Научная статья на тему 'O‘ GENRI HIKOYALARI JOZIBADORLIGIDA KINOYA VA ISTEHZONING O‘RNI VA ULARNING TARJIMADA QAYTA TIKLANISHI'

O‘ GENRI HIKOYALARI JOZIBADORLIGIDA KINOYA VA ISTEHZONING O‘RNI VA ULARNING TARJIMADA QAYTA TIKLANISHI Текст научной статьи по специальности «Технологии материалов»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Research Focus
Ключевые слова
kinoya / istehzo / tarjima / asl matn / hikoya / ирония / ирония / перевод / оригинальный текст / рассказ.

Аннотация научной статьи по технологиям материалов, автор научной работы — Matchanova Mohinur Otabek Qizi

O‘ Genri inson tabiati, ruhiyati va qahramonlarning hayotidagi voqeliklarni kinoya va istehzo orqali ochib beradigan qisqa hikoyalari bilan mashhur. Uning hikoya qilish uslubi ko‘pincha kutilmagan burilishlar, istehzoli suhbatlar va achchiq kulguni o‘z ichiga oladi, bularning barchasi yozuvchi hikoyalarining ta’sir doirasini doimiy saqlab turishga hissa qo‘shadi. Ushbu maqola O‘ Genri asarlari tarjimasida har bir hikoyadan anglashilgan maqsadni, qahramonlar ruhiyatini va ayniqsa, kinoya tilini tushinishdagi muammolarni yoritib berishga harakat qiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

РОЛЬ ИРОНИИ И ИРОНИИ В ПРИВЛЕКАТЕЛЬНОСТИ РАССКАЗОВ ГЕНРИ И ИХ ВОССТАНОВЛЕНИИ В ПЕРЕВОДЕ

Генри известен своими рассказами, которые через иронию и иронию раскрывают реалии человеческой природы, психики и жизни персонажей. Его стиль повествования часто включает неожиданные повороты, саркастические диалоги и ироничный смех, и все это способствует непреходящему воздействию рассказов автора. В данной статье делается попытка пролить свет на предназначение каждого рассказа в переводе произведений Генри, психику героев и особенно проблемы понимания языка иронии.

Текст научной работы на тему «O‘ GENRI HIKOYALARI JOZIBADORLIGIDA KINOYA VA ISTEHZONING O‘RNI VA ULARNING TARJIMADA QAYTA TIKLANISHI»

O' GENRI HIKOYALARI JOZIBADORLIGIDA KINOYA VA ISTEHZONING O'RNI VA ULARNING TARJIMADA QAYTA TIKLANISHI Matchanova Mohinur Otabek qizi

Urganch Davlat Universiteti, Xorijiy filologiya fakulteti, roman-german filologiyasi

kafedrasi magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11524006

Annotatsiya: O' Genri inson tabiati, ruhiyati va qahramonlarning hayotidagi voqeliklarni kinoya va istehzo orqali ochib beradigan qisqa hikoyalari bilan mashhur. Uning hikoya qilish uslubi ko'pincha kutilmagan burilishlar, istehzoli suhbatlar va achchiq kulguni o'z ichiga oladi, bularning barchasi yozuvchi hikoyalarining ta'sir doirasini doimiy saqlab turishga hissa qo'shadi. Ushbu maqola O' Genri asarlari tarjimasida har bir hikoyadan anglashilgan maqsadni, qahramonlar ruhiyatini va ayniqsa, kinoya tilini tushinishdagi muammolarni yoritib berishga harakat qiladi.

Kalit so'zlar: kinoya, istehzo, tarjima, asl matn, hikoya

РОЛЬ ИРОНИИ И ИРОНИИ В ПРИВЛЕКАТЕЛЬНОСТИ РАССКАЗОВ ГЕНРИ И ИХ ВОССТАНОВЛЕНИИ В ПЕРЕВОДЕ

Аннотация: Генри известен своими рассказами, которые через иронию и иронию раскрывают реалии человеческой природы, психики и жизни персонажей. Его стиль повествования часто включает неожиданные повороты, саркастические диалоги и ироничный смех, и все это способствует непреходящему воздействию рассказов автора. В данной статье делается попытка пролить свет на предназначение каждого рассказа в переводе произведений Генри, психику героев и особенно проблемы понимания языка иронии.

