Научная статья на тему 'O‘QUVCHILARDA MUMTOZ ADABIYOT NAMUNALARINI O‘QITISH BO‘YICHA NAZARIY BILIMLARNI SHAKLLANTIRISH'

O‘QUVCHILARDA MUMTOZ ADABIYOT NAMUNALARINI O‘QITISH BO‘YICHA NAZARIY BILIMLARNI SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

369
41
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
adabiyot / mumtoz adabiyot / oshirish usullari.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Mahliyo Mamitova

Mazkur maqolada o„quvchilarda mumtoz adabiyot namunalarini o„qitish bo„yicha nazariy bilimlarni shakllantirish masalasi ko‟rib chiqiladi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘QUVCHILARDA MUMTOZ ADABIYOT NAMUNALARINI O‘QITISH BO‘YICHA NAZARIY BILIMLARNI SHAKLLANTIRISH»

O'QUVCHILARDA MUMTOZ ADABIYOT NAMUNALARINI O'QITISH BO'YICHA NAZARIY BILIMLARNI SHAKLLANTIRISH

Mahliyo Mamitova

JDPU 2-bosqich magistranti Ilmiy rahbar: f.f.d., professor v.b. Surayyo Eshonqulova

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada o'quvchilarda mumtoz adabiyot namunalarini o'qitish bo'yicha nazariy bilimlarni shakllantirish masalasi ko'rib chiqiladi

Kalit so'zlar: adabiyot, mumtoz adabiyot, oshirish usullari.

KIRISH

Mumtoz adabiyot namunalarini o'rgatish samaradorligini oshirish usullariga quyidagilarni kiritish mumkin:

1. O'quvchilarni mumtoz adabiyot namunalarini sevib o'qishga o'rgatish;

2. O'quvchilarda mumtoz adabiyotga doir nazariy bilimlarni shakllantirish;

3. Lirik asarlar tahlilida janr xususiyatlarini hisobga olish;

4. Nasriy asarlarni o'rgatish samaradorligini oshirish;

5. Liro-epik asarlarni tahlil qilish uslubiyatini yaratish.

O'quvchilarni mumtoz adabiyot namunalarini sevib o'qishga o'rgatish. O'rta Osiyoning ulug' mutafakkiri Abu Nasr Forobiy ovoz va nutqning tarbiyaviy ahamiyatiga alohida e'tibor berib "Ilmlarning kelib chiqishi" ("Ixso ul-ulum") nomli risolasida badiiy asarni ifodali o'qish, o'qiganini hikoya qilib berish zo'r san'at ekanini alohida ta'kidlagan. Uningcha, hikoyachilik san'atini yaxshi egallagan kishilar "hakim" deyiladi. O'qish va notiqlik san'atini chuqur egallagan shaxslar esa faylasuflar, donishmandlar bilan tenglashtiriladi. Qomusiy olimlardan yana biri Abu Ali ibn Sino badiiy asarning inson ruhiyatiga ta'siri haqida gapirib, g'azal eshitilganda ko'ngil kishilarining ahvoli shodlik va kulguga yoki g'amginlik va yig'iga moyil bo'lishini, ayniqsa, judolik va hajr tilga olinganda bu holatlar ortishini alohida ta'kidlaydi. Abu Rayhon Beruniy ham "Avesto", arab adabiyoti, "Kalilla va Dimna", hind adabiyotiga oid ko'plab asarlarni tahlil qilib, ularni qiyoslarkan, kitobxonni ulardan o'rnak va namuna olishga chaqiradi. Masalan, Qoshg'ariyning "Devonu lug'otit-turk" asarida ham alohida, birgalashib va ko'plashib o'qish haqida qarashlar mavjudligini ko'rish mumkin. Yusuf Xos Hojib ham o'z bitiklarida so'z va uning ma'nolariga alohida to'xtalib o'tgan. U badiiy so'zni "muqaddas hodisa" deb biladi. Insonning aqlu

May, 2023

449

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

zakovati shu hodisalarni ajrata olishida namoyon bo'lishini ta'kidlaydi. So'z va u tashiydigan ma'nolarni bilish uchun tarbiyalanuvchi bunga yo'naltiradigan shaxsga ehtiyoj sezishini aytadi. Ko'rinadiki, hamma zamonlarda ham badiiy so'z va uning tahliliga zarurat bo'lgan [3;11].

