Научная статья на тему 'NUTQIY ETIKЕTLARNING TARJIMALARDA BЕRILISHI VA ULARNING TALQINI'

NUTQIY ETIKЕTLARNING TARJIMALARDA BЕRILISHI VA ULARNING TALQINI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
17
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Nutqiy etiket / suhbatdoshlar / millat tilini / axloqiy madaniyatda / notiqlik / nutq madaniyati. / Speech etiquette / interlocutors / national language / moral culture / oratory / speech culture.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Xodjayeva, Dilnoza Kamilovna

Ushbu maqolada nutq madaniyatida tildan foydalanish qoidalarini amaliy qo‘llay olish, talaffuz va urg‘u talablariga rioya qilgan holda, so‘z birikmasi, jumla yoki gaplar tuzishning me’yoriy imkoniyatlari hamda chegaralarini bilishni talab etilishi xaqida fikrlar bayon etilgan. Nutq madaniyatida asosiy e’tibor nutqning aniqligi, sofligi, mantiqiyligi, ifodaliligi, ta’sirchanligiga qaratilgan bo‘ladi. Garchi bu sifatlar nutqiy etiket uchun ham ahamiyatli bo‘lsa-da, uning birliklari takrorlanuvchanligi, bir zayldaligi va barqarorligi bilan ajralib turadi. Nutq madaniyati lisoniy bilim va malakalar yig‘indisi bo‘lsa, nutqiy etiket ma’lum millat vakillari nutqida atrof-muhit, muayyan shartsharoitlar, turli urf-odatlar ta’sirida yuzaga kelgan ifoda shakllaridan iborat bo‘ladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SPEECH LABELS IN TRANSLATIONS AND THEIR INTERPRETATION

This article presents opinions on the practical application of the rules of language use in speech culture, the requirement to know the normative possibilities and limits of the formation of phrases, sentences or clauses, compliance with the requirements of pronunciation and accent. In speech culture, the main attention is paid to the accuracy, purity, logic, expressiveness and effectiveness of speech. Although these qualities are also important for speech etiquette, its units are characterized by repeatability, uniformity and stability. Speech culture is a set of linguistic knowledge and skills, and speech etiquette is the forms of expression in the speech of representatives of a certain people under the influence of the environment, certain conditions and various traditions.

Текст научной работы на тему «NUTQIY ETIKЕTLARNING TARJIMALARDA BЕRILISHI VA ULARNING TALQINI»

Research BIB / Index Copernicus

NUTQIY ETIKETLARNING TARJIMALARDA BERILISHI VA

ULARNING TALQINI

Dilnoza Kamilovna Xodjayeva

Tillar kafedrasi katta o'qituvchisi, TIMC instituti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada nutq madaniyatida tildan foydalanish qoidalarini amaliy qo 'llay olish, talaffuz va urg 'u talablariga rioya qilgan holda, so 'z birikmasi, jumla yoki gaplar tuzishning me'yoriy imkoniyatlari hamda chegaralarini bilishni talab etilishi xaqida fikrlar bayon etilgan. Nutq madaniyatida asosiy e'tibor nutqning aniqligi, sofligi, mantiqiyligi, ifodaliligi, ta'sirchanligiga qaratilgan bo'ladi. Garchi bu sifatlar nutqiy etiket uchun ham ahamiyatli bo 'lsa-da, uning birliklari takrorlanuvchanligi, bir zayldaligi va barqarorligi bilan ajralib turadi. Nutq madaniyati lisoniy bilim va malakalar yig'indisi bo'lsa, nutqiy etiket ma'lum millat vakillari nutqida atrof-muhit, muayyan shart- sharoitlar, turli urf-odatlar ta'sirida yuzaga kelgan ifoda shakllaridan iborat bo 'ladi.

Kalit so 'zlar: Nutqiy etiket, suhbatdoshlar, millat tilini, axloqiy madaniyatda, notiqlik, nutq madaniyati.

