Научная статья на тему 'O‘QUVCHILARNI TASVIRIY SAN’AT DARSLARIDA KOMPOZITSIYA TUZISHGA O‘RGATISH JARAYONLARI'

O‘QUVCHILARNI TASVIRIY SAN’AT DARSLARIDA KOMPOZITSIYA TUZISHGA O‘RGATISH JARAYONLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
27
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kompozitsiya / estetik did / ijodiy jarayon / iste’dod / qobiliyat / yaxlitlik / kontrast. / composition / aesthetic taste / creative process / talent / abilities / integrity / contrast.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Qurbonova, B.M.

Maqolaning mavzusi asosan, o‘quvchilarni tasviriy san’at darslarida kompozitsiya tuzishga o‘rgatish jarayonlari, badiiy obrazdagi estetik sifatlar, kompozitsiyaning qoida, usullari, kompozitsiyaning ijodiy jarayonlari, estetik va badiiy did kabi jarayonlar xaqida fikr yuritiladi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROCESSES OF TEACHING STUDENTS TO CREATE COMPOSITION IN FINE ARTS LESSONS

The subject of the article mainly concerns the processes of teaching composition to students in fine arts classes, the aesthetic qualities of the artistic image, the rules and methods of composition, the creative processes of composition, aesthetic and artistic taste.

Текст научной работы на тему «O‘QUVCHILARNI TASVIRIY SAN’AT DARSLARIDA KOMPOZITSIYA TUZISHGA O‘RGATISH JARAYONLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

O'QUVCHILARNI TASVIRIY SAN'AT DARSLARIDA KOMPOZITSIYA TUZISHGA O'RGATISH JARAYONLARI

B.M.Qurbonova

Farg'ona davlat universiteti Tasviriy san'at kafedrasi mudiri, p.f.b.f.d (PhD) e-mail: [email protected]

ANNOTATSIYA

Maqolaning mavzusi asosan, o 'quvchilarni tasviriy san 'at darslarida kompozitsiya tuzishga o 'rgatish jarayonlari, badiiy obrazdagi estetik sifatlar, kompozitsiyaning qoida, usullari, kompozitsiyaning ijodiy jarayonlari, estetik va badiiy did kabi jarayonlar xaqida fikr yuritiladi

Kalit so'zlar: kompozitsiya, estetik did, ijodiy jarayon, iste'dod, qobiliyat, yaxlitlik, kontrast.

АННОТАЦИЯ

Тема статьи в основном касается процессов обучения студентов композиции на занятиях изобразительным искусством, эстетических качеств художественного образа, правил и методов композиции, эстетического и художественного вкуса

Ключевые слова: композиция, эстетический вкус, творческий процесс, талант, способности, целостность, контраст.

ABSTRACT

The subject of the article mainly concerns the processes of teaching composition to students in fine arts classes, the aesthetic qualities of the artistic image, the rules and methods of composition, the creative processes of composition, aesthetic and artistic taste.

Key words: composition, aesthetic taste, creative process, talent, abilities, integrity, contrast.

KIRISH

Kompozitsiya lotincha-tuzmoq ijod qilmoq degan ma'nolarni anglatib, u ijod sohasining asosiy mantig'i demakdir. Amaliyotda kompozitsiyaning zarur unsurlari mavjud. Yaxlitlik qonuni, o'xshatish, kontrast qonun vositalari mazmuni va g'oyaga bo'ysinish kompozitsiyaning asosiy qonunlari hisoblanadi. Bu qonunning belgilari E. Kibrikning kitobida to'la va chuqur tahlil qilib berilgan. Kompozitsiyada yaxlitlik belgisi qonuniga rioya qilinganligi sababli, san'at asari bo'linmas bir butun bo'lib ko'rinadi. Kompozitsiya yaxlitligida kompozitsiya elementlari shakl, hajm, «dog'», oraliq harakter nusxa, imo - ishora bilan ifodalanadi.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Badiiy obrazdagi estetik sifatlar, kompozitsiya yechimidagi yangiliklar rassom tomonidan kashf etiladi.