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

O'quvchilarda mumtoz adabiyotga doir nazariy bilimlarni shakllantirish. "Dars samaradorligi, egallangan ko'nikma va malakalarning sifat ko'rsatkichlari ko'p jihatdan o'quvchilarga berilgan nazariy bilimlarga ham bog'liq. Bizningcha, o'rta maktab adabiy ta'limida o'rganishga tavsiya etilayotgan nazariy bilimlar belgilangan bosh maqsad, asosiy vazifalardan kelib chiqib, badiiy adabiyotning ham shakliy, ham mazmuniy mundarijasini o'zaro muvofiqlikda, aniq maqsadlarga yo'naltirilgan va ayni paytda tadrijiy tizimga bo'ysundirilgan tarzda berilishi lozim. Demak, nazariy ma'lumotlarni berishda ham amaliyot sinovidan o'tgan, samarasi tajribalarda tasdiqlangan ilmiy haqiqatlarga asoslanib kutilgan natijalarga erishish mumkin bo'ladi. Nazariy bilimlarni amaliy qo'llay olish ko'nikmasini shakllantirish o'quvchilarda mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga yo'l ochadi"[7;69, 2;177,

Mumtoz adabiyot bo'yicha nazariy ma'lumotlar quyidagilarni o'z ichiga oladi: 1) vazn (aruz) haqida tushuncha; 2) qofiya va uning unsurlari; 3) badiiy tasvir vositalari (she'riy san'atlar); 4) yuqoridagilarni ham o'z ichiga olgan mumtoz badiiy tafakkur tarzini shakllantirish yuzasidan beriladigan bilim, ko'nikma va malakalar majmuasi.

Kuzatishlar aruzni quyidagi tartibda o'qitilishi maqsadga muvofiqligini ko'rsatdi: 1) barmoq vazni to'g'risida tushuncha; 2) bo'g'inga qiyosan hijo va uning sifatlari; 3) turoqqa qiyosan rukn va uni hosil qiluvchi unsurlar; 4) rukn, uning tuzilishi va turlari; 5) bahrlarning hosil bo'lishi; 6) vasl hodisasi; 7) vazn talabiga ko'ra so'zlarni qo'llashdagi istisnolar haqida ma'lumot berish; 8) zihoflar.

1;128].

May, 2023

Barmoq va aruz she'riy tizimlaridagi tushunchalarning o'xshash jihatlarini taqqoslang:

Barmoqda Aruzda O'xshashlik asoslari

Vaznning eng kichik birligi,

Bo'g'in Hijo bir havo zarbi bilan aytiladigan tovush va tovushlar yig'indisi

Turoq Rukn Misralar ichidagi ritmik bo'linish

Katta to'xtalish bilan

Misra Misra ajraladigan ritmik bo'lak, bandlarni hosil qiluvchi qism

Band Musammat She'riy misralar turkumi

Barmoq va aruz she'riy tizimlaridagi tushunchalarning farqli jihatlarini taqqoslang:

Barmoqda Aruzda Farqli tomonlari

Bo'g'in Hijo a) aruzda hijolar sifat jihatidan farqlanadi, barmoqda farqlanmaydi; b) aruzda ba'zan bir bo'g'in ikki hijoga teng kelib qoladi.

Turoq Rukn So'z yoki so'zlar yaxlit holda turoqqa ajraladi, aruzda bir so'z vazn talabiga ko'ra ikki ruknga bo'linib ketishi mumkin.

Misra Misra Farqlanmaydi.

Band Musammat Band - alohida janr ko'rsatkichi emas, musammat - mumtoz she'r janrlarini belgilashning asosiy belgisi.

