Научная статья на тему 'O‘QITUVCHILAR VA TALABALAR O‘RTASIDAGI PSIXOLOGIK MUNOSABATLAR: BOSHQARUVNING O‘ZGARUVCHAN TABIATI'

O‘QITUVCHILAR VA TALABALAR O‘RTASIDAGI PSIXOLOGIK MUNOSABATLAR: BOSHQARUVNING O‘ZGARUVCHAN TABIATI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
2
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o‘qituvchi / talabalar / psixologik munosabatlar / boshqaruv / ta’lim jarayoni / motivatsiya. / реподаватель / студенты / психологические отношения / управление / образовательный процесс / мотивация.

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — U. Y. Elmurodov

maqolada oliy ta’lim tizimida o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasidagi psixologik munosabatlarning ta’lim jarayoniga ta’siri va boshqaruv jarayonidagi o‘zgaruvchanlik bilan bog‘liq muhim jihatlar tahlil qilinadi. Ushbu munosabatlarning ta’lim muassasasining ichki iqlimini shakllantirishdagi o‘rni ham ko‘rsatilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PSYCHOLOGICAL RELATIONSHIPS BETWEEN TEACHERS AND STUDENTS: THE CHANGING NATURE OF MANAGEMENT

в статье анализируются психологические отношения между преподавателями и студентами в системе высшего образования, их влияние на эффективность образовательного процесса и роль в формировании управленческих стратегий и внутреннего климата учебных заведений.

Текст научной работы на тему «O‘QITUVCHILAR VA TALABALAR O‘RTASIDAGI PSIXOLOGIK MUNOSABATLAR: BOSHQARUVNING O‘ZGARUVCHAN TABIATI»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© U. Y. Elmurodov1H_

1Samarqand davlat universitetining Kattaqo'rg'on filiali, Samarqand,O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: maqolada oliy ta'lim tizimida o'qituvchilar va talabalar o'rtasidagi psixologik munosabatlarning ta'lim jarayoniga ta'siri va boshqaruv jarayonidagi o'zgaruvchanlik bilan bog'liq muhim jihatlar tahlil qilinadi. Ushbu munosabatlarning ta'lim muassasasining ichki iqlimini shakllantirishdagi o'rni ham ko'rsatilgan.

MAQSAD: tadqiqotning asosiy maqsadi - o'qituvchilar va talabalar o'rtasidagi psixologik munosabatlarni o'rganib, ularning ta'lim samaradorligini oshirishga ta'sirini aniqlash, boshqaruv jarayonlarida bu munosabatlardan samarali foydalanish yo'llarini ishlab chiqishdir.

MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqotda psixologik munosabatlar va ularning ta'lim jarayonidagi o'rni bo'yicha ilmiy adabiyotlar tahlil qilindi, shuningdek, boshqaruv jarayonlari uchun psixologik yondashuvlar qo'llanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: natijalar shuni ko'rsatdiki, o'qituvchilar va talabalar o'rtasidagi ijobiy psixologik munosabatlar ta'lim jarayonining samaradorligini oshiradi, boshqaruv usullarini takomillashtiradi va ta'lim muassasasida sog'lom muhit yaratadi.

XULOSA: tadqiqot natijalari oliy ta'lim tizimida o'qituvchilar va talabalar o'rtasidagi psixologik munosabatlarning ahamiyatini va ularning boshqaruv jarayonlariga ta'sirini tasdiqladi. Bu munosabatlarni samarali boshqarish orqali ta'lim sifatini oshirish mumkinligi aniqlangan.

Kalit so'zlar: o'qituvchi, talabalar, psixologik munosabatlar, boshqaruv, ta'lim jarayoni, motivatsiya.

ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ОТНОШЕНИЯ МЕЖДУ ПРЕПОДАВАТЕЛЯМИ И СТУДЕНТАМИ: ИЗМЕНЧИВАЯ ПРИРОДА УПРАВЛЕНИЯ_

© У.Й. Элмуродов1И

1Каттакурганский филиал Самаркандского государственного университета, Самарканд, Узбекистан_

Аннотация

Iqtibos uchun: Elmurodov U.Y. Oliy ta'lim tizimida o'qituvchilar va talabalar o'rtasidagi psixologik munosabatlar: boshqaruvning o'zgaruvchan tabiati. // Inter education & global study. 2024. №9(1). B. 493-499.

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №9(1)

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

ВВЕДЕНИЕ: в статье анализируются психологические отношения между преподавателями и студентами в системе высшего образования, их влияние на эффективность образовательного процесса и роль в формировании управленческих стратегий и внутреннего климата учебных заведений.

ЦЕЛЬ: основная цель исследования — изучить влияние психологических отношений между преподавателями и студентами на эффективность образовательного процесса, выявить их роль в управленческих процессах и разработать подходы для повышения качества образования.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в исследовании был проведен анализ научной литературы по психологическим аспектам образовательного процесса, а также использованы методы исследования управленческих процессов и мотивации в образовательной среде.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: результаты показали, что положительные психологические отношения между преподавателями и студентами способствуют повышению эффективности образовательного процесса, формируют доверие и стимулируют мотивацию студентов.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: результаты исследования подтвердили, что управление образовательным процессом с учетом психологических отношений между преподавателями и студентами может повысить качество обучения, улучшить образовательную среду и способствовать развитию студентов.

Ключевые слова: преподаватель, студенты, психологические отношения, управление, образовательный процесс, мотивация.

Для цитирования: Элмуродов У.Й. Психологические отношения между преподавателями и студентами: изменчивая природа управления. // Inter education & global study. 2024. №9(1). С. 493-499.

PSYCHOLOGICAL RELATIONSHIPS BETWEEN TEACHERS AND STUDENTS: THE CHANGING NATURE OF MANAGEMENT_

© UlugbekY. Elmurodov1®

1Kattakurgan Branch of Samarkand State University, Samarkand, Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: the article analyzes the psychological relationships between teachers and students in higher education, their influence on the effectiveness of the educational process, and their role in shaping management strategies and the internal climate of educational institutions.

AIM: the main objective of the study is to examine the impact of psychological relationships between teachers and students on the effectiveness of the educational process, identify their role in management processes, and develop approaches to enhance educational quality.

©intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 9(1)

Ilmiy-nazariyvametodikjurnal ISSN 2992-9024 (online)

Научно-теоретический и методический журнал 2024, №9(1)

Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

MATERIALS AND METHODS: the study involved analyzing scientific literature on the psychological aspects of the educational process and applying methods to study management processes and motivation in the educational environment.

DISCUSSION AND RESULTS: the results showed that positive psychological relationships between teachers and students contribute to improving the effectiveness of the educational process, fostering trust, and stimulating student motivation.

CONCLUSION: the study results confirmed that managing the educational process with consideration of psychological relationships between teachers and students can enhance the quality of education, improve the educational environment, and promote student development.

Key words: teacher, students, psychological relationships, management, educational process, motivation.

For citation: Ulugbek Y. Elmurodov (2024) 'Psychological relationships between teachers and students: The changing nature of management', Inter education & global study, (9(1)), pp. 493-499. (In Uzbek).

Oliy ta'lim tizimida o'qituvchilar va talabalar o'rtasidagi psixologik munosabatlar ta'lim jarayonining asosiy komponentlaridan biridir. Ushbu munosabatlar boshqaruv strategiyalarini shakllantirishda va ta'lim muhitini yaxshilashda muhim rol o'ynaydi. O'zgaruvchan ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlar, shuningdek, yangi texnologiyalarning joriy etilishi, bu munosabatlarning dinamikasini o'zgartirib, boshqaruvning yangi yondashuvlarini talab qiladi.

