Научная статья на тему 'OʻQITUVCHILARNI ELEKTRON TA’LIM RESURSI BILAN ISHLASHGA OʻRGATISH USULLARI'

OʻQITUVCHILARNI ELEKTRON TA’LIM RESURSI BILAN ISHLASHGA OʻRGATISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
axborot texnologiyalari / electron ta’lim resursi / axborot ta’lim resursi / raqamli ta’lim resursi kompetensiya. / information technologies / electronic educational resource / information educational resource / digital educational resource competence.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Karimov T.X.

Ushbu maqolada ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish, vaqtdan samarali foydalanish, o‘quvchi-talabalarni zamonaviy hayotga tayyorlash maqsadida bo‘lajak o‘qituvchilarning elektron ta’lim resurslaridan foydalanish tushunchalari keltirilgan. Shuningdek, bo‘lajak informatika va axborot texnologiyalari fanlari oʻqituvchilarning elektron ta’lim resurslaridan foydalanib dars jarayonlarini tashkil etishlari natijadorligi haqida so‘z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODS OF TRAINING TEACHERS TO WORK WITH ELECTRONIC LEARNING RESOURCES

This article presents the concepts of using electronic educational resources of future teachers in order to improve the quality of education in educational institutions, use time effectively, and prepare students for modern life. It was also discussed about the effectiveness of teachers of future informatics and information technologies in organizing lesson processes using electronic educational resources.

Текст научной работы на тему «OʻQITUVCHILARNI ELEKTRON TA’LIM RESURSI BILAN ISHLASHGA OʻRGATISH USULLARI»

Karimov T.X.

Samarqand iqtisodiyot va servis institute Axborot texnologiyalari kafedrasi o 'qituvchisi

O'QITUVCHILARNI ELEKTRON TA'LIM RESURSI BILAN ISHLASHGA O'RGATISH USULLARI

Annotatsiya. Ushbu maqolada ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish, vaqtdan samarali foydalanish, o 'quvchi-talabalarni zamonaviy hayotga tayyorlash maqsadida bo 'lajak o 'qituvchilarning elektron ta 'lim resurslaridan foydalanish tushunchalari keltirilgan. Shuningdek, bo'lajak informatika va axborot texnologiyalari fanlari o'qituvchilarning elektron ta 'lim resurslaridan foydalanib dars jarayonlarini tashkil etishlari natijadorligi haqida so 'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: axborot texnologiyalari, electron ta'lim resursi, axborot ta'lim resursi, raqamli ta'lim resursi kompetensiya.

Karimov T.Kh. teacher

Department of Information Technologies Samarkand Institute of Economy and Service

METHODS OF TRAINING TEACHERS TO WORK WITH ELECTRONIC LEARNING RESOURCES

Abstract. This article presents the concepts of using electronic educational resources of future teachers in order to improve the quality of education in educational institutions, use time effectively, and prepare students for modern life. It was also discussed about the effectiveness of teachers offuture informatics and information technologies in organizing lesson processes using electronic educational resources.

Key words: information technologies, electronic educational resource, information educational resource, digital educational resource competence.

Zamonaviy jamiyat yangi avlod o'qituvchisiga muhtoj. Yangi avlodni shakllantirishda asosiy rol o'qituvchiga beriladi. O'qituvchilar nafaqat talabalar shaxsini to'laqonli shakllantirish uchun sharoit yaratishi, yosh avlodni zamonaviy hayot uchun tarbiyalashi, balki o'zlari yuqori malakali mutaxassis sifatida pedagogik mahoratga ega bo'lishlari kerak. Ular — umuminsoniy qadriyatlarni tashuvchilar, yosh avlodda axloq va insonparvarlikni shakllantirish omili hisoblanib, kelajak avlodni madaniyatli muhitda yashash va o'qish qobiliyatini tarbiyalashlari kerak va bugungi kunda muhim bo'lgan narsa axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan o'z maqsadlarida foydalanish qobiliyatlarini

ham namoyon etishlari kerak. Tadqiqotlardan bilamizki, ta'lim muassasalarida ta'lim sifati unda ishlaydigan o'qituvchilar sifatidan yuqori bo'lmaydi. Eng yaxshi o'qituvchilar ishlaydigan maktablarda maktab yuqori natijalarga erishishi va kasbiy tayyorgarligi past bo'lgan va yoki faol bo'lmagan o'qituvchilar ishlaydigan maktablarda maktab faoliyatining sifati qoniqarlimasligini inobatga olsak, zamonaviy maktab o'qituvchisi rolini oshirish zarurligini tushunib etishimiz mumkin. Buning uchun ham davlat, ham jamoatchilik ko'magiga muhtojligimiz bor.

