Научная статья на тему 'O’QUVCHILARNING AQLIY QOBILYATINI RIVOJLANTIRISHDA GEOMETRIK MASALARNING AHAMIYATI'

O’QUVCHILARNING AQLIY QOBILYATINI RIVOJLANTIRISHDA GEOMETRIK MASALARNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
16
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
analiz / sintez / geometrik shakllar / chizg’ich / sirkul / tasavvur / perimetr / yuza / hajm / mantiqiy fikrlash

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Po’Latova Kamola Nuraliyevna

Ushbu maqolada matematika faniga bo’lgan qiziqishini oshirish, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o’qitishda o’qituvchining ahamiyati, ta’lim samaradorligini oshirish, o’qitishning har xil vositalari masalalari to‘g‘risida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’QUVCHILARNING AQLIY QOBILYATINI RIVOJLANTIRISHDA GEOMETRIK MASALARNING AHAMIYATI»

O'QUVCHILARNING AQLIY QOBILYATINI RIVOJLANTIRISHDA GEOMETRIK

MASALARNING AHAMIYATI Po'latova Kamola Nuraliyevna

T.N.Qori Niyoziy nomidagi O'zPFITI 2-kurs doktaranti https://doi.org/10.5281/zenodo.10681000

Annotatsiya. Ushbu maqolada matematika faniga bo'lgan qiziqishini oshirish, boshlang'ich sinf o'quvchilarini o'qitishda o'qituvchining ahamiyati, ta'lim samaradorligini oshirish, o'qitishning har xil vositalari masalalari to'g'risida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: analiz, sintez, geometrikshakllar, chizg'ich, sirkul, tasavvur, perimetr, yuza, hajm, mantiqiy fikrlash;

So'ngi yillarda mamlakatimizda maktabda matematika o'qitish, ayniqsa, boshlang'ich ta'lim tizimida o'z ko'lami va ahamiyati jihatidan nihoyatda katta bo'lgan o'zgarishlarni amalga oshirdi. Maktab ta'limi oldiga tamomila yangi maqsadlarning qo'yilishi matematika o'qitish mazmunining tubdan o'zgarishiga olib kelmoqda. Ma'lumki, matematika fani inson aqlini charxlaydi, diqqatini rivojlantiradi, ko'zlangan maqsadga erishish uchun qat'iyat va irodani tarbiyalaydi, algoritmik tarzda tartib-intizomlilikka o'rgatadi va eng muhimi, mulohaza yuritishga chorlaydi hamda tafakkurni kengaytiradi.

O'quvchilarni matematika faniga qiziqtirish, befarq qaramasligini ta'minlash har bir bugungi kun pedagogining vazifasi hisoblanadi. Matematika bolalarda tafakkur, diqqat, xotira, ijodiy tasavvur etish, kuzatuvchanlikni rivojlantirishga imkon beradi. Shuningdek, matematika o'quvchining mantiqiy fikrlash malakalarini oshirishni, uning o'z fikrlarini aniq, to'g'ri va tushunarli bayon etishi uchun zamin hozirlaydi. O'qituvchining vazifasi bolaga matematikani o'qitishda bu imkoniyatlardan samarali foydalana olishidir.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'zlashtirishi lozim bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalari me'zoni DTS lari asosida quyidagicha belgilab o tilgan: Boshlang'ich maktabda matematika ta'limi o'quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishga, o'z fikrlarini mustaqil bayon qila olish, egallagan bilimlarni ijtimoiy faoliyatlarda qo'llash hamda ta'limning ikkinchi bosqichida o'qishni davom ettirish uchun matematik tayyorgarlikni ta'minlashga xizmat qiladi. Matematika bo'yicha standart ko'rsatkichlari bolalarda natural sonlar va nol to'g'risida tasavvurni shakllantirish, puxta hisoblash ko'nikmalarini hosil qilish, amaliy masalalarni yechishda natural sonlar va arifmetik amallarni qo'llay olishda o'rgatish, eng sodda geometrik shakllar, ularni tekislikda tasvirlash xususiyatlari haqida tasavvurga ega bo'lish hamda og'zaki hisoblash va matematik munosabat belgilaridan foydalana olish malakasini hosil qilish nuqtai nazardan izohlanadi.