В данной статье приводятся мнения о практическом применении правил употребления языка в культуре речи, требовании знать нормативные возможности и пределы образования словосочетаний, предложений или предложений, соблюдении требований произношения и акцента. В культуре речи основное внимание уделяется точности, чистоте, логичности, выразительности и эффективности речи. Хотя эти качества важны и для речевого этикета, его единицам свойственна повторяемость, единообразие и устойчивость. Речевая культура - это совокупность языковых знаний и умений, а речевой этикет - это формы выражения в речи представителей определенного народа под влиянием окружающей среды, определенных условий и различных традиций.

Ключевые слова: Речевой этикет, собеседники, национальный язык, нравственная культура, ораторское искусство, культура речи.

Aloqa, idrok va tafakkur kuroli sifatida til, shuningdek, biz dunyoni qanday ko'rishimizni tavsiflaydi, O'tmish, bugun va kelajak o'rtasidagi aloqani aks ettiradi... Har bir insonda tug'ilganidanoq tilning muayyan ta'sirlarni yuzaga keltirishiga, ya'ni

АННОТАЦИЯ

KIRISH

Research BIB / Index Copernicus

hatto keyinchalik inson boshqa ko'plab tillarga sohib bo'lganda ham mutlaqo yo'qolmaydigan, narsalarni o'ziga xos tarzda ko'rishni ato qilishiga ko'ra ona tillari unikaldir. Xorijiy tilni o'rganish bu dunyoni boshqacha ko'rish bilan, boshqacha yondashuvlar bilan tanishish usulidir.

Nutqiy etiket deganda, suhbatdoshlar tomonidan o'zaro aloqa o'rnatish va uni maqsadli yo'nalishda olib borish, saqlash uchun jamiyat tomonidan qabul qilingan va qo'llanish zarurati talab darajasiga ko'tarilgan turg'un muloqot qoliplarining milliy xarakterdagi maxsus kichik tizimlari tushuniladi.

Rus tilshunos olimi N.I.Formanovskaya nutqiy etiketga quyidagicha ta'rif beradi. "Nutqiy etiket tushunchasi nutqiy xulqni tartibga soluvchi qoidalar, suhbatdoshlar o'rtasida aloqa o'rnatish, ko'zlangan maqsadda aloqani saklab turish va uni to'xtatish uchun jamiyat tomonidan qabul qilingan tizimidir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

So'zlashuv hayotning ma'lum andozalari bilan bog'liq tarzda bir butun kolipdagi jumlalarni keltirib chikaradi. Ular hayotiy vaziyatlarga va suxbat mavzulariga aloqador bo'ladi. Ma'lumki, bunday jumlalarning barcha tiplari boshqasiga nisbatan muayyan farklanishda bo'ladi, aks holda, ularning tiplari farqlanmaydi.

Ammo nutq madaniyati ham nutqiy etiket kabi aloka-aralashuv jarayoni uchun xizmat qiladi, ularning o'xshash jihati shundaki, ikkisi ham muloqotni belgilangan me'yorda, kelishmovchiliklar va karshiliklarsiz, maqsadga muvofik tarzda olib borishga qaratilgandir. Nutqiy etiket tushunchasini nutq madaniyatidan farqlash zarur. Nutq madaniyatida o'ziga xos talab - me'yor mavjud. Ya'ni yuqori nutq madaniyatiga ega bo'lish uchun nutk egasida bilim va malakalar yetarli bo'lishi bilan birga, o'z fikrlarini til birliklari yordamida to'g'ri, aniq va ifodali yetkazib bera olish mahorati ham mavjud bo'lishi kerak.

Bundan tashqari, nutq madaniyatiga ega bo'lish deganda, o'z fikrini turk, ifodali va ta'sirchan xolda yetkazish maxorati nazarda tutilsa, nuchkiy etiket birliklarini o'rinli qo'llash uchun o'zaro mulokot ishtirokchilarining ma'lum mahoratga ega bo'lishi emas, balki umumiy konda talablari ko'proq inobatga olinadi.

Nutqiy etiket birliklarining vazifalari, ahamiyati, ularning ishlatilish o'rinlarini to'laqonli tushunish uchun sotsiolingvistika, Paralingvistika, lingvopragmatika kabilarning nutqiy muomala etiketlari bilan bog'liq nazariy xulosalaridan foydalanish zarur bo'ladi.

