Научная статья на тему 'O‘QUVCHILARNI BIOLOGIYADAN FAN OLIMPIADALARIGA TAYYORLASHDA USTOZ-SHOGIRD MUNOSABATLARINI SAMARALI TASHKIL ETISH'

O‘QUVCHILARNI BIOLOGIYADAN FAN OLIMPIADALARIGA TAYYORLASHDA USTOZ-SHOGIRD MUNOSABATLARINI SAMARALI TASHKIL ETISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
9
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tushunish imkoniyatiga

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Bozormurod Abduvahitov

Fan olimpiadalariga tayyorgarlik va ularda ishtirok etish murakkab jarayonlardan iborat kompleks tizim sanaladi. Unda o’quvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olish lozim. Odatda, fan olimpiadalarida ishtirok etish uchun tayyorgarlik ko’rayotgan o’quvchilar o’smir yoshda bo’lishadi. “O‘smir kichik maktab yoshidagi o‘quvchidan farqli ravishda hayotni ilk bor shaxs sifatida faol ilmiy bilishda idrok eta boshlaydi, birinchi galda faqat narsa va hodisalarning ayrim alomatlarini emas, balki ularning umumiy va ob’ektiv qonuniyatlarini anglab yetish, tushunish imkoniyatiga ega bo‘lib boradi”.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘QUVCHILARNI BIOLOGIYADAN FAN OLIMPIADALARIGA TAYYORLASHDA USTOZ-SHOGIRD MUNOSABATLARINI SAMARALI TASHKIL ETISH»

O'QUVCHILARNI BIOLOGIYADAN FAN OLIMPIADALARIGA TAYYORLASHDA USTOZ-SHOGIRD MUNOSABATLARINI SAMARALI TASHKIL ETISH

Bozormurod Abduvahitov

Jizzax davlat pedagogika universiteti mustaqil tadqiqotchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10112841 Fan olimpiadalariga tayyorgarlik va ularda ishtirok etish murakkab jarayonlardan iborat kompleks tizim sanaladi. Unda o'quvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olish lozim. Odatda, fan olimpiadalarida ishtirok etish uchun tayyorgarlik ko'rayotgan o'quvchilar o'smir yoshda bo'lishadi.

"O'smir kichik maktab yoshidagi o'quvchidan farqli ravishda hayotni ilk bor shaxs sifatida faol ilmiy bilishda idrok eta boshlaydi, birinchi galda faqat narsa va hodisalarning ayrim alomatlarini emas, balki ularning umumiy va ob'ektiv qonuniyatlarini anglab yetish, tushunish imkoniyatiga ega bo'lib boradi".

O'smir o'quvchi o'z oldiga maqsad qo'ya oladi va shu maqsad sari intilishga o'rgana boshlaydi. Ulardagi o'sish va rivojlanishni hisobga olgan holda, o'quv jarayoniga nisbatan qarashlari ham tubdan o'zgara boshlaydi.

Shu o'rinda psixolog E.G'oziyevning quyidagi so'zlarini keltirish o'rinlidir. "Maktab ta'limining bevosita ta'siri bilan o'smirda o'zini anglash jarayoni rivojlana boshlaydi. U o'zining fikriga, mustaqil qarashiga, biror masala yuzasidan o'z mulohazasiga ega bo'lishi uchun harakat qiladi. Shuning uchun o'qituvchi yoki ota-onaning aytganlariga, kitob va darsliklarga tanqidiy nuqtai-nazardan qaraydi. Ko'pincha o'qituvchining mulohazasidan, darslikdan xato va kamchiliklarni topishga intilib, o'z gapida turib, ayrim fikrlarga qatiy e'tiroz bildirishga, tortishishga va bahslashishga moyil bo'ladi" [14].

o'quvchilarning psixologik xususiyatlariga ijobiy ta'sir etishi, o'quvchidagi predmetni o'zlashtirishga bo'lgan qiziqish, mustaqil faoliyat yuritish, o'z-o'zini baholash, o'qituvchi bilan o'quvchi orasidagi rasmiy munosabatning yumshashida o'z ijobiy tomonlari bilan aks etadi.

