Научная статья на тему 'O‘QISH SAVODXONLIGIDA RAQAMLI MA’LUMOTLAR BILAN ISHLASHNING AHAMIYATI'

O‘QISH SAVODXONLIGIDA RAQAMLI MA’LUMOTLAR BILAN ISHLASHNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

6
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kampyuter / texnologiya / format / afisha / o„qish savodxonligi / noutbuk / planshet / smartfon.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Emina Sa’dulloyevna Achilova

Maqolada raqamli ma‟lumotlar bilan ishlash savodxonligi haqida fikrmulohazalar bildirilgan. O„qish savodxonligida kampyuter texnologiyalarning afzalliklari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘QISH SAVODXONLIGIDA RAQAMLI MA’LUMOTLAR BILAN ISHLASHNING AHAMIYATI»

g

O'QISH SAVODXONLIGIDA RAQAMLI MA'LUMOTLAR BILAN

ISHLASHNING AHAMIYATI

Emina Sa'dulloyevna Achilova

CHDPU o'zbek adabiyotshunosligi kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Maqolada raqamli ma'lumotlar bilan ishlash savodxonligi haqida fikr-mulohazalar bildirilgan. O'qish savodxonligida kampyuter texnologiyalarning afzalliklari yoritilgan.

Kalit so'zlar: kampyuter, texnologiya, format, afisha, o'qish savodxonligi, noutbuk, planshet, smartfon.

The article provides feedback on the literacy of working with digital data. In the field of reading literacy, the advantages of computer technology are highlighted.

Keywords: computer, technology, format, poster, reading literacy, laptop, tablet, smartphone.

Hozirda insonlarning o'qib-tushunish ko'nikmasi 20 yil avvalgidan katta farq qiladi. 1990 - yillarning o'rtalariga qadar insonlar asosan yozma ma'lumotlarni mutolaa qilar edi. Bolalar adabiyotidan katta hajmdagi katta yoshdagi kitobxonlar uchun nashrdan chiqarilgan asarlargacha, kichik hajmli varaqalardan qomuslargacha, gazeta va jurnallardan tortib, ilmiy jurnal va adabiyotlargacha va murojaat blankalaridan to reklama afishalarigacha turli shakl, format va vositalar yordamida chop etiladigan yozma adabiyotlar mavjud bo'lgan va hamon nashr etib kelinmoqda. 90 - yillarning boshlarida juda kam sonli odamlargina kompyuterga ega bo'lgan bo'lib, bu kompyuterlarning ko'pchiligi oddiy uy kompyuterlari yoki universal elektron hisoblash mashinalari edi. Juda kam sonli odamlargina o'zlarining shaxsiy noutbuklariga ega edi. Raqamli planshetlar va smartfonlardan foydalanish hali ommalashib ulgurmagan edi. Ma'lum foydalanuvchilargina kompyuter yordamida o'qir edi, xususan, ilmiy yoki texnik ma'lumotlar bilan ishlaydigan ixtisoslashgan mutaxassislargina kompyuter yordamida ma'lumotlarni o'qir edilar. Bundan tashqari, kompyuter erkanlarining sifati uncha yaxshi bo'lmagani tufayli kompyuter yordamida o'qish jarayoni yozma materiallarini o'qishga qaraganda birmuncha sekin, xatoliklarga

