Научная статья на тему 'O‘QUV MASHG‘ULOTLARINING TALABALARNI IJTIMOIY-PEDAGOGIK FAOLIYATGA TAYYORLASHDAGI O‘RNI'

O‘QUV MASHG‘ULOTLARINING TALABALARNI IJTIMOIY-PEDAGOGIK FAOLIYATGA TAYYORLASHDAGI O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
292
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
psixologik-pedagogik / ma’naviyat / komil inson / falsafiy / huquqiy / badiiy / axloqiy / zamonaviy ta’lim-tarbiya konsepsiyasi. / psychological-pedagogical / spirituality / perfect person / philosophical / legal / artistic / moral / modern educational concept.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sh. Sodiqova, Z. Yakubova

Mazkur maqolada o‘quv mashg‘ulotlarining talabalarni ijtimoiy-pedagogik faoliyatga tayyorlashdagi o‘rni xamda o‘qituvchining yo‘naltiruvchi sifatidagi roli talabalarning aqliy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishni ta’minlovchi bilim, ko‘nikma va malakalarni to‘liq o‘zlashtira olishlarida ko‘rinadi, ya’ni ilm-fan rivoji va hozirgi zamonaviy talabdan kelib chiqqan ta’limtarbiya masalasining muhimligi haqida yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOCIAL-PEDAGOGICAL OF STUDENTS OF TRAINING COURSES ITS PLACE IN PREPARATION FOR ACTIVITY

In this article, the role of educational activities in preparing students for socio-pedagogical activities, as well as the role of the teacher as a guide in the ability to fully master the knowledge, skills and abilities that ensure the development of mental and creative abilities of students, "seems", that is, the importance of the issue of education and training, which arose from the development of science and the current modern demand, was explained.

Текст научной работы на тему «O‘QUV MASHG‘ULOTLARINING TALABALARNI IJTIMOIY-PEDAGOGIK FAOLIYATGA TAYYORLASHDAGI O‘RNI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O'QUV MASHG'ULOTLARINING TALABALARNI IJTIMOIY-PEDAGOGIK FAOLIYATGA TAYYORLASHDAGI O'RNI Sh.A.Sodiqova

Nizomiy nomidagi TDPU "Maktabgacha talim metodikasi" kafedrasi p.f.n prof

Z.Z.Yakubova

Nizomiy nomidagi TDPU "Maktabgacha talim metodikasi"o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7272935 Annotatsiya. Mazkur maqolada o'quv mashg'ulotlarining talabalarni ijtimoiy-pedagogik faoliyatga tayyorlashdagi o'rni xamda o'qituvchining yo'naltiruvchi sifatidagi roli talabalarning aqliy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishni ta'minlovchi bilim, ko'nikma va malakalarni to'liq o'zlashtira olishlarida ko'rinadi, ya'ni ilm-fan rivoji va hozirgi zamonaviy talabdan kelib chiqqan ta'lim- tarbiya masalasining muhimligi haqida yoritilgan.

Kalit so'zlar: psixologik-pedagogik, ma'naviyat, komil inson, falsafiy, huquqiy, badiiy, axloqiy, zamonaviy ta'lim-tarbiya konsepsiyasi.

СОЦИАЛЬНО-ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ СОТРУДНИЧЕСТВО СТУДЕНТОВ ПОДГОТОВКИ ЕГО МЕСТО В ПОДГОТОВКЕ К ДЕЯТЕЛЬНОСТИ Аннотация. В данной статье рассматривается роль обучения в подготовке учащихся к социально-педагогической деятельности, а также роль педагога как проводника, всесторонне овладевающего знаниями, умениями и навыками, обеспечивающими развитие мыслительных и творческих способностей учащихся. то есть разъясняется о важности вопроса образования и воспитания, вытекающего из развития науки и актуальной современной потребности.

Ключевые слова: психолого-педагогическая, духовность, совершенная личность, философская, правовая, художественная, нравственная, современная концепция воспитания.

SOCIAL-PEDAGOGICAL OF STUDENTS OF TRAINING COURSES ITS PLACE IN PREPARATION FOR ACTIVITY

Abstract. In this article, the role of educational activities in preparing students for socio-pedagogical activities, as well as the role of the teacher as a guide in the ability to fully master the knowledge, skills and abilities that ensure the development of mental and creative abilities of students, "seems", that is, the importance of the issue of education and training, which arose from the development of science and the current modern demand, was explained.

Key words: psychological-pedagogical, spirituality, perfect person, philosophical, legal, artistic, moral, modern educational concept.