L.I.Bulavenseva, Ye.V.Buryachenko G.V.Ivshina, S.R.Domanova fikricha o'quv jarayonida o'quvchilar diqqatini qancha muddatga bo'lmasin, jalb etish, bu o'quv materialini yetarli darajada o'zlashtirishi va unda dars yuzasidan ko'nikma va malakalarni hosil bo'lishi uchun zaruriy talabdir. O'quvchining har qanday faoliyati undan diqqat-e'tiborni va biror maqsadga qaratilgan harakatlarni talab etadi. Darsda o'quvchi diqqat bilan faoliyat yuritishga erishsagina, o'quv jarayonidagi mahsuldorlik oshishi mumkin va o'quvchi o'rganayotgan material yuzasidan samarali bilim olishga erishadi. Shuni alohida ta'kidlash joizki, kompyuterdan vosita sifatida foydalanish o'quvchining o'quv materialini chuqur va to'laqonli o'zlashtirishiga, ya'ni ongli ravishda tushunishiga yordam beradi

Diqqat kuchli qo'zg'atuvchilar vositasida vujudga keladi. Qo'zg'atuvchilarning jadal va betakror bo'lishi, ularning ta'sir darajasini shunchalik oshiradi. Ya'ni, o'quvchiga notanish va qiziqarli bo'lgan narsa, buyum yoki hodisalar, masalan, kichik buyumlar orasidagi katta buyum yoki rangi past gullar orasidagi yorqin rangdagi kapalak misoli ulardagi diqqatni tezda o'ziga jalb etadi. Buni o'quv jarayoni misolida tushuntiradigan bo'lsak, noan'anaviy, kompyuterlashgan ta'lim o'quvchilar e'tiborini o'ziga qisqa muddatda tortishi va unda o'quvchilarning ixtiyorsiz diqqatning paydo bo'lishi bilan izohlanadi. "Ixtiyorsiz diqqatda bevosita qiziqishning roli benihoya kattadir. Nimaiki qiziqarli, maroqli, hissiyotga boy, zavqli bo'lsa, diqqatning uzoq vaqt

mobaynida to'planib turishini taqozo etadi. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqat zamirida hosil bo'ladi".

Biologiya darslarida o'quvchi xotirasini darsdan-darsga o'stira borish muhim ahamiyatga ega. Biologiyada mavzular ketma-ket murakkablashib, oddiy jarayonlarni murakkab jarayonlar bilan uzviylashib borishini kuzatishimiz mumkin. Bunda psixologiyada kuchli taassurotlar qonunini keltiramiz. Ya'ni, eslab qolinadigan narsa to'g'risidagi birinchi taassurot qanchalik kuchli bo'lsa, unga aloqador obraz ham shunchalik yorqin bo'ladi. Bundan tashqari, siz uchun ahamiyatli va jozibali ma'lumotlar oqimida eslanayotgan material ham yaxshi esga tushiriladi.

Ba'zi hollarda, o'quvchi tomonidan o'zlashtirish qiyinlik tug'dirayotgan mavzularni o'rganishda, o'qituvchining asosiy e'tibori undagi oddiy tushunchalarning mavjudligi yoki uni tiklab olishi uchun xotira mashqlarini takrorlashga ehtiyoj tug'iladi. Chunki tushunchalarning evolyusion rivojlantirilib borilishi ko'pincha, o'quvchining bosqichma-bosqich yangi mavzular ketma-ketligini o'zlashtirish ko'nikmalari bilan xarakterlanadi

O'quvchilar bilimlarni ongli o'zlashtirishlari uchun o'z-o'zini nazorat qilish va baholash usullarini qo'llash yaxshi samara beradi. O'smir yoshdagi o'quvchilar ko'proq o'ziga nisbatan ishonch bilan munosabatda bo'lishlarini istaganlari bois, ko'proq o'qituvchi nazarida bo'lishga intiladilar. Ularga e'tibor esa rag'bat usulida tashkil etish, yaxshi natija berishi aniqlandi. Chunki, 11-15 yoshdagi o'quvchilar shaxsiyatida o'z o'rtoqlaridan "o'zib ketish", "alohida ajralib turish" va "o'z-o'zini namoyon qilish" xususiyati kuchli bo'lganligi sababli ham o'qituvchining iloji boricha ularga individual yoshdashishi talab etiladi

Tadqiqot davomida tavsiya etilgan nostandart test topshiriqlar standart testlardan farqli o'laroq, berilgan savollarda to'g'ri javoblar sonining ko'pligi, ular orasidagi tizimlilik va o'zaro mutanosiblik o'quvchining psixologik xususiyatlariga jiddiy ta'sir etishi bilan farqlanib turadi. Nostandart testga oddiy testga nisbatan ko'proq vaqt sarflansa-da, aslida o'quvchining ongli ravishda mantiqiy tafakkur qilishiga ko'maklashadi. To'g'ri javoblarning ko'pligi, ularni to'g'ri belgilashga bo'lgan ehtiyoj o'quvchini bir muddat o'z-o'zini nazorat qilishga undaydi. Chunki bu test savollaridagi belgilangan to'g'ri javoblar soni maxsus formula asosida hisoblanishi, ozgina tavakkalchilik, noto'g'ri va belgilanmagan to'g'ri javoblar hisobiga ham salbiy natijani berishi mumkinligi bois, o'quvchilar diqqat bilan yondashadilar, xotira va tasavvur ishtirokida ongda hosil bo'lgan mavzu yuzasidan yig'ilgan materiallar bazasidan unumli foydalanishga intiladilar.