Estetik kashfiyotlarni Mikelanjelo, Titsian, Rembranatning o'lmas asarlarida, A. Deyneka, A. Plastov, K. Yuon asarlarida kompozitsiya tuzilishining badiiy vositalaridan mavzuda yangilik tushunchasini ko'ramiz. «Novizna» yangilik oqimini biz A. Kuindjining - «Qayinzorlar» manzarasida ko'ramiz.

Kompozitsiyaning asosiy qonunlaridan biri kontrastlik qonunidir. Leonardo da Vinchi «Rangtasvir qonunlari» ilmiy asarida o'lcham qarama - qarshiligi haqida, katta - kichik, past - baland, yupqa - qalin, harakter, faktura, materiallar kontrasti to'g'risida yozadi. Mikelanjelo tekislikdagi hajm kontrastlarnga ko'p ahamiyat beradi. Inson predmetlar shaklini faqat soya va yorug' kontraslik orqali sezadi va o'z ongiga singdiradi.

Portret janrida rassomlar qadimdan «ton kontrasti»dan foydalanib, yorug' figurani tasvirlashda to'q fondan foydalanganlar. XIX asarda san'at ustalari portretni yorug' fonda tasvirlay boshladilar B. Serovning «Qiz va shaftolilar» portretida, yuzi to'q tusdagi qiz, yengil yorug' deraza fonida tasvirlangan kompozitsiyasi bunga misol bo'ladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ranggasvirda kontrast qarama - qarshi issiq va sovuq ranglar mavjud, qarama -qarshi ranglar bir - biriga yonma - yon tursa, ranglar kuchi ko'payadi: qizil - yashil, ko'k - zarg'aldoq, oq - qora va hakozo ranglar shular jumlasidan.

Kompozitsiyaning qoida, usullari. San'at asarlarini tahlil qilganimizda, kompozitsiya qoida va usullari o'z mohiyatini asta - sekin yo'qotib, yangi kompozitsiya qoidalari paydo bo'la boshladi. Badiiy asar yaratishda rassomlar tabiiy va ongli ravishda kompozitsiya qonunlariga rioya qilishadi. Har bir ijtimoiy - jamiyat san'at oldida yangi zamonaviy vazifalarni ko'ndalang qo'yadi.

Hozirgi vaqtda biz kompozitsiyani nazariy asoslarini ikki guruhga ajratamiz. 1. Kompozitsiya qonunlari. 2. Kompozitsiya qoida va usullari.

Kompozitsiyaning asosiy usullaridan biri ritmni ifodalash, kompozitsiya mavzusi markazini aniqlash, simmetrik yoki assimetrik holati, massani ikkinchi plandagi kenglikdagi asosiy qurilmasini joylashtirish. Ritm hayotda va san'atda mavjudligi rassom uchun yaxshi belgi, vositadir. U bir elementni oraliqda galma-gal qaytarilishidir. Asar g'oyasini kompozitsiya tuzilishini idrok etishda ritm estetik obrazli tasavvur rolini o'ynaydi va kontrast rang, ton qonunlariga suyanadi.

Kompozitsiyaning ijodiy jarayonlari. Tasviriy san'at kompozitsiyasining qonun - qoidalaridan foydalanish ibtidoiy davrdan shakllangan. Tabiatga sergaklik bilan e'tibor berib, barglar, shoxlar gullarni tuzilishini kuzatganlar, yil fasllarini takrorlanib

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

kelishi, kun va tunni farqlarini anglab tabiatdagi ritm va simmetriyani tuShunib etganlar. Masalan qadimgi greklarni releflarida ritm aniq sezilib turadi. «Kompozitsiya» ustida ishlash va barcha tayyorlov bosqichlari ijodiy jarayon hisoblanadi.

Ijod - bu inson ongining yuqori va murakkab darajasidir. Insonni bilim, malaka, xayotiy tajribalari natijasida tug'iluvchi mo'jizadir. Tasviriy san'atda ijodning natijasi badiiy asar yaratilishidan iborat.

