Ilmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY ISSN 2992-9024 (online) 2024, №8(1)
Original paper
NUTQI TO'LIQ RIVOJLANMAGAN BOLALAR NUTQINI XALQ OG'ZAKI IJODI YORDAMIDA RIVOJLANTIRISH „so Mi,
© M.Rustamova1®
1Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent, O'zbekiston
Annotatsiya
KIRISH: maqolada nutqi to'liq rivojlanmagan bolalar nutqini xalq og'zaki ijodi, ya'ni ertaklar, maqollar, topishmoqlar va xalq qo'shiqlari kabi an'anaviy badiiy asarlar yordamida rivojlantirish usullari va ularning samaradorligi tahlil qilinadi.
MAQSAD: tadqiqotning asosiy maqsadi - nutqi rivojlanishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan bolalarda xalq og'zaki ijodi orqali nutqiy ko'nikmalarni shakllantirish va nutq rivojlanishining o'ziga xos pedagogik yondashuvlarini aniqlashdan iborat.
MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqotda eksperimental metod qo'llanilib, nutqi to'liq rivojlanmagan bolalar bilan xalq og'zaki ijodi asosida darslar olib borildi. Kuzatuv, so'rovnoma va intervyular orqali mazkur uslubning bolalar nutqiga ta'siri baholandi. Shuningdek, adabiyotlar tahlili orqali xalq ijodiyotining nutq rivojlantirishdagi o'rniga oid ilg'or tajribalar o'rganildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: natijalar xalq og'zaki ijodi yordamida nutqiy rivojlanishda orqada qolayotgan bolalarda so'z boyligi, grammatik to'g'ri tuzish qobiliyati va ifodali gapirish ko'nikmalarining ancha rivojlanganini ko'rsatdi. bolalar xalq ertaklari va topishmoqlar orqali mustaqil fikr bildirish, hissiyot va tuyg'ularni ifodalash kabi mahoratlarni o'zlashtirdi.
XULOSA: tadqiqot natijalari xalq og'zaki ijodi yordamida nutqi rivojlanmagan bolalarda nutqiy ko'nikmalarni shakllantirishda yuqori samaradorlikka erishish mumkinligini ko'rsatdi.
Kalit so'zlar:nutqiy rivojlanish, xalq og'zaki ijodi, nutqi to'liq rivojlanmagan bolalar, ertaklar, maqollar, topishmoqlar, pedagogik yondashuv.
Iqtibos uchun: Rustamova M. Nutqi to'liq rivojlanmagan bolalar nutqini xalq og'zaki ijodi yordamida rivojlantirish.// Inter education & global study. 2024. №8(1). B.502-507.
РАЗВИТИЕ РЕЧИ ДЕТЕЙ, РЕЧЬ КОТОРЫХ НЕ ПОЛНОСТЬЮ РАЗВИТАЕТСЯ С ПОМОЩЬЮ НАРОДНОГО УСТНОГО ТВОРЧЕСТВА_
© М. Рустамова1 и Ташкентский государственный Ташкент, Узбекистан
педагогический университет имени Низоми,
©intereduglobalstudy.com
2024, ISSUE 8(1)
ISSN 2992-9024 (online) 2024, №8(1)
Nmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ: в статье анализируются способы развития речи детей, речь которых развита не полностью, с помощью народных устных произведений, то есть традиционных произведений искусства, таких как сказки, пословицы, загадки и народные песни, и их эффективность.
ЦЕЛЬ: основная цель исследования - определение конкретных педагогических подходов к формированию речевых навыков и речевого развития у детей, имеющих трудности в речевом развитии.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в исследовании использовался экспериментальный метод, проводились занятия с детьми, речь которых не была полностью развита на основе фольклора. Влияние этого метода на речь детей оценивалось посредством наблюдения, анкетирования и интервью. Также посредством анализа литературы изучены передовой опыт относительно роли народного творчества в развитии речи.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: результаты показали, что с помощью народных устных произведений значительно совершенствуются словарный запас, грамматическая правильность и выразительная речь детей, отстающих в речевом развитии. дети овладевали навыками выражения собственных мыслей и чувств посредством народных сказок и загадок.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: результаты исследования показали, что с помощью фольклора можно добиться высокой эффективности в формировании речевых навыков у детей со слаборазвитой речью.
Ключевые слова: развитие речи, фольклор, дети с неразвитой речью, сказки, пословицы, загадки, педагогический подход.
Для цитирования: Рустамова М. Развитие речи детей, речь которых развита не полностью, с помощью народного творчества.// Inter education & global study.2024. №8(1). С. 502-507.
DEVELOPING THE SPEECH OF CHILDREN WHOSE SPEECH IS NOT COMPLETELY DEVELOPED WITH THE HELP OF FOLK'S ORAL CREATION
© Muxayyo Rustamova1®
Tashkent State Pedagogical University named after Nizomi, Tashkent, Uzbekistan Annotation
INTRODUCTION: the article analyzes the methods of developing the speech of children with incomplete speech development using folk art, namely, fairy tales, proverbs, riddles and folk songs, and their effectiveness.
AIM: the main goal of the study is to develop speech skills in children with speech difficulties through folk art and to identify specific pedagogical approaches to speech development.
