Normatov A.M. o'qituvchi
Namangan muhandislik - qurilish instituti
O'QITUVCHI VA TALABANING HAMKORLIGINI HAMDA TA LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA TA LIMDAGI QIYINCHILIKLARNI BARTARAF ETISH
Annotatsiya. Maqolada talabalar o'quv faoliyatida ma'ruza va amaliy darslarning ahamiyati, ta'lim olishdagi yuzaga keladigan qiyinchiliklar va uning sabablari, o'qituvchi va talabalarning hamkorligining shakillari hususida ta 'lim samaradorligini oshirishning muhim omillari hаqidafikr-mulohazalaryuritilgan.
Kalit so'zlar: ijtimoiy-psixologik qiyinchiliklar, kasbiy qiyinchiliklar, bilishdagi qiyinchiliklar, hamkorlikdagi faoliyat.
Normatov A.M. teacher
Namangan Civil Engineering Institute
ELIMINATION OF EDUCATIONAL CHALLENGES OF THE EFFICIENCY OF EDUCATION IN INCREASING COOPERATION BETWEEN TEACHERS AND STUDENTS
Annotation. The article reviews the role of theoretical and practical classes in the student's educational activities, analyzes the difficulties and causes that arise in the student's education.
Keywords: socio-psychological difficulties, professional difficulties, cognitive difficulties, joint activities.
Talabalar o'quv faoliyati muvaffaqiyatining muhim sharti oliy o'quv yurtidagi ta'lim jarayonining o'ziga xos xususiyatlarini o'rganish, mikromuhitda yuz beradigan ziddiyatlaming oldini olishdan iboratdir. Odatda quyi kurslardagi talabalar o'quv faoliyatini mumkin qadar to'laroq tasavvur etishga harakat qiladilar, lekin uni boshqarish to'g'risida yetarli malumotga ega bo'lmaydilar. Ko'pincha ular o'quv faoliyatini boshqarish deganda, o'quv materiallari o'zlashtirilishini rejalashtirish, nazorat qilish, baholash kabilarni tushunadilar. Talabalarda o'tkazilgan anketa natijalariga ko'ra, ularda o'quv faoliyati tizimini tasavvur etishdan tashqari, uni boshqarishning ayrim imkoniyatlari yuzasidan muayyan bilimlar ham bo'ladi. Tajribada ishtirok qilgan 730 nafar sinaluvchilarning 15 foizi shaxsiy faoliyatni boshqarish deganda o'zlashtirilayotgan o'quv materiallarini ko'p marta takrorlash jarayonini tushunadilar, uning bosh maqsadi matnning mohiyatini aniq anglashdan iborat deb biladilar. Masalan, «Materiallarni o'zlashtirish uchun ularni o'qiyman,
takrorlayman, lekin hech qachon uni o'zlashtirish maqsadida oqilona yo'l, usul yoki vositalarni qidirib o'tirmayman» Talabaning bu mulohazasi ana shu toifadagi barcha tengdoshlariga ham xosdir.
Ayrim talabalar o'z javoblarida biror xususiyatga ega bo'lgan materiallarni o'zlashtirishning usullarini ham yozganlar. Quyi kurs javoblaridan biri «Men avval o'quv materialini qismlarga ajrataman, so'ng ular o'rtasida mantiqiy uyg'unlikni vujudga keltiraman, muhim va birlamchi alomatlarni topishga harakat qilaman. Mazkur materialni oldingisi bilan solishtiraman, o'xshash va farqli jihatlarini aniqlayman». Huddi shunga o'xshash javoblar talabalarning to'rtdan bir qismidan olindi. Ularning 85 foizi o'quv faoliyatini boshqarishning ayrim tarkibiy qismlarini ifodalay olganlar. Ammo ko'pchiligi o'quv faoliyatini boshqarishning umumlashgan usullarini tariflash, anglash, faoliyatning harakatlarini qanday-tartibda amalga oshirishni tasavvur qilishdan ancha yiroqdirlar. Shunga qaramay, talabalarda taqqoslash, reja tuzish, ma'ruza va birlamchi manbalarni konspektlashtirish bo'yicha malum tushunchalar mavjud. Biroq, bu borada ham ayrim nuqsonlar uchrab turadi. Chunonchi talabalar rejalashtirish, konspektlashtirish, talimiy usullardan foydalanishga qo'yiladigan umumiy talablarni aniq ko'rsatishda qiynaladilar, muammo doirasidan chetlashadilar va hokazo.
