Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 2 | ISSUE 1
educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
VATANPARVARLIK - INSONIYLIKNING ENG YUKSAK MEZONI
D.A. Alautdinov,
IIV Akademiyasi O'quv-saf qismi kurs boshlig'i
ANNOTATSIYA
Maqolada yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning zarurati, tarixiy davrlarda tutgan o'rni, yoshlar dunyoqarashining shakllanishi va o'ziga xosligi, vatanparvarlikning qadriyat sifatida inson taqdiriga ta 'siri tahlil qilingan.
Kalit so'zlar: vatanparvarlik, qadriyat, sivilizatsiya, iftixor, shon-sharaf, iymon, fidoyilik, oila, burch, mas 'uliyat.
ПАТРИОТИЗМ - ВЫСШИЙ КРИТЕРИЙ ЧЕЛОВЕЧЕСТВА
АННОТАЦИЯ
В статье анализируются необходимость патриотического воспитания молодежи, его место в различных периодах истории, специфика формирования мировоззрения, его влияние как ценности на судьбу человека.
Ключевые слова: патриотизм, ценность, цивилизация, гордость, слава, вера, самоотверженность, семья, долг, ответственность.
PATRIOTISM - IS THE HIGHEST CRITERION OF HUMANITY
ABSTRACT
In the article scientifically analyzed the nessecity of training youth in patriotical sense, its role in historical periods, the forming of the world view of youth and its peculiarity and the influence as a value to the disteny of human.
Keywords: patriotism, value, civilization, pride, fame, faith, sacrificial, family, duty, responsibility
KIRISH
Bizga ota-onalar, bolalar, yaqin xesh-aqrabolar qimmatlidirlar; lekin muhabbat bobidagi barcha tasavvurlarimiz birgina «Vatan» otli so'zda mujassamlashgandir. Vatanga nafi tekkudek bo'lsa, — axir qaysi vijdonli odam uning uchun jon bermoqqa ikkilanar ekan?
SITSERON
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 2 | ISSUE 1
educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
Yaqinda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Qashqadaryo viloyati qiymati 3,4 milliard dollarlik "Uzbekistan-GTL" mega korxonasini ochilishida ishtirok etdi. Korxona O'zbekiston uchun strategik ahamiyatga ega. U mamlakatning energetik mustaqilligini mustahkamlashga xizmat qiladi. Mamlakatning suyuq yoqilg'iga bo'lgan ehtiyojini qisman qoplaydi. Minglab insonlarni ish bilan ta'minlaydi. Kelajakda neft-kimyo majmui rivojlanishiga katta hissa qo'shadi. Shu nuqtai-nazardan bu kabi gigant korxonalarning qurilishi vatanparvarlikning yuksak namunasi deyilsa xato bo'lmaydi.
Vatan - xalqning o'tmishi, buguni va kelajagidir. Vatan aslida arabcha so'z bo'lib, tug'ilib o'sgan yurt ma'nosini anglatadi. Vatan - bu inson va uning avlod-ajdodlari kindik qoni to'kilgan muqaddas dargohdir. Vatan - bu ajdodlar maskani, el-yurt, xalq voyaga yetgan, uning tili, tarixi, madaniyati, urf-odatlari, qadriyatlari chinakamiga shakllanib, o'sib, kamol topib boradigan zamin hisoblanadi.
Vatan - muqaddas qadriyat. U insonning kindik qoni to'kilgan joy, insonni ijtimoiy yetimlikdan asrovchi manzil, ma'naviy kamolot va fuqarolik maydoni, hayot maktabi, farovonlik va baxt-saodat o'chog'idir.
