakllantirish.

Har bir ota-onada pedagogik ichki hissiyot mavjud. Ulardan har kim har xil yo'ldan foydalanib farzandlarini tarbiyalaydilar. Bu borada estetik tarbiya eng samarali yo'llardan biridir. Oilada ham, mahallada ham, tanishlar orasida ham estetik tarbiya muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli, el e'zozidagi va xalq e'tiboridagi shaxslarni ibrat namuna qilib ko'rsatish tarbiya samaradorligini oshirishga muhim g'oyaviy asosdir.

Estetik tarbiyaning asosiy tushunchalaridan biri go'zallik kategoriyasidir. Uning ma'nosini talaba-yoshlarga tushuntirish ham mazkur tarbiyaning hayotiyligini ta'minlashga katta yordam beradi. Shu sababli go'zallik tushunchasining mazmun-mohiyatini ochib berishga quyidagicha yondashuvlar qilishni maqsadga muvofiq deb topdik:

• go'zallik - bu kishining qalbi go'zalligi;

• go'zallik - bu kishining istarasi issiqligi;

ANNOTATSIYA

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

• go'zallik - bu kishining go'zal xulq egasi bo'lishi;

• go'zallik - bu bamisoli daraxt, yaprog'i - axloq, ildizi - ichki dunyo, mevasi -yaxshi fazilat. Xullas, odam bolasidagi go'zallik - tabiat ato qilgan husn-jamolidan tashqari, yana eng yaxshi xulq- atvorni, insondagi eng yaxshi fazilatlarni o'z ichiga olgan odamiylikdan iborat (Mirzakalon Ismoiliy). Demak, estetik tarbiya nafosat tarbiyasi ham, odamiylik tarbiyasi ham, to'la-to'kis ahamiyatga ega bo'lgan go'zallik tarbiyasidir. Shu sababli talaba-yoshlarni estetik ruhda tarbiyalash g'oyat murakkab, ko'p qirrali dinamik jarayon bo'lib, uning yordamida barkamol shaxs tarbiyasi jarayonini olib borishning optimal variantlarini qo'lga kiritish mumkin.

"Estetik tarbiya - o'quvchilarni voqelikdagi, san'atdagi, tabiatdagi, kishilarning ijtimoiy va mehnat munosabatlaridagi, turmushdagi go'zallikni idrok qilish hamda to'g'ri tushunishga o'rgatish, ularning badiiy didini o'stirish, go'zallikka muhabbat uyg'otish va hayotiga go'zallikni olib kirish qobiliyatlarini tarbiyalashdir".

"Estetik ta'lim-tarbiya — insonda zavq uyg'otuvchi va uni harakat, shijoat va qahramonliklarga undovchi barcha turdagi ko'rinishlar, holatlar, hodisalar va badiiy-estetik tafakkurni shakllantirish".

"Estetik rivojlantirish - bu shaxsning estetik ongi, munosabatlari va estetik faoliyatining vujudga kelishi hamda takomillashuvidan iborat uzoq davom etadigan jarayondir. Bu jarayon ijtimoiy omillar bilan belgilanadigan turli darajalarga egadir. U shaxsning jamiyat estetik madaniyatini egallab olishga bog'liq bo'lib, turli yo'llar va shakllar yordamida amalga oshiriladi. U jamiyat estetik madaniyatini turli ma'naviy va moddiy ko'rinishlarda tushunib olishni ta'minlaydi"

Talaba-yoshlar estetik tarbiyasining mazmuni asosan:

• estetikaga qiziqish va ehtiyojning mavjudligi;

• estetik jihatdan bilimdonlik;

• estetik ko'nikma va malakalarning shakllanganligi;

• estetik his-tuyg'uning mukammalligi;

• o'z mehnatidan zavq ola bilish va natijani baholay olish qobili- yatlarining, hissiyot va qobiliyatlarining mavjudligi;

• go'zallikka intilish va didlarni tarbiyalashga erisha olishlik kabi insoniy xislatlar majmualaridan iboratdir.