Mana shu qiyinchiliklarni mohiyati va shakliga ko'ra uch guruhga ajratish mumkin:
l.Bilishdagi qiyinchiliklar: o'rta maktab va oliy o'quv yurtidagi o'quv materiallarining mazmun va ko'lami jihatdan keskin farqlanishi; oliy o'quv yurtida o'qitishning turli shakl va usullari (leksiyalar, seminar mashg'uloti, kollokvium, sinov, bahs, amaliy mashg'ulot, maxsus praktikum, maxsus seminar, maxsus kurs va hokazolar) mavjudligi o'quv matni, lektsiya va seminar materiallarining murakkabligi, muammoligi, ilmiyligi, talabalarda mustaqil bilim olish malakalari etishmasligi; ularning murakkab oliy ta limga to'la tayyor emasligi.
2.Ijtimoiy-psixologik qiyinchiliklar: atrof-muhit va hayot sharoitining o'zgarishi; hayot va faoliyatning barcha jabhalarida mustaqillikka o'tilishi: irodaviy zo'r berish, qobiliyat, aqliy imkoniyatlar bo'yicha qatiyatsizlik: masalan, sessiyalarda, o'qishdan haydalishdan cho'chish, qo'rqish, xavfsirashning paydo bo'lishi.
3. Kasbiy qiyinchiliklar: oliy o'quv yurti mutaxassisligini tanlashdan ikkilanish; oliy maktab shart-sharoitlariga moslashish jarayonini noto'g'ri tasavvur qilish; talim olish usullari va vositalarini ko'nikma, malaka va odatlarini egallashda orqada qolish, turli xususiyatgaega bo'lgan mutaxassislik—ixtisoslik amaliyotidan unumli foydalana olmaslik; nazariy bilimlar bilan amaliyotning ajralib qolgani; talabalarning professiogrammadan xabarsizligi yoki professiogramma talablariga javobberadigan kasbiy fazilatlarga ega emasligi.
Mana shu qiyinchiliklarning barchasi oliy ta'lim muhitiga moslashish bilan bog'liqdir. Tajribadan ma'lumki, oliy ta'lim muhitiga moslashishda talabalarning
o'ziga xos tipologik va yosh xususiyatlari, aqliy imkoniyatlari, aql-zakovati, axloqiy fazilatlari, etnik alomatlari malum darajada rol o'ynaydi. Qiyinchilikning asosiy sabablari talabalar o'quv faoliyatining to'g'ri usullarini bilmasligi, aqliy mehnatda kuch va imkoniyatlarni bir tekis taqsimlay olmasligidan iborat bo'lib, bular aqliy zo'riqishning negizi hisoblanadi. Talabalarda vujudga kelgan aqliy zo'riqish tasodifiy psixologik hodisa emas, uning zamirida shaxsiy o'quv faoliyatini oqilona boshqarish uquvining zaifligi yotadi.
Shunga ko'ra oliy o'quv yurti talabalari ko'pincha o'quv materiallarini o'zlashtirishda bu faoliyatni tasodifiy boshqarishga harakat qiladilar. Bunda muayyan materiallar mantiqiy harakat bilan eslab qolinsa, qolganlari mutlaqo diqqatdan uzoqlashtiriladi. Natijada ular ma'ruzaning bir qismini tinglaydilar, uning mohiyatini qiyinchilik bilan anglaydilar, uni konspektlashtirishga ulgurmaydilar. O'quv yili mobaynida ana shu holning davom etishi imtihon sessiyalarini talaba uchun qattiq sinovga aylantiradi. Shunga ko'ra oliy o'quv yurtining asosiy vazifalaridan biri talabani o'quv materiallarining asosiy manbalari bilan ishlashga o'rgatishdan, uning mustaqil bilish faoliyatini tashkil qilishdan, uni o'zini boshqarish usullari bilan tanishtirishdan iboratdir.
Qiyinchilikning asosiy sabablari talabalar o'quv faoliyatining to'g'ri usullarini bilmasligi, aqliy mehnatda kuch va imkoniyatlarni bir tekis taqsimlay olmasligidan iborat bo'lib, bular aqliy zo'riqishning negizi hisoblanadi. Talabalarda vujudga kelgan aqliy zo'riqish tasodifiy psixologik hodisa emas, uning zamirida shaxsiy o'quv faoliyatini oqilona boshqarish uquvining zaifligi yotadi.
Oliy ma' lumot olish talabaning maqsadga muvofiq, muntazam, rejali, izchil o'quv faoliyatini talimning barcha bosqichlarida a malga oshirishini taqozo etadi.
