Научная статья на тему 'O‘QUVCHILARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI'

O‘QUVCHILARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
1255
129
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Vatanparvarlik / vatan / millat / ajdodlar / sharq xalqlari / yurt / pand-nasihat / nomalar. / Patriotism / homeland / nation / ancestors / peoples of the East / country / advice / names.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Abduraxmanov, Sh.N.

Maqolada o‘quvchilarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish, vatan va millat oldidagi mas’uliyat, yuksak burch ekanligi haqida so‘z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PEDAGOGICAL OPPORTUNITIES OF PATRIOTIC EDUCATION OF STUDENTS

The article talks about forming a sense of patriotism in students, responsibility towards the homeland and the nation, which is a high duty.

Текст научной работы на тему «O‘QUVCHILARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

O'QUVCHILARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHNING

PEDAGOGIK IMKONIYATLARI

Sh.N.Abduraxmanov

Buxoro davlat pedagogika instituti Harbiy ta'lim fakulteti uslubiy tayyorgarlik sikl boshlig'i, katta o'qituvchi

Maqolada o'quvchilarda vatanparvarlik tuyg'usini shakllantirish, vatan va millat oldidagi mas 'uliyat, yuksak burch ekanligi haqida so 'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: Vatanparvarlik, vatan, millat, ajdodlar, sharq xalqlari, yurt, pand-nasihat, nomalar.

В статье говорится о формировании у студентов чувства патриотизма, ответственности перед Родиной и нацией, что является высоким долгом.

Ключевые слова: Патриотизм, Родина, нация, предки, народы Востока, страна, совет, имена.

The article talks about forming a sense ofpatriotism in students, responsibility towards the homeland and the nation, which is a high duty.

Key words: Patriotism, homeland, nation, ancestors, peoples of the East, country, advice, names.

Ajdodlardan avlodlarga o'tib kelayotgan "Vatanni sevmoq iymondandir", -degan hadis zamirida ham huddi shunday mazmun mujassam.Agar uzoq tariximizga nazar tashlaydigan bo'lsak, vatanga e'tiqod tuyg'usi xalqimiz tomonidan qadimdan e'zozlanib kelinganining guvohi bo'lamiz. Ajdodlarimiz orasidan yetishib chiqqan mashhur insonlarning xatti-harakatlari, vatan ravnaqi yo'lida chekkan zahmatlarini, bizgacha yetib kelgan asarlari va tarixiy ma'lumotlar orqali bilib olishimiz mumkin.

So'ngi yillarda hukumatimiz tomonidan chiqarilayotgan farmon va qarorlar ham bevosita ushbu sohani yanada taraqqiy toptirishga xizmat qiladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev "O'zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda o'rganish va targ'ib qilishning dolzarb masalalari" mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilariga yo'llagan tabrigida "Adabiyot, san'at va madaniyatyashasa, millat va xalq, butun insoniyat bezavolyashaydi" deb

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ta'kidlanganlari ham yoshlarimizni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalashda adabiyotga e'tibor qaratish muhim ijtimoiy masala ekanligidan dalolat beradi.

Vatanparvarlik tarbiyasining maqsadi - jamiyatda yuqori ijtimoiy faollik, fuqarolik javobgarligi, ma'naviyatni rivojlantirish, davlatni mustahkamlash, uning manfaatlarini va rivojlanishini ta'minlash. Maqsadga erishishda quyidagilarning rivojlanishi orqali vazifalar amalga oshiriladi: Fuqarolarni O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va jamoaviy hayot normalariga hurmat ruhida tarbiyalashdir.Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va uning burchlari amalga oshirilishini ta'minlash uchun sharoit yaratish ham shu jumladandir.

Millat taqdiri bilan yashash, vatanga e'tiqod, adolat, insoniylik tuyg'usi yuksak darajada shakllangan, milliy g'urur va iftixorimizga aylangan buyuk bobokalonlarimizning o'gitlarida o'z aksini topdi. Buni biz haqiqiy vatanga e'tiqodli yurtdoshlarimizdan biri Shayh Najmiddin Kubro faoliyatida ko'rishimiz mumkin.

