Научная статья на тему 'O‘QITUVCHILIK KASBI VA UNI KISHILIK JAMIYYATIDAGI O‘RNI'

O‘QITUVCHILIK KASBI VA UNI KISHILIK JAMIYYATIDAGI O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»

CC BY
80
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta’lim / tajriba / jamoa / davlat / o‘qituvchi / manaviyat / muhit / kasb / tarbiya qadryat / samara.

Аннотация научной статьи по фундаментальной медицине, автор научной работы — Karaboyeva Mahliyo Kodirjonovna

Maqolada o‘qituvchilik kasbining jamiyat rivojidagi o‘rni, shu bilan birga, pedagogik jamoadagi muhitning ta’lim-tarbiya sifatiga ta’siri, bugungi kunda o‘qituvchiga qaratilgan e’tibor hamda samarali o‘quv faoliyatini tashkil etish uchun e’tibor berilishi kerak bo‘lgan jihatlar haqida yozilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘QITUVCHILIK KASBI VA UNI KISHILIK JAMIYYATIDAGI O‘RNI»

O'QITUVCHILIK KASBI VA UNI KISHILIK JAMIYYATIDAGI O'RNI Karaboyeva Mahliyo Kodirjonovna

O'zPFITI doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.10680783

Maktablarda ta'lim sifatiga qanday e 'tibor bersak, ma'naviyatga ham shunday e 'tibor berishimiz kerak.

Shavkat Mirziyoyev

Annotatsiya. Maqolada o'qituvchilik kasbining jamiyat rivojidagi o'rni, shu bilan birga, pedagogik jamoadagi muhitning ta'lim-tarbiya sifatiga ta'siri, bugungi kunda o'qituvchiga qaratilgan e 'tibor hamda samarali o'quv faoliyatini tashkil etish uchun e 'tibor berilishi kerak bo'lgan jihatlar haqida yozilgan.

Kalit so'zlar: ta'lim, tajriba, jamoa, davlat, o'qituvchi, manaviyat, muhit, kasb, tarbiya qadryat, samara.

Dunyoda insonlar turli-tuman kasblarda faoliyat olib boradi. Ammo, mana shu kasblar ichida shunday bir kasb borki, u ham sharafli, ham mas'uliyatliligi bilan ajralib turadi. Bu ustozlik va murabbiylik kasbidir. So'nggi yillarda mamlakatimizda ko'lami jihatidan g'oyat keng va mohiyatan insonparvar islohotlar, yangilanishlar, ulkan bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Asrlarga tatigulik bunday o'zgarishlar, avvalo, inson manfaatlarini ifoda etib, xalqimizning ming yillik ezgu qadriyat hamda an'analarini tiklash va rivojlantirishga, milliy g'urur va qadr-qimmatini, o'zlikni anglash tuyg'usini yuksaltirishga xizmat qilishi bilan muhim ahamiyat kasb etayotir.

Bilamizki, pedagoglar ilm ma'rifatga yo'llovchi, ziyo tarqatuvchi buyuk shaxslar, zukko va bilimdon insonlardir. Shu boisdan ular cheksiz hurmat va e'tiborga, tahsinga sazovordirlar. Yurtimizda bugungi kunda pedagoglarga barcha imkoniyatlar, shart-sharoitlar yaratilgan. Shu jumladan, pedagog kadrlarning huquq va majburiyatlarini belgilash, yurtimizda bu kasbning maqomini oshirish maqsadida 2023-yil 1-avgustda O'zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan "Pedagogning maqomi to'g'risida"gi qonunini misol qilishimiz mumkin. Ushbu qonun 21 ta moddadan iborat bo'lib 2023-yil 29-sentyabrda Senat tomonidan ma'qullangan. 2024-yil 1-fevral kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolandi va hujjat matni Qonunchilik ma'lumotlari ba'zasiga joylandi. Qonun pedagoglarning huquqlari, majburiyatlari va ular faoliyatining asosiy kafolatlarini belgilab beradi. Qonun hujjatida pedagogning huquqlari, sha'ni, qadr qimmati va ishchanlik obro'si davlat himoyasi ostida ekanligi qat'iy belgilandi.

Ushbu qonun loyihasiga ko'ra, pedagoglar mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari ustidan sudga murojaat qilganida davlat bojini to'lashdan ozod etiladi. Ularni lavozim majburiyati va kasbiy faoliyati bilan bog'liq bo'lmagan ishlarga, yig'ilishlar va boshqa tadbirlarga jalb qilish taqiqlanadi.

Buning natijasida mamlakatimizda ta'lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilishga alohida e'tibor qaratilib, farzandlarimizning jahon andozalari darajasida zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi, jismonan va ma'nan yetuk insonlar bo'lib ulg'ayishi, ularning qobiliyat va iste'dodini, intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, milliy istiqlol g'oyalariga sadoqat va fidoyilik tuyg'ularini yuksaltirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.