Lirik asarlar tahlilida janr xususiyatlarini hisobga olish. O'qituvchi shu o'rinda imkoniyatidan kelib chiqib, masnaviydan to muashshargacha bo'lgan musammat shakllarini - janrlarni tushuntirib, o'quvchilar daftariga yozdirib qo'yishi maqsadga muvofiq [4;113-115].

O'zbek mumtoz adabiyotida she'riyat asosiy, yetakchi adabiy tur bo'lganligi tufayli adabiy ta'limda ham o'rganiladigan mumtoz namunalarning katta qismini lirik asarlar tashkil etadi. Dasturlarga kiritilgan she'rlarga nazar tashlasak, asosan asrlar davomida klassik shoirlar tomonidan keng qo'llangan janrlardan namunalar o'rganilishi nazarda tutilganligiga guvoh bo'lamiz.

May, 2023

451

ISSN: 2181-1Э85 ISI: G,967 I Cite-Factor: G,89 I SIS: 1,9 I ASI: 1,3 I SJIF: 5,771 I UIF: 6,1

Oxirgi dasturga ko'ra quyidagi lirik janrlar o'rganishga tavsiya etilgan: 5-sinfda Bobur ruboiylari, 6-sinfda Avaz O'tar g'azallari, 7-sinfda Tuгdining "Тог ko'ngullik beklaf' g'azali, Uvaysiy g'azal va chistonlari, 8- sinfda Lutfiy g'azallari va tuyuqlari, Alisher Navoiy g'azal va qit'alari, Nodiгa muashshari, 9-sinfda Bobur g'azal, гuboiy, qit'alari; Bobo^im Mashrab g'azallari, Ogahiy g'azallari, tuyuq, tarix, taгafayn, qit'alaгi va "DahT uyi bunyodkim suv uzradrn- mahkam emas" ta^'bandi. Ko'rinadiki, to'qqizta lirik tur janri o'rganilishi belgilab qo'yilgan: g'azal 6-, 7-, 8- va 9- sinflarda; ruboiy 5- va tuyuq va qit'a 8- va 9-sinflarda;

chiston 7-sinfda; muashshar 8-sinfda, taгix, taгafayn va taqi'band 9- sinfda. Shuningdek, mazkrn- janrlaг hamda muгabba', muxammas va musaddas oldingi dasturlarga ko'ra 5-10- sinf darsliklariga kiritilgan edi. Oxirgi dasturga ko'ra 11-sinfda g'azal janri namunalari o'rganiladi.

Adabiy ta'lim amaliyoti bugungi kunda har Ыг janming o'qitilishi yuzasidan aniq amaliy tajribalarda tasdig'ini topgan, ilmiy asoslangan metodik tavsiyalarga muhtojligi barchaga ayon bir haqiqat [4;140-141]. Masalan, qofiya va radif haqidagi nazariy ma'lumotni aksar umumta'lim maktab o'qituvchilari ruboiylarni o'rganib bo'lgandan keyin ikkinchi darsning so'ngida berishadi. Bu ham mumkin. Lekin bu nazariy ma'lumot^ rnboiylami o'rganishdan oldin berilishi to'g'riroq bo'ladi. Chunki haг biг гuboiy tahlil qilinganida ulaming qofiyalanishiga, radifiga ham еЧ^г qaratilsa, ulaг haqida berilgan nazaгiy ma'lumot daгs davomida mustahkamlanib boradi.

5-sinfdan 7-sinfgacha g'azal, гuboiy, tuyuq, qit'a kabi kichik va o'rta hajmli mumtoz she'г namunalaгini o'rganishadi. G'azal o'гganishda quyidagi topshiriqlar mumtoz adabiyot namunalarini o^gatish samaradorligini oshiradi:

Topshiriq №1

1. Keltiгilgan misralaráan tuгkiy, foгsiy va aгabiy so'zlami topib "Tushunchalai tahlili" usulida izohlang.

2. Izofalarni aniqlang.

3. Badiiy tasvir vositalarini aniqlang.

Meni shaydo qiladwg'on bu ko'nguldiг, bu ko'ngul,

Xor-u rasvo qiladuгg'on bu ko'nguldiï, bu ko'ngul.

