Научная статья на тему 'FIZIKA O’QITISHDA OLIMPIADA MASALALARINING O’RNI VA ROLI'

FIZIKA O’QITISHDA OLIMPIADA MASALALARINING O’RNI VA ROLI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
116
32
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
fizika / olimpiada / masalalar / yechish usullari / o’tkazish tartibi.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Gulira’no Raxmatullayeva

Ushbu maqolada fizika o’qitishda olimpiada masalalarining o’rni va roli tahlil qilingan va kerakli xulosalar chiqarilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FIZIKA O’QITISHDA OLIMPIADA MASALALARINING O’RNI VA ROLI»

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

FIZIKA O'QITISHDA OLIMPIADA MASALALARINING O'RNI VA ROLI

Gulira'no Raxmatullayeva

Nizomiy nomidagi TDPU o'qituvchisi, "Science and innovation" xalqaro ilmiy jurnali

bosh muharriri o'rinbosari https://doi.org/10.5281/zenodo.7341374

Annotatsiya. Ushbu maqolada fizika o'qitishda olimpiada masalalarining o'rni va roli tahlil qilingan va kerakli xulosalar chiqarilgan.

Kalit so'zlar: fizika, olimpiada, masalalar, yechish usullari, o'tkazish tartibi.

Fizikadan qiyin masalalarni yoki olimpiada masalalarini yechish o'quvchilarning ilmiy dunyoga kirishdagi dastlabki qadami hisoblanadi. Har bir masala mustaqil ravishda hal qilinishi lozim bo'lgan kichik ilmiy muammodir. Olimpiada masalalari - bu olimlarning ilmiy-tadqiqot faoliyatlarida uchraydigan ilmiy muammolarning bir turidir [3].

Fan va texnikaning bugungi taraqqiyoti tabiiy va texnika sohalarida ko'proq yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni taqozo etadi. Buning uchun fizika fanini o'qitish samaradorligini oshirish, iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularning ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish shu kunning dolzarb muammolaridan biridir.

Fizikadan masalalarni yechish o'quvchilarning ilmiy dunyoga kirishdagi dastlabki qadami hisoblanadi. Har bir masala mustaqil ravishda hal qilinishi lozim bo'lgan kichik ilmiy muammodir. Ammo hozirgi kunda fizikadan masala yechish kitoblari sanoqlidir, ayniqsa uzluksiz ta'limning asosiy bosqichi bo'lmish Oliy ta'lim dargohlariga tayyorlab beruvchi akademik litseylarda masala yechish naqadar muhim bo'lishiga qaramasdan o'zbek tilidagi adabiyotlar soni cheklangan. Ayniqsa masalalar yechish usullari ko'rsatib o'tilgan darsliklar juda kam.

Masala yechish - fizika o'qitish jarayonining ajralmas qismi bo'lib, u fizik tushunchalarni shakllantirishga katta xissa qo'shadi, fizik fikrlarni rivojlantiradi, bilimni amalda qo'llash malakasini orttiradi. Fizika masalalarini yechish quyidagi hollarda keng qo'llaniladi:

a) yangi axborotlar berishda;

b) muammoli vaziyat hosil qilish va o'quvchilarga muammo qo'yishda;

d) amaliy malaka va ko'nikmani shakllantirishda;

e) o'quvchilar bilimining mustaxkamligi va chuqurligini sinashda;

f) materialni mustaxkamlash, umumlashtirish va takrorlashda;

g) texnika yutuqlari bilan tanishtirishda va politexnik ta'lim berishda;

h) o'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda.[7]

