Научная статья на тему 'O’QUVCHILARNI XALQARO JAUTIKOV OLIMPIADASIGA QATNASHISHLARINING TAHLILI (FIZIKA FANI MISOLIDA)'

O’QUVCHILARNI XALQARO JAUTIKOV OLIMPIADASIGA QATNASHISHLARINING TAHLILI (FIZIKA FANI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
96
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
olimpiada / masala / eksperiment / fizikadan olimpiada masalalarini shakllantirish / didaktika / bilingv.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — F I. Jo’rayev

O’quvchilarni xalqaro Jautikov olimpiadasiga qatnashishi tahlil qilingan. Fizikadan olimpiadalarga tayyorlash metodikasi keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’QUVCHILARNI XALQARO JAUTIKOV OLIMPIADASIGA QATNASHISHLARINING TAHLILI (FIZIKA FANI MISOLIDA)»

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

O'QUVCHILARNI XALQARO JAUTIKOV OLIMPIADASIGA QATNASHISHLARINING TAHLILI (FIZIKA FANI MISOLIDA)

F.I. Jo'rayev

O'zMU ''Tabiiy va aniq fanlar''ga ixtisoslashtirilgan S. H. Sirojiddinov nomidagi respublika

akademik litseyi [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.7993849

Annotatsiya. O'quvchilarni xalqaro Jautikov olimpiadasiga qatnashishi tahlil qilingan. Fizikadan olimpiadalarga tayyorlash metodikasi keltirilgan.

Kalit so'zlar: olimpiada, masala, eksperiment, fizikadan olimpiada masalalarini shakllantirish, didaktika, bilingv.

Kirish. O'zbekiston respublikasi prezidentining 2019 yil 3 maydagi ''iqtidorli yoshlarni aniqlash yuqori malakali kadrlarni tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida''gi PQ-4306 sonli qarorida fanlardan xalqaro va respublika olimpiadalarining g'olib o'quvchilari va ularning o'qituvchilarini munosib taqdirlash belgilab berilgan. Oxirgi yillarda o'zbekistonlik o'quvchilar xalqaro fizika olimpiadalarida sezilarli natijalarga erishib kelmoqdalar. Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Fan olimpiadalari bilan ishlash departamenti fan olimpiadalarini tashkil etish va o'tkazish bo'yicha etiborga molik ishlarni olib bormoqda. Ta'limda fan olimpiadalari bo'yicha erishgan yutuqlari talim indikator sifatida qarash mumkin. Qaysi hududda olimpiada olimpiada g'oliblari nisbatan ko'proq bo'lsa shu hududda ta'lim sifati yaxshiroq deb xulosa chiqarish mumkin.

Olimpiadalarning maqsadi:

- Fizika fanidan o'quvchilarning bilimi sifati va darajasini baholash;

-fizika fanidan salohiyatli va iqtidorli o'quvchilarni qo'llab-quvvatlash, ularga bilimlarini chuqurlashtirish imkoniyatini berish.

Xalqaro Jautikov fizika olimpiadalari 2005 yildan beri Qozog'istonning Ostana shahrida o'tkazilib kelinmoqda. Oxirgi yillarda olimpiada fizika, matematika va informatika fanlaridan o'tkazilib kelinmoqda. O'zbekistonda tahsil olgan o'quvchilarning 2019-2023 yillarda xalqaro Jautikov olimpiadasida fizika fanidan 1ta kumush va 4 ta bronza medaliga sazovor bo'lishgan.

Metodlar

Dastlab o'qituvchi fizikadan mavzularni chuqur tushuntiradi, namoyishli tajribalardan foydalanadi, keyin shu mavzuga doir masalalar va eksperimental topshiriqlarni ham yechib ko'rsatadi. Shundan so'ng dars jarayoning yakuniy qismida o'quvchilarga mustaqil yechishlari uchun mavzuga doir test topshiriqlari va oddiylik murakkablikka qarab qiyinlashib boradigan masalalar beradi. Uyga vazifaga esa oxirgi yillarda tushgan o'zbekiston respublika va turli davlatlarning fizika olimpiadalarida tavsiya etilgan masalalar uyga vazifa qilib beriladi[2].

O'quvchilarni fizika fanidan olimpiadalarga tayyorgarlik ko'rishda quyidagi vositalaridan foydalanamiz:

1) O'qituvchining bayoni va turli ish harakatlari.

2) Fizika bo'yicha o'quv adabiyotlar, qo'llanmalar, xalqaro va osiyo olimpiadasiga taqdim etilgan masalalar.

