Научная статья на тему 'NUTQIMIZNING TA’SIRCHANLIGINI OSHIRISHDA QANOTLI SO‘ZLARNING AHAMIYATI'

NUTQIMIZNING TA’SIRCHANLIGINI OSHIRISHDA QANOTLI SO‘ZLARNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
174
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Qanotli so‘zlar / nutq / ma’nodor / qo‘llanuvchan / maqollar / frazeologik birliklar / aforizmlar

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Sohibaxon Sharipova

Ushbu maqolada nutq jarayonida maqollar, qanotli so‘zlar tushunchasi va uning boshqa birliklardan farqi borasida so‘z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «NUTQIMIZNING TA’SIRCHANLIGINI OSHIRISHDA QANOTLI SO‘ZLARNING AHAMIYATI»

NUTQIMIZNING TA'SIRCHANLIGINI OSHIRISHDA QANOTLI

SO'ZLARNING AHAMIYATI

Sohibaxon Sharipova Farg'ona shahar, 11-maktab

Annotatsiya: Ushbu maqolada nutq jarayonida maqollar, qanotli so'zlar tushunchasi va uning boshqa birliklardan farqi borasida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: Qanotli so'zlar, nutq, ma'nodor, qo'llanuvchan, maqollar, frazeologik birliklar, aforizmlar.

THE IMPORTANCE OF WINGED WORDS IN INCREASING THE EFFECTIVENESS OF OUR SPEECH

Sahibakhon Sharipova Fergana city, School №11

Abstract: This article discusses the concept of proverbs, winged words and its difference from other units in the speech process.

Keywords: Winged words, speech, meaningful, applicable, proverbs, phraseological units, aphorisms.

Nutq jarayonida maqollar, frazeologizmlar, aforizmlardan o'rinli foydalanish nutqimizning ta'sirchanligini, shiraliligini oshirishga xizmat qiladi. Fikrimizni aniq, lo'nda tarzda yetkazish imkonini beradi. O'zbek tilining izohli lug'atida maqol hayotiy tajriba asosida xalq tomonidan yaratilgan, odatda, pand-nasihat mazmuniga ega bo'lgan ixcham, obrazli, tugal ma'noli va hikmatli ibora, gap sifatida ko'rsatiladi. Masalan: Sut bilan kirgan, jon bilan chiqar. Bunday hikmatli ibora yoki gaplar ixchamlilik, mazmundorlik xususiyatiga ega. Ular avloddan avlodga o'tib boyib kelmoqda. Shunday hollar kuzatiladiki, soatlab gapirish, tushuntirish o'rnida, o'nlab savollarga javob tariqasida aytilgan birgina maqol yoki ibratli fikr yetarli bo'ladi. Har qanday maqol tayyorlik, bir butunlik belgisiga ega bo'lib, nutqqa tayyor holda olib kiriladi. Bu jihatdan maqollar frazeologizmlarga ham yaqin turadi. Shuning uchun ayrim olimlar maqollarni til birligi sifatida alohida nom-paremalar nomi ostida birlashtiradilar. Paremalar ham shakliy, ham mazmuniy tuzilish nuqtai nazaridan ichki bo'linish xususiyatiga ega. Paremalarning ichki uzvlari butunlik doirasidagina o'z vazifasini bajaradi. O'zbek tilshunosligida shu kungacha frazeologizmlar, maqollar tadqiqiga oid ko'plab ishlar qilingan. Jumladan, professor Sh.Rahmatullaevning «O'zbek tilining izohli frazeologik lug'ati»da o'zbek tilidagi