Inson uchun vatan yagonadir. Vatan tanlanmaydi. O'zini anglagan borki, inson vatan kamoloti va istiqboli, yel-yurtining ozodligi va mustaqilligi uchun hamma narsani, hatto shirin jonini ham ayamaydi. Sho'rolar davrida milliy manfaat, vatanga, ona zaminga mehr-muhabbat degan his-tuyg'ular asta-sekin so'na boshladi. "Vatan" tushunchasi mavhum bir umumiy holga kelib qolgandi. Hamma narsa -"Umumsovet" manfaatiga qaratilgandi. Har bir millat, xalq ming yillardan beri yashab kelayotgan o'z vatani uchun qayg'urishga haqli emasdi. Oxir oqibat shunga yetdiki, sobiq Sovet davrida bu mamlakatda yashayotgan xalqlar, shu jumladan o'zbeklar ham o'z vatanida bevatan bo'lib yashashga majbur bo'ldilar. Inson uchun na davlat va saltanat, na toju-taxt, hech bir narsa Vatanga, el-yurt mehriga teng kelolmaydi. Vatandan judolik - inson uchun katta baxtsizlikdir.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Mustaqillik tufayli biz o'zimizning haqiqiy vatanimizni topdik. Bu mustaqillikning bizga bergan eng oliy ne'matidir. Vatani mustaqil xalqning o'zi ham mustaqil bo'ladi. Yurti ozod va erkin odamning erki o'z qo'lida bo'ladi.
Mustaqillik - xalqimizda, ayniqsa o'sib kelayotgan yosh barkamol avlodimizda vatanparvarlik to'yg'ularining tiklanishida muhim ahamiyat kasb yetdi. Hozirda vatanparvarlik o'zining qanday qirralari bilan namoyon bo'layotir. Vatanparvarlikning mohiyati nimalarda, qanday amaliy ishlar faoliyatida namoyon
bo'ladi Umuman vatanparvarlik nima, uni qanday tushunmoq kerak, u haqda
34
Scientific Journal Impact Factor
donishmandlar nima deganlar, quyida ana shular haqida bahs yuritmoqchimiz. Avvalo, hozirgi o'zbek vatanparvarligi ota - bobolarimiz yaratuvchanlik ishining bevosita davomidir. Saodatli, baxtli, kelajagi buyuk O'zbekistonga hozir har daqiqada ulush qo'shmoq, vatanga muhabbat, vatanparvarlikning asl ko'rinishidir. Vatanga munosib farzand bo'lish, uning yeri, suvi, yeli bilan chambarchas bog'liq ekanligimizni teran anglash, uni ardoqlash ham vatanparvarlikning bir ko'rinishi, qirrasi.
Vatanparvarlik deganda eng avvalo quyidagilarni anglash joiz:
- o'z xalqini, tarixini yaxshi bilish va u bilan faxrlanish;
- qadimiy obidalar, mislsiz imoratlar, ajdodlar yaratgan moddiy va ma'naviy meroslarni ko'z qorachig'iday asrash va avlodlarga taqdim yetish;
- xalqimizning, ajdodlarimizning go'zal va ma'noli urf-odatlar, rasm-rusum va udumlarini qadrlay bilish, ularni davom yettirish;
- ajoyib vatandoshlar - ajdodlar nomi bilan, ularning ulug' ishlari, ijodlari bilan faxrlanish, ularning ishlarini davom yettirish, ularga munosib voris bo'lish;
- shunday ajoyib xalqqa, yurtga, uning boy tili va madaniyatiga mansubligi bilan faxrlanish;
- Turonzaminni himoya qilib, tomirida oxirgi qoni qolguncha dushmanga qarshi kurashgan bahodirlarni, ayovsiz janglarda halok bo'lgan qahramonlar nomini yod yetish;
- asrimizning yigirmanchi, o'ttizinchi, qirqinchi, elliginchi va nihoyat saksoninchi yillarida xalqimiz, millatimizga qarshi uyushtirilgan qatag'onlarda qamoq va surgun azoblarini boshidan kechirgan va halok bo'lgan minglab millatimiz gullarini unutmaslik;
- bu aziz va go'zal vatanimizda yuksak e'tiqod bilan yashash, unga hamisha sadoqatli bo'lishdir.
Vatanparvarlik hammamizning o'z ishimizga mas'uliyat bilan qarash, vatanning boyliklarini ko'z qorachig'iday asrash, boyliklariga boylik qo'shishga o'z ulushimizni qo'shish, ilm-fan cho'qqilari sari intilish va boshqalardir.
Vatanparvarlik bir so'z bilan aytilganda o'z ijobiy ishlarimiz, bunyodkorlik harakatlarimiz bilan uning kuch-qudratiga, gullab yashnashiga imkon darajasida hissa qo'shish:
- ona yurtimizda tinchlik, barqarorlik va osoyishtalikni saqlashga intilish vatanparvarlikning belgisidir;
- vatanparvarlik - xalqaro munosabatlarda vatan, millat manfaatlarini birinchi o'ringa qo'yishdir.