Estetik tarbiyaning asosiy maqsadi talaba-yoshlarda ma'naviy jihatdan go'zallikni his qilishni tarbiyalash, yuksak estetik didni va san'at asarlarini sevishni shakllantiris h, tarix va me'moriy yodgorliklarga nisbatan hurmatni uyg'otish, jonajon tabiatimizga ongli munosabatda bo'lishga oid tasavvurlarni yuksaltirish, tabiat va jamiyat boyliklarini qadrlay bilish ko'nikma va malakalarini hosil qilish kabi insoniy fazilatlarni tarbiyalashdan iboratdir. Estetik tarbiyaning asosiy maqsadidan kelib chiqqan holda

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

shuni qayd etish mumkinki, uning yordamida yosh avlodni Vatanimiz va jahon badiiy madaniyatining eng yaxshi namunalaridan zavqlangan holdagi ijtimoiy faol shaxsni tarbiyalashga erishish lozim bo'ladi. Estetik tarbiya yosh avlodning, ya'ni talaba-yoshlarning badiiy- ijodiy qobiliyatlarini yuksaltirishga qaratilgan bo'ladi. Estetik tarbiyaning vazifalari uning asosiy maqsadini amalga oshirishdan iborat bo'ladi. Bunda mustaqil respublikamizdagi ta'lim-tarbiyani isloh qilish borasidagi sa'y-harakatlar ham e'tiborga olinmog'i lozim.

Estetik tarbiyani samarali amalga oshirishda quyidagilar asosiy vositalar hisoblanadi: muzeylar, teatrlar, kutubxonalar, klublar, kinoteatrlar, galereyalar, o'tmish obidalari, tarixiy me'morchilik yodgorliklari, san'at asarlari va tarixiy madaniy joylar va hayot tarzimizdagi borlig'imiz hamda ulardagi go'zalliklar talaba-yoshlarimizni estetik ruhda tarbiyalashga asos bo'ladi.

Estetik tarbiya vositalari - talaba-yoshlarni estetik tarbiyalash maqsadida tevarak-atrofdagi tanlab olingan turmush, tabiat, san'at estetikasi va yoshlarning badiiy ijodi namunalari hamda yuqorida qayd etilgan vositalar majmuasidan iboratdir. Bunda san'at asarlari va turlari, xususan, musiqa faoliyatiga doir ijrochilik, qo'shiq, boshqa musiqaviy harakatlar, tasviriy san'at asarlari, musiqa va rasm darslarida pedagog-o'qituvchilarda mustaqil izlanish, ijod qilishga doir ko'nikmalari muhim ahamiyat kasb etadi.

Xulosa qilib aytganda hayotdagi chiroy - bu axloqiy va estetik tarbiyaning natijasidir. U badiiy adabiyotga jamlangan, tabiat, jamoat va mehnat unumdorligi, odamlarning kundalik hayoti, o'zaro munosabatlar bilan chambarchas bog'liq.

ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. С.А. Хайдаров. (2020). Узбекистан тарихини укитишда "Зафарнома"дан фойдаланишни имкониятлари. Science and Education. 1(7). 192-198

2. Сулаймон Амиркулович Хдйдаров. (2020). Тарих дарсларида интеграциялашган технологиялардан фойдаланиш. Science and Education. 1(8). 666-671

3. Хайдаров С. (2020). Узбекистон тарихи дарсларида педагогик технологияларни уйгунлашган холда куллашнинг методик талаблари. Academic Research in Educational Sciences. 1 (3). 1313-1321.

4. Хайдаров Сулаймон Амиркулович. (2020). Тарих фанини укитишга оид экологик муаммолар масаласи «Scientific Progress» Scientific journal 1(1). 12-17.

5. С.А. Хайдаров. (2020). Тарих дарсларида тасвирий санъат асарларидан фойдаланиш. Science and Education. 1(9). 458-461.

139

UZBEKISTAN | www.caajsr.uz

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

6. Хайдаров Сулаймон Амиркулович. (2021). Узбекистан тарихи фанини укитишда тасвирий санъат асарларидан фойдаланишнинг узига хослиги «Scientific Progress» Scientific journal 1(3). 9-14.