Oliy ta'lim tizimida o'qituvchilar va talabalar o'rtasidagi munosabatlar ta'lim jarayonining muhim qismini tashkil etadi. Boshqaruv psixologiyasi bu munosabatlarni o'rganib, ta'lim muhitini yanada samarali va qulay qilishga yordam beradi. O'qituvchilar va talabalar o'rtasidagi ijobiy psixologik aloqalar, o'quv jarayonining muvaffaqiyatli bo'lishida muhim ahamiyatga ega.

O'qituvchilar ta'lim beruvchi sifatida talabalar uchun bilim manbai bo'lib, ularning motivatsiyasini oshirish va o'z-o'zini rivojlantirish jarayonida muhim rol o'ynaydilar. Talabalar esa o'z navbatida o'qituvchilarning sa'y-harakatlarini qabul qilib, bilim olish va shaxsiy o'sishga intilishlari zarur. O'qituvchilar va talabalar o'rtasidagi munosabatlar ijtimoiy tarmoq orqali yangilanadi. Raqamli texnologiyalarning rivojlanishi bu aloqalarni yanada qulaylashtiradi, lekin shuningdek, munosabatlarning yuzaki bo'lishiga ham olib kelishi mumkin.

O'qituvchilarning emotsional intellekti talabalar bilan muloqotda samaradorlikni oshirishda muhim ahamiyatga ega. Ularning his-tuyg'ularini boshqarish va boshqalarini tushunish qobiliyati ta'lim jarayonida o'zaro ishonchni mustahkamlashga yordam beradi.

Talabalarni boshqarish, ularning akademik muvaffaqiyatini oshirishda muhim rol o'ynaydi. O'qituvchilar samarali boshqarish orqali talabalar o'qish jarayonida faol ishtirok

©intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 9(1)

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _

etishga, savol berishga va o'z fikrlarini bildirishga rag'batlantiriladi. Bu esa, bilimlarni yaxshiroq egallashga yordam beradi.

Samarali boshqarish, ta'lim muhitining sog'lom va ijobiy bo'lishini ta'minlaydi. Talabalarni boshqarish jarayonida o'qituvchilar o'zaro hurmat, hamkorlik va o'zaro tushunishni rivojlantiradilar. Bu, talabalar o'zlarini qulay his qilishlariga va ta'lim jarayonida faol ishtirok etishga undaydi.

Talabalarni boshqarish jarayoni, ularga o'z-o'zini boshqarish ko'nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. O'qituvchilar talabalarni mustaqil fikrlashga, muammolarni hal qilishga va qarorlar qabul qilishga undash orqali, ularning shaxsiy rivojlanishiga ko'maklashadilar.

Talabalarni boshqarish, ta'lim jarayonining muhim jihatidir va uning ahamiyati keng qamrovli. Akademik muvaffaqiyat, ijobiy ta'lim muhitini yaratish, emotsional rivojlanish, o'z-o'zini boshqarish ko'nikmalarini rivojlantirish va ijtimoiy aloqalarni mustahkamlash orqali talabalarni boshqarish, nafaqat ularning o'qish jarayonini yaxshilaydi, balki kelajakdagi muvaffaqiyatlariga ham ta'sir qiladi. Shuning uchun, ta'lim muassasalari va o'qituvchilar talabalarni boshqarishga e'tibor qaratishlari zarur xisoblanadi. Talabalarning o'z-o'zini motivatsiya qilish qobiliyati va o'qituvchilarning qo'llab-quvvatlashi o'rtasidagi o'zaro ta'sir ta'lim jarayonida katta ahamiyatga ega. Bu, o'z navbatida, o'qituvchilarning pedagogik yondashuvlariga ta'sir ko'rsatadi. Boshqaruvdagi o'zgarishlar Boshqaruv jarayonlarida o'qituvchilar va talabalar o'rtasidagi psixologik munosabatlar o'zgaruvchanligini inobatga olgan holda, quyidagi usullarni qo'llash mumkin:

1. Qaror qabul qilish: O'qituvchilar talabalar fikrlarini hisobga olish orqali qaror qabul qilishda qatnashishi kerak. Bu, ularning ishtirokini oshirish va o'zaro munosabatlarni mustahkamlashga yordam beradi.