O'quvchi biologiya yoki boshqa fan olimpiadalarida yuqori natijalarga erishishni maqsad qilgan bo'lsa, o'zini qattiq o'qishga undovchi motivatsiyaga ega bo'lishi zarur. Motivatsiya yetarli darajada mavjud bo'lsa, hamma qiyin vaziyatlarni yengish, shuningdek, oldinga siljish uchun ilhomlanish hissi kuchli bo'ladi. Natija olish nuqtai nazardan qaralganda, kuchli iroda va ilhomlanganlik muhim omillar hisoblanadi.

Nazariy jihatdan motivatsiyani 2 guruhga, ya'ni ichki (o'quvchining o'zi bilan bog'liq bo'lgan) va tashqi (tashqi manbalardan olinadigan) motivatsiyaga bo'lish mumkin. Odatda, tashqi motivatsiyani ota-onalar, ustozlar, qarindoshlar va atrofdagi o'quvchi bilan bog'liq jamiyat berishi mumkin. Ularning hayoti boshqalarning hayoti (moliyaviy va ma'naviy tomondan ham) bilan uzviy bog'liqdir. Shu sababdan o'quvchilar o'z qarorlarini qabul qila olishmaydi. Boshqalarning fikri va ta'siri shunchalik kattaki, ular nimalarni xohlayotganligini mukammal o'ylab ko'rmasdan, boshqalarning fikrlariga ergashishga odatlanib qolishadi.

Tadqiqotlar natijalari tashqi motivlar ichki motivlarga qaraganda ancha ta'sir ko'rsatgichi yuqori ekanligini ko'rsatadi. Sevimli faoliyati bilan shug'ullanayotgan o'quvchiga uning ota onasi

yoki atrofdagi boshqalar tomonidan berilgan ahamiyatsiz topshiriqlar qiziqishlarini so'ndiruvchi

salbiy omil bo'lib xizmat qiladi. E'tibor qaratilishi zarur bo'lgan jihat shundaki, boshqalarning

xoxishi asosida berilgan xar qanday topshiriqlar o'quvchilarga antiprogress tasir ko'rsatadi.

O'quvchilar yuqori natijalarni qo'lga kiritishlari uchun ularga motivatsiya berish lozim.

REFERENCES

1. 2019 йил 20-февралдаги ПК-4199-сон «Президент мактабларини ташкил этиш чора -тадбирлари тугрисида»ги фармони.

2. 03.12.2020 йилдаги nQ-4910-сон "Иктидорли ёшларни саралаб олиш тизими ва академик лицейлар фаолиятини такомиллаштириш чора-тадбирлари тугрисида" фармони.

3. Богоявленская Д.Б. Рабочая концепция одаренности: дискуссионные вопросы / Д.Б. Богоявленская // Одар. ребенок. - 2010. - №4. - С. 6-13.

4. Богданова Н.А. Экзаметационный тренажёр (Биология). 2018. Библиогр.: с. 78. - ISBN 5-7744-0159-6.

5. L.M. Karakhonova. Organization of research activity of Schoolchildren at the lessons of biology// Science and innovation international scientific journal volume 2 issue 2 february 2023 uif-2022: 8.2. -р. 430-438

6. L.M. Karakhonova. Formation of research competence in teaching biology at a comprehensive school// Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching// ISSN (E): 2795-739X. Journal Impact Factor: 8.115. Volume 20| May 2023. -Р.154-158.

7. L.M. Karakhonova, Z.Sh.Uchkurova. Independent educational activity and mechanisms of effective organization in the continuous education process// american journal of applied science and technology// volume 03 issue 06 pages: 15-21 sjif impact factor (2021: 5. 705) (2022: 5. 705) (2023: 7.063)

8. L.M. Karakhonova Pisa - of students as an International science literacy Assessment program// Neo Science Peer Reviewed Journal Volume 10, June. 2023 ISSN (E): 2949-7701 -P.15-26 www.neojournals.com

9. L.M. Karakhonova Issues of developing research competence in students based on the project method// novateur publications journalnx- a multidisciplinary peer reviewed journal issn no: 2581 - 4230 volume 9, issue 9, sep. - 2023.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.