Shayh Najmiddin Kubro yoshlarning vatanga muhabbatini oshirish bilan birgalikda, bir-birlariga mehr-oqibatli bo'lishga undadi. O'z vatani ozodligi yo'lida qo'liga qilich olib, dushmanga qaqshatqich zarbalar keltira olgan Xorazmning mard o'g'loni Jaloliddin Manguberdidir.

Jaloliddin Manguberdining hayoti va vatanga e'tiqod yo'lidagi faoliyatini chuqur tahlil asosida o'rganish o'smir yoshdagi o'quvchilarning vatanga e'tiqod, ona-Vatanga cheksiz muhabbat, g'urur va iftixor, vatan va xalq tinchligi yo'lida jon fido etish, insonparvarlik kabi qarashlarini tarkib toptirish va takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Jaloliddin Manguberdi butun hayoti davomida o'z xalqi va vatanini sevdi, tarixi va madaniyatini yuksak qadrladi, ona tabiat go'zalliklarini qalban his qildi, ardoqladi. Rivoyat qilishlaricha, Jaloliddin hayqirib oqayotgan Jayhunga kesak otgan ukasining chakkasiga tarsaki qo'yib yuboradi, - suvga kesak otmoq, tuproqqa tupurmoq gunohi azim, sen Xorazmni onang o'rnida ko'r! - deb xitob qiladi. Bu rivoyat orqali Jaloliddin Manguberdining vatan, ona zaminga bo'lgan mehri, e'tiqodi yuksak ekanligi ko'rinib turibdi. Jaloliddin bolaligiga xos yuqorida keltirilgan hulq-atvor, odob, ahloq ko'rinishlari, go'zal fazilatlari hozirgi va kelgusi avlod uchun namuna sifatida xizmat qiladi. Uning bu kabi fazilatlari, tanlagan yo'lidan qaytmasligi, ma'rifatparvarligi, vatanni qalban sevishi, ustozlarini qadrlagani, mardligi, halolligini targ'ibot qilish, yosh avlod uchun har tomonlama namunali inson ekanini ko'rsatish bugungi kunda o'qituvchilarning muhim vazifalaridan biridir.

O'quvchilarga ta'lim berishda asosiy maqsad- ular ongiga fan asoslarini puxta singdirish orqali ularni diyonatli, e'tiqodli qilib o'stirish, ijtimoiy hayotdagi har bir

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

hodisaga ongli yondashishni tarbiyalash, egallangan bilim va ko'nikmalarni hayodga tatbiq etish qobiliyatini o'stirishdir. Bu jihatdan ham adabiyot darsi yosh avlodi jamiyatimiz olg'a surayotgan yuksak g'oyalar ruhida tarbiyalash vositasi hisoblanadi. Talim-tarbiya tarixiga nazar tashlar ekanmiz, dastlabki xalq og'zaki ijodi namunalaridan tortib, buyuk mutafakkirlar ijodigacha yoshlarni mehnat sevar bo'lib yetishishi, kasb-hunar o'rganish, mehnat ahlini hurmat qilish hamda mehnat insonni ulug'lash masalalariga alohida e'tibor berilganligiga guvoh bo'lamiz.

Tarbiyasiga oid progressiv qarashlari tarbiyaviy jihatdan diqqatga sazovordir.

XV asrning yirik mutafakkiri Alisher Navoiyning mehnatkash insonni ulug'lovchi, mehnat tarbiyasi haqidagi fikrlari "Hayratul abror", "Farhod va Shirin", "Mahbub-ul qulub" asarlari ham mavjud.