mingdan ortiq iboralar semantik va grammatik jihatdan izohlangan (Rahmatullaev, 1978). Ma'lumki, ikki va undan ortiq so'zdan tarkib topgan hamda yaxlit bir ma'no ifodalaydigan til birligi frazeologik birlik yoki frazeologizm deyiladi. Masalan: tomdan tarasha tushganday. Ular nutq jarayonida hosil bo'lmay, balki tilda tayyor holda qo'llaniladi. Ushbu tayyor birliklar o'zlarining semantik butunligi bilan xarakterlanadi. Umuman olganda, frazeologizmlar borasida olimlarning fikrlari turlicha. Ko'p olimlar frazeologizmlarga barcha barqaror birliklarni kiritsa, boshqalari ma'lum turg'un birliklarni kiritadilar. Ba'zi olimlar frazeologizmlarga maqollar, aforizmlarni kiritsa, boshqalari kiritmaydilar. Biroq, qarashlar qanchalik turli-tuman bo'lishiga qaramay, tadqiqotchilar frazeologizmlarda barqarorlik, ma'no butunligi, variantlilik, obrazlilik, ta'sirchanlik kabi xususiyatlar borligini ta'kidlaydilar. Aforizmlar (yun. aphorismos - hikmatli co'z) ixcham shaklli, chuqur mazmunli, muallifi aniq gap; hikmatli co'zlar. Masalan: Oz demak hikmatga bois, oz yemak sihatga bois. A.Navoiy. Aforizmlar uchun umumlashganlik, lo'ndalik, fikrning tugallanganligi, sayqallanganlik, badiiylik kabi jihatlar xos. Ular asosan odob-ahloqqa oid. Aforizmlarni tushunish oson chunki ular doimo o'z asl ma'nolarida qo'llanadi. Bu jihati bilan ular maqollarga yaqin turadi. Yuqoridagi birliklar qatorida yana bir guruh mazmundor ifodalar nutqimizda faol qo'llanadi. Biz ularni qanotli so'z deb nomladik. Qanotli so'z termini - O'zbek tilining izohli lug'atida termin sifatida aks etmagan. Maxsus ilmiy tadqiq ob'ekti bo'lgan emas. Biz ushbu maqolada qanotli so'zlarning barcha xususiyatlarini hisobga olgan holda hamda ingliz, fransuz, nemis va rus tillaridagi ko'rinishlardan kelib chiqib qanotli so'z deb nomlashni lozim topdik. Qanotli so'zlar dunyo madaniyatida alohida o'ringa ega bo'lib, ular sayqallangan shaklda mashhur faylasuflar, olimlar, yozuvchilar va davlat arboblari tomonidan aytilgan fikrlar hisoblanadi. Qanotli so'zlar nutqni obrazli va aniq ifodalaydi. Ular turli tillarda so'zlashuvchi barcha xalqlarning nutqlarida keng qo'llaniladi. Qanotli so'zlar tilda yaxlit holda ishlatiladi. Ulardan ijtimoiy, maishiy, ruhiy ko'rinishlarning ifodali tavsifi sifatida foydalaniladi. Qanotli so'zlar keng qamrovlilik, ma'nodorlik, ko'p qo'llanuvchanlik va aniq manbaga egalik jihatlari bilan boshqa til birliklaridan farqlanadi. Ular nutqda falsafiy fikrlarni lo'nda, aniq va obrazli yetkazib beradi. Shuningdek, murakkab holat va xarakterlarning ma'nosini qisqa va lo'nda qilib ifodalaydi. Kuzatuvlar natijasi shuni ko'rsatadiki, bir qarashda juda o'xshash bo'lgan ushbu birliklar ko'plab jihatlari bilan bir-biridan farqlanadi. Masalan, qanotli so'zlar bilan frazeologik birliklar o'rtasidagi farqlarga nazar tashlaylik. Birinchidan, ular tuzilish jihatidan farqlanadi. Frazeologizmlarni bir so'zdan iborat bo'la olmasligi aytib o'tildi. Masalan: Ko'zini shamg'alat qilmoq. Lekin qanotli so'zlar bir so'zdan ham iborat bo'lishi mumkin. Masalan: Tartyuf, Alfons, sezar. Ikkinchidan, frazeologik birliklarning barcha ma'no xususiyatlari qanotli so'zlarda ham o'z aksini topishi mumkin. Lekin biror voqea yoki hodisa bilan