Ma'lumki, xar bir xalqning o'ziga xos madaniyati, urf-odatlari va shu katorda, jamoatchilik orasida muloqotga kirishishda ma'lum etiket me'yorlari bo'ladi.

Research BIB / Index Copernicus

Asosiy qism:

Etiket - axloqiy madaniyatda yaqqol ko'zga tashlanadigan munosabat ko'rinishlaridan biri. U ko'proq insonning tashqi madaniyati, o'zgalar bilan bo'lgan munosabatlarda o'zini tutish qonun-qoidalarining bajarilishini boshqaradi. Agar muomala jarayonida inson o'z harakatlariga ijodiy yondashsa, ya'ni bir holatda bir necha xil muomala qilish imkoniga ega bo'lsa, etiket muayyan holat uchun qoidalashtirib qo'yilgan xatti-harakatni taqozo etadi. Etiket keng qamrovli tushuncha bo'lib, u, ma'lum ma'noda, umumbashariy miqyosda qabul qilingan muomala qonun -qoidalarini o'z ichiga oladi?

O'zbek ma'rifatparvarlaridan biri Abdulla Avloniy "Millat tilini yo'qotmaq millatning ruhini yo'qotmaqdir", deb ta'kidlaganda, til va millat ruhining mushtarakligi haqidagi qarashlari V.Gumboldt g'oyalariga bevosita hamohanglikda tutashib ketadi.

Madaniyatlararo nutqiy kompetensiya atamasini ishlatganimizda madaniyatlar, ya'ni ikki va undan ortiq xalqlar madaniyati o'rtasidagi nutqiy etiketlar tushuniladi. Bu o'rinda turli madaniyatga ega bo'lgan jamiyat a'zolarining o'zaro farkli nutqiy odatlari uyg'unlashuvi deyish mumkin. Turli ijtimoiy muhit vakillari o'zaro uchrashganda nima yuz berishini oldindan aniq aytib bo'lmaydi, aksincha, ularning nutqiy faoliyatida har ikkala madaniyat shaklidan farqlanuvchi oraliq nutqiy etiket paydo bo'ladi. Bunda pragmatika uchun nihoyatda qiziq faktlarni uchratish mumkin.

Inson ichki madaniyati va uning misolida ma'lum xalq madaniyatini ko'rsatuvchi eng yirik vositalardan biri bu tildir. Shu sababli ham nutqiy etiket shakllari tilshunoslik fanining ham qiziqarli masalalarga boy o'rganish obyekti bo'la oladi. Ayniqsa, tahlillar qiyosiy tarzda olib borilganda, ish xarakteri yanada dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Xar bir tilda kishilar so'zlashar ekan, ularning tabiatiga xos tarzda etiketlar shakllanadi va o'ziga xos nutqiy etiket qoliplari urfga aylanadi. Ammo ularning shakllanishi o'ta ijtimoiylashgan hodisalar asosida yuz bergani bois bir til doirasida olib borilgan kuzatishlarda ularning

Nutq madaniyati bilan bog'liq muammolar fanimiz tarixida antik davr tilshunosligiga borib taqaladi. O'zbek tilshunosligida nutqiy etiketni ifodalovchi vositalar, boshqa ko'plab xalklar tilshunosligi tarixida bo'lgani kabi, dastavval, madaniyatshunoslik, odob-axloq me'yorlari qatorida o'rganilgan. Bu davr adabiyotlarida o'rganilgan nutqiy etiket, jumladan, muloqot shakllari til birligi sifatida emas, balki tarbiya ifodasi, inson shaxsiyatining namoyon etuvchi tushunchalar sifatida tahlil etilgan. Bu kabi asarlar mohiyatiga ko'ra ilmiylikka nisbatan ko'proq didaktik xarakterga ega hisoblanadi. Ularda pand-nasihat qilish,

Research BIB / Index Copernicus

yo'l- yo'riq ko'rsatish va asar maqsadiga ko'ra ham o'rganishdan ko'ra o'rgatish ustuvorligi seziladi. Bunday asarlar qatoriga Kaykovusning "Qobusnoma", Forobiyning "Fozil odamlar shaxri", Ahmad Yugnakiyning "Xibatul haqoqik", Sa'diy Sheroziyning "Guliston" va "Bo'ston" Alisher Navoiyning "Mahbubul qulub", Abdulla Avloniyning "Turkiy guliston yoxud axloq", "Pandnomalar" kabilarni kiritish mumkin.