2. Ochiq muloqot: Talabalar bilan ochiq va samimiy muloqot o'rnatish, o'qituvchilarning ishonchini oshiradi va ularning fikrlarini qabul qilishga imkon yaratadi.

3. Psixologik muvaffaqiyat: O'qituvchilar talabalar psixologik holatini inobatga olib, ularning ehtiyojlariga javob beradigan yondashuvlar ishlab chiqishlari lozim.

Psixologik munosabatlarning ahmiyati

1. O'zaro ishonch: O'qituvchilar va talabalar o'rtasida o'zaro ishonch mavjud bo'lsa, bu ta'lim jarayonining samaradorligini oshiradi. O'qituvchi talabalar fikrini hurmat qilishi, talabalar esa o'qituvchining bilimiga ishonishi zarur.

2. Motivatsiya va qiziqish: O'qituvchilar talabalarni qiziqtirish va ularni o'qishga rag'batlantirishda psixologik omillardan foydalanishlari kerak. O'zaro munosabatlar orqali motivatsiyani oshirish, ta'lim sifatini yaxshilashga olib keladi.

3. Emotsional qo'llab-quvvatlash: Talabalar o'qituvchilarining emotsional qo'llab-quvvatlashini sezishlari, o'zlarini qulay his qilishlariga yordam beradi. Bu, o'z navbatida, ularning akademik muvaffaqiyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

Boshqaruvning O'zgaruvchan tabiati

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _

1. Yangi texnologiyalar: Onlayn ta'lim va raqamli platformalar boshqaruv munosabatlarini o'zgartiradi. O'qituvchilar va talabalar o'rtasidagi muloqot yangi formatlarga o'tishi, mos ravishda boshqaruv usullarini yangilashni talab qiladi.

2. Talabalar fikri: Talabalarning fikrlarini tinglash va ularga e'tibor berish, boshqaruv jarayonini demokratlashtiradi. Bu, o'z navbatida, talabalar va o'qituvchilar o'rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga olib keladi.

3. Diversifikatsiya: O'qituvchilar turli yondashuvlarni qo'llash orqali talabalarning individual ehtiyojlariga moslashishi kerak. Bu, psixologik jihatdan samarali boshqaruvni ta'minlaydi va talabalar uchun qulay muhit yaratadi.

Ta'lim muassasalari sharoitida boshqaruvning o'ziga xos xususiyatlari quyidagicha:

- sub'ekt va ob'ekt o'rtasidagi munosabatlarning o'ziga xosligi: boshqarish ob'ekti va sub'ekt bir vaqtning o'zida; - Otm nisbati normalangan va normalanmagan ishchi soat; -Otm mehnat xususiyati, rag'batlantirish; - Oliy ta'lim muassasasining ichki va tashqi muhitining dinamikasi; Oliy ta'lim muassasasi boshqaruviga tizimli yondashuvidagi asosiy tushuncha «tizim» atamasidir. Tizimni bir qator o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lgan hodisa, jarayon yoki ob'ekt sifatida ko'rib chiqish mumkinligini ta'kidlash o'rinli ko'rinadi. Tadqiqotchilarning ishlarini tahlil qilish kelajakdagi ishlarda hisobga olinadigan tizimlarning o'ziga xos xususiyatlarini aniqlaydigan quyidagilarni aniqlashga imkon berdi:

