Научная статья на тему 'O‘NLIK SONLARNING LINGVOMADANIY TADQIQI XUSUSIDA'

O‘NLIK SONLARNING LINGVOMADANIY TADQIQI XUSUSIDA Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
62
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o‘nlik son / raqam / simvolizm / madaniyat / lingkulturologiya / “raqamli tafakkur” / belgi / folklor. / десятичное число / число / символика / культура / лингвокультурология / “цифровое мышление” / символ / фольклор.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Abdirayimov Anvarjon Oribjon O‘G‘Li

O‘nlik sonlar barcha til madaniyatlarida olamni psixik kognitiv idrok etishning o‘ziga xos xususiyatlarining ko‘rinishi sifatida madaniy-kontseptual tizimning alohida mustaqil segmenti tarzida namoyon bo‘ladi. Ma’lum bo‘lishicha, qadim zamonlardan beri odamlar turmushda ayrim sonlarni qo‘llashda turg‘un an’analarni yaratganlar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ПО ЛИНГВОКУЛЬТУРОЛОГИИ ДЕСЯТИЧНЫХ ЧИСЕЛ

десятичные числа проявляются во всех языковых культурах в виде отдельного самостоятельного сегмента культурно-понятийной системы как проявление особенностей психического познавательного восприятия мира. Оказывается, с древних времен у людей сложилась устойчивая традиция использования определенных чисел в браке.

Текст научной работы на тему «O‘NLIK SONLARNING LINGVOMADANIY TADQIQI XUSUSIDA»

O'NLIK SONLARNING LINGVOMADANIY TADQIQI XUSUSIDA Abdirayimov Anvarjon Oribjon o'g'li

ADU, 2-bosqich doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7821258

Annotatsiya: O'nlik sonlar barcha til madaniyatlarida olamni psixik kognitiv idrok etishning o'ziga xos xususiyatlarining ko'rinishi sifatida madaniy-kontseptual tizimning alohida mustaqil segmenti tarzida namoyon bo'ladi. Ma'lum bo'lishicha, qadim zamonlardan beri odamlar turmushda ayrim sonlarni qo'llashda turg'un an'analarni yaratganlar.

Kalit so'zlar: o'nlik son, raqam, simvolizm, madaniyat, lingkulturologiya, "raqamli tafakkur", belgi, folklor.

ПО ЛИНГВОКУЛЬТУРОЛОГИИ ДЕСЯТИЧНЫХ ЧИСЕЛ

Аннотация: десятичные числа проявляются во всех языковых культурах в виде отдельного самостоятельного сегмента культурно-понятийной системы как проявление особенностей психического познавательного восприятия мира. Оказывается, с древних времен у людей сложилась устойчивая традиция использования определенных чисел в браке.

Ключевые слова: десятичное число, число, символика, культура, лингвокультурология, "цифровое мышление", символ, фольклор.

ON LINGUISTIC AND CULTURAL STUDY OF DECIMAL NUMBERS

Abstract: decimal numbers are manifested in the style of a separate independent segment of the cultural-conceptual system as a manifestation of the peculiarities of the psychic cognitive perception of the universe in all linguistic cultures. It turns out that since ancient times, people have created stagnant traditions in the use of certain numbers in marriage.

Keywords: decimal number, number, symbolism, culture, lingculturology, "digital thinking", sign, folklore.

KIRISH

Raqamli simvolizmning tadqiq natijalari shuni ko'rsatadiki, Yevropa va turkiy madaniyatlarning mifologik va diniy kelib chiqishi tufayli turli madaniyatlarda raqamlarni idrok etish, tushunish turlichadir. Bilamizki, turkiy madaniyat turli din va madaniyatlarning omuxtalashuvi natijasida yuzaga kelgan, shuning uchun ham turkiy madaniyat Yevropa madaniyatiga qaraganda raqamli ramzlarga boyroqdir. G'arb madaniyatida raqam tushunchasini ma'qullashning asosiy omili xristianlik, xristianlikning asosi esa qadimgi yunon falsafasi edi. Binobarin, G'arb madaniyatidagi raqamlar bilan bog'liq tushunchalar ularga bo'lgan e'tiqod uchun ko'proq pragmatik va biroz ilmiy asosga ega. Bu ularni tahlil qilish va shakllanishini kuzatishni osonlashtiradi.

