Научная статья на тему 'OʻQUVCHILARNING BIOLOGIYA FANIDAN KREATIV FIKRLASH QOBILIYATINI SHAKLLANTIRISHDA XALQARO PISA DASTURINING AHAMIYATI'

OʻQUVCHILARNING BIOLOGIYA FANIDAN KREATIV FIKRLASH QOBILIYATINI SHAKLLANTIRISHDA XALQARO PISA DASTURINING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

295
34
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
PISA / kreativ fikrlash / tabiiy-ilmiy savodxonlik / test / kompetensiya / PISA / творческое мышление / естесвеннонаучнаяграмотность / тест / компетентность

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — A . K. Raximov, O. O. Rasulova

Ushbu maqolada PISA haqida umumiy tushuncha, PISA dasturuning oʻquvchilar hayotidagi roli, mavzularga kreativ yondoshuv, vizual oʻquv materiallari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Oʻquvchilarning kreativ fikrlashiga ta’sir etuvchi omillar, o’quvchilarning kreativ fikrlash qobiliyatini shakllantirishda Xalqaro PISA dasturining ahamiyati tahlil qilindi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ВАЖНОСТ МЕЖДУНАРОДНОЙ ПРОГРАММЫ PISA В ФОРМИРОВАНИИ ТВОРЧЕСКОГО МЫШЛЕНИЯ У СТУДЕНТОВ В БИОЛОГИИ

В этов статье представленен обзор PISA, роль программы PISA в жизни студентов, творческий подход к темам и наглядные учебные материалы. Были проанализированы факторы учебные материалы. Были проанализированы фактори, влияющие на творческое мышление студентов, и роль международной программы PISA в формировании навқков творческого мышления студентов.

Текст научной работы на тему «OʻQUVCHILARNING BIOLOGIYA FANIDAN KREATIV FIKRLASH QOBILIYATINI SHAKLLANTIRISHDA XALQARO PISA DASTURINING AHAMIYATI»

O'QUVCHILARNING BIOLOGIYA FANIDAN KREATIV FIKRLASH QOBILIYATINI SHAKLLANTIRISHDA XALQARO PISA DASTURINING

AHAMIYATI

A . K. Raximov

CHDPI. p.f.d., professori.

[email protected]

O. O. Rasulova

CHDPI.oqituvchisi

Annotatsiya: Ushbu maqolada PISA haqida umumiy tushuncha, PISA dasturuning o'quvchilar hayotidagi roli, mavzularga kreativ yondoshuv, vizual o'quv materiallari haqida ma'lumotlar keltirilgan. O'quvchilarning kreativ fikrlashiga ta'sir etuvchi omillar, o'quvchilarning kreativ fikrlash qobiliyatini shakllantirishda Xalqaro PISA dasturining ahamiyati tahlil qilindi.

Kalit so'zlar: PISA, kreativ fikrlash, tabiiy-ilmiy savodxonlik, test, kompetensiya

ВАЖНОСТ МЕЖДУНАРОДНОЙ ПРОГРАММЫ PISA В ФОРМИРОВАНИИ ТВОРЧЕСКОГО МЫШЛЕНИЯ У СТУДЕНТОВ В БИОЛОГИИ

Аннотация: В этов статье представленен обзор PISA, роль программы PISA в жизни студентов, творческий подход к темам и наглядные учебные материалы. Были проанализированы факторы учебные материалы. Были проанализированы фактори, влияющие на творческое мышление студентов, и роль международной программы PISA в формировании навыков творческого мышления студентов.

Ключевые слова: PISA, творческое мышление, естесвеннонаучная-грамотность, тест, компетентность

THE IMPORTANCE OF THE INTERNATIONAL PISA PROGRAM IN THE FORMATION OF STUDENTS CREATIVE THINKING ABILITY IN BIOLOGY

Abstract: This article provides an overview of PISA, the role of the PISA program in students' lives, a creative approach to topics, and visual learning materials. Factorc influencing student's creative thinking and the role of the International PISA program in shaping students creative thinking skills were analyzed.