Ma'lumki, oliy ta'limdagi o'quv-tarbiya asosan talabalarda tafakkurning tanqidiyligi, mahsuldorligi kabi aqlning zarur tarkibiy qismlari shakllanishiga qaratilgan bo'ladi. Seminar mashg'ulotlarida o'qituvchi o'rganilayotgan muammo yuzasidan talabalarning bilimlarini tekshirishi, ularda tafakkurning mustaqilligini, mahsuldorligi va teranligini oshirishi, atrof-muhitga munosabatni shakllantirishi, ularga ilmiy nazariyalar, kontseptsiyalar bo'yicha shaxsiy fikrlarini bildirishni o'rgatishi kerak.
Ma'ruza va seminar mashg'ulotlarining samaradorligini oshirish bilan oliy maktabdagi ta'lim va tarbiya jarayonida kamol toptiruvchi hamda tarbiyalovchi tamoillarni amalga oshirish, talabalarga o'zini o'zi boshqarishni o'rgatish mumkin.
Oliy maktabda hamkorlikdagi faoliyatning shakllanishi, uning ijtimoiy-psixologik jihatini tashkil qilish, har qanday faoliyatni, shu jumladan, o'quv faoliyatini tashkil qiluvchi tarkibiy qismlarni o'rganish so'nggi o'n yillarda amalga oshirila boshlandi.
B.F.Lomov faoliyatni tahlil etishning umumiy psixologiyada qabul qilingan sxemasini ko'rib chiqib, bu faoliyatni bajaruvchi shaxsning boshqa shaxslar bilan hamkorligi boshqacha qurilishi zarurligini takidlab o'tadi. Yakka
shaxs faoliyatining psixologik tahlili faoliyat sub' ektining boshqa odamlar bilan aloqasini mavhumlashtiradi. Lekin bu mavhumlashtirish nihoyatda muhimligidan qat'i nazar, o'rganilayotgan hodisalarni bir tomonlama yoritish imkonini beradi.
O'qituvchi va o'quvchining hamkorlikdagi faoliyatiga doir tadqiqotlarda, asosiy e'tibor o'zaro munosabatning rivojlanishini o'rganishga qaratilgan, o'qitishni guruhli tashkil qilish jarayoni bayon qilingan.
A.V.Petrovskiy jamoadagi shaxslararo munosabatlar faoliyatdan kelib chiqishini o'rganib, ta'lim jarayonida o'qituvchining o'quvchilar bilan hamkorligini tashkil qilish faqat ularning muloqotga ehtiyojini qondirish vositasi emas, balki o'quv materialini o'zlashtirishning ham vositasi ekanligini ta'kidlagan edi.
Bu muammoga boshqacharoq yondashgan A. A. Bo dalev o'qituvchi bilan o'quvchining munosabati ularning samarali, hamkorligini vujudga keltirish uchun qulaylik yaratishi zarur deb hisoblaydi. Buning uchun o'qituvchilar o'quvchilarning shaxs sifatidagi xususiyatlarini, maqsad va ehtiyojlarini hisobga olishlari shartdir.
Yuqoridagi fikrlarga qaramay, o'zlashtirishning turli bosqichlarida o'qituvchi bilan o'quvchilarning turli hamkorligi qanday uyushtirilishi masalasi hal bo'lgan emas. Binobarin, o'qituvchida o'quv faoliyatini hamkorlik asosida tashkil qilish ko'nikmalari yo'qligi qator muammolarni keltirib chiqarmoqda.
Hamkorlikdagi mahsuldor faoliyatni psixologik jihatdan o'rganishni V.YA.Lyaudis boshchiligidagi psixologlar guruhi amalga oshirdi. Uning asosiy maqsadi yangi psixik fazilatlarning shakllanishida o'qituvchi bilan talaba hamkorligining rolini ifodalash edi. Ushbu nazariyaga binoan o'quv faoliyatining shakllanishi fan asoslarini o'zlashtirishning negizi emas, balki shaxsning ijtimoiy-madaniy qadriyatlarini egallash jarayonidir. Mazkur nazariya asosida o'quv vaziyatini talaba shaxsining rivojlanishidagi «yaqin kamolot zonasi»nigina emas, balki «pertseptiv rivojlanish zonasi»ni ham yaratadigan yo'sinda, loyihalash mumkin.
V.Ya.Lyaudis o'quv vaziyati tarkibidagi 4 ta o'zgaruvchan holatni ko'rsatadi: a) tashkiliy o'quv jarayonining mazmuni (uning xususiyati,o'quvchi o'zlashtiradigan faoliyat dasturi, egallanadigan bilish faoliyatining turlari; b) ta'lim mazmuni va o'quv faoliyati usullarini o'zlashtirish: bir bosqichdan boshqasiga o'tish tartibi, v) talaba bilan o'qituvchining o'zaro ta' siri va hamkorlik sistemasi; g) ta'limdagi o'zgaruvchan omillarning o'zaro aloqasining takomillashuvi.