Dunyodagi xalqlarning o'ziga xos madaniyati, mentaliteti mavjud ekanki, "raqamli dunyoqarash" hamda "raqamli tafakkur" ham turlicha akslanadi. Ularning semasi har bir xalq kognitiv olamida xayrli yoki mash'um tarzda kodlanadi. Lekin shuni ham yodda tutish kerakki, ba'zi mamlakatlarda "omadsiz" hisoblangan raqamlar boshqa mamlakat madaniyatida "omadli" hisoblanadi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Ko'p odamlar sonlarni shunchaki miqdorni ifodalash uchun qo'llaniluvchi birliklar deb bilishadi, chunki ular doimo bizning kundalik yumushlarimizda uchraydi. Biroq ba'zi madaniyatlar uchun raqamlarning ma'nosi qadimgi an'analar va madaniy e'tiqodlarga mos keladi.

Hayot yo'li bilan bog'liq bo'lgan ba'zi raqamlar ortida chuqur ruhiy ma'nolar yashiringan. Ma'naviy ma'nodan tashqari ko'plab raqamlar chuqurroq ramziy ma'noga ega va turli madaniyatlarda jismoniy dunyoga qanday ta'sir qilishini tushunish uchun bu ma'nolarni yanada kengroq anglash muhimdir.

Demak, son faqat mavhum tuzilma, bir borliq ichidagi turli toifalarning potensial dialektikasi emas, u o'zining asosiy xususiyatlarini til orqali amalga oshiradigan ko'p o'lchovli tushunchadir.

O'nlik sonlar barcha til madaniyatlarida olamni psixik kognitiv idrok etishning o'ziga xos xususiyatlarining ko'rinishi sifatida madaniy-kontseptual tizimning alohida mustaqil segmenti tarzida namoyon bo'ladi. Ma'lum bo'lishicha, qadim zamonlardan beri odamlar turmushda ayrim sonlarni qo'llashda turg'un an'analarni yaratganlar. Dastlabki sonlar o'ylab topilgan kundan tortib sanoq usullari takomillashib ketgan hozirgi davrlargacha o'tgan vaqt ichida sonlar haqida xilma-xil tasavvurlar paydo bo'lgan, qanchadan qancha afsona-yu hikoyatlar yaratilgan.

Insoniyat tafakkurining eng buyuk kashfiyotlaridan biri bo'lgan o'nlik sanoq usuli qadimgi odamlar uchun olamshumul hodisa hisoblangan. Hozir hatto boshlang'ich sinf o'quvchisi birpasda aytib beradigan o'nta sonning paydo bo'lishi uchun esa aslida juda uzoq vaqt zarur bo'lgan. Shuning uchun ham birdan o'ngacha bo'lgan sonlar haqidagi qadimiy tasavvurlar xalqimiz xotirasida uzoq vaqtlardan buyon saqlanib qolgan. Keyinchalik xalq ijodiyotida, kundalik turmushda qo'llaniladigan an'anaviy sonlar paydo bo'ldi. Bu g'aroyib xususiyatli sonlar jahonning barcha xalqlari madaniyatida, xususan, folklorida ham mavjud bo'lib, ular "sehrli sonlar" deyiladi. O'zbek xalq og'zaki ijodiyotida o'ziga xos an'anaviy badiiy silsila sifatida qo'llaniladigan uch, to'rt, besh, yetti, to'qqiz va qirq sonlari ana shunday tafakkur mo'jizalari hisoblanadi.

TADQIQOT NATIJALARI

Nutqimizga e'tibor bersak, sonlar bilan bog'liq ibora va tushunchalar juda ko'p. Sonlar bilan bog'liq tushunchalarni o'rganishdan oldin, avvalo, sonlar tarixiga bir nazar solish maqsadga muvofiq bo'ladi. Ibtidoiy odamlarning kundalik ehtiyojlari tufayli maxsus belgilarga ehtiyoj tug'ila boshlagan. Dastlab ular sonlarni so'zlar orqali ifodalashgan. Keyinchalik misrliklar va bobilliklar sonlarni yaratishdi. Miloddan avvalgi 3000-2500-yillar misrliklar sonlarni ifodalash maqsadida maxsus rasm-belgilardan foydalanishgan. Asosan, 1, 10, 60, 100 sonlarini ifodalash mil.avv 2000-yil boshlarida mixxat belgilaridan foydalanildi. Shuningdek, qadim o'tmishda inson molining nechtaligini ko'rsatmoqchi bo'lsa, sanoqni bilmaganidan katta qopga molining miqdoricha tosh solib yurgan. Mollarning soni qanchalik ko'p bo'lsa, qop ham shunchalik katta bo'lgan. Bugungi kunda hamma biladigan va qo'llaydigan "kalkulyator" so'zi lotincha "kalkulyus", ya'ni "tosh" so'zidan olinganligi ham yuqoridagi fikrimiz dalili bo'la oladi.