Keywords: PISA, creative thinking, science-literacy, test, competence

PISA (inglizcha - Programme for International Student Assessment) - turli davlatlarda 15 yoshli o'quvchilarning o'qish, matematika, tabiiy fanlar bo'yicha savodxonligini hamda bilimlarini amaliyotda qo'llash qobiliyatini baholovchi dastur hisoblanadi. Bu dastur har 3 yilda bir marotaba o'tkaziladi. Ushbu dastur dastlab 1997-yilda ishlab chiqilgan va 2000-yilda birinchi marta qo'llanilgan. Bu dastur asosidagi baholash tizmi hozirgi kungacha jami 7 marta (2000, 2003, 2006, 2009, 2012, 2015 va 2018 yillar) tasodifiy tanlov asosida o'tkazilgan va 2009, 2012 yillardagi PISA natijalari o'quvchilarda tabiiy-ilmiy savodxonlik bo'yicha yutuqlari quyi pog'onada ekanligi

ko'rsatilgan. Keyingi sinovlar 2021 yilda bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. ko'rmoqda [5;6;7].

PISA da ilmiy savodxonlik o'quvchilar tomonidan savollar berish, yangi bilimlarni egallash, jarayonga kreativ yondashish, ilmiy hodisalarni dalillar asosida tushintirish hamda xulosalash asosida idindifikatsiya qilinadi va tavsiflanadi [4].

Ta'limning asosiy vazifasi o'quvchida jamiyatda muvaffaqiyatli hayot kechirishi uchun bugun va kelajakda kerak bo'ladigan ko'nikmalarni shakllantirishdir. Bunda kreativ fikrlash bugungi yoshlar ega bo'lishi kerak bo'lgan eng muhim ko'nikmalardan biridir [2].

PISA butun dunyodagi 15 yoshli o'quvchilar uchun tegishli kreativ fikrlash tavsifidan foydalanadi. Kreativ fikrlashni baholash xalqaro dasturini rivojlantirish ta'lim siyosati va pedagogikasida ijobiy o'zgarishlarga sabab bo'lishi olib keladi. PISA tadqiqoti kreativ fikrlash yo'nalishining baholashi o'quvchilarda dalillarga asoslangan xulosaga kelishda ko'maklashuvchi aniq, ishonchli va amalga oshirish mumkin bo'lgan baholash vositasini taqdim etadi. Natijalar, shuningdek, jamiyatda ushbu muhim ko'nikmani ta'lim orqali rivojlantirishga olib keladi. PISA dasturidagi ushbu faoliyat Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining ijodiy fikrlashni rivojlantirish borasidagi yangi pedagogikani qo'llab-quvvatlashga qaratilgan [8].

Nickerson kreativ fikrlashni bo'guvchi aynan maktab bilan bog'liq bir qator amaliyotlarni mavjudligini e'tirof etadi va ularga quyigalarni kiritadi:

1. vazifani bajarishning yagona to'g'ri usuli, savolga yagona to'g'ri javob bo'lishi kerak, degan g'oyaning mavjudligi;

2. nufuzli insonlarga bo'ysunish va ulardan qo'rqish kerak, degan munosabatni targ'ib etish;

3. har qanday holatda ham dars rejasiga amal qilish;

4. originallik o'ta noyob xislat ekanligiga ishonib qolish;

5. bilim alohida sohalarga bo'linishi haqidagi ishonchni targ'ib etish;

6. qiziquvchanlik va sinchkovlikni ma'qullamaslik;

7. bilim olish va muammoni yechishning qiziqarli mashg'ulot bo'lishiga yo'l qo'ymaslik [3].

Demak, pedagog ustozlar ham o'quvchilarning kreativ fikrlashiga to'sqinlik qilishi mumkin. Buning

uchun pedagoglar dars jarayonida yuqorida keltirilgan kreativ fikrlashni bo'guvchi omillardan vos kechishi lozim.

PISA tadqiqotida kreativ fikrlash yordamchi omillarining murakkab turkumi borasida ma'lumot yig'ish qiyin, lekin amalga oshirsa bo'ladigan ishdir. PISA ikki qismdan iborat: test va so'rovnoma. Test qismi o'quvchilar g'oya berish, uni tahlil etish va takomillashtirish asosida ma'lumot beradi. So'rovnoma ushbu ma'lumotni o'quvchi kreativ fikrlashining boshqa yordamchi omillari borasidagi ma'lumot bilan, jumladan, ijodiy yondashuv (ochiqlik, maqsad sari ishtiyoq va ishonch), maktab muhiti haqidagi tasavvurlari, maktab va uning tashqarisida shug'ullanadigan faoliyat kabi ma'lumotlar bilan to'ldiradi [8].