O'zaro hamkorlikning muhim omili va talabalarning o'zaro munosabati xususiyatini belgilovchi asos o'qituvchi bilan talaba hamkorligining shakllaridir. Hamkorlikdagi o'quv faoliyati (o'qituvchi va talaba munosabatlarining va birgalikdagi xatti-harakatlarining alohida turidirki, u o'zlashtirish ob'ektini, bilish faoliyatining barcha qismlarini qayta qurishni ta' minlaydi.
Hamkorlikdagi o'quv faoliyatining maqsadi o'zlashtiriladigan faoliyat va birgalikdagi harakatlar, munosabat va muloqotning boshqarish mexanizmini
yaratishdir. Hamkorlikdagi faoliyatning mahsuli talabalar mustaqil holda ilgari surgan yangi g'oyalar va o'zlashtirilayotgan faoliyatning mohiyatiga bog'liq maqsadlar va sheriklikda shaxs pozitsiyasini boshqarish istaklarining yuzaga kelishidir. Hamkorlikdagi faoliyat usuli deganda o'qituvchi bilan talabaning birgalikdagi xatti-harakatlarining sistemasini tushunish kerak. Bunday xatti-harakatlar o'qituvchining talabaga ko'rsatadigan yordamidan boshlanadi, talabalarning faolligi asta-sekin o'sa borib, butunlay ularning o'zi boshqaradigan amaliy va aqliy harakatiga aylanadi,o'qituvchi bilan talaba o'rtasida gi munosabat esa sheriklik pozitsiyasi xususiyatiga ega bo'ladi.
Psixologiya fanida hamkorlikning yettita shakli mavjud, ular quyidagilardan iboratdir:
1) faoliyatga kirish, 2) mustaqil harakatlar (o'qituvchi bilan talaba hamkorlikda bajaradilar); 3) o'qituvchi harakatni boshlab beradi va unga talabani jalb etadi; 4) taqlid harakatlari (o'qituvchidan ibrat olgan talaba ana shu namuna asosida harakat qiladi); 5) madad harakatlari (o'qituvchi talabaga oraliq maqsadni va unga erishish usullarini tanlashda yordam beradi hamda oxirgi natijani nazorat qiladi; 6) o'zini-o'zi boshqarish harakatlari (o'qituvchi umumiy maqsadni ko'rsatishda va oxirgi natijani baholashda ishtirok etadi); 7) o'zini o'zi qo'zg'atuvchi harakatlar; 8) o'zini uyushtiruvchi harakatlar.
Shunday qilib, hamkorlikdagi faoliyat usullari birgalikdagi xatti-harakatlar shaklida namoyon bo'lib, unga muloqot davrlari singari mazkur faoliyatning oddiy birliklari deb qarash mumkin. Birgalikdagi harakat davri quyidagicha almashinuvni o'z ichiga oladi: o'qituvchi harakat boshlaydi, talaba uni davom ettiradi yoki tugallaydi:
Oliy ta'limda hamkorlikdagi faoliyatning xususiyatlarini o'rganish va tajribalarda sinab ko'rishning asosiy maqsaditalabalarning bilimlarni o'zlashtirishdagi qiyinchiliklarining sabablarini va manbalarini tadqiq etish hamda ta'lim jarayonida yoki hamkorlikdagi faoliyatda bilimlarni o'zlashtirish samaradorligini oshirishning asosiy omillarini aniqlashdan iboratdir.
Foydalanilgan adabyotlar:
1. 30.10.2020. sanadagi Sh.M.Mirziyoyev raisligida ta'lim sohasidagi muammolar, ularni hal etish va ta'lim sifatini oshirishga bag'ishlangan ma'ruza.
2. Маъмурова, Ф., & Абдуллаева, Н. (2019). ТРЕНИНГ РАЗВИТИЯ СПОСОБНОСТИ МЫШЛЕНИЯ РЕБЕНКА. Экономика и социум, (4 (59)), 501-504.
3. Нажмиддинова, Ё., Абдуллаева, Н., & Давронова, М. (2016). Перспективы адаптации выпускников профессиональных колледжей на производственных предприятиях. European research, (3 (14)), 71-75.
4. Mamurova, F. T., Abdullayeva, N. K., & Qahhorovna, S. M. (2020). Innovative approach and modern trends in the development of science and education. Journal of Critical Reviews, 7(7), 1061-1063.
5. V. Karimova. Psixologiya. Ma'ruzalar matni. T. 2000 y.