Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA TA’LIM JARAYONLARIGA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR'

BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA TA’LIM JARAYONLARIGA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
289
32
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
zamonaviy pedagogik texnologiya / ko’nikma / geometrik masalalar / qobiliyat / mustaqil fikrlash / pedagogik mahorat.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — K. N. Po‘Latova

Ushbu maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilarining sifatli ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etishda matematika darslariga qo’yiladigan zamonaviy talablar masalalari ko’rsatib o’tilgan. SHuningdek, maqolada matematika fanining asosiy tarkibi bo’lgan masalalar va misollarni tushuntirishdagi metodik ko’rsatmalar tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA TA’LIM JARAYONLARIGA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR»

BOSHLANG'ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA TA'LIM JARAYONLARIGA

ZAMONAVIY YONDASHUVLAR K. N. Po'latova

T.N.Qori Niyoziy nomidagi O'zPFITI doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.10115233

Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarining sifatli ta'lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etishda matematika darslariga qo'yiladigan zamonaviy talablar masalalari ko'rsatib o'tilgan. SHuningdek, maqolada matematikafaniningasosiy tarkibi bo'lgan masalalar va misollarni tushuntirishdagi metodik ko'rsatmalar tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: zamonaviy pedagogik texnologiya, ko'nikma, geometrik masalalar, qobiliyat, mustaqil fikrlash, pedagogik mahorat.

Аннотация. В статье рассматриваются вопросы современных требований к урокам математики в организации качественного образовательного процесса учащихся младших классов. Также в статье анализируются методические указания по объяснению задач и примеров, составляющих основное содержание математики.

Ключевые слова: современные педагогические технологии, умения, геометрические задачи, способности, самостоятельное мышление, педагогическое мастерство.

Abstract. The article discusses the issues of modern requirements for mathematics lessons in organizing a high-quality educational process for primary school students. The article also analyzes guidelines for explaining problems and examples that form the main content of mathematics.

Keywords: modern pedagogical technologies, skills, geometric tasks, abilities, independent thinking, pedagogical skills.

Respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnik rivojlanishining hozirgi bosqichi ta'lim jarayoniga yangicha yondashuvlarni taqozo etadi. Bu respublikamizda va jahon hamjamiyatidagi ilm-fan sohasidagi rivojlanishlar hamda texnika taraqqiyoti bilan tavsiflanadi. So'ngi yillarda mamlakatda ta'lim-tarbiya tizimining sifati va samaradorligini oshirish, o'quvchi va talaba yoshlarda zamonaviy bilim, ko'nikmalarni shakllantirish, ta'lim tizimlari hamda ilm-fan sohasi o'rtasida yaqin hamkorlik va integratsiyani, ta'limning uzviyligini ta'minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jamiyatning, axborot muhitining va mehnat bozoridagi holatning jadal rivojlanishi natijasida reproduktiv ta'lim tizimi davr talabiga javob bermay qoldi. Bu esa matematikani o'qitishning yangicha yondashuvlarini ishlab chiqishni talab qilmoqda. Yoshlarning bilim va iqtidorini chuqurlashtirish, ularning kelgusida malakali kadrlar bo'lib O'zbekistonni yanada rivojlantirishdagi ishtirokini ta'minlash maqsadida ta'lim jarayoniga zamonaviy yondashuvlar joriy etilmoqda, shunga javoban bilimimizni, ishimizni samarali va amaliyotga joriy etishda natijaviylikka e'tiborni qaratamiz. Jamiyatda yashaydigan inson keng faoliyatga tayyorlanar ekan, uning rivojlanishi, tafakkurini yangilashda o'quv jarayoniga ilg'or texnologiyalarini kiritish o'quvchilarning mustaqil erkin fikrlash ijodkorlik faoliyatlarini rivojlantirishini taqazo etadi.

Ma'lumki, bugungi kunda duynyodagi ijtimoiy taraqqiyot va ilmiy bilish sohasidagi katta o'zgarishlar fanning hayotdagi ahamiyatini yanada oshirmoqda. Bu muammoni hal qilishda boshlang'ich ta'lim muhim ahamiyat kasb etadi. Bolaning intellektual imkoniyatlariga aynan ta'limning boshlang'ich bo'g'inida zamin yaratiladi. Boshlang'ich sinflar matematika darslarida