Nutqiy etiketni ifodalovchi birliklar keyinchalik fan doirasida o'rganila boshlandi. Dastlabki davrlarda notiqlik, nutq madaniyati va nutk etikasi masalalari tarkibida o'rganilgan mazkur birliklarning o'zbek tilshunosligi fani doirasida tadqiq etilishida rus tilshunosligi vakillarining o'rni katta bo'ldi. Bajarilgan ishlar xarakteriga ko'ra, nutk madaniyati, muloqotga kirishishi sirlari, usullari, bundan tashqari, uslub, axlok kabi masalalarga ko'prok aloqador bo'lsa-da, ularda nutqiy etiket birliklari ma'lumjixati bilan o'rganilganligi, muximi, tadkikot obyekti ko'rish mumkin. Jumladan, sifatida ajratilganligini ingliz tilshunosligida hamda o'zbek tilshunosligida qator tadqiqot ishlari olib borilgan.

Ko'rinadiki, inson muloqot nutqiga oid tadqiqotlar u yoki bu yo'nalishda turli nomlar ostida amalga oshirilgan bo'lsa-da, tilshunoslar bu masalalarga hamma davrlarda ham katta qiziqish bilan qarab kelganlar.

Adabiyotlar tahlili:

O'zbek tilida nutq madaniyati, nuqiy odatlar masalalarining nazariy tadqiq etilishi hamda tilshunoslikda aloxida tarmok sifatida shakllanishida taniqli olimlar S.Ibrohimov, R.Kungurov, X.Doniyorovlar tamal toshini qo'ygan bo'lsalar, keyinchalik boshka olimlar katta mexnat kilib, bu yo'nalishda muayyan sohalarni shakllantirishga erishdilar. Jumladan, E.Begmatov, A.Rustamov, N.Mahmudov kabi yirik olimlar, asosan, leksik birliklar, so'z kesimida ish olib borgan bo'lsalar, B. O'rinboyev sintaksis sohasida, E.Begmatov, Yo.Tojiyev, S.Mo'minov, S.Karimov, Sh.Iskandarova, Z.Akbarova kabi olimlarning tadqiqotlarida esa muloqot jarayonining nutqiy odat shakllari jihatdan tahlili masalasiga oydinlik kiritildi. A.Mamatov esa nutq madaniyati va til me'yorlariga oid atama va tushunchalarga izoh berilgan lug'at yaratdi.

O'zbek tilshunosligida nutqiy odatlarning ilmiy asoslari bo'yicha qator tadqiqotlar amalga oshirildi. Bu soha rivojida ko'plab olimlar qatorida professor N.Mahmudovning alohida xizmatlari bor. Xususan, olimning ilmiy qarashlarida til va jamiyat munosabatlarining o'ziga xos jihatlari nazariy asoslangan. Jumladan, uning "Til siyosati va siyosat tili", "Xalqaro til va ona tili", "Fan tili va til fani", "Suz o 'zlashtirishda me'yor va milliylik", "O 'xshatishlar va milliy nigox" nomli va boshqa ko'plab ilmiy izlanishlarida o'zbek tili nutqiy me'yorlarining O'ziga xos tomonlari

Research BIB / Index Copernicus

lingvokulturologik, antropotsentrik hamda kognitiv tilshunoslik yutuklarini o'ziga singdirgan yangicha qarashlar asosida chukur tadkik etib berildi. Tilda o'xshatishlarning turg'unlashuvi hodisasiga aloxida urg'u bergan olim uni xalq turmush tarzi, yashash odatlari bilan bog'liqligini ta'kidlaydi: "xalqning dunyoni ko'rishi va anglashidagi o'ziga xoslik, ya'ni milliy-madaniy va milliy-konnotativ ma'lumot bevosita ayni o'xshatish etalonida o'z tajassumini topadi".