O'qituvchilik - inson jamiyati tarixi boshlangandan e'tiboran davom etib, shu bilan birga hamma vaqt jamiyat va jamoatchilik tomonidan e'tiborga loyiq e'zozlab kelingan kasbdir. O'tkir Hoshimov o'zining "daftar hoshiyasidagi bitiklar" asarida o'qituvchining jamiyatdagi o'rniga baho berib, quyidagi fikrlarni alohida ta'kidlab o'tadi: Dehqon nopob urug' sepsa, achchiq "hosili"ni bir o'zi "o'rib oladi" osha yili o'qituvchi bolaning qalbiga nobop urug' sepsa, achchiq "hosili"ni butun jamiyat o'rib oladi. Y.A.Komenskiy o'qituvchi obrazini tasvirlar ekan, uning shaxsida quyidagi fazilatlar namoyon bo'lishi maqsadga muvofiqpigini ta'kidlaydi: vijdonli, ishchan, sabotli, axloqli, o'z ishini sevuvchi, o'quvchilarga mehr bilan muomala qiluvchi, ularda bilimga havas uyg'otuvchi, o'quvchilarni o'z ortidan ergashtiruvchi va diniy e'tiqodni shakllantiruvchi. O'qituvchilik kasbining tarixiy taraqqiyoti tahlili o'qituvchining ham o'qitish, ham tarbiyalash faoliyati hamma davrlarda ham o'zaro aloqadorlikda ko'rib kelinganligi haqida fikr yuritish imkonin beradi. "O'qituvchi, -deydi al Forobiy, - aql-farosatga, chiroylik nutqqa ega bo'lishi va o'quvchilarga aytmoqchi bo'lgan fikrlarini to'la va aniq ifodalay olishni bilmog'i zarur." U o'z fikrini davom ettirib: "o'qituvchi va rahbarning vazifasi dono davlat rahbari vazifasiga o'xshaydi, shu sababli o'qituvchi eshitgan va ko'rganlarining barchasini eslab qolishi, aql-farosatga, chiroyli nutqqa ega bo'lishi, o'quvchilarga aytmoqchi bo'lgan fikrlarini to'la va aniq ifodalab berishni bilmog'i lozim. Shu bilan birga o'z or-nomusini qadrlashi, adolatli bo'lmog'i lozim. ana shundagina u insoniylikning yuksak darajasiga ega bo'ladi va baxt cho'qqisiga erishadi", - deb ta'kidlaydi.

Umuman ta'lim sohasida mavjud yutuqlarga qaramasdan xalq ta'limida bir qator muammolar mavjud. Ayniqsa, hozirgi axborot asrida deyarli muntazam ravishda ijtimoiy tarmoqlarda maktablardagi ta'lim muammolari haqida xabarlar yoki materiallarni uchratish mumkin. Ular orasida vaqtinchalik tusga ega (masofaviy ta'limga o'tish, qonunchilikdagi o'zgarishlar) hamda tizimli (jamiyatda o'qituvchilarga munosabat, ijtimoiy-iqtisodiy muammolar) muammolar mavjud. Misol uchun, https://www.uzedu.uz/uz/tankidlarga-munosabat-2021 havolasi orqali O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimidagi tanqidlar va ularga xalq ta'limi vazirligining javoblari bilan tanishish mumkin. Vazirlik tomonidan quyilgan bunday qadam juda muhim, ammo amalga oshirilayotgan muloqot ta'lim sifatining pasayishiga olib keladigan sabab va sharoitlarni yo'q qilishga qaratilgan bo'lishi bundan ham muhimdir.

Ta'lim muassasalarida ta'limning barcha ishtirokchilari bilan shaffof muloqot muhitini yaratish, o'qituvchi imijini yuksaltirish, tizimdagi markazlashgan boshqaruv usulidan voz kechish, adolatli va sifatli ish mexanizmini yo'lga qo'yish lozimdir.

Jamiyatimizda o'qituvchi kasbining mavqeini oshirish, ustozlik kasbiga nisbatan ijobiy qarashni shakllantirish kerak. Ta'lim tizimining uch tamoyili kafolatlangan natija asosidir. Bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlar ta'limni boshqarish tizimiga muhim talablar qo'yadi. Islohotlarni, o'zgarishlarni boshqarish uchun jamoada qabul qilingan tamoyillarni aniqlash zarur. Bular:

Birinchi tamoyil - sifat. Endilikda qilinadigan har bir ishga, birinchi navbatda, sifatga e'tibor qaratiladi. Bu juda dolzarb masaladir. Ta'lim sifati masalasida qilinishi kerak bo'lgan ishlar juda ko'p. Sifat - umumiy tushuncha tarzida insonlarning ehtiyoj va talablarini qondirish bilan asoslanuvchi mahsulot, material, ish turi, mehnat, xizmatlar va shu kabilarning xususiyatlari hamda xususiy belgilarining majmui bo'lib, ular qo'yilgan talablar va vazifalarga to'liq mos kelishi bilan baholanadi. Bunday moslik, asosan, standartlar, shartnomalar, kelishuvlar, iste'molchilarning talablari bilan aniqlanadi.