assotsiatsiyalanish belgisi faqatgina qanotli so'zlarga xos. Uchinchidan, qanotli so'zlar biror muallif yoki manbaga ega, frazeologizmlarda esa bunday holat kuzatilmaydi. Qanotli so'zlarni aforizmlar bilan taqqoslasak quyidagilar ko'zga tashlanadi: aforizmlar doimo o'z asl ma'nosida qo'llansa, qanotli so'zlar ko'chma ma'noda ham qo'llanadi. Aforizmlar tushunarli, qanotli so'zlar bo'lsa paydo bo'lgan vaziyat orqali belgilanadi, aks holda uni tushunish qiyin. Demak, frazeologik birliklar, aforizmlar va qanotli so'zlarni ko'p jihatlar o'zaro birlashtirsa-da, ularni bir-birlaridan keskin farqlovchi jihatlar ham mavjud. Yuqoridagi fikrlarimizga oydinlik kiritish maqsadida o'zbek tilida faol qo'llanayotgan bir qator qanotli so'zlarni izohlashga harakat qilamiz. Sokratning "Yeyish uchun yashash emas, yashash uchun yeyish kerak" ifodasi ko'plab tillarida kuzatiladi va ma'nodorligi bois maqolga aylanib ketgan. Ushbu ifoda mil. av. III asrda yashab o'tgan tarixchi Diogen Laertning "Buyuk faylasuflar hayoti" asarida sitata sifatida keltirilgan. O'zingni angla. Sokratning eng yaxshi ko'rgan iborasi bo'lgan. Ushbu so'zlar o'sha davrlarda qurilgan Delf ibodatxonasining peshtaxtasiga o'yib yozilgan. Ifodaning chuqur falsafiy ma'noga ega ekanligini Plutarxning -Yetti dono bazmi asarida, keyinchalik La Fonten asarlarda, shuningdek xalq og'zaki nutqida keng qo'llanilishidan ham ko'rish mumkin. Yettinchi osmonda bo'lmoq, ya'ni -juda xursand bo'lmoq ma'nosini anglatuvchi bu ifoda komediyashunos Aristofanga tegishli. U o'zining -Bulutlar asarida osmonning 7-ta ketma-ket yopishib turgan kristal gumbazdan iboratligini va 7 - osmonni eng oliy, baxtsaodat osmoni deb tushuntirgan. Shundan kelib chiqib, ushbu ifoda insonlarning eng baxtli onlarini, cheksiz quvonchli damlarini ta'riflash maqsadida ishlatiladi. Evrika! Evrika! Ushbu xitob mil. av. III asrda yashab ijod etgan yunon matematigi Arximedga tegishli. Bir kuni Neron shoh oltin tojini yasagan zargardan kumush ham qo'shib yuborgan deb gumonsirab, Arximeddan buni aniqlab berishini so'raydi. Olim buni yechimini topa olmay uzoq o'ylanadi va ushbu so'rov uning buyuk kashfiyotiga sabab bo'ladi. Kunlarning birida u vannada cho'milayotgan vaqtda tanasining suvdagi qismlari og'irligini yo'qotganligini sezadi. Shunda u shoshilib vannadan chiqib, ushbu so'zlarni aytib yalang'ochligicha qichqirib yugurib ketadi. U tananing hajmini suvning hajmi bilan aniqlash usulini topgan edi. Ushbu ifoda - topdim degan ma'noni anglatib, kutilmaganda yaratilgan yangiliklar uchun qo'llanadi. Keldim, ko'rdim, yengdim ifodasi Gay Yuliy sezarning bir jangiga ishora qiladi. U Farnasga qarshi bor yo'g'i uchtagina legion bilan jang olib borib, uni batamom tor-mor qiladi. Bu haqida u bir do'stiga o'sha jangni ushbu so'zlar orqali ta'riflaydi: -keldim, ko'rdim, yengdim. Shunga ko'ra, ushbu ifoda oson va tezda yuz bergan biror g'alabani ifodalash uchun nutqda keng qo'llaniladi. O'zbek tilida "Pulni xidi yo'q" ifodasi ko'p kuzatiladi. Ushbu ifodaning yaralishi Rim imperatori Vespasienga borib taqaladi. U bu so'zlarni ommaviy hojatxona uchun o'lpon ta'sis etganligini yuziga solgan o'g'li Titusga javoban aytgan. Pul qaysi yo'l bilan

