Научная статья на тему 'O‘QITISHNING TA’LIMIY METODLARI'

O‘QITISHNING TA’LIMIY METODLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
4388
506
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
didaktik vazifa / fikrlash / ta’lim metodlari / o`qituvchi / o`quvchi / vaziyat.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Alimova Gulchexra Qobilovna, Asrarxanova E’tibor Abduvahob Qizi, Ubaydullayev Abdulla Ismat O‘g‘li, Alimardonova Azizabonu Saydulla Qizi

Didаktikаdа hаli hаm eng munоzаrаli muаmmоlаrdаn biri tа’lim mеtоdlаri tаsnifi mаsаlаsidir. Tа’lim mеtоdlаri o‘quv-tаrbiya jаrаyonining tаrkibiy qismi bo‘lib, ulаrsiz tа’lim mаqsаdi, vаzifаlаrini аmаlgа оshirish, o‘quv mаtеriаllаri mаzmunini o‘zlаshtirish mumkin emаs. Ungа ko‘rа mа’lumоt mаzmunini o‘zgаrtirishgа mоs fаоliyat turlаri tаnlаnаdi, tа’lim jаrаyonidа o`quvchining o‘quvbiluv fаоliyatining аmаl qilishi tаsаvvur etilаdi, tа’lim sub’еktlаri-o‘qitish vа o‘qish fаоliyatlаri o‘zаrо muvоfiqlаshаdi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘QITISHNING TA’LIMIY METODLARI»

O'QITISHNING TA'LIMIY METODLARI

Alimova Gulchexra Qobilovna

Nizomiy nomidagi TDPU Amaliy Psixologiya kafedrasi o'qituvchisi Asrarxanova E'tibor Abduvahob qizi Nizomiy nomidagi TDPU Psixologiya kafedrasi o^qituvchisi Ubaydullayev Abdulla Ismat o'g'li Nizomiy nomidagi TDPU Pedagogika va psixologiya yonalishi 301- guruh talabasi Alimardonova Azizabonu Saydulla qizi Nizomiy nomidagi TDPU talabasi

Annotatsiya: Didaktikada hali ham eng munozarali muammolardan biri ta'lim metodlari tasnifi masalasidir. Ta'lim metodlari o'quv-tarbiya jarayonining tarkibiy qismi bo'lib, ularsiz ta'lim maqsadi, vazifalarini amalga oshirish, o'quv materiallari mazmunini o'zlashtirish mumkin emas. Unga ko'ra ma'lumot mazmunini o'zgartirishga mos faoliyat turlari tanlanadi, ta'lim jarayonida o^quvchining o'quv-biluvfaoliyatining amal qilishi tasavvur etiladi, ta'lim sub'ektlari-o'qitish va o'qish fa-oliyatlari o'zaro muvofiqlashadi.

Tayanch tushunchalar: didaktik vazifa, fikrlash, ta'lim metodlari, o^qituvchi, o^quvchi, vaziyat.

Аннотация: Odna из caMux дискуссшнных npo6MeM в dudaKmuKe - smo Knac-сифитция Memodoe o6pa3oeaHUH. Memodu o6yueHun являются cocmaвнoй чacmъю yHe6Ho-eocnumamenmo8o прoцecca, 6e3 Komopux Heeo3Mo:M!Ho peanrnoeamb цeлu, зaдaчu, ocвoumъ coдepжaнue y4e6Hux мamepuaлoв. В coomвemcmвuu с ним будут eu6paHu виды дeяmeлънocmu, coomвemcmвующue uзмeнeнuю coдepжaнuя uнфop-мaцuu, в oбpaзoвameлънoм npoцecce будem ompaжeнo дeйcmвue y4e6Ho-no3Haea-meлънoй дeяmeлънocmu учeнuкa, a cубъeкmы oбpaзoвaнuя будуm взauмoдeйcmвo-вamъ с oбучaющeй и учeбнoй дeяmeлънocmъю.

Основные понятия: дuдaкmuчecкaя зaдaчa, мышлeнue, мemoды oбpaзoвa-ния, учumeлъ, учeнuк, cumуaцuя.

