Научная статья на тему 'O`QUVCHILAR NUTQINI O`STIRISHDA SHE’RIY MATNLARDAN FOYDALANISH'

O`QUVCHILAR NUTQINI O`STIRISHDA SHE’RIY MATNLARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
394
29
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
badiiy adabiyot / badiiy asar / adabiy ta`lim / she`r / lirik she`r / ertak / hikoya. / fiction / work of art / literary education / poem / lyric poem / fairy tale / story.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — M. Tilavova, N. Erkinova

Ushbu maqolada 3-sinf o`qish darsiga shoir Anvar Obidjonning “So`ngi axborot”she`ri orqali o`qiuvchilar nutqini o`stirish va lug`atini boyitish bo`yicha fikrlar ilgari surilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE USE OF POETIC TEXTS IN THE DEVELOPMENT OF PUPILS’ SPEECH

This article presents thoughts on improving the speech of students and enriching their vocabulary through the poem of the poet Anvar Obidjon "Latest Information" for a reading lesson in grade 3.

Текст научной работы на тему «O`QUVCHILAR NUTQINI O`STIRISHDA SHE’RIY MATNLARDAN FOYDALANISH»

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

OQUVCHILAR NUTQINI OSTIRISHDA SHE'RIY MATNLARDAN

FOYDALANISH Tilavova M.D

UrDU katta o'qituvchisi Erkinova N.S

UrDU talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.6877721

Annotatsiya. Ushbu maqolada 3-sinf oqish darsiga shoir Anvar Obidjonning "So ngi axborot"sheri orqali o'qiuvchilar nutqini ostirish va lug'atini boyitish boyicha fikrlar ilgari surilgan.

Kalit so^zlar: badiiy adabiyot, badiiy asar, adabiy talim, sher, lirik sher, ertak, hikoya.

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ СТИХОТВОРНЫХ ТЕКСТОВ В РАЗВИТИИ РЕЧИ

УЧАЩИХСЯ

Аннотация. В данной статье представлены мысли по совершенствованию речи учащихся и обогащению их словарного запаса через стихотворение поэта Анвара Обиджона «Последняя информация» для урока чтения 3 классу.

Ключевые слова: художественная литература, художественное произведение, литературное образование, стихотворение, лирическая поэма, сказка, повесть.

THE USE OF POETIC TEXTS IN THE DEVELOPMENT OF PUPILS' SPEECH

Abstract. This article presents thoughts on improving the speech of students and enriching their vocabulary through the poem of the poet Anvar Obidjon "Latest Information" for a reading lesson in grade 3.

Keywords: fiction, work of art, literary education, poem, lyric poem, fairy tale, story.

KIRISH

Xalqimiz azal-azaldan badiiy adabiyotni tushunish, sevish, e'zozlay bilishni,adabiy hodisalarni his qilish, ayni paytda bularning barchasini boshqalarga yetkazishni ham o'zi uchun odat deb bilgan. Bunga biz uzoq tariximizga nazar tashlab yanada to'laroq ishonch hosil qilishimiz mumkin.

Adabiy asarlarni o'rganish bilan bog'liq bo'lgan dastlabki qaydlar ,,Avesto" yodgorligidayoq uchraydi. Bevosita tarixiy muhitda esa buni O'rxun-Enasoy yodgorliklaridagi ayrim ishoralar orqali payqashimiz qiyin emas.

Buyuk mutafakkirlarimizdan biri Abu Nasr Farobiyning bevosita san'at hamda adabiy ta'lim haqida ham bir qator jiddiy kuzatishlar olib borganligi yaxshi ma'lum. Farobiy she'r tuzulishi, uning mohiyati, eng muhimi she'r vositasida badiiy adabiyotni o'rganish usullari haqida ham qimmatli fikrlar bildirgan.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

She'r ohang jihatidan ma'lum bir tartibga solingan, his-tuyg'u ifodasi sifatida vujudga kelgan hayajonli ritmik nutqdir. She'riy nutqni ohang jihatidan ma'lum bir tartibga solish vositalari ritm (bir-biriga monand kichik bo'laklarning izchil va bir me'yorda takrorlanib kelishi) va qofiya (misralarning oxirida keladigan ohangdosh so'zlar) hisoblanadi.