Tabiiy-ilmiy fanlar savodxonligini aniqlash PISA dasturini bitta bo'limi bo'lib, bunda hayotiy hodisalarda ilmiy usulda hal qilinishi mumkin bo'lgan muammolarni aniqlash, kuzatuv va tajribalar asosida xulosalar chiqarish kompetensiyasiga ega ekanligi o'rganiladi. Bu bo'limning asosiy maqsadi atrofimizdagi olamni tushinish, inson faoliyati

natijasida unda sodir bo'layotgan o'zgarishlarni anglab yetish, shunga ko'ra kerakli qarorlar qabul qila olish ko'nikmasini rivojlantirish hamda biologik hodisalarga kreativ yondashishdan iborat [1].

Tabiiy-ilmiy savodxonligini aniqlashda birinchi navbatda PISA tizmiga asoslangan o'quv materiallarini ishlab chiqish va ularni o'quvchilarga tadbiq qilish kerak. Tadbiq qilingan o'quv materiallari sinfda o'quv jarayonini yaxshilashga va o'quvchilarning faolligini oshirishga hizmat qilishi lozim. Buning uchun o'quv materiallari ko'proq amaliy mashg'ulotlardan iborat bo'lsa, maqsadga muofiq bo'ladi. Chunki amaliy mashg'ulotlar o'quvchilar bilimini boyitishga, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga va kreativ fikrlashga olib keladi [5].

Gretsiya maktablarida 7- va 9- sinf o'quvchilarining biologiya fanidan bilimini baholashda vizual o'quv materiallaridan foydalaniladi va uning quyidagi hususiyatlari tahlil qilinadi.

• Vizual o'quv materiallarini PISA va o'quv qo'llanmalarga kiritish chastotasi

• Vizual o'quv matreriallarining turlari (rasm, diagramma, jadval va boshqalar)

• O'quvchi egallashi kerak bo'lgan bilimlarni aniqlashda vizual tasvirlar aniq roli,

• Vizual o'quv materiallarida ma'lumotlar keng doirada tahlil qilishini

• Talab qilinadigan javoblar formati (grafik tahlil qilish, jadvallarni to'ldirish, vizual ko'rsatmalarni bajarish, raqamli javoblar) [1].

Shunday qilib, tabiiy ilmiy savodhonlikni oshirishda biologiya fanidan PISA dasturiga oid o'quv materiallarni ishlab chiqish va dars jarayoniga qo'llash, o'quvchilarning bilimini boyitishga, egallagan bilimlarini o'z hayotida qo'llashga hamda biologik jarayonlarga kreativ yondashishga olib keladi.

REFERENCES

1. Kyriaki Anagnostopoulou, Vassilia Hatzinikita, Vasilia Christidou. PISA and biology school textbooks: the role of visual material // Procedia - Social and Behavioral Sciences 46 ( 2012 ) 1839 - 1845

2. Lucas, B. and E. Spencer (2017), Teaching Creative Thinking: Developing Learners Who Generate Ideas and Can Think Critically., Crown House Publishing, https://bookshop. canterbury. ac.uk/ Teaching-CreativeThinking-Developing-learners-who-generate-ideas-and-thinkcritically (accessed on 26 March 2018).

3. Nickerson, R. (2010), «How to Discourage Creative Thinking in the Classroom», in Beghetto, R. and J. Kaufman (eds.), Nurturing Creativity in the Classroom, Cambridge University Press, Cambridge, http://dx.doi. org/10.1017/CBO9780511781629.002.

4. OECD. 2012. Assessment and Analytical Framework. (Online).

5. Yenny Anwar, Sanjaya, and Syuhendri. Biology Science Based PISA Framework Implications for Enhancement Students Scientific Literacy // Proceedings International Conference on Mathematics, Sciences and Education, University of Mataram 2015 Lombok Island, Indonesia, November 4-5, 2015

6. https://googol.uz/post/pisa-test-nima

7. https://uz.vvikipedla.com/wiki/programme_for_international_student_assesment

8. https://www.uzedu.uz/uploads/2020/08/pida-tadqiqotida-kreativ-fikrlashni-baholash-doirasi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.