Alisher Navoiyning haqiqiy inson uchun eng yaxshi fazilatlardan biri mehnatsevarlik deb ko'rsatadi. U "Hayratul abror"ning beshinchi maqolatida kishilarning saxovatiga ko'z tikishdan ko'ra o'z qo'li bilan hayot kechirish ulug'roq va oliyjanobroq ekanligini "HotamToyi" hikoyatida keltiradi.

Hotam Toyi bir kuni qo'y-qo'zilar so'ydirib, xalqqa katta ziyofat beradi. So'ng biroz dam olish uchun dalaga chiqadi. Unga yelkasida o'tin ko'tarib kelayotgan birchol uchraydi. Hotam Toyi unga "Dashtda yurib bexabar qolgandirsan, tashla bu og'ir yukni, Hotam uyiga borib ziyofatda izzat ko'rgil", - deydi. Shunda chol kulib: "Ey, oyog'iga hirs band solgan, g'ayrat vodiysiga qadam urmagan kishi, sen ham bu tikan mehnatini chekkin va Hotamning minnatidan qutulgin", - deb javob qiladi.

Hotam Toyi cholning bu so'zlariga tan bera di va halol mehnat bilan kun kechirishi uning himmatidan baland ekanligini anglaydi.

Pedagog-shoir H.H.Niyoziy esa maktab yoshlarni ilmli, odobli qilib tarbiyalashi va hunarga o'rgatishi kerak, - deb ta'kidlagan ekan, yoshlar ma'naviy fazilatlarining shakllanishida mehnatning rolini yuqori baholaydi. She'rlarida bolalarni ota-onalarining mehnati qadriga yetishga undaydi.

Ma'rifatparvar shoir Furqat ham o'zining ma'rifiy she'rlarida ilm, hunar haqida fikr yuritar ekan, har bir sog'lom fikrlovchi insonni huna r egallashga da'vat etadi, hunarga mehr qo'ygan, uni o'rganishni da'vat etgan kishining jahonda qadri baland bo'lajagini uqtiradi.

Vatanparvarlik tarbiyasi shakllari va usullari faol fuqarolikni, vatanga, jonajon O'zbkistonga va ularning kichik go'shalariga muhabbat tuyg'ularini shakllantirilishiga qaratilishi kerak.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Fuqarolik-vatanparvarlik ta'limining bunday shakllari maktab o'quvchilarini tarbiya fani va tarix fanlarida mustaqil izlanish ishlariga jalb qilishni o'z ichiga oladi. Maktabning ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarida ishtirok etish, tarixiy yodgorliklarni bilish va saqlash, himoya qilish bo'yicha o'z o'rnini egallash ham muhim hususiyatdir.

ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Mirziyoyev Sh.M. Adabiyot va san'at, madaniyatni rivojlantirish - xalqimiz ma'naviy olamini yuksaltirishning muhim poydevoridir. Prezident Shavkat Mirziyoyevning O'zbekiston ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvdagi ma'ruzasi. "Xalq so'zi" gazetasi, 2017 yil, 4 avgust, 153-son.

2. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliy janob xalqimiz bilan birga quramiz T.: O'zbekiston, 2017. 242b.

3. Ahmedov B. Tarixdan saboqlar. - T.: O'qituvchi, 1994. -428 b.

4. Aminov B., Rasulov T. Vatan yurakdagi javohir. - T.: O'qituvchi, 2001. - 232 b.

5. Atadjanova Sh. Oilada o'spirin-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda milliy qadriyatlardan foydalanishning pedagogik asoslari: ped.fan.nomz. dis-yasi. - T.: TDPU, 2001. -136 b.

6. Hasanboev J., Hasanboeva O., Turopova M. Ma'naviy-axloqiy tarbiya asoslari. -T.: Adabiyot va san'at nashriyoti, 2002. -112 b.

7. Ibragimova G.X. Kasb ta'limi tizimida talaba-yoshlar ma'naviyatini milliy istiqlol g'oyasi asosida shakllantirish. - T.: Fan, 2005. -159 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.