O'qdayin qomatimizni qora qosЫig'laг uchun

Muttasil yo qiladwg'on bu ko'nguldiг, bu ko'ngul.

Meni yozg'uгma «sevao» debki, mening haddim emas,

May, 2023

U1 tamanno qiladurg'on bu ko'nguldir, bu ko'ngul.

«Borma», derlar, «eshiki sort damo-dam>>, netayin, Ko'p taqozo qiladurg'on bu ko'nguldir, bu ko'ngul.

Tori mo'yin havasi birla qorong'u kechada Jonni savdo qiladurg'on bu ko'nguldir, bu ko'ngul.

Topshiriq №2

1. Keltirilgan misralardan turkiy, forsiy va arabiy so'zlarni topib "Tushunchalar tahlili" usulida izohlang.

2. Izofalarni aniqlang.

3. Badiiy tasvir vositalarini aniqlang.

Agar ko'nglung tilar jonimni olmoq, Qaroqchi ko'zlaringdin bir qiyo boq.

Judo bo'lg'oli men zulf-u yuzungdin, Ko'zumga ne qaro ko'rundi, ne oq.

Falak ayvonina bosh indururm-u, Qoshing mehrobining toqina mushtoq.

Ko'rarmen bog'i jannat mevasindin, Yangoqing norini yuz qatla behroq.

Meni devona aylab ishva birla, Nedur hardam parilardek yashunmoq.

Agar uchmoh bersa tengri sensiz, Degaymen bizga yitti sekkiz uchmoh.

Atoyi, sen kim-u ul sarv qomat, Ilik etmas, ne hosil qolni sunmoq.

Mumtoz she'riyatning murabba, muxammas, musaddas, muashshar hamda tarji'band kabi yirik janrlari 8- va 9- sinflarda

May, 2023

453

o'qitiladi. Bu janrlarning yuqori sinflarda o'qitilishi mantiqan to'g'ri. Chunki ularni tushunish uchun o'quvchidan muayyan nazariy bilim, tajriba, tahlil qilish malakalari shakllangan bo'lishi kerak.

Nasriy asarlarni o'rgatish samaradorligini oshirish. Nasr mumtoz adabiyotda unchalik katta o'rin egallamaydi. Aksariyati diniy didaktika bilan yo'g'rilgani sababli mustaqillikdan keyin umumta'lim maktablari adabiyot dasturlariga quyidagi nasriy mumtoz asarlar kiritildi: Kaykovusning "Qobusnoma" 5-sinf (2004 yilgi nashr); Sa'diy Sheroziyning "Guliston" 5-sinf (2007), "Guliston" 10-sinf (1995); Rabg'uziy, "Qisasi Rabg'uziy" 5-sinf (1997), 6-sinf (2002, 2005), 9-sinf (1993, 2006), 10-sinf (2004); Sayfi Saroyining "Guliston bit-turkiy", 8-sinf (1997), 9-sinf (1993), 10- sinf (2004); Navoiy, "Mahbub ul-qulub" 5-sinf (2004), 6-sinf (2008 yilgi dastur), "Tarixi muluki ajam" 8-sinf (1997), "Muhokamat ul-lug'atayn" 10-sinf (1993); "Boburnoma", 7-sinf (1995), 9-sinf (2006), 10-sinf (1993), 10- sinf (2004); Xoja, "Miftoh ul-adl", "Gulzor", 5-sinf (1997), 10-sinf (2004); Mashrab, "Qissai Mashrab", 9-sinf (2006), 10-sinf (1993); Gulxaniy, "Zarbulmasal", 6-sinf (2002), 6-sinf (2005); Almaiy, "Kalila va Dimnayi Turkiy", 10-sinf (1993).