Ab&ract: One of the mott debatable problems in didactics is the classification of education methods. Training methods are an integral part of the educational process, without which it is impossible to realize goals, tasks, matter the content of educational materials. In accordance with it, activities corresponding to changing the content of information will be selected, the educational process will reflect the action of the educational and cognitive activities of the ttudent, and the subjects of education will interact with educational and educational activities.

Basic concepts: didactic task, thinking, methods of education, teacher, ttudent, situation.

Ta'lim metodlari ham o'quv materiali mazmuniga, binobarin, talabaning ma'lumoti, taraqqiyoti, tarbiyasiga, shuningdek, o'qitish, o'qish faoliyatlarining bir-biriga kirishuvi va shu asosda o'zaro ta'sirning yuzaga chiqishiga yo'nalgan. Masalan, yangi mavzuni o'rgatish va o'rganish uchun suhbat metodi tanlanadi, deylik. Unda mashg'ulotning borishi quyidagicha ko'rinish kasb etadi.

Ta'lim metodlari tarkiban o'qitish metodlari va o'qish metodlaridan iborat. O'qituvchi bilimlarni og'zaki bayon etsa, talabalar uni tinglaydi; o'qituvchi mu&aqil ish topshirsa, o'quvchilar bajarishadi. Bilimlarni og'zaki bayon etish, mu&aqil ishlash kabilar o'qitish metodlari bo'lib, ular vositasida didaktik vazifalar (bilimlarni o'rganish, mu&ahkamlash, takrorlash va sh.k) hal etiladi. Binobarin, o'qituvchi ijtimoiy tajribani yoshlarga o'rgatish ehtiyojidan kelib chiqib, o'z faoliyatini oquvchi faoliyatiga muvofiqlashtiradi. O'qituvchi tushuntirishlarini tinglash, topshiriqlarni bajarish kabilar o'qish metodlari bo'lib, ular vositasida nazariy bilimlarni o'rganish, bilimlarni tatbiq etish kabi intelektual, amaliy topshiriqlar echiladi. Bulardan ko'rinadiki, o'qitish va o'qish metodlari o'zaro muvofiqlashib, ta'lim metodlarining shakllanishiga olib keladi. O'quv-tarbiya jarayonida ta'lim metodlarining samaradorligini oshirish maqsadida o'qitish va o'qish metodlari majmuasidan foydalaniladi. Masalan, ma'ruza metodi tarkiban o'qituvchining o'rganilayotgan mavzuni mantiqiy izchillikka, og'zaki bayon qilishi, o'quvchilarning esa o'quv materiallarini izchil tinglashi kabi metodlardan iborat. Quyida ularning tahliliga biroz toxtalib otamiz.

Og'zaki bayon metodlari. Hikoya, tasvir, suhbat, ma'ruza ta'limning bilimlarni og'zaki bayon qilish metodlari sanaladi. Bu metodlar evri&ik suhbatni hisobga olmaganda, asosan, o'quvchilarning xotirasiga mo'ljallab tashkil etiladi. qurilish jihatidan ularning tarkibi bir xil: o'qituvchi tushuntiradi, o'quvchilar tinglaydilar.

Hikoya. Ta'limning turli bo'g'inlarida qo'llaniladigan universal metodlardan biri hikoyadir. Hikoyaning bir necha xil turi mavjud: kirish hikoyasi- o'quv materialini o'rganishga bolalarni tayyorlash maqsadida o'tkaziladi. Kirish hikoyasi badiiy asarlar bilan tanishtirish, yangi mavzuga oid omillarni eslash, ularni da&labki tahlil etish bilan daxldor metoddir; bayon shaklidagi hikoya- yangi o'quv materialini bevosita idrok etish bilan aloqador metodi sanaladi. Bayon shaklidagi hikoyada o'qituvchi o'quv materiali mazmunini turlicha aytadi, uning asosiy va ikkinchi darajali xususiyatlarini izohlaydi; yakunlovchi hikoya-undan darsning oxirida o'rganilgan mavzuga yakun yasash maqsadida foydalaniladi.