KIRISH

Muammoni nazariy va amaliy jihatdan dastlabki o'rganish pedagogika oliy ta'lim muassasalarining "Maktabgacha ta'lim" yo'nalishi talabalarini ijtimoiy pedagogik faoliyatga tayyorlash borasida dastlabki tajribalar to'planganligini ko'rsatdi. Biroq, oliy ta'lim muassasalari oldida bu yo'lda hal etilishi zarur bo'lgan bir qator vazifalar mavjud. Pedagogika oliy ta'lim muassasalarida turli yo'nalishlar, shu jumladan, "Maktabgacha ta'lim" yo'nalishi talabalarini ijtimoiy-pedagogik faoliyatga tayyorlash va shu faoliyat orqali maktabgacha talim tashkilotlarida bolani ijtimoiy xayotga moslashtirish o'ziga xos dolzarb muammo sanalib, uning echimini topish yosh avlodni har tomonlama kamol topishiga yordam beradi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Uzluksiz ta'lim tizimining barcha bosqichlarida bo'lgani kabi oliy ta'lim muassasalarida ham bo'lajak mutaxassislarni tayyorlashda ta'lim jarayoni etakchi o'rin tutadi. Zero, ta'lim "tizimli bilim olishning eng muhim va ishonchli usulidir. Ta'limga ikki tomonlama aloqa (ta'lim olish va ta'lim berish), shaxsni har tomonlama rivojlantirish va boshqa xususiyatlar xosdir. Ta'lim, shuningdek, o'ziga xos xususiyatlar ham ega. Ta'lim o'qituvchi tomonidan boshqariluvchi o'ziga xos anglash jarayonidir. O'qituvchining yo'naltiruvchi sifatidagi roli o'quvchilarning aqliy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishni ta'minlovchi bilim, ko'nikma va malakalarni to'liq o'zlashtira olishlarida ko'rinadi.

Pedagogika oliy ta'lim muassasalarida, shu jumladan "Maktabgacha ta'lim" yo'nalishi bo'yicha talabalarni ijtimoiy-pedagogik faoliyatga tayyorlash muvaffaqiyati mazkur jarayonda psixologik-pedagogik va turli didaktik vositalardan maqsadga muvofiq va unumli foydalanish hisobiga ta'minlanadi.

Didaktik va psixologik-pedagogik vositalar sirasida o'quv mashg'ulotlarini tashkil etish katta ahamiyatga ega. Agarda talabalarning "Ijtimoiy pedagogika" fani asoslari, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ijtimoiy-pedagogik faoliyatni samarali tashkil etish yo'llari, muammolari va asosiy yo'nalishlari to'g'risidagi nazariy bilimlarini oshirishda ma'ruza, seminar, bahs-munozara, davra stoli kabi o'quv, shuningdek, referatlar, kurs ishlari hamda bitiruv malakaviy ishlarni tayyorlashga yo'naltirilgan ijodiy, tadqiqotchilik mashg'ulotlari ustuvor o'rin egallasa, treninglar, bellashuvlar, laboratoriya mashg'ulotlari, ishbilarmonlik o'yinlari hamda pedagogik amaliyot talabalarning maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ijtimoiy-pedagogik faoliyatni samarali yo'lga qo'yishga imkon beruvchi amaliy ko'nikma va malakalarini shakllantirishga xizmat qiladi.

Oliy ta'lim muassasalarida "Ijtimoiy pedagogika" fanining o'qitilishi Davlat ta'lim standartlari, o'quv dasturi va o'quv rejasiga muvofiq amalga oshiriladi. Tadqiqotni olib borish davrida:

1) ta'lim jarayonining "Maktabgacha ta'lim" yo'nalishi talabalarini ijtimoiy-pedagogik faoliyatga tayyorlashning didaktik imkoniyatlarini o'rganish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda yangi imkoniyatlarni izlab topishga;

2) ta'lim jarayonining: rejalashtirish; tashkil etish; boshqarish; nazorat hamda natijalarni baholash va tahlil qilish kabi bosqichlarini metodik jihatdan to'g'ri tashkil etishga alohida e'tibor qaratildi.

Pedagogika oliy ta'lim muassasalarida, shu jumladan, "Maktabgacha ta'lim" yo'nalishi bo'yicha talabalarni ijtimoiy-pedagogik faoliyatga tayyorlash muvaffaqiyati mazkur jarayonda psixologik-pedagogik va turli didaktik vositalardan maqsadga muvofiq va unumli foydalanish hisobiga ta'minlanadi. Bugungi kunda, shuningdek, O'zbekiston Respublikasida "uzluksiz ta'limni fan, ishlab chiqarish hamda jahon ilm-fani va ta'limi bilan integratsiyalashuvi ro'y berayotgan hozirgi sharoitda o'quv predmetlariga integratsion yondashish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Binobarin, zamonaviy axborot texnologiyalarining globallashuvi sharoitida fan va texnika axborotlarini tig'izlashtirish ustida izlanish olib borilayotgan bo'lsa, pedagogika fanida bu tajriba o'quv materialini "yirik blokli" va integratsion yondashuv asosida o'rganish orqali hal etishga harakat qilinmoqda.