Boshlang'ich sinf matematika darsligida geometrik materiallarni o'rgatish uchun alohida mavzu ajratilmagan. Shunga qaramasdan boshlang'ich sinf matematika darsida geometrik material katta o'rinni oladi. Ko'pchilik hollarda bu material arifmetik materiallar bilan uzviy bog'lanadi. Sonli ifodalar faqatgina arifmetik ifodalarda 4 amalni bajarish emas, geometrik masalalar, arifmetik va algebraik masalalarni yechishda bevosita qo'llaniladi. Masalan, uchburchakning perimetri, kubning hajmi, miqdorlar to'g'risida sonli ifodalar qo'llaniladi. Uchburchakning tomonlari 3 sm, 4 sm, 5 sm bo'lsa, uning perimetri qancha?

3 sm + 4 sm + 5 sm = 12 sm.

Geometrik materialni o'rganish vazifalarini hisobga olgan holda o'qitishning har xil vositalaridan keng foydalanish kerak. Bular geometrik figuralarning rangli kartondan yoki qalin

qog'ozdan tayyorlangan butun sinf uchun mo'ljallangan modellari, figuralari va diafilmlardan iborat. Doskadagi chizmalarni bajarish uchun sinfda chizma o'lchov asboblarining jamlamasi: chizg'ich, chizmachilik burchagi, sirkul bo'lishi zarur. Kichik yoshdagi maktab o'quvchilarida geometrik tasavvurni shakllantirish metodikasida ma'lum shakldagi real predmetdan uning tasviri tomon va aksincha, tasvirdan real predmetlari tomon bormog'i kerak. Geometrik elementlarni o'rganishda quyidagi metodlardan masalan; geometrik modellashtirishdan foydalanish, qog'oz, cho'plar, plastilin va simlardan figuralarning modellarini yasash, qog'ozda geometrik figuralarni chizish - bolalar ongida geometrik tasavvurni rivojlantirishga omil bo'ladi. O'quvchilarni yangi matematik tushunchalarni o'zlashtirishga tayyorlashning yana bir muhim jihati shundan iboratki, o'quvchilarda aqliy operasiyalar; analiz, sintez, taqqoslash nomuhim narsalarni oddiygina chetlab o'tib, muhim umumiylikni his eta olishidir. Bunday aqliy operasiyalarni shakllantirish o'qitishning birinchi kunlaridan boshlashni nazarda tutadi. Shu yuqorida o'rganish kerak bo'lgan, geometrik figuralar va geometriya elementlarini o'rgatishda o'qituvchi ilg'or pedagogik texnologiyadan foydalansa maqsadga muvofiq bo'lar edi.

Geometrik masalalarda o'lchashlarga ancha katta o'rin berilgan, bolalar nuqta, chiziqlar, kesma, egri chiziq, santimetr, kesmalarning uzunligini taqqoslash va o'lchash, burchak, to'g'ri burchak, ko'pburchaklar to'g'risida ma'lumotlarga ega bo'lishlari ko'zda tutilgan. Boshlang'ich sinfda geometrik masalalar ustida ishlash, asosan qog'oz varag'ini turli shakllarda buklash, figuralarni chizish va hokazolar bilan bog'liq amaliy ishlar asosida qaraladi. Egallangan bilim o'quv va malakalar geomerik materialni o'rganishda matnli masalalarni yechishda ham qo'llaniladi. Demak, boshlang'ich sinflarda algebraik va geometrik material ustida ishlash tizimli ravishda amalga oshirilishi kerak. Matematika fanida to'rt amalning bajarilishini o'rgatish bilan birga shakllar, ularni tuzilishi, farqini va o'lchamini o'rgatish zaruriyati ham ahamiyatga ega. Bu geometriya fanining ilk tushunchalari hisoblanadi. Bunda boshlang'ich sinf o'qituvchisining roli nihoyatda kattadir