She'rni o'qiganda kichik yoshdagi o'quvchilar tabiat va jamiyat voqea-hodisalarining poetik tasviridan hayajonlanishlari muhim ahamiyatga ega. Boshlang'ich sinflarda she'r tarzida yozilgan hikoyalar, ertaklar, ya'ni she'riy asarlar va lirik she'rlar o'qitiladi.

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

She'riy hikoya, she'riy ertaklarda syujet, ya'ni voqealar tizimi va uning rivoji xarakterlidir. Lirik she'r "biror hayotiy voqea-hodisa ta'sirida insonda tug'ilgan ruhiy kechinma, fikr va tuyg'ular orqali turmushni aks ettiradi". Lirik she'rning xususiyati "kishining his-tuyg'uga to'la hayajonli nutqini ta'sirliroq ifodalashda qo'l keladi".

She'rni o'qish darslarida asosiy ish turi ifodali o'qish hisoblanadi. O'quvchi she'rning asosiy mazmunini tushunsagina, uni ifodali o'qiy oladi.

She'riy hikoyani tahlil qilishda, asosan, hikoya, ertak, masalni tahlil qilishda qo'llangan ish turlaridan foydalanish mumkin.

Lirik she'rni o'qish va tahlil qilish o'qituvchidan katta mahorat talab qiladi. Holbuki, ko'p hollarda she'rga oddiy matn nuqtai nazaridan yondashiladi. Bunday holda she'riy san'at hissiyot bilan bog'liq ekanligi unutiladi, she'r ma'nosining satrlar, so'zlar zaminida yashirin berilishi anglab yetilmaydi. Buning oqibatida o'quvchilar she'rdagi obrazlilikning mag'zini chaqa olmaydilar. Vaholanki, har qanday asar zaminidagi yashirin ma'noni o'qish mehnattalab ishdir. Busiz hatto adabiy ta'limning maqsadi ham amalga oshmaydi.

She'riy ohangni his qilmaslik, matn so'zlarini to'la tushunib yetmaslik she'r yodlashni zerikarli mashg'ulotga aylantiradi.

TADQIQOT NATIJALARI

Boshlang'ich sinflarda ko'rgazmali ta'limning asosiy shakli she'rni ifodali o'qish hisoblanadi. Lirik she'rni ham o'quvchilar hayajon bilan yaxlit idrok etishlariga erishish muhim. Shuning uchun she'r birinchi marta o'qilganda, hech qanday tushuntirish berilmaydi. She'r o'quvchilarga qanday ta'sir qilganini hisobga olish, bilish zarur. O'qituvchi she'rni shunday ifodali o'qishi kerakki, bolalar uning asosiy mazmunini anglasinlar, ularga jonli so'z kuchliroq ta'sir etsin. So'ngra she'rni mustaqil o'qish topshiriladi. O'qish oddiy bo'lishi kerak. O'qiyotganda tabiiy zavq-shavq, shodlik, xursandlik, qahr-g'azab hissini qichqiriq ovoz bilan soxta ifodalashga yo'l qo'ymaslik zarur. Bolalar she'rni o'qiganda, she'riy satrga rioya qilishlari kerak, bu jarayonda ularning she'r ritmini buzmasliklariga erishish kerak.

MUHOKAMA

Quyidagi matn asosida ularning kitobga bo'lgan qiziqishini yanada oshiramiz.