TADQIQOT NATIJALARI

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

"Maktabgacha ta'lim" yo'nalishi talabalarini ijtimoiy-pedagogik faoliyatga tayyorlashda ilg'or pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanishga ham e'tibor qaratish maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda respublika ta'lim tizimida: dasturiy ta'lim, modul ta'limi, muammoli o'qitish, rivojlantiruvchi ta'lim, tabaqalashtirilgan ta'lim, hamkorlik ta'limi, interfaol ta'lim hamda o'yin texnologiyalari kabi ilg'or pedagogik texnologiyalardan foydalanilmoqda.

Amaliy pedagogik faoliyat "Maktabgacha ta'lim" yo'nalishi talabalarini ijtimoiy-pedagogik faoliyatga tayyorlashda: 1) dasturiy ta'lim; 2) modul ta'limi; 3) muammoli o'qitish; 4) rivojlantiruvchi ta'lim; 5) interfaol ta'lim; 6) o'yin texnologiyalari kabi ilg'or pedagogik texnologiyalardan foydalanish maqsadga muvofiqligini tasdiqladi.

MUHOKAMA

Quyida zamonaviy ta'lim turlaridan "Maktabgacha ta'lim" yo'nalishi talabalarini ijtimoiy-pedagogik faoliyatga tayyorlash jarayonida foydalanish imkoniyatlariga to'xtalib o'tiladi.

I. Pedagogika oliy ta'lim muassasalarida dasturiy ta'lim talabalarning ichki ehtiyoj va qiziqishlari, ma'lumot darajasi hamda fanning o'ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda qo'llaniladi. Muayyan dasturga muvofiq ta'limni tashkil etishda "Maktabgacha ta'lim" yo'nalishi talabalari kelgusida kasbiy faoliyatni tashkil etishda duch kelishi mumkin bo'lgan muammolarni e'tiborga olish maqsadga muvofiqdir. Amaliy pedagogik faoliyat davrida dasturiy ta'limni ishlab chiqish va unga muvofiq talabalarni maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ijtimoiy-pedagogik faoliyatga tayyorlashda kelgusida ular duch kelishi mumkin bo'lgan muammolar aniqlandi. Talabalarning pedagogik amaliyotdagi ishtiroklari, o'quv va ijtimoiy faolliklarini tahlil etish orqali bu kabi muammolar quyidagilardan iborat bo'lishi mumkinligi aniqlandi:

- tarbiyalanuvchilarga individual yondashuv asosida ularning shaxsiy, psixologik va yosh xususiyatlarini yaxshi bilmasliklari;

- tarbiyalanuvchilar duch ziddiyat va psixologik zo'riqishdan to'la xabardor bo'lmaslik;

- tarbiyalanuvchilar bilan munosabatda avtoritar boshqaruv usuliga asoslanish;

- ota-onalar bilan mustahkam aloqa o'rnata olmasliklari;

- maktabgacha ta'lim yoshi bolalari bilan ishlash metodikasidan etarli darajada xabardor bo'lmaslik;

- pedagogik, psixologik va metodik bilimlarni o'zaro muvofiqlashtira olmaslik.

Aniqlab olingan muammolardan kelib chiqqan holda asosiy o'quv dasturiga qo'shimcha ravishda "Talabalarni ijtimoiy-pedagogik faoliyatga tayyorlash" dasturi ishlab chiqildi. Dasturdan quyidagi mavzular o'rin oldi: maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tashkil etiluvchi ijtimoiy-pedagogik faoliyat mazmuni va yo'nalishlari; maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ijtimoiy-pedagogik faoliyatni tashkil etish muammolari; tarbiyalanuvchilarni ijtimoiy munosabatlarga tayyorlashda milliy qadriyatlarga tayanish; tarbiyalanuvchilarni salbiy ijtimoiy ta'sirlardan himoyalash chora-tadbirlari; maktabgacha ta'lim yoshi bolalarini maktab ta'limiga tayyorlash; oilalarga ijtimoiy-pedagogik yordam ko'rsatish shakllari; tarbiyalanuvchilarni ijtimoiy hayotga tayyorlashga oid metod va vositalar.