Ma'ruza. Ma'ruza o'rta umumta'lim maktablarining yuqori sinflarida, texnikum va kollejlarda, oliy o'quv yurtlarda foydalaniladigan ta'lim metodi bo'lib, unda o'zaro ta'sir o'qituvchining bayoni va bolalarning tinglashi, ayrim omillar, asosiy g'oya va bog'lanishlarni yozib olish shaklida amal qiladi. Ma'ruza uchun vaqt bolalarning tayyorgarlik darajasi, o'quv materiali hajmiga ko'ra belgilanadi.

Ma'ruza jarayonida o'quvchilarning faolligi, tashabbuskorligini oshirish maqsadida o'qituvchi o'z nutqini ko'rgazmali qurol, darslikda berilgan omillar, muammo va topshiriqlar bilan uyg'unlashtiradi. Ma'ruza jarayonida ko'rgazma qurolidagi omillarni tahlil etishga bolalar diqqatini tortish, o'qituvchi aytgan qoida, ta'rif, aniqliklarni dars materiallariga chog'ishtirish yo'llari bilan bolalar faolligi oshiriladi. Shuningdek, o'quv

rnaterialiga oid terminlarga izoh berish, ayrim o'rinlarda o'quvchilarning o'zlariga xulosa chiqarishni taklif etish talabalarning o'quv-biluv faoliyatining samarador amal qilishini ta'minlaydi.

Suhbat. Suhbat o'qituvchi o'quvchining o'zaro ta'siri dialog shaklida amal qiladigan ta'lim metodidir. Unda mavzu mazmuniga xos, atroflicha o'ylangan, bir-biriga bog'liq savollarni qo'yish va savollarga javob izlash hamda javob qaytarish yo'llari bilan o'qituvchi va o'quvchi faoliyati o'zaro muvofiqlashadi.

Suhbat mohiyati jihatidan ikki turli bo'ladi: evri^ik suhbat; katoxezi^ik suhbat. Evri^ik suhbat o'quvchilarning tafakkuriga mo'ljallangan metod bo'lib, unda o'zaro ta'sir o'qituvchi savollari bolalarning javoblari shaklida amal qiladi. Evri^ik suhbat uzoq tarixga ega bo'lib, undan qadimgi Gretsiyada Sokrat mohirona foydalangan.

U hozirgi ilmiy-didaktik tadqiqotlarda «izlanish suhbati» ham deb yuritaladi. Evri^ik suhbatning qator ijobiy tomonlari mavjud; ijodiy yo'l bilan o'quv materialini o'rganish; o'zlashtirishning individual xarakter kasb etishi. Bu metodning salbiy tomonlari ham bor. Masalan, ma'ruza, hikoya vaqtni tejash nuqtai nazaridan eng masalador metodlar sanalsa, vaqtni ko'p olishi, evri^ik suhbatning kamchiligidir.

Katoxezi^ik suhbat o'quvchilarning xotirasiga, binobarin, qayta esga tushirish faoliyatiga mo'ljallab o'tkaziladi. O'tkazish maqsadiga ko'ra katoxezi^ik suhbatning quyidagicha turlari mavjud:

Yakunlash suhbati. Bunday suhbatda mashg'ulotda qilingan ishlar bo'yicha umumiy va yakuniy xulosa chiqariladi.

Mu^ahkamlash suhbati-yangi mavzu tushuntirilgandan keyin o'tkaziladi, so'ngra yangi mavzu intellektual va amaliy topshiriqlar bajariladi.

Takrorlash suhbati-ikki yoki undan ortiq mavzu bo'yicha o'tkaziladi. Takrorlash yo'li bilan malakalar takomillashtiriladi. Umumlashtiruvchi suhbat-katta bo'lim o'tilgandan so'ng, o'quv boshida, oxirida tashkil etiladi.

Kirish suhbati-yangi mavzuni o'rganishdan oldin o'tkaziladi. Nazorat suhbat-bilimlarni sinab ko'rish maqsadida tashkil etiladi.