Masala yechish orqali o'quvchilarning mehnatsevarligi, sinchkovligi, mustaqil Mulohaza yuritishi, o'qishga qiziqishi va xulqi, qo'yilgan maqsadga erishishdagi qat'iyligi tarbiyalanadi. Fizikadan masala yechish o'quvchilarning dunyoqarashlarini shakllantirishga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, ularni olimlarning ishlari, fan va texnikaning yutuqlari bilan tanishtirib boradi. Masala yechish ko'p hollarda fizika darslarining tarkibiy qismi bo'lib keladi. O'qituvchi yangi mavzuni bayon qilishda va uni mustaxkamlashda, o'tilganlarni takrorlashda, o'quvchilarning mustaqil ishlarida va bilimlarini sinab ko'rishda masala yechishdan foydalanadi. Fizikaga qiziquvchi o'quvchilar bilan sinfdan tashqari mashg'ulotlarda ham masalalar yechiladi, ular olimpiadaga tayyorlanadi. Olimpiadaga yechilishi qiyin va yangilik elementlarini o'z ichiga olgan masalalar tanlanadi.

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

Masala yechish - olingan nazariy bilimni amaliyotga qollashdir. Bu esa o'quvchilarning fizik tafakkurini (fikrlashini) rivojlantirishda, jumladan hodisalarni tahlil qilishda, ular xaqidagi ma'lumotlarni umumlashtirishda, oxshash tomonlarini va farqini aniqlashda katta ahamiyatga egadir. Mantiqiy xulosalar, matematik amalllar va fizikadagi qonunlar hamda metodlarga asoslangan xolda yoki eksperiment yordamida yechiladigan muammo fizik masala deyiladi. Fizik masalada qo'yilgan muammoni xal etish, masala yechishdan iboratdir Masala yechish orqali talabalar bilimlarini kengaytiradilar. Qonun va formulalarni chuqurroq bilishni o'rganadilar, ularni qollanish chegaralarini korib chiqadilar. Umumiy qonuniyatlarni aniq bir vaziyatlarga qollash malakasini egallaydilar.

Masala yechish jarayonida hisoblash, adabiyotlar va ma'lumotnomalar bilan ishlash malakalari hosil boladi. Masala yechish aqliy faoliyatni, fizik hodisalarga maxsus yondashish yo'llarini shakllantiradi. O'quvchilar ma'lum bir mavzuga oid masala yechishda keng hodisalar kolamini bilishga jiddiy yondashishni o'rganadilar.

Masala yechish bo'yicha amaliy mashg'ulotlarda hisoblash malakasini oshirishga mo'ljallangan mashq-masalalar, u yoki bu qonunlarning qollanishlarini namoyish qiluvchi masalalar, bilimni mustahkamlash va nazorat qilish masalalari va bilimni orttirishga xizmat qiladigan masalalar korib boriladi. Bilimni mustaxkamlash va nazorat qilishga oid masalalar va mashqlar ma'ruzadan va kitobdan olingan tayyor bilimni qollashga moljallanadi. Bu masalalar asosan xotira va diqqat mexanizmiga asoslanadi. Masalan, berilgan sharoitda (haroratda) molekulalarning ortacha kvadratik tezligini hisoblashga oid mashq-masala yechish orqali o'quvchi molekula tezligining juda kattaligiga ishonch hosil qiladi, formulalar takrorlanadi. Bularning hammasi fizikani organishda foydalidir.

Avval ma'lum bo'lganlar bilan yangi nomalumlar orasida bog'lanishlarni o'rnatuvchi masalalar aqliy faoliyatni qo zg atuvchi bo lib xizmat qiladi. Bunday masalalar bilimni orttirishga xizmat qiluvchi masalalardir. Ularni yechish orqali talabalar yangi bilimlar oladilar. Agar talaba nazariy jihatdan bo'sh bo'lsa, bunday masalalarni yecha olmasligi mumkin. Shuning uchun o'quvchilarning nazariy tayyorgarligiga e'tibor qilish lozim, aks xolda muvaffaqiyatga erishib bo'lmaydi. Texnik sabablarga kora (integral ololmaydi, tenglamani yechish yo'lini unutgan) o'quvchi masalani yecha olmasa, u bundan qo'rqmaydi, lekin masalaning mohiyatiga tushunmasa, uni yechish uchun kop ishlash lozimligini anglasa, mustaqil ishlashga hoxishi kamayishi mumkin. Shuning uchun mashq-masalalardan sekin asta bilimni orttirishga xizmat qiluvchi masalalarga otib borish lozim, bunda o'quvchilarning ko'pchiligi ularni yecha oladigan bo'ladilar.[4]