- tizim o'zaro bog'liq va o'zaro bog'liq qismlar to'plamidir. Tizimni tarkibiy qismlar, ularning aloqalarini o'rnatish asosida tavsiflash mumkin. Tizimning xatti-harakati uning elementlarining xatti-harakatlari va xususiyatlari bilan belgilanadi; - tizimlar paydo bo'ladigan, ajralmas bo'lib, butun xususiyatlarining ularning tarkibiy elementlari xususiyatlarining yig'indisiga qisqartirilmasligi, shuningdek, integratsiyaning so'nggi fazilatlarining paydo bo'lishi bilan tavsiflanadi; - tizim elementlari xilma-xilligi bilan ajralib turadi, har bir element o'z funksiyalari va tuzilishiga ega bo'lsa, tizim ham bo'lishi mumkin; - tizimlar tashqi omillar ta'siriga munosabat bildirganda sifatli aniqlik va xususiyatlarni saqlab qoladi, bu uning barqarorligini ta'minlashga imkon beradi; - tizimni alohida ko'rib chiqishda tashqi muhit ta'siridan cheklash mumkin bo'lsa, uni izolyatsiya qilingan ob'ekt sifatida ham ko'rib chiqish mum-kin; - tizim ma'lum bir muhitda mavjud bo'lgan va rivojlanayotgan, atrof-muhitga ta'sir ko'rsatadigan ob'ektiv haqiqatning bir qismi sifatida ishlaydi. - tizim ierarxiya bilan tavsiflanadi, chunki u tizimostining tarkibiy qismidir; - tizimlar rivojlanish darajasida farq qiladi; - tizimlar ichki tashkil etilgan hodisadir; - tizimlar barqaror. Yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, bu tizimli yondashuv oliy ta'lim muassasalarini boshqarish uchun zarur shartdir. Iqtisodiyotda tizimli yondashuv tizim tahlili metodologiyasidan foydalangan holda o'rganilayotgan ob'ektlarni umuman o'rganishning murakkab jarayoni sifatida qaraladi.

O'qituvchilar va talabalar o'rtasidagi psixologik munosabatlar, boshqaruv jarayonini shakllantirishda muhim rol o'ynaydi. O'zgaruvchan sharoitlarga mos ravishda boshqaruv strategiyalarini yangilash va psixologik yondashuvlarni qo'llash, ta'lim tizimining samaradorligini oshiradi. Ushbu munosabatlarni yaxshilash orqali, ta'lim muassasalari yanada rivojlanishi va talabalar uchun qulay muhit yaratishi mumkin. O'qituvchilar va

Ilmiy-nazariyvametodikjurnal ISSN 2992-9024 (online)

Научно-теоретический и методический журнал 2024, №9(1)

Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

talabalar o'rtasidagi boshqaruv psixologiyasi ta'lim jarayonining samaradorligini oshirishda muhim rol o'ynaydi. O'zaro ishonch, emotsional qo'llab-quvvatlash va motivatsiya bu munosabatlarning asosiy jihatlari hisoblanadi. Ta'lim muassasalari boshqaruv psixologiyasidan foydalanib, o'qituvchi-talaba aloqalarini yaxshilash orqali, ta'lim sifatini oshirishlari mumkin. Talabalarni boshqarishda psixologik yondashuv, ta'lim jarayonining samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Motivatsiya, o'zaro aloqalar, emotsional qo'llab-quvvatlash va fikrni rag'batlantirish orqali talabalar bilan ijobiy munosabatlarni o'rnatish mumkin. O'qituvchilar psixologik yondashuvlarni qo'llash orqali talabalarni yanada muvaffaqiyatli va qulay muhitda tarbiyalashlari mumkin.

Ta'lim jarayonida talabalarni boshqarishda o'qituvchining ahamiyati juda katta. Motivatsiya berish, ijobiy aloqalar yaratish, pedagogik strategiyalarni qo'llash va emotsional qo'llab-quvvatlash orqali o'qituvchilar talabalar muvaffaqiyatini oshirishda muhim rol o'ynaydilar. O'qituvchi nafaqat bilim beruvchi, balki talabalar uchun mentor va motivator sifatida ham muhimdir. Ularning roli ta'lim jarayonini samarali va qulay qilishda asosiy omil hisoblanadi.