boshlang'ich sinf o'quvchilarini geometrik masalalar yechish jarayonida fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar mavjud. Bu shu bilan asoslanadiki, birinchidan, boshlang'ich sinflar matematika darslarida ko'pgina tushunchalarni hayotiy tajribaga asoslanib o'qitishga, ikkinchidan, tushunchalar, qoidalar va ularni kuzatishlar, mashq va misollar asosida ko'rgazmali chiqarish usullari, amallar va ularning xossalarini bayon etishda ularning qo'llanilishi, uchinchidan, matnli va syujetli mashq va misollar va ularni yechishda o'quvchilarda fikrlash ko'nikmalarini shakllantirish bilan birga geometrik tushunchalar, boshqa amallar bilan o'zaro aloqadorligidan foydalanish talab etiladi. Shuning uchun o'quvchilarini geometrik masalalar yechish jarayonida fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishning samarali usullarini ishlab chiqish va ularni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida qo'llash usullarini o'rganish dolzarb masala hsoblanadi. Masalalar yechish bolalarda avvalo mukammal matematik tushunchalarni shaklllantirish, ularning dasturda berilgan nazariy bilimlarni o'zlashtirishlarida favqulotda muhim ahamiyatga ega. Masalan, agar biz qo'shish haqida to'g'ri tushuncha shakllantirishni istasak, buning uchun bolalar yig'indini topishga doir yetarli miqdorda sodda masalalarni deyarli har gal to'plamlarni birlashtirish amalini, bajarib yechishlari zarur.

Psixologlarning ta'kidlashlariga ko'ra inson bilish faoliyatining faollashuvida idrok, xotira, diqqat ham alohida ahamiyatga ega. Boshlang'ich sinf o'quvchilari idrokining kengligi, ularning qiziquvchanliklari, hayollaring yorqinligi, xotirasining kuchliligi, tafakkurning boyligida namoyon b'ladi. Oqilona tashkil qilingan ta'lim jarayoni o'quvchilar tafakkur tezligining jadal rivojlanishi uchun imkoniyat yaratadi. Jumladan, o'quvchilar matematik nazariy tushunchalarni ta'lim jarayonida o'zlashtiradilar, o'zlari masalalar tuzadilar, didaktik mashqlarni bajarish ko'nikmalarini egallaydilar. Maqsadga muvofiq tarzda tashkil etilgan ta'lim jarayoni o'quvchilarning aql-idroki, sezgirligi, kuzatuvchanligi, hisoblash ko'nikmlari va ijobiy tavsifdagi shaxsiy sifatlarini tarkib toptiradi. Shu bilan bir qatorda bunday ta'lim jarayonida o'quvchilarning bilish ko'nikmalari rivojlanib, ular intellectual jihatdan taraqqiy etadilar. O'quvchilar topshiriqlarni bajarish jarayonida aqliy imkoniyatlarini ishga sola boshlaydilar. Boshlang'ich sinflarda o'quvchilar o'z idroklarining aniqligi, kengligi, sofligi, otkirligi bilan boshqa yosh davrlardagidan farq qiladilar.

Ma'lumki, ta'limning dastlbki bosqichida o'quvchilarning umumlashtiruvchi ko'nikmalari juda sodda va faqat tashqi, o'xshash belgilarga asoslanadi. Keyinchalik esa o'quvchilar buyumlar va hodisalarning sifatlari, xususiyatlari, belgilarini guruhlash va tavsiflashga ko'ra umumlashtirish ko'nikmalarini egallaydilar. Bu o'qituvchining o'quvchilarni ta'lim jarayoniga qiziqtirishi, darslarga faol qatnashish mayllarini hosil qilishda turli didaktik vositalardan foydalanishi natijasida jadallashadi. Boshlang'ich sinf matematika darslarini oqilona tashkel etilishi o'qituvchi va o'quvchilarning matematik bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirish, qiyinroq masala va misollarni yechish bo'yicha mashq qildirish, eng muhimi, matematikaga bo'lgan qiziqishlarini oshirishga imkon beradi. Masala yechish jarayonida o'qitivchi, albatta, qaysidir metod, usul va vositalardan foydalanadi. Metod tushunchasi didaktika va metodikaning asosiy tushunchalaridan biri. Didaktika va metodikaga oid hozirgi zamon ishlarining ko'chiligida metodlar o'qituvchi va o'quvchilarning birgalikdagi faoliyatlari usullari bolib, bu faoliyat yordamida yangi bilimlar, ko'nikma va malakalarga erishiladi. O'quvchilarning dunyoqarashlari shakllanadi, ularning qobilyatlari rivojlanadi deb tavsiflanadi.

Matematika fani boshqa fanlarga qaraganda murakkab hisoblansada, lekin fanga nisbatan tushunchalarni ongli ravishda tushunilsa bu fandan qiziq fan bo'lmaydi. Matematikani asosi

masalalardan iborat bo'lib, har bir matematik belgi o'zida mantiqiy bir fikrni mujassamlashtirgan. Ko'pgina olimlarimiz bu fanni rivojlanishida o'zlarining metodik qo'llanmalari, kitob va darsliklari bilan o'z hissalarini qo'shib kelmoqdalar.