3) Tabiatning mavjud obektlari.

4) O'quv eksperimentni bajarishga kerak bo'lgan jihozlar.

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

5) Grafik vositalar.

6) Texnik vositalar.

O'quv vositalari quyidagi didaktik funktsiyalarni bajaradi: O'qib o'rganiladigan materiallarni va hodisalarni tushuntirish, fizik hodisalarni o'qib-o'rganish imkoniyatlarini oshirish, fizik asboblar va qurilmalarning ishlash printsipi asosida, hodisalarni yuz berish mexanizmini yaqqol ko'rsatish, turli fizik hodisalarni, bog'lanishlarni sabab-oqibat bog'liqlikda ekanligini tajribada isbotlash. O'quvchilarga fizikadan masalalar yechishda algoritmik metoddan foydalanish tavsiya etiladi.

Fizika fani olimpiadalariga tayyorlashda masalalar yechishda o'quvchilar jarayonlarni kengroq tahlil qilish shuningdek, ko'p sondagi nomalum parametrlarni topish maqsadga muvofiqdir. Bunda o'quvchilar masalalarni kengroq va chuqurroq tahlil qiladilar. Bunda tipdagi masalalarga namuna keltiramiz:

Uchta bir xil ml=m2= m, = m massali jism rasmda keltirilgandek uch yo'nalishda otildi.

Ularning tezlik vektorlari quyidagi ko'rinishda: \\=-3i +4j(m/s)\ r, = 4j("/s)\

% =6/ + 4j('"/s). Jismlarning massalar mazkazining 1) tezlik vektori, 2) impuls vektori, 3)

tezlanish vektori, 4) uchish vaqtini, 5) maksimal uchish uzoqligini va 6) maksimal balandligini toping.

rasm

Berilgan: n\=m2=mi=m-, vx = -3l + 4j("/); v2 = 4j{"/s), v3 =67 + 4](»/).

Topish kerak: 1) v„, = ?, 2) pm = ?, 3) am = ?, 4) t = ?, 5)Sm = ? , 6)Sm = ? . Yechilishi: Jismlar masssalar markazining tezligi vektori quyidagiga teng:

/77, y, + m2v2 + m3v3 _ mv] + mv2 + mv3 _ Vj + v2 + v3

m ~

/77, + m2 + m3 m + m + m 3

-3z +4/ + 4/ + 6z +4/ 3z +12/ - -

vm =------ =-- = i + 4j

m 3 3

Jismlar massalar markazining impuls vektori quyidagiga teng:

Pm = (/;'l + m2 + m3 )3">

Pm = 0n + m + = 3/77 (Z + 4 / )

Jismlar massalar markazi tezlanishi:

_ _ /77,¿J, + m2a2 + m3a3 - _ ma + ma + ma _ ax + a2 + a3

am — ' a™ = = ^ ~

/77! + /772 + /77, m + m + m 3

- - p-/ + (- e) / + (-e) /

«i = «2 = ; «3 = ; a»> = ——^y—— = -gj;

Jismlar massalar markazini tezligining vertikal tashkil etuvchisi quyidagicha topiladi:

vm =i + 4j bu ifodadan vx = Im/s va vy = 4m/s

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

2v 2 • 4

Uchish vaqti : tuch = — = 0.8(s) g 10

Jismlar massalar markazining maksimal uchish uzoqligi:

Smax = Vx • tuch = 1-0.8 = 0.8(m)

Jismlar massalar markazining maksimal ko'tarilish balandligi:

V2 42

hmax = — = - = 0.8(m)

max 2j 2-10

Hozirgi vaqtda xalqaro va osiyo olimpiadalari topshiriqlari akademik litsey va maktab o'quv dasturlari doirasidan chiqgan. Bu o'quvchilar bilan darsdan tashqari to'garaklarda maxsus tayyorgarlikni talab etadi. Xalqaro Jautikov olimpiadasida fizika fanidan 2 ta turda o'tkaziladi: 1. Nazariy tur ( 30 ball), 2. Eksperimental tur ( 20 ball). Quyida keltirilgan jadvalda 2021-2023 yillarda xalqaro Jautikov olimpiadasida fizika fanidan g'oliblikni qo'lga kiritgan o'quvchilarning erishgan yutuqlarining tahlili keltirilgan[1].