Bilimlarni og'zaki bayon etish metodlari, evri^ik suhbatni hisobga olganda, asosan, xotiraga, binobarin, o'quvchilarning qayta eslash faoliyatiga mo'ljallab tashkil etiladi. Hikoya, tasvir, ma'ruza, suhbat metodlarining zaif tomoni ham shunda. Ularning zaif tomonlarini bartaraf etish, o'quvchilarni ta'lim jarayonining faol subyektiga aylantirish uchun rag'batlantiruvchi metodlardan foydalanish kerak bo'ladi.

Ko'rgazmali metodlar.

Ko'rgazmalilik didaktikada eng asosiy qoida bo'lib, uning yordamida ko'ruv o'quvi va tafakkur o'zaro uyg'unlashadi. Ko'rgazmali metodlarning quyidagicha turlari mavjud:

Illyu^ratsiya metodi og'zaki bayon qila turib, rasmlar, chizmalar, jadvallar, doskadagi yozuvlarga diqqatni tortish.

Demon^ratsiya metodi-kinoapparat, texnik vositalar asosida, shuningdek, televizor eshittirishlaridan, videotasvirdardan foydalanib, kinolentalarni, turli tasvirlarni namoyish qiladi.

Tabiiy ko'rgazmalar-narsalarning o'zi, predmetlar, turli jonivorlarning mulyajlarini

ko'rsatish. Ko'rgazmali metodlar eshitish va ko'rish o'quvlarini o'zaro uyg'unlashtirish vositasi hisoblanadi. Shu tufayli ulardan bilimlarni og'zaki bayon qilish metodlari bilan yonma-yon foydalanish ta'limning samaradorligini oshiradi.

Muаmmоli izhmish mеtоdlаri.

Muammoli izlanish turidagi metodlar o'quvchilarning tafakkuriga, binobarin, ularning ijodiy faoliyatiga yo'nalgan ta'lim metodidir. Bu metodlar asosida o'quv-tarbiya ishlari tashkil etilganda o'qituvchi va o'quvchilarning o'zaro ta'siri quyidagicha umumiy ko'rinishga ega bo'ladi.Muammoli izlanish metodlari ham maktab tajribasida sof holda qo'llanilmaydi. Muammolarni qo'yish, ularni izohlashda suhbat, hikoyadan ham foydalaniladi. Shuningdek, ma'ruza o'qib turgan paytda turli o'quv topshiriqlari, muammolar ham hal etiladi. Ko'rgazma qurollar vositasida bolalarga eksperimental (sinov) topshiriqlar beriladi. Ana shularga ko'ra muammoli-izlanish metodlarining quyidagi turlari farqlanadi.

Muammoli hikoya-o'rganilayotgan mavzu doirasida hikoya boshida, hikoya davomida, hikoya oxirida bolalar oldiga muammolar qo'yib, ularning mavzuga qiziqishlarini oshirish yo'lidir.

Muammoli ma'ruza-ma'ruzadan oldin o'quvchilarni mavzuga qiziqtirish maqsadida yoki ma'ruza oxirida o'quvchilar oldiga muammolar qo'yish yo'li bilan ta'lim maqsadiga erishishdir. O'quv materialining asosiy qismini ma'ruza vositasida, nisbatan oson qismini topshiriqlarni bajarish, muammolarni qo'yish yo'li bilan ham o'rgansa bo'ladi.

Mu^qil ishtesh mеtоdlаri

Mu&aqil ishlar ta'limning turli guruhlari, sikllarida, darsning barcha bosqichlarida o'tkaziladigan, o'qituvchining bevosita ishtirokisiz, ammo uning ko'rsatmalari, rahbarligida bajariladigan intellektual va amaliy topshiriqlardir. Hozirgi paytda mu&aqil ishlarning quyidagi turlaridan foydalaniladi.

Darslikdagi qoidalar va ta'riflar u&ida mu&aqil ishlash: darslikdagi qoida va ta'rifni o'qish va ularga oid omillarni ajratish; o'qituvchi bergan, o'qituvchi topshirig'iga ko'ra to'plagan omillarni tahlil etish va xulosa chiqarish; darslikning ayrim betlarini tanlab o'qish va shu bilimlardan amaliyotda foydalanish yo'lllari to'g'risida qisqacha hisobot tayyorlash; qoida, ta'riflarni mantiqiy qismlarga ajratish va terminlarga izoh yozish; darslik, o'quv qo'llanmalarni va qo'shimcha adabiyotlardan o'rganilgan mavzu doirasida omil to'plash; ma'ruza, hikoya, suhbat paytida o'qituvchi chiqargan xulosalarni darslikdagi qoida, ta'rif aniqliklariga chog'ishtirish.