Scientific Journal Impact Factor
Vatanparvarlik haqida so'zlar ekanmiz, mustaqillik bizga in'om etgan vatanparvarlikning oliy ramzlari haqida so'zlamasdan iloj yo'q. Vatanparvarlikning oliy ramzlari xalqimiz, yoshlarimiz qalbidan mustahkam o'rin olayotganligi nihoyatda quvonchlidir. O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi qarorgohi oldida 180 tadan ortiq mustaqil davlatlar bayroqlari qatorida mag'rur hilpirab turishini ko'rish va his etish naqadar katta baxt, insonni naqadar kuchli bir hissiyotga chulg'ab oladi... Davlatimiz mukofotlari - "O'zbekiston qahramoni" oliy unvoni, orden va medallar, faxriy unvonlar ham mamlakatimiz fuqarolarida o'z Vatanidan g'ururlanish tuyg'ularini oshirishga xizmat qiladi. O'z milliy valyutamiz so'mimiz ham vatanparvarlik ramzidir.
Ikkinchi masalaning bayoni. Vatanparvarlik tushunchasi insonparvarlik tushunchasi bilan uyg'undir. Vatanparvarlik uchun intilish, vatanparvarlik uchun kurashning zaminida insonparvarlik yotadi.
Insonparvarlik bu o'zbek xalqi milliy ruhiyatining ajralmas fazilatidir. U purma'no va sermazmun tushunchadir. Insonparvarlik o'zbek xalqining ajralmas xislati tarzida ko'zga tashlanadi. qur'oni Karim insonparvarlik qoyalari asosiga qurilgan. Muhammad alayhissalom hadislari shu g'oyalarga boy hikmatlar majmuasi sanaladi. Insonparvarlik kishilarning bir-biriga hurmatida, qadr-qimmatida, mehr-shafqatida, diyonatda, o'zaro ko'maklashuvda, hamdardlikda, boshqalar qayg'usiga sherik bo'lib, quvonchidan va baxtidan sevinishda, xalq baxti va yutuqlaridan faxrlanishda ko'rinadi.
O'zbek xalqining turmush tarzi, mehnat faoliyati, o'zaro munosabatlari, hamkorlik, hamdardlik, vafodorlik, bir-biriga suyanishi, yaxshi qo'shnichilik, bolajonlik, ota-onaning bolaga, bolaning ota-onaga hurmati, sadoqati kabi qadriyatlari insonparvarlik qoyalari bilan sug'orilgan. O'zbek xalqi bir umr mehr-shafqatli bo'lgan, barchaga yordam qo'lini cho'zgan. O'zbek xalqi o'zining insonparvarligini fashizmga qarshi kurash yillari yetim bolalarning boshini silab o'z tarbiyasiga olib yorqin namoyon yetdi.
Mustaqil O'zbekiston otliq davlatimizning butun siyosati insonparvarlik g'oyalari bilan sug'orilganligi va uni amaldagi namunasi ekanligi bilan har birimiz har qancha faxrlansak arziydi. Jumhuriyatimiz hokimiyati inson huquqlari va demokratiyaga oid masalalarni maxsus qonun bilan belgilab qo'yibdi.
XULOSA
Scientific Journal Impact Factor
REFERENCES
1. Mirziyoyev Sh.M. 2020 yil 25 dekabr' kuni O'zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati G'uzor tumanida barpo etilgan Uzbekistan GTL zavodini ishga tushirish marosimidagi nutqi // Davlat rahbarining matbuot kotibi Sherzod Asadov ma'lumoti. - 2021. - 25 dek.
2. Ibroximov I., Sultanov X., Jo'raev N. "Vatan tuyg'usi" -T.: 1996. 139-145 b.
3. Mirziyoyev Sh. «Milliy armiyamiz tashkil etilishining 29 yilligiga bag'ishlangan tadbiridagi nutqidan». // «Postda» gazetasi. 2021 yil 14 yanvar №2 (4488).
4. O'zbekiston Respublikasining «Davlat mukofotlari» to'g'risidagi qonuni. 2018 yil 14 aprel.
5. Ikramov Sh.T., Qobilov Sh.R.«Vatanga farzandlik mehri va sadoqati bilan xizmat qilish - muqaddas burch». -T.: 2016