Xullas, darsliklarga kiritilgan asarlarni mumtoz hikoyalar, qissadan parchalar, masallar, ilmiy hamda ilmiy-badiiy asarlardan parchalar va pandlar tashkil etadi. Mumtoz nasrga xos siqiqlik, har bir so'z, ibora va jumlaga katta badiiy va fikriy salmoq yuklash xususiyati hikoyalar, qissalar va masallar mujassam bo'lib, oxirida qissadan hissa chiqartirishni, ya'ni xulosalashni o'quvchiga o'rgatish lozim. Bunga quyidagi usullar orqali erishish mumkin:

1) matn bilan tanishuv;

2) mazmunni qayta so'zlatish;

3) obrazlar ustida ishlash;

4) asar badiiyati ustida ishlash;

5) hayotiy umumlashmalar chiqarish.

Liro-epik asarlarni tahlil qilish uslubiyatini yaratish. Liro-epik asarlaridan namunalar o'rta maktablarning barcha (V-XI) sinflarida shu atama (liro-epik) qo'llanilgan holda o'qitilmoqda. Bu turdagi ko'rkam bitiklar o'quvchilarning hayotni epik ko'lamda idrok etish, odam, olam va Yaratgan oldidagi burch, mas'uliyatni anglash, har bir hodisa, tasvir, narsa zamiridagi botiniy haqiqatlarni his etish qobiliyatini shakllantiradi, rivojlantiradi. Ma'lumki, Sharq mumtoz adabiyotida ramziylik tasvirning yetakchi usuli sanaladi. Shuning uchun hayot voqeliklari epik ko'lamda hissiy munosabat tarzida tasvirlangan asarlarni o'qitishda syujet voqealarining zohiriy mazmunini bayon etish bilangina cheklanib qolmay, ular vositasida talqin etilgan, ramz

May, 2023

454

tili bilan bayon qilingan mohiyat sharhlanishi lozim, deb o'ylaymiz.

"Badiiy so'z o'zining arshi a'losidan yerga tushirilib, turmush muammolarini hal etishga xizmat qildirila boshlan"gan [6;175] XIX asrdan she'riyat va nasrda bo'lgani kabi liro-epik turda ham realistik tasvir va ifodalar yetakchi mavqe tutgan asarlarga esa o'ziga xos yondashuv talab etiladi. "Ko'rinadiki, realist san'atkor hayot qa'rida yotgan haqiqatni kashf etuvchi, uning ko'p qirrali va qarama-qarshi tomonlarini ro'yi-rost ochuvchi, uni tadqiq va tahlil qiluvchi xislatga ega bo'lishi kerak; hayotning obyektiv manzarasini xolis tasvirlovchi yozuvchi bo'lishi lozim" [5;247].

Mustaqillikdan keyin yaratilgan darsliklarda liro-epik asarlarni o'qitish yuzasidan yaxshi bir tajriba qo'llandi va amaliyotda kutilgan natijalarni berdi. Unga ko'ra asardan olingan parchalar keltirilar ekan, asar syujeti haqida to'liqroq tasavvur uyg'otish uchun avval nasriy boshlanma va turli o'rinlardan olingan qismlarini o'zaro bog'lash maqsadida nasriy izohlar berib boriladi. Bunday nasriy izohlar berib borililishi tavsiya qilinayotgan asarlarga xos bo'lgan matn tilining u qadar murakkab emasligi, ifodaning soddaligi mazmunni o'zlashtirishda qiyinchilik tug'dirmaydi. Tahlil davomida o'quvchilarning asarda tasvirlangan hayot murakkabliklarini, manfiy va musbat tomonlarni ko'ra olishlari, obrazlar xatti-harakati, gap-so'zlariga qarab ularning ichki olamini, xarakter xususiyatlarini idrok etishlari muhim. Eng asosiysi, 5- va 6-sinflarda liro-epik asarlarni tahlil qila olish ko'nikma va malakalarini shakllantirib olish kerak. Shunda o'quvchilar keyingi sinfda Alisher Navoiy "Xamsa"sidan olingan tili og'ir, ifodasi murakkabroq bo'lgan parchalarni o'zlashtirishga bilim, malaka borasida, shuningdek, ham aqlan, ham ruhan tayyor bo'ladilar. Avvalo adabiyot o'qituvchisi darslikdagi ma'lumotlar asosida "Xamsa" asari, uning o'ziga xos belgilari, unga qo'yiladigan talablar, "Xamsa" va dostonlarning g'oyaviy-badiiy yo'nalishi to'g'risida qisqa ma'lumot bergani ma'qul. O'quvchilar "Xamsa" olamiga kiritib olingach, dostondan olingan parcha o'qib-o'rganishga tutiniladi.