II. Modul ta'limi ilg'or pedagogik texnologiyalardan biri bo'lib, talabalarning mustaqil ta'lim olishlari uchun keng imkoniyat yaratadi. "Maktabgacha ta'lim" yo'nalishi talabalarini mustaqil ta'lim olishga rag'batlantirish, ularda ta'limga nisbatan ijodiy yondashuvni qaror toptirish, ularni ijtimoiy-pedagogik faoliyat, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tashkil etiluvchi ijtimoiy-pedagogik faoliyatning o'ziga xos jihatlari bilan yaqindan tanishtirish, shuningdek,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

ularning faoliyatini nazorat qilish maqsadida amaliy pedagogik faoliyat davrida modul ta'limidan foydalanildi.

So'z yuritilayotgan ta'lim turi chegaralanmagan vaqt oralig'ida talabalarning "Bolalarni ijtimoiy moslashuvi" fani asoslari va ijtimoiy-pedagogik faoliyat mazmunini chuqur o'rganishlarida masofadan o'qitish va mustaqil o'qib-o'rganish imkoniyatini yaratuvchi muhim ahamiyatga ega.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tashkil etiladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat ham har qanday faoliyat kabi muayyan bosqichlarda tashkil etiladi. Uning mazmuni esa muayyan hujjatlarda aks etadi. Shu sababli amaliy pedagogik faoliyat jarayonida talabalarda ijtimoiy-pedagogik faoliyat mazmunini aks ettiruvchi hujjatlarni yuritish malakalarini shakllantirish zarur deb topildi.

XULOSA

Talabalarning maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tashkil etiladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat mazmunini yorituvchi hujjatlar to'g'risida nazariy hamda amaliy bilimlarga ega bo'lishlari ham muhim sanaladi. "Maktabgacha ta'lim" yo'nalishi talabalarida ijtimoiy-pedagogik faoliyatni tashkil etish ko'nikma va malakalarini hosil qilishda model ta'limini qo'llash katta imkoniyatlarni yaratadi. Unga ko'ra "Maktabgacha ta'lim" yo'nalishi talabalari maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tashkil etiladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat mohiyatini yorituvchi maxsus va tashkiliy-metodik hujjatlar to'plami bo'yicha ma'lumot beruvchi nashr hamda kompyuter materiallari ta'minlandilar. Maxsus va tashkiliy-metodik hujjatlar to'plami dissertant tomonidan tayyorlangan hamda D.Y.Mahmudovaning tadqiqotida keltirilgan ma'lumotlar asosida shakllantirildi. Mazkur tadqiqotda psixologik xizmat mohiyati yoritilganligi sababli tashkiliy-metodik hujjatlar tarkibiy tuzilmasi ijtimoiy-pedagogik faoliyat mazmuni nuqtai nazaridan muayyan tarzda o'zgartirildi. Talabalar e'tiboriga tarbiyalanuvchilarga ijtimoiy-pedagogik yordam ko'rsatishga oid xulosadan ko'chirma; ijtimoiy-pedagogik tavsifnoma; tarbiyalanuvchilar (yoki ularning ota-onalari)ga ko'rsatiladigan ijtimoiy-pedagogik yordam xaritasi; ijtimoiy-pedagogik yordam bayonnomasi; rivojlanish xaritasi hamda oylik, yarim yillik va yillik hisobotlar loyihasi kabi hujjatlardan iborat to'plam havola etildi.

Amaliy mashg'ulotlarida talabalarda maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ijtimoiy-pedagogik faoliyatni tashkil etishga oid maxsus va tashkiliy-me'riy hujjatlarni yuritish malakalari shakllantirildi.

REFERENCES

1. Sh.M.Mirziyoevning "2017-2021-yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori. -T., 2016 yil, 29-dekabr

2. Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak. -T.: "O'zbekiston" NMIU, 2017.

3. Qodirova F.R. va boshq. Maktabgacha pedagogika. O'quv qo'llanma. T:. "Ma'naviyat", 2013. - 159 b.

4. Qurbonova O'U., Najmiddinova G.N. "Qiyosiy pedagogika" darslik. Buxoro, 2014 yil.

5. Innovatsion ta'lim texnologiyalari / Muslimov N.A., Usmonboyeva M.H., Sayfurov D.M., To'rayev A.B. - T,: "Sano-standart" nashriyoti, 2015. - 100-bet.

6. Davletshin M.R. Zamonaviy maktab o'qituvchisining psixologiyasi. - T.: O'zbekiston, 1999. - 29 b.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

7. Mahkamov S. Ijtimoiy fanlarni o'rganishga integratsion yondashuv - dars samaradorligini oshirish omili // Xalq ta'limi j. - T.: 2004. 5-son. - 48-51-b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.