Anvar Obidjonning "So'ngi axborot ", "Jo'ja", "Bekinmachoq" she'rlarida tabiyatga, undagi o'simliklar va hayvonot olamiga munosabat o'z aksini topgan. Bu she'rlarda shoir tasviriy vositalardan g'oyaviy, badiiy niyatni yorqin amalga oshirish uchun foydalangan. Ayniqsa,"So'ngi axborot " she'rida tabiat lavhalarini go'zal hayotiy tasviriy vositalar vositasida o'quvchilarga yetkazadi, she'rning ta'sirchanligini oshiradi. Shoirning bu she'ri 3-sinf "O'qish kitobi"darsligining "Kuz manzarasi va mehnat" bo'limida berilgan. She'rda kuz oylarida yuz beradigan tabiyat hodisasi-kuchli shamol yuz berishi, uning oqibatida bog'da sodir bo'lgan ahvol qalamga olinadi:

Bo'lib o'tdi qishloqda

Kecha zo'r shamol.

Natijada ro'y berdi

Anchayin kor-hol.

Shoir she'rning qiziqarli, bolalarbop bo'lishi uchun birinchi bandning oziga muammoli vaziyat tashlaydi.U jonlantirish usulidan ustalik bilan foydalanib, meva va sabzavotlarni shamoldan olgan talofatlarni har qaysisiga xos va mos sifatlar bilan ifodalaydi:

Shamollatdi qornini,

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

Oshqovoq polvon. Pachoq qildi burnini, Mulla baqlajon.

Shoir qo'llagan jonlantirishlar she'rning g'oyaviy badiiy tomondan yuksak bo'lishini ta'minlash bilan uning ta'sir kuchini oshirgan.Qovoqning dumaloqligi qornini shamollatishiga olib kelishi,shubhasiz. Baqlajonning egikroq gavdasi burnini pachoq bo"lishiga olib kelgan. Uyquchiroq bir tarvuz, Yumalab borib, Uyg'otibdi qovunning Boshini yorib.

She"rdagi jonlantirishni oqir ekansiz,beixtiyor yuzingizga kulgu yuguradi,Ularning holatini tasavvur qilasiz.Shoir she'rning yengil, ba'zida ravon va ohangdor bo'lishi uchun yorqin qofiyadosh so'zlarni topa olgan: Noklar yerga to'kildi, Bolishib bir tom: Ammo zarar ko'rmadi Sabzi va sholg'om.

Bu she'rni oqish bilan 3-sinf o'quvchilari tabiat hodisalari, kuz ne'matlari xususida o'z tasavvurlarini kengaytiradilar. Ularning mantiqiy fikrlari o"sib, ongi rivojlanadi. XULOSA

Anvar Obidjon bu she'rida tabiatni e'zozlashga, uning ne'matlarini qadrlashga chaqiradi.Shu g'oyani bolalar ongiga singdirish she'rni o'qish darsining asosiy mazmunini tashkil etadi. Bu mazmunni ochib berish uchun o'quvchilarga bog' va undagi meva sabzavotlar rasmi ko'rsatilsa, shu rasm asosida quyidagi tarzda savollar bilan murojaat qilinsa, maqsadga muvofiq bo'ladi.

-Shamol nimalarga zarar yetkazdi? -Nima uchun qovunning boshi yorildi? -Nimalar zarar ko'rmadi? -Nima uchun?

-Bu hodisa qaysi faslda bo'ladi?

Savol- javoblar umumlashtirilib she'rdagi ko'zlangan maqsadga erishiladi. Demak, sherda ilgari surilgan tabiatning jonli manzarasi orqali oquvchilar nutqi ustida ishlanadi, yangi soz va iboralar orqali ularning lug"at boyligi o" stiriladi.

REFERENCES

1. Qosimova K va b. Ona tili o'qitish metodikasi.Toshkent."Noshir"2009-y.

2. Хрмидий X,. ва бошк;. Адабиётшунослик терминлари лугати. - Т.: Ук;итувчи, 1967. 92 -бет.

3. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi//Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori -Toshkent: Sharq, 1997. - 44 bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.