Ta'lim jarayonida talabalarni boshqarish, o'qituvchilarning muvaffaqiyatli faoliyatini ta'minlaydigan muhim jihatdir. O'qituvchilarning samarali boshqaruvi, talabalar uchun ijobiy ta'lim muhitini yaratish, motivatsiyani oshirish va emotsional qo'llab-quvvatlash imkoniyatini taqdim etadi. Boshqarish jarayonida o'qituvchilar individual yondashuvni qo'llash orqali talabalarni rag'batlantirish, ularning o'z-o'zini boshqarish ko'nikmalarini rivojlantirish va ijtimoiy aloqalarni mustahkamlashga yordam beradi.

Samarali boshqarish, shuningdek, talabalar o'rtasida sog'lom o'zaro aloqalarni rivojlantirishga, ularning emotsional va akademik muvaffaqiyatini oshirishga, va o'qitish jarayonini diversifikatsiya qilishga xizmat qiladi. Ta'lim muassasalari va o'qituvchilar, talabalarni boshqarishga e'tibor qaratib, nafaqat ularning akademik muvaffaqiyatini ta'minlaydi, balki shaxsiy rivojlanishlariga ham yordam beradi.

Shu tariqa, talabalarni boshqarish ta'lim sifatini oshirish, talabalarning o'zlariga bo'lgan ishonchini kuchaytirish va kelajakdagi muvaffaqiyatlarini ta'minlashda muhim omil hisoblanadi. O'qituvchilar, o'z rollarini anglab, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni qo'llash orqali, talabalar uchun yanada qulay va samarali ta'lim muhitini yaratishlari lozim. Bu esa, ta'lim tizimining yanada rivojlanishiga va talabalar muvaffaqiyatiga xizmat qiladi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Saipova M.L. Pedagog shaxsida makiavellizmga moyillikni diagnostika va korreksiya qilishning ilmiy-metodik imkoniyatlarini takomillashtirish: Psixologiya fan. bo'yicha falsafa doktori (PhD) .. diss.avtoref.: 19.00.06. - T.: O'zMU, 2018

2. Elmurodov U.Y Oliy ta'lim tizimi rahbarlarida liderlik qobiliyatini rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari (PhD) .. diss.avtoref.: 19.00.05. - T.: SamDu, 2023

3. Boymurodov N. Rahbar psixologiyasi. T.: «Yangi asr avlodi», 2007. - 328 b.

©intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 9(1)

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _

4. Maslow, A. H.(1954). Motivation and Personality. New York: Harper & Row. -Motivatsiya nazariyasi va talabalar ehtiyojlari haqida.

5. Deci, E. L., & Ryan, R. M. (2000). Intrinsic and Extrinsic Motivations: Classic Definitions and New Directions. Contemporary Educational

6. Bandura, A. (1997). Self-Efficacy: The Exercise of Control. New York: W.H. Freeman. - O'z-o'zini boshqarish va ishonch haqida.

7. Hattie, J., & Timperley, H. (2007). The Power of Feedback.Review of Educational Research, 77(1), 81-112.- Ta'lim jarayonida fikr bildirishning ahamiyati.

8. Sharan, S., & Sharan, R. (1992). Group Instruction: A Guide for Teachers. New Delhi: Sage Publications. - Guruh ishida talabalarni boshqarish haqida.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

и Elmurodov Ulug'bek Yusup o'g'li, o'qituvchi,(PhD). [Элмуродов Улугбек Юсуп огли, преподаватель, (PhD)], [UlugbekY. Elmurodov, lecturer, (PhD)]; manzil: O'zbekiston, Samarqand viloyati, Kattaqo'rg'on shaxri, Amir Temur ko'chasi, 27a. [адрес: Узбекистан, Самаркандская область, город Каттакурган, улица Амира Темура, дом 27a.], [address: Uzbekistan, Samarkand region, Kattakurgan city, Amir Temur street, 27a.]

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.