Fan olimpiadalari to'rt bosqichda o'tkaziladi:

Olimpiada bosqichlari Bosqich qamrovi O'tkazish muddati

I-bosqich O'qish joyi bo'yicha 25 noyabr - 10 dekabr

II-bosqich Tuman (shahar)larda 2-10-yanvar

III-bosqich Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 25-30 mart

IV-bosqich Respublika bo'yicha 25-30 may

Fan olimpiadalarini o'tkazish kuni, olimpiada turlarini o'tkazish ketma-ketligi tashkiliy qo'mita tomonidan belgilanadi va tasdiqlangan maxsus jadval asosida tashkil etiladi.

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr j scientists.uz

O'quvchilar tomonidan bajarilishi lozim bo'lgan topshiriqlarga ajratiladigan vaqt va ularga qo'yiladigan ballar fanlar bo'yicha tayyorlangan baholash mezonlari asosida amalga oshiriladi. Olimpiada o'tkaziladigan fanlar bo'yicha baholash mezonlari Respublika tashkiliy qo'mitasi tomonidan ishlab chiqiladi va qo'shma buyruq bilan tasdiqlanadi.

Barcha fanlar bo'yicha g'oliblar baholash mezonlari asosida aniqlanadi. G'oliblikka da'vogar o'quvchilarning umumiy to'plagan ballar yig'indisi teng bo'lib qolganda, ularga qo'shimcha 5 tadan test topshiriqlari beriladi. Mazkur 5 ta test savollariga berilgan javoblar ballari teng bo'lsa, g'olib aniqlangunga qadar test-sinovi davom ettiriladi.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, agar ta'lim dargohida to'garaklar tashkil qilinsa, o'quvchilar o'rtasida fizik bellashuvlar o'tkazilsa, fanlar bo'yicha sirtqi olimpiadalarni o'tkazish yo'lga qo'yilsa, o'quvchilarni qiziqishi oshadi, qobiliyati shakllanadi va o'ziga bo'lgan ishonchi yanada yuksaladi.

REFERENCES

1. M.Nosirov, O.Bozarov, Sh.Yulchiev. Fizikadan olimpiada masalalari. Toshkent: 2012.

2. А.Г.Чертов, А.А.Воробьев. Физикадан масалалар туплами. Тошкент: «Узбекистон», 1997.

3. T.Rizayev. B.Ibragimov. Fizikadan masalalar yechish metodikasi. Toshkent: 2015.

4. Raxmatullayeva G. N. V. Q., Atajanov E. Y., Sotivoldiyeva M. I. Q. QATTIQ JISMLAR FIZIKASIGA OID MASALALAR YECHISH ORQALI O ' QUVCHILARNI FAN OLIMPIADALARIGA TAYYORLASH METODIKASI //Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. - 2021. - Т. 1. - №. 11. - С. 160-165.

5. Qizi R. G. N. V. ANIQ FANLARGA IXTISOSLASHTIRILGAN AKADEMIK LITSEYLARDA FIZIKADAN MASALA YECHISH DARSLARINI TAKOMILLASHTIRISH //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. B3. - С. 1012-1016.

6. Qizi R. G. V. OLIMPIADA MASALALARI ORQALI O'QUVCHILARNING FIZIKA FANIGA QIZIQISHINI ORTTIRISH METODIKASI //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. 1. - С. 7-12.

7. Rakhmatullayeva G. METHODOLOGY FOR SOLVING OLYMPIAD TASKS IN KINEMATICS //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. B4. - С. 115-118.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.