Ключевые слова: ирония, ирония, перевод, оригинальный текст, рассказ.

THE ROLE OF IRONY AND IRONY IN THE APPEAL OF 'HENRY'S STORIES AND THEIR RECOVERY IN TRANSLATION

Abstract: Henry is known for his short stories that reveal the realities of human nature, psyche, and characters' lives through irony and irony. His storytelling style often includes unexpected twists, sarcastic dialogue, and wry laughter, all of which contribute to the enduring impact of the author's stories. This article tries to shed light on the purpose of each story in the translation of Henry's works, the psyche of the characters, and especially the problems of understanding the language of irony.

Keywords: irony, irony, translation, original text, story

KIRISH

O' Genri hikoyalaridagi istehzo ko'pincha ijtimoiy me'yorlarni tanqid qilish va inson xatti-harakatlaridagi kulguli vaziyatlarni ko'rsatish uchun ishlatiladi. Misol uchun, "Ishbilarmon kishilar" hikoyasida qurbon sifatida tanlb olingan bolakay o'g'rilarning maqsadiga erishishlarida katta g'ov bo'ladi. Ularning nazarida qurbon sifatida tanlab olingan bola aslida sho'x, o'jar va berahm bo'lib o'sgan va uning xarakterida shu darajada kuhli ruhiyat hukmronki, uning oilasi undan xavotir olish o'rniga, o'g'rilarning qay holatga tushajagini oldindan bilishadi va bolani

qaytarib olish evaziga tavon puli talab qilishadi. O'g'ilning otasi to'lov talabiga beparvo javob berib, o'g'lini haq evaziga qaytarib olishni taklif qilishi vaziyatning istehzoli ekanini ta'kidlaydi. Bu yerda istehzo kuch dinamikasini o'zgartirishga va o'g'irlab ketuvchilarning qobiliyatsizligini fosh qilishga xizmat qiladi.

ASOSIY QISM

Hikoya tilida kinoyadan foydlanish, ehtimol, O' Genri ishining eng aniq belgisidir. Uning hikoyalari ko'pincha o'quvchilarni voqealar rivoji davomida qattiq qiziqtirib qo'yadi, kutilmagan, kinoyali yakun yasaydi va hayotni oldindan rejalashtirib bo'lmasligini ta'kidlab beradi. Buning eng mashhur misollaridan biri bu "Sehrgarlar sovg'asi" bo'lib, unda yosh er-xotin Jim va Delia bir-birlariga sovg'alar sotib olish uchun eng qimmatli narsalarini qurbon qiladilar. Della Jimning soatiga zanjir sotib olish uchun sochini sotganida, Jim soatini uning sochlari uchun taroq sotib olish uchun sotganini bilganida, kinoya yuzaga keladi. Bu o'tkir burilish nafaqat er-xotinning chuqur sevgisi va fidoyiligini ta'kidlabgina qolmay, balki moddiy boyliklarning befoydaligiga ham urg'u berib o'tadi.