topilmasin, uning qiymati yuqori ma'nosini anglatuvchi ushbu ifoda barcha xalqlar nutqida ommalashib ketgan va ma'lum bir guruh shaxslar uchun alohida o'rin kasb etadi. Shuningdek, ommaviy hojatxonani ilk bor yo'lga qo'ygan imperator Vespasien nomi ham tarixda qoldi. Hozirda ko'plab xalqlarda ommaviy joylardagi hojatxonalar ushbu imperator nomi bilan yuritiladi (WS ya'ni vespasienne). Ko'plab mashhur asarlar yoki bosh qahramonlarning nomlari ham nutqda qanotli so'z sifatida foydalaniladi. Masalan, ingliz yozuvchisi Shekspirning "Romeo va Jyuletta" tragediyasi sevgi, muhabbat mavzusini o'ta ta'sirli aks ettirganligi bois -sevishganlar timsoliga aylangan. Shunga ko'ra Romeo va Jyuletta deganda -sevishganlar tushuniladi va ushbu so'zga sinonim sifatida qo'llanadi. Molerning -Don Juan nomli satirik komediyasi alohida ahamiyatga ega. U bu obrazni o'z zamonasining atistokrat yigiti qiyofasida tasvirlab, asar davomida uning butun nuqsonlarini fosh etadi. U har qanaqa ayolga uylanishga tayyor, barcha xotin yoki qizlarga muhabbat izhor qilaveradigan, beqaror va bema'ni hayot kechiradigan, har qadamda uylanib so'ng xotinini tashlab ketaveradigan shaxs. Shundan kelib chiqib hozirda ham qiz va ayollarni yo'ldan urishga usta bo'lgan yigit va erkaklarga nisbatan "Don Juan" nomi qo'llanadi. Tartyuf - Molerning shu nomli pyesasi bosh qahramoni. Tartyuf ikkiyuzlamachilikni o'ziga odat qilib olgan yigitdir. Uning xarakteridan kelib chiqib ifoda - ikkiyuzlamachilik timsoliga aylangan. Hayotda ba'zan uchrab turadigan shu xarakterdagi shaxslarga nisbatan ushbu nom qo'llanadi. Alfons - mashuqalari hisobiga kun ko'radigan erkak (A.Dyuma o'g'il komediyasi qahramoni). Ushbu qahramonning xarakteridan kelib chiqib uning nomi shu kabi puldor ayollarni yo'ldan urib, ular hisobiga kun ko'radigan erkaklarni ta'riflashda qo'l keladi.

Gay Yuliy Sezar, Napoleon Bonapart kabi tarixiy shaxslar barchaga tanish. Ularning xarakterlarini to'liq o'rgangan xalq nomlarini qanotli so'z sifatida nutqda faol qo'llashadi. Masalan, Napoleon - o'zini hammadan ustun qo'yadigan shaxs, shuhratparast; Sezar - bir vaqtni o'zida bir nechta ishni qila oladigan shaxsga nisbatan qo'llanadi. Chiroyli ko'zlar uchun - ko'plab tillarga kirib borgan va o'zbek tilida ham faol yangraydigan bu ifoda Molerning "Les precieuses ridicules" komediyasidan olingan. Unda personajlardan biri o'zi yoqtiradigan ayoldan ushbu so'zlarni qo'llab noliydi. Bu ibora kinoyali ravishda birortasini xursand qilish uchun, o'zi butunlay xohlamasa ham, biror narsa qilgan holatlarda qo'llaniladi. Ko'rinadiki, ko'plab tillar qatori o'zbek tilida ham faol qo'llanayotgan bu kabi qanotli so'zlar chuqur fikrlarni aniq va obrazli ifodalash, murakkab holat va xarakterlarni lo'nda qilib ochib berishga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Rahmatullaev Sh. (1978). O'zbek tilining izohli frazeologik lug'ati. -Toshkent: O'qituvchi.

2. O'zbek tilining izohli lug'ati. (2006). 1-2 jildlar. -Toshkent: -O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Davlat ilmiy nashriyoti.

3. Alimuhamedov A. (1975). Antik adabiyot tarixi. -Toshkent.

4. Ovruskiy N.O. (1962 Крылатые латинские изречения в литературе Kiyev

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.