O'quvchi-ning familiyasi, ismi Viloyat (Shahar) Nazariy tur ( 30 ball) Eksperi-mental tur ( 20 ball) Jami ball: 50 ball Erishgan natijasi Qatnash-gan yili

Xashayev Rail Toshkent sh. 8,9 (29,6 %) 5,8 ( 29%) 14,7 (29,4%) Kumush medal 2021

Xasanjonova Madinabonu Toshkent sh. 9,1 ( 30,3%) 5,3 ( 26,5%) 14,4 (28,8%) Bronza medal 2022

Sultanov Javohir Toshkent sh. 10,5 (35 %) 1,8 ( 9%) 11,4 (22,8%) Bronza medal 2023

Jadvaldan ko'rinib turibdiki, o'quvchilar eksperimental topshiriqlardan kamroq ball to'plab kelmoqdalar.

Natijalar va muhokamalar

Bilingv va trilingv o'quvchilar(bilingv ikki tilni va trilingv ikki tilni biladigan o'quvchilar) bitta tilni biladigan o'quvchilarga nisbatan bilimlari oshganini tajribamizda kuzatyapmiz[2]. Bilingv o'quvchilar malumotlarni internet, ijtimoiy tarmoq va boshqa manbalardan bitta tilni biladigano'quvchilarga nisbatan ko'proq oladilar. Ushbu o'qitish metodikamizdan o'z samarasini bermoqda. Xalqaro jautikov olimpiadasi O'zMU ''Tabiiy va aniq fanlar''ga ixtisoslashtirilgan S. H. Sirojiddinov nomidagi respublika akademik litseyi o'quvchilari munosib ishtirok etib kelmoqdalar. Jumladan 2019 yil Xasanov Otabek va 2022 yil Xasanjonova Madinabonu bronza medallariga sazovor bo'lishgan. Quyida o'quvchilarni olimpiadalarga tayyorlash mexanizmida foydalaniladigan adabiyotlar ro'yxati keltirilgan. Bunda adabiyotlar qiyinlik darajasi bo'yicha toifalarga bo'lingan.

O'quvchilarni fizika olimpiadalarga tayyorlashda tavsiya etiladigan adabiyotlar:

A-toifadagi adabiyotlar

1. A. P. Rimkeevich Fizikadan masalalar to'plami, Toshkent '' O'qituvchi'' 2003.

2. R. A. Gladkova, N.I. Kutilovskiy Fizikadan savol va masalalar to'plami, Moskva 1986.

3. Fizikadan masalalar yechishga doir qo'llanma E.E. Muravyov Toshkent'' O'qituvchi''

1986.

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

B-toifadagi adabiyotlar

1. G. A. Bendrikov, B. B. Buxovtsev, V. V. Kerjentsev, G. Ya. Myakishev. Fizikadan masalalar, Toshkent 1980.

2. V. S. Volkenshteyn. Umumiy Fizika kursidan masalalar to'plami '' O'qituvchi'' nashryoti, Toshkent 19б9.

3. N. I. Goldfarb Fizikadan savol va masalalar to'plami, Moskva 2002 C-toifadagi adabiyotlar

1. O. F. Kabardin, V. A. Orlov. Maktab o'quvchilarining xalqaro fizika olimpiadalari, Moskva'TAN'' 1985.

2. A. I. Buzdin, V. A. Ilin, I. V. Krivchenkov, S. S. Krotov, N. A. Sveshnikov, Moskva fizika olimpiadalarining masalalari. Moskva'TAN'' 1988.

3. B. B. Buxovtsev, V. D. Krivchenkov, G. Ya. Myakishev, V. P. Shalnov. Elementar fizikadan masalalar to'plami, Toshkent 1973.

4. Fizikadan masalalar I. I. Vorobyov, P. I. Zubkov, G. A. Kutuzova, O. Ya Savchenko, A. M. Trubachyov, V. G. Xaritonov. Novosibirsk 2008.

D-toifadagi adabiyotlar

1. Xalqaro fizika olimpiada(IPhO)lariga tavsiya etilgan masalalar va eksperimental topshiriqlar.

2. Evropa fizika olimpiada(EuPhO)lariga tavsiya etilgan masalalar va eksperimental topshiriqlar

3. Osiyo fizika olimpiadai(APhO)lariga tavsiya etilgan masalalar va eksperimental topshiriqlar.

Xulosa

O'quvchilarga mustahkam bilim berish shartlaridan biri ularni darsda va darsdan tashqari vaqtlarda masalalar yechishga faol jalb qilish va o'qituvchi tomonidan nazorat qilishdir. O'quvchilarning olimpiadaga yuqori natijalarga erishishlari uchun tavsiyalar:

1)Rus yoki ingliztillarini bilishlari kerak (bilingv, trilingv o'quvchilarni tanlash maqsadga muvofiq),

2)Turli davlatlarning olimpiadalarinining masalalarini tarjima qilish kerak,

3)Fizika fani chuqurlashtirilib o'qitiladigan akademik litseylarda va ixtisoslashtirilgan maktablar darsliklarida elektr va optika bo'limlari mavzularini chuqurroq va qiyinroq masalalar kiritish kerak.