O' Genrining hikoyalaridagi yumordan foydalanish ko'p qirrali bo'lib, favqulotda vaziyatlardan tortib, ushbu vaziyatga tushgan qahramonlarning kechinmalarigacha, insoniy tuyg'ulardan tortib hayotdagi muhim tanlovlargacha kuchli yumor va istehzodan foydalanadi. Uning hazil-mutoyibalari ko'pincha o'zi tuzgan senariylarning kinoyaliligi va qahramonlarining g'ayrioddiyligidan kelib chiqadi. "Mirshab va munojot" hikoyasida bosh qahramon Sopi uysiz odam bo'lib, qishni qamoqxonada, issiq o'rinda o'tkazish uchun turli rejalar tuzadi va hibsga olinishni xohlaydi. Har bir urinish borgan sari kulgili tarzda barbod bo'ladi: hibsga olish o'rniga restorandan haydab chiqarilishdan tortib, politsiyachi uning tosh otishini e'tiborsiz qoldiradigan vaziyatgacha, chunki qolgan qahramonlar Sopini juda hurmatli shaxs deb hisoblashadi. Bu yerda hazil nafaqat muvaffaqiyatsiz sahnalarda, balki yakuniy qismda ham bor: Sopi nihoyat o'zini isloh qilishga qaror qilganida, u bema'nilik qilgani uchun hibsga olinadi. Bu hazil va istehzoning uyg'unligi jamiyatning qashshoqligini samarali tanqid qiladi. Istehzo orqali u o'z qahramonlarining taqdiri va ahmoqliklarini, umuman olganda jamiyatni tanqid qiladi. Shu bilan birga, u hazil-mutoyiba orqali o'z qahramonlarining chidamliligi va topqirligini ta'kidlaydi, ko'pincha insonning qiyinchiliklarga bardosh berish va qutqarish qobiliyatini ta'kidlaydi. Bundan tashqari, O' Genrining hikoyalarida qurbonlik va sevgi mavzulari tez-tez o'rganiladi. Masalan, "So'nggi barg" hikoyasida kasal bo'lib qolgan Jonsi ismli ayol deraza oldidagi tokdan so'nggi barg tushganda o'lib ketishiga ishonadi. Uning qo'shnisi, keksa rassom, unga umid berish uchun yashirincha devorga barg chizadi va bu jarayonda o'z sog'lig'ini qurbon qiladi. Hikoyaning istehzoli va achchiq yakuni umid kuchi va fidokorona mehribonlik harakatlarining chuqur ta'sirini ta'kidlaydi.

O' Genrining ko'p hikoyalarida kinoya va istehzo asosan asar yakunida kuzatiladi. Biroq bu kinoyaviy tasvirni to'liq yetkazib berish uchun tarjimon nafaqat ba'zi bir jumlalarni, balki butun boshli hikoyaning ruhini to'laligicha yetkaza olishi kerak:

"Your brandy," resumed the other, coming over and joining him, "is abominable"[1,38] -"Sizlarning mashhur ichimligingiz,- gapini davom ettiradi Trisdolning do'sti, "juda yoqimsiz ekan"[2,8] - "Kaktus" hikoyasining davomida asar qahramoni, Trisdolning do'sti uni sharob ichishga taklif qiladi. Biroq Trisdol do'sti uning uyida o'tirganligiga qaramasdan, sharobni rad etadi. Shusiz ham sharobni ichayotgan do'sti esa bu ichimlikni yomonlab qo'yadi, aslida esa u Trisdolning mehmondo'stlik qoidalarini buzayotganiga ishora qiladi. No" said Trysdale, with the

bitter wraith of a smile, "Is it Spanish?" - "Yo'q dedi Trisdol achchiq kulimsiragancha - bu ispanchamidi hali" - Trisdol bu javobi orqali o'zining ustidan, o'zining ahvoliga o'zi kulayotganini ko'rsatib beradi. Ya'ni u shu gulni sovg'a qilgan qizning oldida mag'rurlanib ispan tilini bilishini aytgandi, ammo shu yolg'oni o'z oyog'iga bolta urajagini his qilardi.

"Ventomarme" ya'ni ingliz tilida "Come and take me"[1,39] jumlalari yordamida ifodalangan qism hikoyaning eng kinoyali joyini ochib beradi. Ya'ni asar qahramoni o'zining kibrlanib ispanchani bilajagini aytib yolg'on gapirgani, kibr va manmanlik sevgan yoridan ayirgani ochiq shu jumlalar orqali namoyon bo'ladi. Bu jumla asar tarjimasida "Kelib meni olib keting" tarzida beriladi.[2,9]

O' Genrining "Shaftoli va po'rtaxol" hikoyasi tarjimasiga e'tiborni qaratsak.