Professorning ilmiy izlanish omillarga bog'liqligi aniqlangan manzarasining milliylik bilan bog'liq jihatlari o'xshatishlar vositasida yanada anik namoyon bo'lishini nazariy asoslagan olim "boshka unsurlar implitsit ifodalana bilgani holda, o'xshatish etaloni fakat eksplitsit ifodalanmog'i shart, ya'ni o'xshatish etaloni bevosita lisoniy ifodaga ega bo'lmasa, o'xshatish mazmunidagi ibora shakllana olmasligini ta'kidlaydi. Bundan tashqari, N.Maxmudov nutq uslublari, jumladan, o'zbek tilida ish yuritish masalalarining nazariy asoslanishiga katta hissa qo'shdi. Olim davlat va jamiyat o'rtasida til vositasining ahamiyatini yoritar ekan, nutqiy faoliyatda jamiyat kishilarining axloq normalariga daxldor kuyidagi qimmatli fikrlarni bayon etadi: ". jamiyat intizomi andazalari, kamida, taraqqiy qilgan tillarning barchasidagi so'zlarning semantik sig'imidan u yoki bu darajada o'rin olgan bo'ladi. Bu, shubhasiz, tilning boyligi va inja ifoda imkoniyatlari bepoyonligining, inson va nutqning bir-biriga naqadar musallamligining yana bir muhtasham shahodatidir"2. Ko'rinadiki, jamiyat intizomi uning nutqiy munosabatlarida aks etar ekan, har bir tilning o'ziga xos tomonlari bo'lishi bilan birga, barcha tillarda mavjud bo'lgan nozik o'xshashliklarga ham ega bo'ladi.

Professor S.Mo'minov o'z ilmiy izlanishlarida o'zbek muloqot xulkini ilk bor ijtimoiy lisoniy aspektda o'zbek kommunikantlari faoliyatining kompozitsion bosqichlari, kommunikantlar o'rtasidagi munosabatning milliy o'ziga xos xususiyatlari, muloqot xulqining jins, yosh, sotsial va xudud jihatidan xoslanishini atroflicha tadqiq etdi.

Akbarova murojaatning inson nutqiy faoliyatidagi o'rni, mavqei, boskichlari, murojaat ifodalashning o'ziga xos turli shakllari, murojaat maydoni strukturasi, murojaat ifodalovchi ekstralingvistik vositalar, murojaatning inson nutk faoliyatining ajralmas qismi sifatidagi universal hodisa ekanligini tadqiq etadi. Mazkur tadqiqot ishida murojaat shakllarining nutqiy jarayonlarda qo'llanilishini xoslangan va xoslanmagan leksika, xoslangan va xoslanmagan gap shakllari o'zbek tili materiallari asosida tadqiq etilar ekan, xoslanayotgan leksikani alohida ajratilgani diqqatga sazovordir. Bundan tashqari murojaat ifodalashning ekstralingvistik vositalari haqida ma'lumotlar berilgan.

Olima ularni shartli ravishda tasniflar ekan, ularni uch guruhga bo'ladi:

Research BIB / Index Copernicus

a) ishora- xarakatga asoslangan jestikulyatsion vositalar;

b) tovushga asoslangan fonatsion vositalar;

v) rang vositasi.

Nutq madaniyatiga bag'ishlangan mazkur ishlar aksariyati bir til doirasida o'rganilgan. Ko'rinadiki, nutq madaniyati doirasida o'zbek tilshunosligida olib borilgan ishlar bir til qonuniyatlarinigina o'rganish bilan cheklangan, shu asnoda qiyosiy planda olib boriladigan ishlarga extiyoj mavjuddir, deb aytishga to'la asosimiz bor.

Holbuki, "vazifasi til va madaniyat, til va etnos, til va mentalitet o'rtasidagi o'zaro munosabatni tavsiflash va o'rganishdan iborat bo'lgan bu.

Madaniyat so'zi lotincha colore - so'zidan olingan bo'lib, yashamoq, gamxo'rlik qilmoq, bezanmoq, ta'lim olmoq, saqlamoq, ehtiyot qilmoq, ma'naviy boy bo'lmoq, bunyod qilmoq, qadrlamoq, itoat etmoq va bayram qilmoq kabi ma'nolarni anglatadi. Lekin yuqoridagi talqinlar madaniyat tushunchasini to'l aqonli ochib bermaydi. Madaniyatni hayotning barcha jabhalaridagi eng oliy ko'rinish sifatida qabul qilish mumkin. 1970 yillardan boshlab, dunyoning qator mamlakatlarida va, xususan, Angliyada madaniyatni anglash natijasi o'laroq kishilar dunyoqarashida keskin o'zgarishlar kuzatila boshladi.