Farobiyning fikricha, ta'lim - tarbiya jarayonining har bosqichida o'quvchilarning bilimlarini o'zlashtirishi, o'ziga xos tarzda fikrlashi, tasavvur qilishi va his etishi orqali amalga oshadi. Inson tug'ilganidan fikrlash quvvatiga ega bo'ladi va u bolaning o'sishi bilan rivojlanib boradi. Olimning fikricha, inson aqliga sig'adigan tushunchalarning kishi ongida saqlanib qolishi, bilishning natijasi sanaladi. Boshlang'ich sinflar matematika darslarida boshlang'ich sinf o'quvchilarini geometrik masalalar yechish jarayonida fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar mavjud. Bu shu bilan asoslanadiki, birinchidan, boshlang'ich sinflar matematika darslarida ko'pgina tushunchalarni hayotiy tajribaga asoslanib o'qitishga, ikkinchidan, tushunchalar, qoidalar va ularni kuzatishlar, mashq va misollar asosida ko'rgazmali chiqarish usullari, amallar va ularning xossalarini bayon etishda ularning qo'llanilishi, uchinchidan, matnli va syujetli mashq va misollar va ularni yechishda o'quvchilarda fikrlash ko'nikmalarini shakllantirish bilan birga geometrik tushunchalar, boshqa amallar bilan o'zaro aloqadorligidan foydalanish talab etiladi. Shuning uchun o'quvchilarini geometrik masalalar yechish jarayonida fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishning samarali usullarini ishlab chiqish va ularni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida qo'llash usullarini o'rganish dolzarb masala hsoblanadi. Masalalar yechish bolalarda avvalo mukammal matematik tushunchalarni shakllantirish, ularning dasturda berilgan nazariy bilimlarni o'zlashtirishlarida favqulotda muhim ahamiyatga ega. Matematika fanining asosiy tarkibini masalalar tashkil qiladi. Masalalarni mukammal ishlaydigan bola misollar ishlashda qiynalmaydi va shu bilan birga matematika fanini o'zlashtirishi ham oson bo'ladi.

Ayni shu boshlang'ich sinflarda bolalarning aqliy rivojlanishlariga asos solinishi sababli boshlang'ich sinf o'qituvchisi uchun o'quvchilarning aqliy faoliyatlari darajasini va imkoniyatlarini bilish va hisobga olish, ayniqsa muhimdir. Kelgusidagi amaliy faoliyat uchun xususiy, amaliy, o'quvchilar mustaqil ish natijasida xususan, seminar, amaliy va laboratoriya ishlarida matematikani o'qitish metodikasida bajariladigan ishlar orqali egallanadi

Boshlang'ich sinf o'quvchilarida matematik fikrlashning yuqori darajada rivojlanishiga faqat to'g'ri tashkil qilingan maktab ta'limi doirasidagina erishish mumkin. Dunyoni, uning umumiy qonuniyatlarini va asosiy ilmiy g'oyalarini matematikasiz falsafiy egallashning imkoni yo'q. Shunday qilib, matematika shaxsning aqlan rivojlanishi uchun zarur.

O'qitishning zamonaviy kompetensiyaviy yondashuvga o'tilishi ta'lim jarayoniga qor ko'chkisi kabi ta'sir ko'rsatadi va misli ko'rilmagan o'zgarishlarga olib keladi. Bunda yangiliklarni ta'lim jarayoniga olib kirish va joriy etish bugungi kun o'qituvchisiining vazifasiga aylanadi. Bilimli, yuqori malakaga ega bo'lgan o'qituvchi kadrlargina jamiyatning ta'lim oldiga qo'ygan vazifasini amalga oshirishga qodir bo'ladilar. O'qituvchining izlanishi, bugungi kun talablari asosida o'z-o'zini tarbiyalashi, o'z ustida tinimsiz izlanishi, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni mukammal o'zlashtirishi va ularni ta'lim jarayonida qo'llashi ta'lim samaradorligini oshiradi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar ta'lim jarayonining ta'sirchanligini oshiradi, o'quvchilarning mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, o'quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam o'zlashtirish esa ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko'nikma va malakalarini shakllantiradi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni. 23.09.2020 yildagi O'RQ-637-son.(lex.uz./docs/-5013007)

2. Alixonov S. "Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasi" T. "Cho'lpon" 2011. -306 b

3. Bikbayeva N.U., Sidilinikova R.I., Adambekova G. A. "Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasi", -T.: "O'qituvchi'' 1996. - 512 bet

4. Jumayev M.E., Tadjiyeva Z.G. "Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasi". -T.: "Fan va texnologiya" 2005. -312 bet

5. Jumayev M.E. "O'quchining ijodiy shaxs sifatida rivojlanishida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining metodik - matematik tayyorgarligi" - T.: Fan, 2009, - 240 b.

6. Habibullayev R.A. O'quvchilarning matematik tafakkurini shakllantirish.- Toshkent: O'qituvchi, 2010. 247-bet.

7. Mardonova F.I. Boshlang'ich sinflarda ta'lim-tarbiyani shakllantirish.- T.: "Sharq" nashriyoti matba konserni bosh tahririyati, 2018. 92-bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.