Badiiy ijodning mohiyati, ijod faoliyatining tuzulmaviy faktorlarga bo'linishi masalasida qiziqarli g'oyalar L.G.Ermashning o'tkazgan «San'atning ijodiy tabiati» tadqiqotida berilgan. Ijodning kuchi «Ruhiy va amaliy qobiliyatlar» - bu mehnat, ilxom, xotira, tafakkur, badiiy iste'dod, xayol, xissiyot kabilar yordamida amalga oshib boradi.

Tafakkur - ijod kuchlaridan biri bo'lib, borliq haqida fikrlashda, tahlil qilishda idrok, sezgi, hissiyotni badiiy asar yaratish maqsadida yo'naltirish. Badiiy asar inson faoliyatining boshqa soxalaridagi kabi tafakkurning mahsuli hisoblanadi. San'at asari faqat tasviriy vositalarni o'z ichiga olibgina qolmay, balki g'oyaviy - estetik mazmun, dunyoqarash, falsafiy tushinishni ham qamrab oladi.

Rassomning tafakkuri ijodiy harakteri bilan ajralib turadi, ijodiy hayol bilan birga harakatlanadi.

Insonnning mehnat jarayonidagi eng ko'tarinki ruhiy holatdir. Rassomning ijodiy mehnatida ilxomlanish, aktiv ijod kuchlaridan biri sifatida ahamiyatli rol o'ynaydi. Ilxomlanish - ijodiy, ma'naviy, jismoniy jixatdan rassom uchun ijodiy vaziyat juda tez yechilgan bo'ladi. Bunda rassomning ijodiy hayoli, tafakkuri faol ishlagan bo'ladi.

Bilim, dunyo qarash, badiiy uslub, estetik va badiiy did, mahorat kiritiladi. Bilim ijodning asosiy bosh komponenti hisoblanib, uni egallash orqali sezgi, estetik his qilish, idrok, tafakkur, xotira, dunyo qarash, malaka, ijodiy uslubi, maxorat rivojlanib boradi. Rassom uchun bilim - bu hayotiy material, hayotni chuqur har tomonlama o'rganish bo'lib, usiz san'at asari yaratib bo'lmaydi. Rassom har tomonlama hayotni yaxshi bilgan, bilimli, ziyoli inson bo'lmog'i lozim. Undan tashqari, u bilimini o'zining hissiyotlari orqali umumlashgan shaklda badiiy obraz aks etdirmog'i lozim. Bularning barchasi ijod komponentlari sirasiga kiradi.

Estetik va badiiy did ham dunyoqarash ham badiiy uslub bo'lib, rassomning ma'lum alohida g'oyaviy estetik ijodiy yo'nalishini ko'rsatadi. Estetik va badiiy did insonga tug'ilganda berilmaydi, xuddi qobiliyattga o'xshash, u insonning o'sishi bilan rivojlanib boradi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Mahorat - tasviriy san'atning zaruriy sharoitida namoyon bo'luvchi shaxsning badiiy qobiliyatti, ruxiy xususiyati va sifatlaridir. Mahorat Yuqori darajadagi bilim, tasviriy texnika, ko'nikma, malakani mukammal egallamoqdir.

Quyidagilar kompozitsiya vositalari sifatida qo 'llaniladi. Chiziq, shtrix, rangli va tusli dog' (surtma) soya - yorut, rang, chiziqli, havo va rang prespektivalari kompozitsiyaning vositalaridir. Chiziqni esa tasviriy san'atning asosiy vositalaridan biri deyish mumkin. Undan uzoq muddatli, qisqa muddatli kompozitsiya eskizlarida foydalaniladi. Rassom qog'oz yuzasida predmet shaklini ochroq, to'qroq chiziqlar orqali ifodalashi mumkin. Kompozitsiya amalda dastlab qalamtasvirda bajariladi. Keyingi bosqichda shtrix chiziqlarni qalinligi orqali predmetlarni soya, yorug' joylariga shakl berib, chuqurlik, masofani ifodalashga beradi. Rang va tus kompozitsiya tuzishda muhim rol uynaydi. Asarda plastik hajm, chiziqli, havoyi, rangli perspektvalarni roli kattadir. Yuqorida biz kompozitsiyaning asosiy vositalarni qayd qilib o'tdik.