Nutqiy etiketning o'ziga xoslik xususiyati va madaniyatlararo farqlanishlar muloqotning tub mohiyatidan boshlab o'rganish ehtiyojini yuzaga keltiradi. Madaniyatlararo muloqot faqat lisoniy tarzda kechmaydi, balki tashqi ko'rinish, yuz ifodasi, imo-ishora va jestlar orqali xabarlarni qabul qilishning o'zida muloqot jarayoni boshlanadi .

Yes, right. A animated (illustration) book is a good idea

(Xa, to 'g 'ri. Rasmli kitob - bu yaxshi fikr)

Ba'zan tasdiq ma'nosini nolisoniy vositalar orqali ham ifoda etiladi. Masalan: "Eshitdingmi" dedim. Yerga qaradi. Uni ortiqcha uyaltirmaslik uchun eshikka qarab yura boshladim-da, "maylimi?" deb so'radim. Javob o'rniga "Osh yemay ketasizmi?" dedi. Bu uning ikkinchi turli qilib aytilgan "mayli" javobi edi (A.Qodiriy, Mexrobdan chayon).

Bu holda maqsad, ma'noni ifodalash lisoniy va nolisoniy vositalar yordamida faqat nutqiy etiket uchungina xos bo'lgan ma'nodoshlik qatorini vujudga keltiradi: so'z, so'z birikmasi, gaplar bilan imo-ishoralar sinonimligi hosil bo'ladi.

Sh.M.Iskandarova "O'zbek nutq odatining muloqot shakllari" mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasida turli tushunchalarni ifodalash uchun xizmat qiluvchi "vazifa" so'zining ma'nolari nutqiy etiketga tegishliligini, nutqiy etiketning eng asosiy vazifalaridan biri aloka o'rnatish bo'lib, unda xususiy va ommaviy tarzda

Research BIB / Index Copernicus

aloqa o'matish va muloqotni saklash tushunilishini, bu vazifa so'zlashuvchilarning yoshi, jinsi, tanish-notanishligi, muloqot sharoiti asosida o'ziga xos o'rin tutishini alohida ta'kidlab o'tadi.

Nutqiy etiketning ikkinchi vazifasi tinglovchiga qaratilgan iltifot, ya'ni konnotiv funksiyasidir. Iltifot vazifasi salomlashish, xayrlashish, uzr so'rash, qutlash vaziyatlarida ko'zga tashlanishi bilan birga uni kuchaytiruvchi maxsus lisoniy birliklar ham mavjud: "labbay -my tears, I'm all in ears", "marhamat- with pleasure, ", "salomat bo 'ling -Be health" "uzr -Sorry " singari.

- Labbay, oyijon!" (O'. Hoshimov, Ikki eshik orasi).

What did you say? Do you want to take Dr. Torres home with you? (Nima dedingiz? Doktor Torresni birga uyga olib bormoqchimisiz?)

Nutqning boshqaruv (regulyativ) vazifasi ham o'zbek va ingliz nutqiy etiketida muloqotning barcha vaziyatlariga to'g'ri keladi. Aloqa o'rnatishda u yoki bu til birliklarini tanlab ishlatish so'zlovchi va tinglovchi o'rtasidagi muloqot xususiyatini belgilaydi. Katta/kichik, erkak/ayol, boshlik/xodim va shu kabi boshqa qator munosabatlarda muomala nutqiy etiket birliklarini me'yorida va o'rinli qo'llanilishi bilan namoyon bo'ladi. Shu asnoda uning boshqaruv funksiyasi amalga oshadi.

Xitob (appelyativ) vazifasi ham yuqoridagilarga o'xshab, nutqiy etiketning barcha vaziyatlarida ko'rinadi, u, asosan, tinglovchining diqqatini jalb qilish uchun xizmat qiladi. Nutqiy etiketlarda uni taminlovchi vositaqlarning ham me'yori saklanadi.