ABSTRACT

to'la va ancha qiyinchilik tug'dirar edi. Avvaliga "zerikarli va bir

October 20, 2023

g

qolipga solingan" yozma matnlardan kitobxonni "ozod qilish" vositasi, deb ta'riflanib, keyinchalik internet sahiflariga joylashtiriladigan elektron matnlar texnologiyasi yuzaga kelib, raqamli ma'lumotlar safihalarini internet orqali uzatilishi kitobxonlarni turli ma'lumotlar bilan tezlikda ishlash imkonini yaratdi, internet rivojlanishning erta bosqichida bo'lishiga qaramasdan, bu, o'z navbatida, aqliy yukalamalarni oshishiga va insonlarni vaqt va zamon nutai nazardan nomutanosib faollashuviga olib keldi. Bunday yuzaga kelgan o'zgarish o'qish savodxonligini ko'nikma sifatida ta'riflash uchun muhim asos bo'la oladi. Birinchidan, insonlar onlayn tarzda o'qiydigan matnlar an'anaviy yozma matnlardan farq qiladi. Ma'lumotlardan ko'proq foydalanish maqsadida kommunikatsiya va boshqa xizmat turlari raqamli qurilmalar orqali taklif etilmoqda, onlayn foydalanuvchilar kichik hajmli displeylar, ko'zga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi ekranlardan va rang-barang veb sahifalardan foydalanishlariga majbur bo'lmoqdalar. Bundan tashqari, elektron pochta, qisqa elektron yozishma dasturlar, elektron ko'rinishidagi forumlar va ijtimoiy tarmoq ilovalari kabi raqamli kommunikatsiya vositalarining yangidanyangi avlodlari paydo bo'ldi. Shuni e'tiborga olish lozimki, bu raqamli texnologiyaning rivojlanishi bilan qator turli ma'lumotlar ichidan insonlar o'zlariga mosini qidirib o'qishlari kerakligini anglatadi.

Zamonaviy elektron qurilamar va ilovalardan foydalanishlari uchun ulardan informatsion kommunikatsiya texnologiyalariga oid bilimga ega bo'lishlari talab etiladi. Shuningdek, ular elektron qidiruv panellari, menyulari, linklari, tablari, boshqa elektron safihalar va funksiyalardan foydalanish orqali o'zlariga kerak bo'lgan matnlarni qidirib, topishlari ham kerak. Hayratlanarli darajada ko'p ma'lumotlarning internet orqali almashinuvi natjasida undan foydalanuvchilari ham ko'p ma'ulmotlar ichidan o'zlariga keraklisini tanlay olishi va ularni sifati va ishonchliligiga ko'ra ajrata olishlari kerak. Shu o'rinda aytib o'tish joizki, foydalanuvchilar ma'lumotlarni talqin qilish, ular orasidagi ehtimoliy nomutanosibliklar va ixtiloflarni aniqlash va bartaraf etish uchun matnlarni o'qibtusuhnishlari talab etiladi. Matnlar bilan bunday usulda ishlash qayday turdagi matn qayta ishlanayotganiniga ta'sir ko'rsatadi. Tajribaliroq foydalanuvchilar alohida vazifalarni bajarish uchun talab etilgan strategiyalarni tanlashga harakat qiladi. Yaxshiroq foydalanuvchi esa keraksiz matnlar yoki safihalarni o'qimasdan, kerakli safihalarni tezlik bilan topishga harakat qiladi. Shunday qilib, dunyoning ko'p qismida, insonning jamiyatda faol ishtirok etishi va o'z oldiga qo'ygan maqsadlariga erishishi uchun kerakli qobiliyatlarini ishga solish quroli bu raqamli ma'lumotlarni mohirona o'qish ko'nikmasi hisoblanadi.

October 20, 2023

g

g

REFERENCES

1. Achilova, E. S. (2022). ARTISTIC PSYCHOLOGY ON THE EXAMPLE OF THE WORK "SPRING DOES NOT RETURN". AnInternational Multidisciplinary Research Journal, 11(10), 1991-1994

2. ACHILOVA, E. (2022). SUJET, OBRAZ, USLUB XUSUSIYATLARI. Til va adabiyot ta'limi, 3(1), 26-27

3. Achilova, E. (2022). O'tkir Hoshimovning "Urushning so'nggi qurboni" hikoyasidagi psixologik tasvir. Til va adabiyot ta'limi, 1(1), 40-42

4. ACHILOVA, E. (2021). O'TKIR HOSHIMOV ASARLARIDA BADIIY PSIXOLOGIZM MUAMMOSI. "XALQ TA'LIMI", 5(1), 88-91.

5. 3yHHyHOB A., XoTaMOB H., 3COHOB Aga6HeT yKuram MeToguKacu. YKyB KynnaHMa. -T.: YKHTyBHH, 2009. - 329 6.

6. Usmonova, R. (2020). Improving Listening Skill in Foreign Languages. International Engineering Journal for Research and Development, 5(1), 197-204.

7. To'xliyev B. Adabiyot o'qitish metodikasi. O'quv qollanma. T.: Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2010. 167-b.

8. O'qish savodxonligi qamrov doirasi. PISA 2018. T: 2021

October 20, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.