Vaqtlar o'tgan sari sonlar inson hayotining ajralmas bo'lagiga aylandi, u bilan bog'liq juda ko'plab tushunchalar paydo bo'ldi. Jumladan, uch, besh, yetti, to'qqiz, qirq sonlariga turmushimizda ko'p bora duchor bo'lamiz. Jumladan, jonli so'zlashuvda "ko'zi to'rt bo'lmoq", "to'rt tomoning qibla" kabi iboralar, "yetti o'lchab, bir kes", "yeridan ayrilgan yetti yil yig'lar" maqollari hamda "pak-pakana bo'yi bor, yetti qavat to'ni bor" kabi topishmoqlarni ko'p bora ishlatamiz.

Sonlar kundalik turmushimizda bevosita namoyon bo'ladi. Keksalar suhbatiga quloq tutilsa, ishbilarmon, tadbirkor, epchil insonlarga nisbatan "qilni qirq yoradigan" iborasi qo'llanadi. Nega aynan qilni qirqtaga bo'lish kerak? Yigirmata yoki o'ttiztaga emas? Chunki bu o'rinda "qirq" soni "juda ko'p", "son-sanoqsiz" kabi ma'nolarni ifodalaydi. Shuningdek,

"qirqiga chidagan qirq biriga ham chidash kerak", "qirq quloqli qozon", "qirq kokilli qiz" kabi birliklarda ham ana shu ma'no ifodalangan.

Faqat "qirq" soniga oid emas, balki boshqa sonlarga doir tushunchalar ham mavjud. Masalan, namozda ko'p amallarning uch martadan bajarilishi, ertak va dostonlarda uch kecha-yu uch kunduz to'y qilinishi, uch og'a-ini botirlar kabi tushuncha va nomlar; Alloh taoloning maskani arshi-a'lo yaqinida to'rt farishta borligi(Jabroil alayhissalom - ilohiy xabarni yetkazuvchi, Mikoyil alayhissalom - koinotdagi tartibni nazorat qilib turuvchi, Isrofil alayhissalom - maxsus burg'uni chalib, qiyomatdan darak beruvchi, Azroil alayhissalom -odamlarningjonini oluvchi farishtalardir), "ko'zi to'rt bo'lmoq", "to'rt tomoning qibla" kabi diniy tushuncha va iboralar; "besh vaqt namoz o'qimoq", "besh kunlik dunyo", "ajalidan besh kun burun o'lmoq", "besh qo'l barobar emas" kabi islomiy nom hamda hayotiy frazemalar ham ko'plab uchraydi.

MUHOKAMA

Xo'sh, sonlarning nima sehri borki, ularga bu qadar katta ahamiyat beriladi? Ma'lum bo'lishicha, qadim zamonlardan beri odamlar turmushda ayrim sonlarni qo'llashda turg'un an'analarni yaratganlar. Shuning uchun bo'lsa kerak, birdan o'ngacha bo'lgan sonlar haqidagi qadimiy tasavvurlar xalqimiz xotirasida uzoq vaqtlardan buyon saqlanib qolgan.

Yillar o'tgani sari sonlar insoniyatning ajralmas qismiga aylandi, Hatto ba'zi yevropaliklar irimlarga ishonib, sonlarni ilohiylashtirdilar va o'z turmush tarzini sonlar asosida qurdilar. Makao universitetining professori Desmond Lemning fikriga ko'ra, irim qilish odamlarga tasavvurini nazorat qilishni xohlashadi. Albatta, bu ko'pincha amalga oshmaganda xayollaridagi nazoratga erishish uchun irimlarga berilishadi. Ular "omadli - omadsiz", "salbiy - ijobiy" , shuningdek, "sehrli", "sirli" kabi sonlarni o'ylab topishdi. Jumladan, yetti soni ayrim xalqlarda baxt-saodat keltiruvchi "sirli son" sifatida talqin etiladi. Ayniqsa, ko'pgina xalqlarda 13 soni "xosiyatsiz" hisoblanadi. Masalan, ba'zi Yevropa mamlakatlarida aviayuklarni tashishda iloji boricha 13 sonidan qochishga harakat qilishadi.

Deyarli har bir dunyo dini o'zining "xosiyatli" va "xosiyatsiz son"lariga egadir. Shu sonlarga doir tushunchalar ham o'ziga xos. Yuqorida ta'kidlaganimizdek, "qirq" sonini ham "xosiyatli" son sifatida talqin etib, u bilan bog'liq ko'plab tushunchalar mavjud bo'lgan. Ayniqsa, "qirq kunlik" alohida ahamiyatga ega:

1. Bobilda qirq kun osmondan yomg'ir yog'gan, bo'ron va suv toshqini

bo'lgan va bu xavfli, deb hisoblashgan;

2. rimliklarga kelgan kemalar qirq kun mobaynida karantinga joylashtirilgan

va karantin so'zi "qirq" so'zidan kelib chiqqan;

3. Qadimgi Misrda o'limdan qirq kun o'tib, Osiris g'oyib bo'lgan va bu ularda

ro'za davri hisoblangan.