O'qituvchi har doim bir qadam oldinda yurishi, ta'lim va tarbiya bilan shug'ullanishi, yaqin va uzoq kelajakni ko'ra olishi va aynan kelajak uchun ishlashi kerak. Talabalarda asosiy kompetensiyalarni shakllantirish uchun o'qituvchilar o'zlari ham bu kompetensiyalarni bilishlari va ega bo'lishlari, ushbu kompetensiyalarni shakllantirish mexanizmlari va shakllarini bilishlari kerak. Bu vazifalar o'qituvchi tayyorgarligiga yangi talablarni qo'yadi. Tabiiyki, universitet va institutlarda o'qituvchilarni tayyorlashni sinchkovlik bilan ko'rib chiqmasdan va takomillashtirmasdan zamonaviy jamiyatning sifat jihatidan yangi holatiga erishib bo'lmaydi. Yangi qabul qilingan xalqaro va milliy darajadagi hujjatlar muammolar yechimini topish va zamonga mos pedagoglarni tayyorlash vazifalarini o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan.

Zamonaviy fîkrlash uslubiga ega bo'lgan shaxs axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalangan holda axborotni qabul qilish, qayta ishlash va undan foydalanish imkoniyatiga ega bo'lishi va raqamli resurslardan foydalanib axborot almasha olishi kerak. Yaqin yillargacha bo'lajak informatika o'qituvchilarining elektron ta'lim resurslarini yaratishga tayyorlash masalalari ko'tarilmagan. Bo'lajak informatika o'qituvchilarining elektron ta'lim resurslarini alohida tadqiqot yo'nalishi sifatida yaratishga tayyorligini shakllantirish masalasi respublikamizda raqamli texnologiyalar sohasidagi strategik yo'nalishlar va turli xil faoliyat turlarida kompyuterlardan foydalanish amaliyoti holatlari bilan belgilanadi. Ma'lumotlarning o'sish tezligi ularni shaxs tomonidan o'zlashtirishning cheklangan imkoniyatlari bilan ziddiyatga keladi. Bugungi kunda inson uchun muhim bo'lgan bilimlar miqdori emas, balki maqsadga muvofîq faoliyat uchun mo'ljallangan zarur bilimlardir. Bugungi kunda kerakli ma'lumotlarni tahlil qilish va tanlash qobiliyati inson uchun muhimdir. Shu maqsadda ta'lim tizimiga "individual ta'lim traektoriyasi" tushunchasi kiritilgan, ya'ni, talaba o'z ta'lim yo'lini qurishi kerak. Talaba o'z -o'zini tarbiyalash va o'z-o'zini anglash qobiliyatini maksimallashtirishi lozim. Shuning uchun ta'lim tizimida talabalarning ma'lumotni izlash, qayta ishlash, idrok etish, tushunish va ulardan foydalanish qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirish muhimdir. Bu jarayonda axborot texnologiyalarining o'rni beqiyosdir. Inson axborot texnologiyalariga ega bo'lishi kerak, bu o'zgaruvchan dunyoda moslashish mexanizmlaridan biridir. Bugungi kunda ta'lim jarayonini axborot texnologiyalaridan foydalanmasdan tasavvur qilib bo'lmaydi, ular orasida elektron ta'lim resurslari so'nggi paytlarda muhim ahamiyat kasb

etmoqda. Hozirgi kunda bo'lajak o'qituvchilarni nafaqat elektron resurslardan foydalanishga tayyorlash, balki ta'lim jarayonida yaratish va qo'llash, umumta'lim maktablarida elektron ta'lim resurslarini joriy etish usullarini ishlab chiqish zarurati mavjud. Bu muammoni bartaraf etishning dolzarbligi bo'lajak informatika o'qituvchilarini elektron ta'lim resurslari yaratishga tayyorlash usullarini ishlab chiqishga turtki bo'ldi.

"Elektron ta'lim resursi" tushunchasining ma'nosini tushunishdan oldin "resurs" tushunchasining ma'nosini tahlil qilamiz. Resurs (fransuzcha "ressource" dan olingan) so'ziga yordamchi vosita, zaxira, manba, jarayonni amalga oshirish uchun imkoniyat, maqsadli foydalaniladigan hamma narsa sifatida talqin qilinadi. Shuning uchun resursni vosita sifatida tushunish mumkin. Informatikada resurs boshqa kompyuterdan masofadan turib kirish mumkin bo'lgan ma'lumot sifatida ham tavsiflanadi. Ta'limda ta'lim resursi atamasi ishlatiladi (o'quv jarayonini amalga oshirish vositasi yoki manbayi). Ta'lim resursining quyidagi turlari mavjud:

1. Axborot ta'lim resurslari — axborot tizimlarida alohida hujjatlar va hujjat massivlari bo'lib, ta'lim sohasida foydalanish uchun mo'ljallangan. Ularga o'quv-ma'lumotnoma materiallari bazalari, bilim bazalari; masofaviy ta'lim texnologiyalari bilan ta'minlashning texnik va dasturiy vositalari kiradi.