"Love, when it is ours, is the other name for self-abnegation and sacrifice. When it belongs to people across the airshaft it means arrogance and self-conceit" [1,66]asarning bu qismida kinoya sevgiga nisbatan odamlarning qarashlari haqida berilyapti. Tarjima matnida bu qism shunday berilgan: "Biz o'zimiz sevgan paytimiz "Sevgi" so'zi o'zini o'zi qurbon qilishning sinonimi bo'lib tuyiladi. Devor ortidagi qo'shnilarimiz sevganda esa kalondimog'lik va surbetlikni anglatadi".[3,45] Bu joyda kishi o'zi sevsa, o'zini qurbon qilish yori ucun har narsaga tayyor turish odatiy holatdek, begonalar sevsa esa bu kalondimog'likni anglatishini kinoyaviy tarzda tasvirlab bergan. Bunda matndagi "people across the airshaft" jumlalari tarjimada soddaroq tarzda ma'nosiga ko'ra, kinoya tilini biroz yumshatib"devor ortidagi qo'shnilar" tarzida namoyish etgan.

"Precious", said she, with the air of Cleopatra asking Antony for Rome done up in tissue paper and delivered at residence "I thing, I would like a peach"[1,67] asarning bu qismida bosh qahramonning sevgilisi unga istakini xuddi Kleopatra Antoniyga katta istagini aytayotgan odamdek qilib, ularning orasidagi munosabatni va qizni o'zini qay tarzda tutayotganini kinoyaviy tilda bayon etadi. Tarjima matnida bu qismi "Azizim - dedi u, Rim uning huzuriga asl holatida keltirilishi uchun Antoniyga istak bildirgan Kleopatraday. - Azizim, shaftoli yesam bo'larmidi" tarzida keltirilgan. Bu yerda "done up in tissue paper" qismi ham jumlalarning kinoyasiga hissa qo'shadi, chunki "tissue paper" juda yupqa qog'oz turiga kirib osonlikcha yirtilib ketishi mumkin, va qizning istagi butun Rimni shu qog'ozga o'rab olib kelinishini xohlayotgandek qilib kinoyaviy tarzda ifodalangan, biroq tarjima tilida bu qismi biz soddaroq shaklda qolib ketgan.[3,46]

"Naughty boy!" she said, fondly. "Did I say a peach? I think I would much rather have had an orange"[1,68] yigitning shaftoli topishga bo'lgan shuncha say harakatlariga qaramasdan, qiz beparvolik bilan portaholni afzal ko'rishini aytib, turmush o'rtog'ining qilgan harakatlari befoydaligini ko'rsatadi, va bu qismda butun bir hikoyadagi voqealarga kelinning javobini berish orqali kinoyaviy tarzda yakun yasaydi. Tarjima matnida bu qismi "Yaramas kichkintoyim! -oshiqona ming'illadi kelinchak. - Nahotki, shaftoli so'ragan bo'lsam? Men jon deb portahol yegan bo'lardim" tarzida beriladi, oxirgi jumlalarni "yegan bo'lardim" tarzida emas "afzal ko'rardim" yoki "yaxshiroq bo'lardi" tarzida berilsa tarjimon kinoya tilini ko'proq ochib bergan bo'lardi. Chunki yigitning butun say harakatlaridan, aynan uning qattiq asabiylashishiga sababchi bo'lgan mevani afzal ko'rish ma'nosi kinoya tilini ochib berishga ko'proq hizmat qiladi.[3,47]

"Blest be the bride" qismi hikoyaning yakuniy qismi bo'lib, ingliz tilida "blessed" so'zining adabiy tilda qo'llanilishidir. Bu fraza yana "Be happy" jumlalariga ham mos kelib, tarjimon shu ma'nosiga ko'proq yondashadi va "Baxtli bo'l kelinchak" tarzida tarjima qiladi. Bu joyda yozuvchi istehzoviy tarzda hikoyaga yakun yasagan. Butun boshli hikoyada yigit qanchalik qiyinchilik bilan shaftoli topib kelishi, o'zi xohlamasa ham oldidan chiqqan hamma unga portahol

taklif qilishi va nihoyat uyiga shaftoli olib kelganda yosh kelinchak o'zi nima deganini ham eslolmay, portahol xohlashini aytib, hikoyaga yakun yasaydydi. Ushbu vaziyatdan so'ng kelinning qismati yoki voqealar rivoji qay yo'sinda davom etishini o'quvchilarning o'ziga havola qilib , istehzoviy ravishda kelinga baxt tilash bilan yakun yasaydi.