Matematika fanining asosiy tarkibini masalalar tashkil qiladi. Masalalarni mukammal ishlaydigan bola misollar ishlashda qiynalmaydi va shu bilan birga matematika fanini o'zlashtirishi ham oson bo'ladi. N.Ya.Vilenkin aytganidek "Qiyin masalani yechishni, mustahkam qal'ani zabt etishga taqqoslash mumkin". Haqiqatdan ham qiyin masalani ishlasa, o'quvchilarning fikrlash qobilyatlari o'sib, rivojlanib boradi. O'quvchilarni masala ishlashga o'rgatish o'qituvchidan ancha pedagogik mahorat talab qiladi. Boshlang'ich sinf o'qituvchisi har bir bolaning psixologiyasini bilgan holda unga nisbatan munosabat o'rnatadi. Matematika darsligidan masalalar ishlash jarayonida ham o'qituvchi bolaning bilim darajasiga qarab masalaning arifmetik amallarini hayot bilan bog'lagan holda unga tushuncha berib boradi. Boshlang'ich sinf o'qituvchisi pedagogika va psixologiya fanlarini mukammal bilishi, har tomonlama yetuk barkamol avlodni tarbiyalash, ularga ta'lim berish ishlarini o'qituvchilar amalga oshiradilar. Boshlang'ich sinf o'qituvchilari har bir yosh davrining psixologik xususiyatlarini chuqur o'rganib, shu o'rgangan nazariyalarini diagnoz qilishlari ham kerak bo'ladi. Maktabga ilk qadam qo'ygan har bir bola qo'shishni yoki ayirishni bilavermaydi, o'qituvchi uning bilim darajasi, qobilyati shu bilan birga layoqatini hisobga olgan holda sinfda munosabat o'rnatadi. Matematika fani o'quvchilarni qobilyatlarini namoyon qilish bilan birga ularning qobilyatlarini rivojlantiradi. Buyuk olim Bernard Shouning "Insondagi eng asl qobilyatlardan biri - matematik fikrlay olishidir". Ta'lim-tarbiya jarayonini to'g'ri, ilmiy asosda tashkil qilish uchun ta'lim jarayonining o'ziga xos psixologik qonuniyatlarini, ya'ni bilimlarni o'zlashtirish jarayonini, ko'nikma va malakalarni, faol, mustaqil, individual tarzda hamda ijobiy tafakkur jarayonlarini va ongli fikrlashni tarkib toptirishni yaxshi bilish lozim bo'ladi.

Ta'lim-tarbiya jarayonidagi asosiy vazifalarni bajarish yoki boshqacha aytganimizda muammolarni hal etish turli model va texnologiyalardan foydalanishni taqozo etadi. Jamyatning intelektual salohiyatga mos kelajak avlodni tarbyalash bugungi ta'lim tizimi oldida turgan dolzarb vazifa bo'lib, bu o'z navbatida ta'lim jarayonida muntazam ravishda innovatsion yondashuvlarni amalga oshirishni talab etadi.

Xulosa qilib aytganda, o'qitishning zamonaviy kompetensiyaviy yondashuvga o'tilishi ta'lim jarayoniga qor ko'chkisi kabi ta'sir ko'rsatadi va misli ko'rilmagan o'zgarishlarga olib keladi. Bunda yangiliklarni ta'lim jarayoniga olib kirish va joriy etish bugungi kun o'qituvchisiining vazifasiga aylanadi. Bilimli, yuqori malakaga ega bo'lgan o'qituvchi kadrlargina jamiyatning ta'lim oldiga qo'ygan vazifasini amalga oshirishga qodir bo'ladilar. O'qituvchining izlanishi, bugungi kun talablari asosida o'z-o'zini tarbiyalashi, o'z ustida tinimsiz izlanishi, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni mukammal o'zlashtirishi va ularni ta'lim jarayonida qo'llashi ta'lim samaradorligini oshiradi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar ta'lim jarayonining ta'sirchanligini oshiradi, o'quvchilarning mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, o'quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam o'zlashtirish esa ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko'nikma va malakalarini shakllantiradi.

REFERENCES

1. Abdullayeva B. va boshqalar "Boshlang'ich kursi nazariyasi". - T.: "Tafakkur bo'stoni" 2018. - 496 bet

2. Alixonov S. "Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasi". -T. "Cho'lpon" 2011. -306 b

3. Jumayev M.E. Bolalarda matematika tushunchalarni shakllantirish nazariyasi. - T.: "Ilm-Ziyo", 2005. - 240 bet

4. Jumayev M.E. "O'quchining ijodiy shaxs sifatida rivojlanishida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining metodik - matematik tayyorgarligi". - T.: Fan, 2009, - 240 b.

5. www.pedagog.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.