G'azallarni o'rganishda qo'llangan tajriba Alisher Navoiy dostonlarini o'zlashtirishga ham tatbiq qilinadi. Har bir baytning tahlili quyidagi tartibda amalga oshirilsa, kutilgan pedagogik natijani beradi:

1) tushunilishi qiyin so'zlar ma'nosi aniqlab olinadi;

2) o'quvchilar baytda izofali birikma bor-yo'qligini aniqlaydilar, agar bo'lsa, ularni izofadan chiqaradilar;

3) o'quvchilar bayt yoki misralarni odatdagi gap bo'laklari tartibiga keltirib, matn ma'nosi talabiga ko'ra matnni to'ldiruvchi qo'shimcha so'zlarni qo'yib oladilar;

May, 2023

455

ISSN: 2181-1385 ISI: G,967 I Cite-Factor: G,89 I SIS: 1,9 I ASI: 1,3 I SJIF: 5,771 I UIF: 6,1

4) baytda shoir bildirayotgan fikrlarni o'z so'zlari bilan tushuntirib beradilar.

Lekin dars butunlay matn (bayt)dan ma'no chiqarish mashg'ulotiga aylanib qolmasligi kerak. Ayrim o'qituvchilar shogirdlari topshiriqni kutilgandek uddalayotganiga berilib ketib, har bir masnaviydan kelib chiqadigan hayotiy mazmunni, undagi badiiy jozibani aniqlashni unutadilar.

O'quvchilarda mumtoz badiiy tafakkur tarzini shakllantirmay turib, ularning mumtoz asarlarni ham aqliy, ham ruhiy idrok etish malakalari ega bo'lishlarini ta'minlab bo'lmaydi. Shu sababdan liro-epik asarlarni tahlil qilish uslubiyatini yaratish darkor , deb hisoblaymiz.

Xulosa qilib aytganda, nazariy bilimlarni berishda o'quvchilarning adabiyotdan va boshqa fanlardan olgan bilimlari, orttirgan tajribalari, ko'nikma va malakalariga tayanish yuqori samara garovi bo'lib xizmat qiladi. Nasriy asarlarni o'qitishda bir tomondan bu turdagi asarlarning g'oyaviy-badiiy o'ziga xosligi e'tiborga olinsa, ikkinchi tomondan o'quvchilarning lirik asarlarni tahlil qilishda egallagan ko'nikma va malakalariga tayaniladi. Ayniqsa, mumtoz badiiy tafakkurga xos bo'lgan ramziylik va majoziylikni, ma'no qatlamlilik hamda til xususiyatlarini idrok etishda orttirilgan tajribalar qo'l keladi.

REFERENCES

1. Husanboyeva Q. Adabiy ta'lim jarayonida o'quvchilarni mutaqil fikrlashga o'rgatishning ilmiy-metodik asoslari. Ped. fan. dokt. ...diss. -T.: 2007.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

2. Husanboyeva Q. Adabiyot - ma'naviyat va mustaqil fikr shakllantirish omili. -T.: O'zbekiston Milliy kutubxonasi, 2009.

3. Husanboyeva Q., Niyozmetova R. Adabiyot o'qitish metodikasi. O'quv qo'llanma. -T., 2018.

4. Kadirov V. Umumta'lim maktablarida mumtoz adabiyot namunalarini o'qitishning ilmiy-metodik asoslari. P.f.d......diss. -Namangan: 2019.

5. Umurov H. Adabiyot nazariyasi. -Т.: Sharq, 2002.

6. Yo'ldoshev. Q. Yoniq so'z. -T.: Yangi asr avlodi, 2006.

7. Пидкасистый П. И. Самостоятельная деятельность учащихся. - Москва: Просвещение, 1972.

XULOSA

May, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.