Kompozitsiya kursining asosiy vazifasi talabalarda ijodiy fikrlashni, san'atni idrok etishni va tahlil qilishni, hayotni kuzatish va obrazli tasavvur etish, badiiy estetik did va madaniyatni shakllantirish, ularni badiiy - pedagogik faoliyatiga tadbiq qilishdir. Kompozitsiya amaliy hamda nazariy qismdan iborat.

Nazariy ma'ruzalar auditoriyadagi amaliy mashg'ulotlarni, uy vazifalarini ongli ravishda bajarishni talab etadi. Kirish qismida kompozitsiyaning asosiy qonun -qoidalari, usul va vositalarini o'z ichiga oladi. Tasviriy san'atni janr turlaridagi kompozitsiyani o'ziga xos muammolarini, san'at asarida mavjud qonun talablarini ifodalaydi.

Kompozitsiya nazariyasidagi bilimlarni chuqur o'zlashtirishda, maxsus seminarlarni ahamiyati katga. Bulardan tashqari talabalarni mavzular asosida referat yozib ma'ruzalar bilan chiqishlari, ularni muhokama qilish yaxshi natija beradi. Amaliy qismida asosiy maqsad talabalarada ijodiy qobiliyattni shakllanishiga, hayotni kuzatish, uni tasviriy vositalar bilan aks ettirish, bosqichma - bosqich eksizini oxirigacha etkazishdan iboratdir. Amaliy mashg'ulotlarda kompozitsiya eskizini mazmun g'oyasini maqsad va vazifalarini ongli ravishda idrok etish muhimdir. Bajarilgan amaliy vazifalarni kamchilik va sabablarini muhokama qilib tuShuntirib ijodiy fikrlashni shakllantirish lozim.

XULOSA

San'at muzeylari, badiiy ko'rgazma zallariga, ekskursiya, yetuk rassomlar bilan uchrashuvlar tashkil etish, ular bilan suhbatlar o'tkazish, talabalarda badiiy didni boyitadi. Berilgan mavzu bo'yicha eng «yaxshi kompozitsiya eskizi uchun» talabalar o'rtasida konkurs e'lon qilib yaxshi eskizlardan ko'rgazmalar tashkil qilish,

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

g'oliblarni ragbatlantirish ijodiy samara beradi. Bu, yuqorida sanab o'tilgan tasviriy san'at turlarining har biri ijodkor tanlagan voqeylikni, mavzuni o'ziga xos vositalarda, badiiy tilda tasvirlaydi. Bu san'at turlari ichida eng keng tarqalgani nafis tasvir san'atidir.

Nafis tasviriy san'at - tasviriy san'atning bir turidir. Rassom bo'yoqlar va maxsus usullar yordamida jism hajmni tasvirlaydi. Nafis tasviriy san'at beshta elementlardan iboratdir. Bu elementlar buyum shaklini, rangini tushayotgan yorug'ni, yasalgan materialini, tasvirlanayotgan predmetni qanday sharoitda va muhitda ekanini tasvirlashda nomoyon bo'ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Siddiqov I.M., Igamberdiyev U.R. (2021). Pedagogika oliygohlarida talabalarning ijodiy qobiliyatlarini shakillantirishda muammoli ta'lim texnologiyalaridan foydalanish. Oriental renaissance: innovative, educational, natural and social sciences, 1(11), 1146-1163.

2. Muydinovich R.I. (2022). Raqamli texnologiyalarning rivojlanishi tufayli paydo bo'lgan kasblar va ularni o'rganish. Pedagogs jurnali, 13(1), 117-122.

3. Kurbonova, B. (2020). THEORETICAL BASES OF THE ORGANIZATION OF DRAWING LESSONS IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION.

In Психологическое здоровье населения как важный фактор обеспечения процветания общества (pp. 254-257).

4. Курбонова, Б. (2020). ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ОРГАНИЗАЦИИ УРОКА РИСУНКА В ВЫСШЕМ ПЕДАГОГИЧЕСКОМ ОБРАЗОВАНИИ. ББК Ю953, 254.