Ikkinchi tamoyil - adolat. "Adolat" deganda, ishlarni to'g'ri, insof bilan olib borish va odamlar orasida tenglikni joriy qilish tushuniladi. Bundan maqsad - xalq ishonchini qozonish. Adolat bo'lmasa, xalq ishonmaydi. "Adolat" so'zi arabcha (adl)dan olingan bo'lib, odillik, haqqoniylik, to'g'rilik ma'nolarini anglatadi. Har ishda odil bo'lishni bildiradi. Azaldan adolat o'rnatilgan joy gullab-yashnagan, xalq erkin bo'lgan. Adolat oyoqosti qilingan joyda esa, razolat hukm surib, jamiyat tubanlikka yuz tutgan. O'zbek xalqi adolat mash'alasini baland ko'tarib, Vatanni obod qilib, tinch va osoyishta hayot kechirmoqda. Adolat - yuraklarga malham, kelajakka ishonch demakdir. Adolat faqat shiorlarda emas, amalda bo'lsagina ulkan natijalar namoyon bo'ladi. Ne baxtki, bugun buyuk Sohibqiron bobomiz Amir Temurning "Kuch - adolatda" degan shiorini baland tutganmiz. U, albatta, bizni nurli manzillarga, buyuk kelajakka eltadi.

Uchinchi tamoyil - shaffoflik. Ta'lim-tarbiya ishlarini zamon talablari asosida tashkil etish, unga ilg'or innovatsion g'oyalarni olib kirish, yoshlarning iste'dodlarini namoyon etishlari uchun yetarlicha shart-sharoitlar yaratib berish bilan birga soha rivojiga salbiy ta'sir etishi mumkin bo'lgan va zamonaviy ta'limning oyog'iga tushov bo'lib turgan illatlar: poraxo'rlik, tamagirlikning oldini olish, har ishda halol va vijdonan yo'l tutish, ta'lim muassasalarini haqiqiy ma'nodagi ma'rifat va halollik maskaniga aylantirishdir. Masalan, endi rahbar va pedagog xodimlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishda ilg'or va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizm tatbiq etiladi. Ta'lim muassasalarida ota-onalar bilan shaffof muloqot muhiti yaratish, o'qituvchi imijini yuksaltirish, tizimdagi markazlashgan boshqaruv usulidan voz kechish, adolatli va sifatli ish mexanizmini yo'lga qo'yish lozim. Albatta, bu davrda yuzaga kelgan turli boshqaruv maktablari, yo'nalishlari va nazariyalarining hammasini, hatto umumlashgan holda ham izohlab o'tish - murakkab masala. Taraqqiy etgan g'arb mamlakatlarida ishlab chiqarishning rivojlanishi hamda psixologiya, sotsiologiya kabi fanlarning ravnaqi boshqarish jarayonini ko'p hollarda ma'lum turdagi faoliyat qatnashchilarining o'zaro munosabatlari sifatida tushunishga olib keldi. Vaholanki, maqsadlarga erishish samaradorligi oxir oqibat kishilar o'zaro harakatlarining samaradorligi bilan uzviy bog'liqdir.

Demak, o'qituvchidan nafaqat pedagogik mahoratni mukammal egallash talab etiladi, balki pedagogik amaliyotni to'g'ri va maqsadli tashkil qilish uchun chuqur ilmiy-nazariy ma'lumotlarga ham ega bo'lish lozim. Buyuk rus adibi L.N.Tolstoy o'qituvchi fazilatining mukammalligini o'z mutaxassisligiga nisbatan ijobiy munosabatda bo'lishi bilan bir vaqtda bolalarga bo'lgan munosabatida, ularni xuddi o'z farzandlaridek jon-dilidan sevishida ekanligida ko'rgan. Uning ta'kidlashicha, "agar o'qituvchi faqat ishiga havas qo'ygan bo'lsa, u yaxshi o'qutuvchi bo'ladi. Agar o'qituvchi bolaga faqat otasi va onasi kabi havas qo'ygan bo'lsa, u oldingi o'qituvchidan yaxshiroq bo'ladi. Bordiyu, ikkala xislatni ham o'zida mujassamlashtirsa, u holda u mukammal va mahoratli o'qituvchi bo'ladi".

Ma'lumki, pedagogik mahorat tizimida o'qituvchining pedagogik nazokati (odobi) muhim mavqega ega. O'qituvchi pedagogik nazokasiz, kasb odobisiz yuksak cho'qqilar sari odimlay olmaydi.

REFERENCES

1. "Pedagogning maqomi to'g'risida"gi qonuni // Xalq ta'limi. - T., 2024. - 2 fevral. - B. 1-2.

2. Подласый И.П. Педагогика. Книга 1. - М.: Владос, 2003.

3. Рузиева Д., Усмонбоева М., Х,олик;ова З. Интерфаол методлар: мох,ияти ва кулланилиши: Методик кулланма. - Т.: ТДПУ, 2013.

4. Сайидах,медов Н.С. Янги педагогик технологиялар. - Т.: Молия, 2003.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.