Nutqiy etiketning ta'sir etish (perseptiv) vazifasi adresant tomonidan qo'llanilayotgan lisoniy va nolisoniy vositalar natijasida adresatning ta'sirlanishidan iborat bo'lib, bu, ko'pincha, tinglovchining imo-ishora, yuz ifodasi, ayniqsa, mimikalari bilan ifoda etiladi. Nutqiy etiketlarda ularning o'rinliligi muhim sanaladi.

Hayajon vazifasi (emotiv) esa hamma birliklarga tegishli bo'lmay, so'zlashuvchilarning me'yoriy tarzda aloqa o'rnatishlari va uni maqsadli olib borish tabiatlari bilan bog'lanadi. Bunda, ko'pincha, muloqotga kirishuvchilarning yosh, jins va asosiysi xarakter xususiyatlari muhim ahamiyat kasb etadi.

"Ajabmas, ogzinglar oqarib qolsa. U yonimga cho 'kkaladi. - Oling, aylanay, zogoradan oling. Ertalab yopuvdim. Kimsanboydan xabar bormi?" (O'.Hoshimov, Ikki eshik orasi)

Bu o'rindagi tilak, umid, tasalli, dalda, taklif, xol so'rash so'zlovchi tomonidan me'yoriy holatni saklash va etiket orqali o'zini namoyon etish uchun ishlatilgan. Bu yerdagi masalalar tinglovchi uchungina muhim, so'zlovchi esa o'zbekona lutf -ko'ngil so'rash bilan muloqotni kerakli tarzda davom ettirishga harakat qilmoqda,

Research BIB / Index Copernicus

unga berilayotgan muammolar u qadar ahamiyatli bo'lmasa ham, aloqa-aralashuvning belgilanganidek saqlanishi zarur.

Demak, ko'rinadiki nutqiy jarayonga qo'yiladigan talablar va til birliklarining vazifalari (boshqaruv, hitob, ta'sir etish, hayajon) nutqiy etiket ifodalanishi bilan o'zaro qorishib, singib ketadi. Nutqiy etiket bunday o'rinlarda ularning me'yorda qo'llanilganligi va o'rinliligi bilan baholanadi. Bunda tilning segment birliklari (so'z, so'z birikmasi, gap) bilan bir qatorda, supersegment birliklar (ovoz toni, balandligi, ohang, tovush sifati) ham o'ta muhim sanaladi.

Hozirgi kunda ep yuzidagi kator mamlakatlar ko'pmadaniyatlilikka ega bo'lib, bu mamlakatlar aholisining tinch-totuv yashashi uchun kishilar o'rtasida o'zaro me'yoriy aloqani, nutqiy muloqotning o'ziga xos xususiyatlarini puxta o'rganish, tadqiq etish yanada dolzarb ahamiyatga ega. Madaniyatlararo ziddiyatlarning oldini olish uchun muxojirlar o'z qadriyatlari va urf-odatlarini saqlagan holda, o'sha mamlakat xalklarining urf-odatlari hamda qadriyatlarini tubdan o'rganishi, ularni xurmat qilishi zarurligi talab etiladi. Mulokot shakllari dastlab didaktika va madaniyatshunoslik masalalari qatorida o'rganila boshlagan bo'lsa, keyinchalik bu jarayonlarda lisoniy birliklar ishtiroki va ularning ahamiyati tilshunoslik fani doirasida tadqiqotlar obyektiga aylandi.

Har bir millatning muayyan urf-odatlari, e'tiqodlari asosida shakllangan o'ziga xos nutqiy odatlari mavjud bo'lib, bu belgilar ana shu xalqlarning tillarida yaqqol namoyon bo'lib turadi.

Madaniyatlararo muloqot faqat lisoniy tarzda yuzaga chiqmasdan, balki ma'lum xalqlarning tashqi ko'rinishi, ularning yuz ifodasi, imo- ishora hamda jestlari orqali ham aks etishi mumkinligini alohida ko'rsatish zarur.