5. Kurbonova, B. M. (2023). OPPORTUNITIES AND TECHNOLOGIES FOR PREPARING FUTURE TEACHERS OF FINE ARTS FOR THE FORMATION OF ELEMENTS OF ARTISTIC THINKING IN SCHOOLCHILDREN. Academia Science Repository, 4(04), 709-715.

6. Kurbonova, B. M. (2023). AESTHETIC PERCEPTION IS A PRODUCT OF ARTISTIC THINKING. PEDAGOGICAL SCIENCES AND TEACHING METHODS, 3(26), 97-101.

7. Qurbonova, B., & Yo'Ldasheva, G. (2023). TASVIRIY SAN'AT MASHG 'ULOTLARIDA RANGLARNING 9. ILMIY-NAZARIY AHAMIYATINI O 'RGANISH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(3), 183-187.

8. Qurbonova, B., & G'ulomova, O. (2023). BOSHLANG'ICH SINF O'QISH DARSLARIDA BADIIY MATNNI TAHLIL QILISH METODIKASI. Educational Research in Universal Sciences, 2(4), 750-752.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

9. Mirzakhamdamovna, Q. B. (2023). TECHNOLOGIES FOR TRAINING FUTURE VISUAL ARTS TEACHERS TO FORM ELEMENTS OF ARTISTIC THINKING IN SCHOOLCHILDREN. Science and innovation, 21.

10. Курбанова, Б. М. (2018). РОЛЬ ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ БУДУЩЕГО УЧИТЕЛЯ ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОГО ИСКУССТВА В ПОВЫШЕНИИ ЭФФЕКТИВНОСТИ ФОРМИРОВАНИЯ ХУДОЖЕСТВЕННОГО МЫШЛЕНИЯ У УЧАЩИХСЯ. In EUROPEAN RESEARCH: INNOVATION IN SCIENCE, EDUCATION AND TECHNOLOGY (pp. 65-66).

11. Kurbonova, B. M. (2023). OPPORTUNITIES AND TECHNOLOGIES FOR PREPARING FUTURE TEACHERS OF FINE ARTS FOR THE FORMATION OF ELEMENTS OF ARTISTIC THINKING IN SCHOOLCHILDREN. Academia Science Repository, 4(04), 709-715.

12. Qurbonova, B., & Djuhanova, N. (2020). PSYCHOPHYSIOLOGICAL BASIS OF COLOR SELECTION IN YOUNG PEOPLE. Theoretical & Applied Science, (1), 27-37.

13. Мирзахдмдамовна, К. Б. (2022). БУЛАЖАК ТАСВИРИЙ САНЪАТ УКИТУВЧИЛАРИНИ МАКТАБ УКУВЧИЛАРИДА БАДИИЙ ТАФАККУРНИ ШАКЛЛАНТИРИШГА ТАЙЁРЛАШ ШАКЛ ВА ТЕХНOЛOГИЯЛАРИ. INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL, 3(5), 185-198.

14. Qurbonova, B. (2020). ФОРМИРОВАНИЕ ЭСТЕТИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ УЧАЩИХСЯ НА УРОКАХ ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОГО ИСКУССТВА. Theoretical & Applied Science, (1), 608-614.

15. Qurbonova, B. M. (2022). BO'LAJAK TASVIRIY SAN'AT O' QITU VCHIL ARI O' QU VCHIL ARNING BADIIY TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISHGA TAYYORLASHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI. International scientific journal of Biruni, 1(2), 194-198.

16. Qurbonova, B. M. (2022). NAQSH KOMPOZITSIYASIDA RANG UYG 'UNLIGI. International scientific journal of Biruni, 1(2), 189-193.

17. Мирзахдмдамовна, К. Б. (2022). БУЛАЖАК ТАСВИРИЙ САНЪАТ УКИТУВЧИЛАРИНИ МАКТАБ УКУВЧИЛАРИДА БАДИИЙ ТАФАККУРНИ ШАКЛЛАНТИРИШГА ТАЙЁРЛАШ ШАКЛ ВА ТЕХНOЛOГИЯЛАРИ. INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL, 3(5), 185-198.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.