2. Elektron ta'lim resursi — elektron qurilmalar bilan ishlatiladigan o'quv materiallari.

3. Raqamli ta'lim resursi — raqamli ravishda taqdim etilgan fotosuratlar, videokliplar, statik va dinamik modellar, virtual reallik va interaktiv modellashtirish obyektlari, kartografik materiallar, ovozli yozuvlar, ramziy obyektlar va biznes grafikasi, o'quv jarayonini tashkil etish uchun zarur bo'lgan matnli hujjatlar va o'quv jarayonini tashkillashtirish uchun kerak bo'ladigan boshqa o'quv materiallari.

Elektron ta'lim resurslarini o'quv jarayoniga joriy etish talabalar faolligining oshishi, motivasiyaning kuchayishi va mavzuga qiziqishning ortishi bilan bog'liq. Shu bilan birga, ta'lim jarayoni to'liq kompyuterlashtirilishi ham maqsadga muvofiq bo'ladi.

Elektron ta'lim resurslari, birinchi navbatda, o'qituvchining sinfda vaqtini tejash, o'quvchilarning bilim olish motivasiyasini oshirish uchun kerak. Elektron ta'lim resursi audio va video materiallardan foydalanadi, shuningdek, asosan o'quv materiallarini virtual shaklda taqdim etishga imkon beradigan multimedia texnologiyalaridan foydalanadi. Bo'lajak informatika va axborot texnologiyalari o'qituvchilarning bunday ta'lim resurslaridan foydalanib dars jarayonlarini tashkil etishi samarali natijalarga olib keladi.

Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022- 2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risidagi PF-60-son Farmoni (28.01.2022 y).

2. R. Ishmuxamedov, A. Abduqodirov, A. Pardayev. —Ta'limda innovatsion texnologiyalar: ta'lim muassalari pedagog-o'qituvchilari uchun amaliy tavsiyalar.

3. Begimqulov U.Sh. Pedagogik ta'lim jarayonlarini axborotlashtirishni tashkil etish va boshqarish nazariyasi va amaliyoti mavzusidagi pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. - Toshkent. 2007.

5. TEACHER-MUALLIM, ISSN:2181-0850, DOI:10.26739/2181-0850, http://dx.doi.org/10.26739/2181-0850-2020-11-17, Axborot resurslari va texnologiyalaridan foydalanish hamda ularning xavfsizligini ta'minlash tizimi, B. Isabekov, Y. Xandamov, 2020-y,

6. Каримов Т.Х. Средства И Методы Инновационного Менеджмента Инновационными Стартапами. Министерство науки и высшего образования Российская Федерация ФГБОУ ВО «Удмуртский государственный университет» Институт экономики и управления технологическое и социальное предпринимательство. 21.11.2023 года Международной научно-практической конференции.

7. T. X. Karimov Improving Digital Platforms On The Public Procurement Market In The Modern Russian Economy. BEST JOURNAL OF INNOVATION IN SCIENCE, RESEARCH AND DEVELOPMENT ISSN: 2835-3579 Volume:02 Issue:07|2023 www.bjisrd.com

8. T. X. Karimov Development Status and Prospects of Telemedicine Technologies BEST JOURNAL OF INNOVATION IN SCIENCE, RESEARCH AND DEVELOPMENT ISSN: 2835-3579 Volume:2Issue:6|2023 www.bjisrd.com

9. T. X. Karimov Theoretical Aspect of Technologies of Teaching a Foreign Language as a Second Language. BEST JOURNAL OF INNOVATION IN SCIENCE, RESEARCH AND DEVELOPMENT ISSN: 2835-3579 Volume: 2Issue:6|2023

www.bjisrd.com

10. Karimov Tolmasbek Xolmo'min o'g'li BARMOQ IZI YORDAMIDA DAVOMATNI ANIQLASH TIZIMI. IQTISODIYOT VA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYA JURNALI, 2(1), 6-9. Retrieved from

https: //mudarrisziyo .uz/index.php/iqtisodiyot/article/view/201

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.