4)Fizika olimpiada masalalar va fizikadan eksperimental olimpiada masalalari to'plamlarini nashr etish kerak.

5)Eksperimental topshiriqlarini bajarish uchun asbob va jihozlar bilan ta'minlash kerak.

REFERENCES

1. https://izho.kz.

2. F. I. Jo'rayev O'quvchilarni fizika olimpiadalariga tayyorlash metodikasi. ''O'zbekiston Milliy universitetining ilm-fan rivoji va jamiyat taraqqiyotida tutgan o'rni'' xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya, 2022 yil, 12 may, 195-199 betlar.

3. Ibragimov, X., and Abdullayeva Sh. "Pedagogika nazariyasi (darslik)." T.: Fan va texnologiya 288 (2008).

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

4. Ибраимов Х. И. Креативность как одна из характеристик личности будущего педагога //Наука, образование и культура. - 2018. - №. 3 (27). - С. 44-46.

5. Ibragimovich X. I. O 'ZBEKISTON OLIY TA'LIM TIZIMIDA KREDIT-MODUL TEXNOLOGIYALARINI QO 'LLASHNING O 'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI //INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL. - 2021. - С. 209-214.

6. Ibragimovich, Ibraimov Kholboy. "Theoretical and methodological basis of quality control and evaluation of education in higher education system." International journal of discourse on innovation, integration and education 1 (2020): 6-15.

7. Maxmutovna T. X. INFLUENCE OF MASS CULTURE ON THE FORMATION AND DEVELOPMENT OF THE SPIRITUAL AND MORAL IMAGE OF THE YOUNG GENERATION //European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol. - 2019. - Т. 7. - №. 12.

8. Mahmutovna T. X. Ways to Form Immunity of Protection from" Public Culture" in Adolescent Students //Kresna Social Science and Humanities Research. - 2022. - Т. 3. - С. 115-117.

9. Makhmutovna T. K., Ibragimovna T. I. Specific features of the pedagogical process focused on increasing the social activity of youth //Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR). - 2020. - Т. 9. - №. 6. - С. 165-171.

10. Abdullaeva, B. S., Sobirova, M. A., Abduganiev, O. T., & Abdullaev, D. N. (2020). The specifics of modern legal education and upbringing of schoolchildrenin the countries of the post-soviet world. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2706-2714.

11. Oglu, Abduganiev Ozod Tursunboy. "Pedagogical Conditions And Mechanisms Of Development Of Social Active Civil Competence In Students." Turkish Journal of Computer and Mathematics Education 12, no. 7 (2021): 433-442.

12. Abduganiyev, O. T. (2022, December). FACTORS AFFECTING THE DEVELOPMENT OF SOCIALLY ACTIVE CITIZENSHIP COMPETENCE IN STUDENTS. In E Conference Zone (pp. 10-13).

13. Abduganiev O. Developing Student Civil Competency //Eastern European Scientific Journal. - 2019. - №. 1.

14. Махмудов А. Х., Джураев Р. Х., Ахунжонов А. Т. Дидактический потенциал шахматной игры //Наука и образование сегодня. - 2020. - №. 6-2 (53). - С. 70-71.

15. Махмудов А. Х. ИНТЕНСИФИКАЦИЯ ОБУЧЕНИЯ ПРЕДМЕТА «ШАХМАТЫ» ЧЕРЕЗ РЕШЕНИЯ ШАХМАТНЫХ ЗАДАЧ: 10.53885/ед. 2022.49. 38.098 Махмудов Абдулхалим Хамидович, д. 2 п. н, зам. директора Узбекского научно-исследовательского института педагогических наук им. Кары Ниязи, abdu-hm@ yandex. ru //Научно-практическая конференция. - 2022. - С. 766-768.

16. Джураев Р. Х., Махмудов А. Х., Фефелов В. С. Методология формирования учебно-творческого плана для компетентностной подготовки магистров //Педагогические науки. - 2012. - №. 1. - С. 84-90.

17. Махмудов А. Х., Абдурахмонов З. Б. Таълимда замонавий ракамли

технологияларидан фойдаланишнинг ютуклари ва муаммолари //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №. CSPI conference 3. - С. 97-99.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.