7. Khaydarov S.A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. Conference Proceedings. Page 41-43.

8. Хдйдаров. С. (2021). Ёшларда ватанпарварлик хиссини тарбиялашда "Бобурнома" асарига ишланган миниатюраларнинг ахамияти. Халкаро илмий-амалий конференцияси туплами. 33-37 б.

9. Хайдаров. С. (2021). Захириддин Мухаммад Бобур хорижлик таткикотчилар нигохида: подшохлик муйкалами. Халкаро илмий-амалий конференцияси туплами. 43-46 б.

10. Сулаймон Хайдаров. (2020). Узбекистан тарихи фани дарслари самарадорлигини оширишда тасвирий санъат воситаларининг роли. Science and Education, 1(6), 174-179.

11. С. А. Хайдаров. (2020). Педагог-укитувчиларда ахборот-коммуникация куникмасини шакллантириш асослари. "Science and Education." Scientific journal. 1(7). 610-617 б.

12. Хайдаров.С. (2021). Ракамли таълим мухитида тарих дарсларида талабалар билимини назорат килиш воситалари ва методлари. Халкаро илмий-амалий конференцияси туплами. 160-163 б.

13. Khaydarov S.A. (2019). Use of products of the fine arts in teaching history of Uzbekistan. International Journal of Research. 6(03).40-44

14. Khaydarov S.A. (2020). Pedagogic and didactic possibilities of using miniature works in historical lessons. International Journal of Psychosocial Rehabilitation. 24(8). 1475-1792

15. Khaydarov, S. A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. In Conference Proceedings (pp. 41-43).

16. Davrenov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA XVI-XVIII ASRLARDA YAPONIYA DAVLATI TARIXINI AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

17. Narmatov, D., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA ISPANIYA XV-XVII ASRLARDAGI TARIXI. Scientific progress, 1(6).

18. Elguzarov, B. B. O. G. L., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA MITANNI DAVLATCHILIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6), 616-619.

140

UZBEKISTAN | www.caajsr.uz

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

19. Erkinov, A. S. O., & Haydarov, S. (2021). YUNON-BAQTRYA PODSHOLIGINING IJTIMOYI TUZIMI, XO'JALIGI VA MADANIYATI. Scientific progress, 1(6), 620-622.

20. Nematov, M. D. O., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI ORGANISHDA SHUMER-AKKAD DAVLATCHILIGINING ORNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

21. Ermatov, F., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA 1870-1914 YILLARDA ANGLIYANING O'RGANILISHI. Scientific progress, 1(6).

22. Do'Stmurodov, S., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA XVI-XVIII ASRLARDA HINDISTONNI O'RGANISH. Scientific progress, 1(6).

23. Mengboyev, S. N., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA URARTU PODISHOLIGINING O'RNI. Scientific progress, 1(6).

24. Asqarov, N. S. O., & Haydarov, S. (2021). ARAB XALIFALIGINING POYTAXTI BAG'DODNING TANAZZULGA YUZ TUTISHI. Scientific progress, 1(6).

25. Ro'Zmetov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA SOSONIYLAR DAVLATINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

26. Tulaboyev, D., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA MESOPATAMIYANING TARIXI VA DINI: O'RNI HAMDA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

27. Omonov, A. O. O., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA FRIGIYA PODSHOLIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(5).

28. Turg'Unboyeva, M., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA "O'TTIZ YILLIK URUSH" NING AHAMIYATI. Scientific progress, 1(5).

29. Ashirova, N. X. Q., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA QADIMGI HINDISTON MADANIYATINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(5).

30. Yoriqulov, A. S. O. G. L., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA HIND SIVILIZATSIYASI O'RNI. Scientific progress, 1(5).

31. Rahimberdiyev, A. E. O. G. L., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA ELAM DAVLATCHILIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(5).

32. Nomozov, M. M. O., & Haydarov, S. A. (2021). OZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TA'LIM SOHASIDAGI ISLOHOTLAR. Scientific progress, 1(5).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.