"All right," said he, as coolly as though be were only agreeing to sign articles to fight the champion of England." Asarning bu qismida kinoya yigitni Angliya chempioni bilan jang qilishi hech qanday muammo emasdek ko'rsatilyapti. Qizning istagini bajarish xuddi Angliya chempioni bilan jang qilishga rozilik berishdek oddiy ish qilib kinoyaviy tarzda berilgan. Asarning bu qismi tarjimada "Xo'p,mayli,- dedi u sovuqqon, goyo gap Angliya chempioni bilan bo'ladigan match shartnomasiga imzo chekish haqida ketayotgandek." tarzida, o'quvchiga tushinarli tilda berilgan. "the crook of her little finger could sway him more than the fist of any 142-pounder in the world"[1,77] Bu yerda mubolag'a vositasi qo'llanilgan bo'lib, qizning yigitga o'tkaza oladigan ta'siri qanchalik kuchli ekanini ifodalayapti. Tarjima matnida bu qismi "jimjilog'ini tekkizsa bas - hatto mashhur "ring qirollari"ning mushti unga qarshi ojiz bo'lgan kimsa gandiraklab ketadi" tarzida berilgan. Bu o'rinda "fist of any 142-pounder" jumlalari ayni mubolag'a qismini anglatsa, tarjimada esa uni kitobxonga aniq tushintirish uchun "ring qirollari"ning mushti" tarzida berilgan. "By breathing a desire for some slight thing - a flower, a pomegranate, a - oh, yes, a peach - she could send forth her man into the night, into the world which could not withstand him, and he would do her bidding" asarning bu qismida kuchli kinoya qo'llanilgan bo'lib, butun boshli hikoyada qanchalik qiyinchiliklar bilan shaftoli topib kelgani, shu meva tufayli xatto jarohat ham olgani oddiy xoldek tasvirlangan, ya'ni qizning bir og'iz gapi hech qanday muammosiz bajarilishi nazarda tutilyapti. Bu qismi tarjima matnida "Mana, nima istayotganini bir og'iz so'z bilan aytsa bo'lgani - bu arzimas narsa bo'la qolsin: gulmi, anormi yoki e, ha, shaftolimi - eri tun qo'yniga kirib, uning istagini bajo keltiradi" tarzida berilgan. [3,48]

XULOSA

O' Genrining qisqa hikoyalari kinoya va istehzoning mohirona uyg'unligi bo'lib, ularning har biri hikoyani ham qiziqarli, ham mazmunli bo'lishini ta'minlab beradi. Yozuvchining bu vositalardan mohirona foydalanishi unga jamiyat me'yorlarini tanqid qilish, insonlar o'rtasidagi munosabatlarning murakkab tomonlarini o'rganish va kutilmagan, ammo chuqur mulohazali xulosalar chiqarish imkonini beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. "Selected stories from O. Henry" C. Alphonso Smith, The Odyssey Press, 1906;

2. "O' Genri, "Ishbilarmon kishilar", Yangi asr avlodi, 2018

3. Ziyo.uz sayti, "Shaftoli va Portahol" hikoyasi

4. Baqoeva M. Ingliz va Amerika adabiyotidan o'zbek tiliga she'riy tarjima va qiyosiy shershunoslik muammolari. - T: Fan, 2015

5. Nosirov O'. Ijodkor shaxs, badiiy uslub, avtor obrazi. - T.: Adabiyot va san'at, 1975

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.