Shuningdek, "qirq yil" ham o'ziga xos ahamiyatga egadir.

• qirq yil davomida Ilyos Isroilni boshqaradi;

• Dovud va Sulaymon payg'ambarlar qirq yil hukmronlik qilishadi.

Hozirda Xitoy davlatida qirq soni bilan bog'liq ajoyib odat bor ekan. Xitoyning janubiy qismidagi Yunnan viloyati yashovchi myao va yao xalqlarida ona ko'zi yorigach, darhol uy ishlarini qila boshlaydi , ota esa onaning o'rniga yotib olib, qirq kungacha turmaydi. Tavallud topgan farzandni va uning onasini ins-jinslardan himoyalash, ins-jinslarni chalg'itish maqsadida

ona o'zida hech qanday o'zgarish ro'y bermaganligini amalda isbotlashi uchun shunday qilishar ekan. Ularning e'tiqodicha, ins-jinslar yangi chaqaloqqa va uning onasiga o'ch bo'lar emish.

XX asrdan boshlab ayrim olimlar xalq og'zaki ijodiyotida, kundalik turmushdagi marosim va udumlarda ba'zi sonlarga alohida e'tibor berilishini qayd qilib, bunday sonlarga e'tiqod qo'yish an'anasining paydo bo'lish sabablarini aniqlashga harakat qilgan bo'lsalar-da, "sirli" sonlar muammosi folklorshunoslik ilmida haligacha maxsus talqin qilinganicha yo'q. Dunyoning turli mintaqalarida istiqomat qilgan va qadimiy ajdodlarining mifologik qarashlarini ko'proq saqlab qolgan elatlar hayotini sinchiklab o'rgangan E.R.Taylor, L.Levi-Bryul, E.Leffler kabi etnograflar ibtidoiy sanoq usullarining paydo bo'lishi natijasida ayrim sonlar bilan bog'liq e'tiqodiy ishonchlar kelib chiqqanligini alohida ta'kidlashgan. A.V.Vasilyev, D.O.Shepping, I.I.Chistyakovlar "sehrli sonlar" bilan aloqador xurofiy tushunchalarning ilmiy mohiyatini yoritib berishgan bo'lsa, Yu.M.Lotman, A.Ya.Sirkin, V.N.Toporov, V.V.Ivanov, B.L.Ogibenin, A.I.Borodin, M.L.Chlenov kabi olimlarning tadqiqotlarida ham "g'aroyib" sonlar haqidagi qiziqarli ma'lumotlar mavjud.

Sonlarning linvopoetik xususiyatlarini o'rgangan olimlar maqol, xalq qo'shiqlari va eposda qo'llaniluvchi ayrim sonlar o'ziga xos ma'no anglatishini alohida qayd etib o'tganlar. Xususan, sonlarni folklor elementi sifatida o'rganishga kirishgan ilk tadqiqotchisi bolgariyalik Z.P.Ivanovdir. Uning 1921-yilda e'lon qilingan maqolasida bolgar xalq lirik qo'shiqlaridagi "tipik sonlar" tahlil etilgan. Ammo bu asar, asosan, sonlar qo'llanilgan qo'shiqlar bayonidan iborat bo'lib, "sehrli sonlar"ning paydo bo'lishi, turlari, funksional-semantik xususiyatlari haqida ma'lumot berilmagan.

XULOSA

Ko'rinib turibdiki, "xosiyatli" va "xosiyatsiz son"lar alohida badiiy hodisa sifatida o'rganilmagan. Bunday sonlar haqidagi qarashlarining paydo bo'lishi ibtidoiy marosim va udumlarda son ramzlari tarzida qo'llanilishi, sonlarning mifologik tushuncha anglatuvchi belgidan folklor asarlaridagi badiiy unsurga aylanishini kengroq tadqiq qilish, asoslash zarurdir.

Adabiyotlar:

1. V.Rafiqov/Qiziqarli geografiya/" Sharq"NMAK/ Toshkent- 2010.

2. Топоров В. Н. К семантике троичности. Москва. 1979;

3. https://haqida su/sonlar/04.03 2018

4. wiki.arxiv.uz/16.07.2014

5. zamin.uz

6. https://www.bbc.com/13.07.2012

7. https://ppza.ru/uz

8. https://ppts:ru.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.