Ingliz tilshunosligida nutqiy odatlar yevropa madaniyati ta'sirida, o'zbek nutqiy odatlari sharq madaniyati ta'sirida shakllangan bo'lib, ularni kiyosiy asosda o'rganish ikki millat vakillari uchun xam ahamiyatli. O'zbek va ingliz nutqiy etiketlarining muloqot shakllari ma'lum nutqiy vaziyatlarning o'zaro o'xshash va farkli jihatlarini aniqlash orqali yoritiladi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Махмудов Н. Тил сиёсати ва сиёсат тили // Тил тилсими тадкики Тошкент: Мумтоз суз, 2017.-Б.5

2. Ходжаева Дилноза. Таржималарда нутрий этикетларнинг берилиши. (2024). Ustozlar Uchun, 55(1), 47-53. https://pedagoglar.org/index.php/02/article/view/91

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

3. Ожегов С.И. Лексикология. Лексикография. Культура речи. - М.: Высшая школа, 1974. - С. 287.

4. Xayrulla Xudoyorovich Hamidov, & Arzu Karausta. (2023). Terms relating to journalism in Turkish language and their translation. International scientific conferences with higher educational institutions, 3(08.05), 71-75.

5. Степанов А. О культуре речи. - М.: Искусство, 1961;

6. Голубовский Д.А. Невербальная коммуникация в древнерусских письменных источниках: опыт семантического анализа: Автореф. дис. канд филол.наук.- М., 2009.

7. Ночевник М.Н. Культура и этика общения. - Ташкент: Узбекистан, 1985.

8. Шодмонов Э. Муомала муносабатларида кулланилган суз-гапларга доир. // Тилшунослик масалалари. Тошкент, 1970;

9. Уринбоев Б. Хрзирги узбек тилида вокатив категория. - Тошкент: Фан, 1972;

10. Уринбоев Б. Узбек тили сузлашув нутки синтаксиси масалалари. Тошкент, 1974;

11. Бегматов Э. Нутк; маданияти проблемасининг пайдо булиши ва асосланиши // Нутк маданиятига оид масалалар. Тошкент: Фан, 1978;

12. Расулов.Т. Узбек мулокот хулкининг функционал хосланиши: Филол. фан номз дисс. автореф.- Тошкент, 2008. - Б..24.

13. Маматов А.Э. Нутк маданияти ва тил нормасига оид терминлар ва тушунчалар изохи. Тошкент: Баёз, 2014. - Б.36.

14. Махмудов Н. Ухшатишлар ва миллий нигох // Тил тилсими тадкики Тошкент: Мумтоз суз, 2017. - Б. 168

15. TESHABOYEVA, Ziyodakhon. "A Comparative Analysis Of Phraseological Units In "Baburname" And Their Different English Translations." Philology Matters 2019.1 (2019): 102-108.

16. Hamidov, Xayrulla TURKCHA MAROSIM NOMLARI VA ULARNING TARJIMASIGA DOIR // ORIENSS. 2022. №Special Issue 28. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/turkcha-marosim-nomlari-va-ularning-tariimasiga-doir.

17. MAKSUDOVA, DILSHODA KAKHRAMONOVNA, and FERUZA FARXOD QIZI SULTANOVA. "ADVANTAGES OF LEGAL BASIS OF ACTIVITY OF NATIONAL CULTURAL CENTERS IN UZBEKISTAN." (2024): 100-106.

18. Qodirovna, T. Z., & Shavkataliyevna, Q. M. (2024). THE APPEARANCE OF VISUAL EXPRESSIONS'TRANSLATION INTO ENGLISH IN THE WORK

Research BIB / Index Copernicus

"THE DAYS GONE BY" BY ABDULLA QODIRIY. Open Access Repository, 10(1), 78-81.

19. Abdullayeva, Marxabo Raxmonkulovna. "INGLIZCHADAN TARJIMADA FRAZEOLOGIZMLAR MA'NOSINI BERISH MUAMMOLARI." GOLDEN BRAIN 2.1 (2024): 595-600.

20. Abdullayeva, Marxabo Raxmonkulovna. "BEVOSITA TARJIMADA FRAZEOLOGIZMLAR MA'NOSINI BERISH." PEDAGOGS 56.1 (2024): 134138.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.