Darslikdagi amaliy materiallar u&ida mu&aqil ishlash: darslikdagi mashq, misol va masalalar variantlar asosida musobaqalashib bajarish; darslikdagi amaliy materiallar asosida turli diagramma, jadval, chizmalar tayyorlash; laboratoriya mashg'ulotlarini o'tkazish rejasini tuzish.

Mashg'ulotlarda turli mu&aqil ishlarni bajarish bolalarda mu&aqillikni tarbiyalaydi. Mu&aqillik esa shaxsiy sifat hisoblanadi. Mu&aqil ishlash metodlaridan foydalanishda qator qoidalarga rioya qilinadi; o'quvchilarni mu&aqil ishlashga tayyorlash; mu&aqil ishlarning tushunarli bo'lishi; mu&aqil ish uchun yetarli vaqt ajratish; mu&aqil ish natijasini tekshirish.

Didaktik o'yinlar metodi.

Keyingi yillarda ilg'or o'qituvchilar tajribasida didaktik o'yinlardan ta'lim metodlari sifatida foydalanish odat tusini olib bormoqda. Didaktik o'yinlarning samaradorligi shundaki, ular vositasida o'quv-tarbiya ishlari hayotga yaqinlashtiriladi, shuningdek, ularning har birida bilimlarni og'zaki bayon etish, ko'rgazmali, amaliy metodlarning elementlari qo'llaniladi. Shu xususiyatlariga ko'ra didaktik o'yinlar sintetik xarakterga ega. Ularning quyidagicha turlari mavjud:

Simulyativ o'yin-ta'limni hayotda bo'lib o'tgan ijtimoiy voqealarga tenglashtirish, ularga muqoyasa qilib tashkil etish va boshqarish metodidir. Bu o'yindan psixologiya tarixi darslarida unumli foydalanish mumkin.

Simulyativ o'yinlarning bir ko'rinishi in^senirovka (rollarga ajratib o'qish) metodidir. Psixodrama, psixologik maslahat jarayonini roli taqsimorda bajarish yoki, psixologik muammo va vaziyatni o'yinlar orqali namoyish etish orqali tasavvurlarni hosil qilish.

Situativ o'yinlar ham a^a-sekin oliy ta'limga, maktab ta'limiga o'z o'rnini va ahamiyatini ko'rsatmoqda. Konsultatsiya, terapiya, nizolar kabi turli hayotiy yoki kasbiy vaziyatlar mohiyatidan kelib chiqib, ta'limni tashkil etish va boshqarish situativ o'yinlar sirasiga kiradi.

Xulosa o'rnida shuni aytish kerakki, ta'lim mazmunidan kelib chiqib, unga qo'llaniladigan metodlar darsning samarasini va pedagogning nufuzini oshiradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Бaтыршинa А. Р. Тexнoлoгия oргaнизaции сaмoстoятeльнoй pa6ora студeн-tob // Bbi^ee o6pasoBaH^ ^годня. - 2008. - № 9. - С. 82 - 84.

2. Ba4KoB И.В. Мeтoдикa прeпoдaвaния псиxoлoгии: Y4e6Hoe noco6^ / И.В. Ba4KoB. - М.: Ось-89, 2008. - 208 с.

3. Вeрбицкий А.А. Нoвaя oбрaзoвaтeльнaя пaрaдигмa и KoHTeKcraoe o6y4e-нда.- М.: Исслeдoвaтeльский цeнтр прoблeм Ka4ecTBa пoдгoтoвки спeциaлистoв, 1999. - 75 с.

4. Xaydarov F.I. Xalilova N.I. Psixologiya fanlarini o'qitish metodikasi. -Toshkent, 2007.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.