©intereduglobalstudy.com
2024, ISSUE 8(1)
iccl (A
Ilmiy-nazariyvametodikjurnal ISSN 2992-9024 (online)
Научно-теоретический и методический журнал 2024, №8(1)
Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
MATERIALS AND METHODS: the study used an experimental method, and lessons were conducted with children with incomplete speech development based on folk art.
DISCUSSION AND RESULTS: the results showed that children with speech delays developed significantly more vocabulary, grammatically correct construction skills, and expressive speaking skills through folk tales and riddles. children mastered skills such as independent expression of thoughts, emotions, and feelings through folk tales and riddles.
CONCLUSION: the results of the study showed that it is possible to achieve high efficiency in the formation of speech skills in children with underdeveloped speech using folk tales.
Keywords: speech development, folk tales, children with underdeveloped speech, fairy tales, proverbs, riddles, pedagogical approach.
For citation: Muxayyo Rustamova (2024 Developing the speech of children whose speech is not completely developed with the help of folk's oral creation' media competence, Inter education & global study. (8(1)), pp. 502-507. (In Uzbek).
Topishmoqlar xalq og'zaki ijodining kichik va ommabop hamda xalqaro janrlaridan biri hisoblanadi. Bu janr yosh avlodni hayotni bilishga, borliqdagi narsa buyumlarning xususiyatlarini yodda saqlab qolishga o'rgatadi. Qadimda topishmoqlar cho'pchak, topmachoq, matal, bayt, jumboq. topar kabi nomlar bilan yuritilgan. Olimlarning ma'lumot berishga qaraganda, turkman, qozoq, qirg'iz kabi turkiy xalqlar singari o'zbeklarda ham qadimdan topishmoq aytish an'analari mavjud bo'lgan. Bir-biriga o'xshash ikki predmet, narsa yoki hodisa nomi yashirilib. ikkinchisiga xos o'xshash belgilar asosida uni topishga mo'ljallangan she'riy yoki nasriy tuzilishida berilgan savol yoki topshiriq topishmoq deb yuritiladi. Topishmoq atamasi «top» buyruq fe'liga «- ish» va «-moq» qo'shimchalarini qo'shish orqali hosil qilingan. Topishmoqlarning mohiyati asosan metafora bilan bog'liq bo'lib, ularda topilishi lozim bo'lgan narsa-buyumning asosiy xususiyatlari haqida ma'lumot beriladi. Bu xususiyatlar topishmoq janrining xalq orasida keng ommalashuviga sabab bo'lgan. Topishmoq, Aristotel ta'biri bilan aytganda «eng yaxshi metafora tuzish usulidir». Topishmoqlar o'ziga xos shakliy va mazmuniy xususiyatiarga ega bo'ladi. Aksariyat topishmoqlar bir yoki ikki qatorli she'r ko'rinishida shakllanadi. An'anaviy bo'lib qolgan topishmoqlarning aksariyati qofiyalanadi: «O'zi yo'qday, uni o'qday», «Otdan baland, itdan past», «Qator-qator g'isht terdim, jiyron otni bo'sh qo'ydim» kabilar. Topishmoqlarning bir yoki bir necha narsalarni topish nazarda tutilgan namunalari ham bor. Masalan, «Er tagida oltin qoziq» topishmog'ining javobi bitta sabzi bo'lsa, «Tog'da talaymonni ko'rdim, Suvda Sulaymonni ko'rdim. Tuzsiz pishgan oshni ko'rdim, Yumalab yotgan toshni ko'rdim». Bu topishmoqda bo'ri, baliq, xolvaytar (sumalak), toshbaqa nomlarini topish lozim.
©intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 8(1)
Ilmiy-nazariyvametodikjurnal ISSN 2992-9024 (online)
Научно-теоретический и методический журнал 2024, №8(1)
Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Topishmoqni xalq bekorga "Yuzsiz niqob" deb atashmaydi. Topishmoqning javobi bo'lgan predmet ("yuz") "niqob" (ishora, boshqa so'zlar bilan ifodalangan jumboq, sha'ma) ostida yashiringan bo'ladi. Shuning uchun ham har bir topishmoq bolaning tasavvurini sinovdan o'tkazuvchi o'ziga xos bosqich hisoblanadi. Agar atrof-muhitga diqqatli va ziyrak ko'zlar bilan qaralsa, topishmoqdagi har qanday jumboqning javobini topish mumkin. Xalq topishmoqlari bolaning aqliy rivojlanishiga turtki beruvchi muhim janrlardan biri sanaladi. Topishmoq - o'zgacha siyrat bilan taqdim etilgan yashirin tilsimlarni topishga qaratilgan o'yindir. Uning javobini nafaqat tanib olish, balki topish ham talab etiladi. Topishmoqning javobini topishga urinish, ya'ni topqirlikni namoyish etish bu o'yinda katta ahamiyatga ega. Topishmoqlar bolaga atrofdagi narsalarni o'ziga xos tarzda taqqoslash, obrazli tarzda nostandart fikrlashni o'rgatadi. U uzoqni yaqin qiladi, notanish narsani tanishtiradi, yangilikni odatiy holatga aylantiradi. Topishmoqlarni bilish nafaqat xotirani rivojlantiradi, balki bolada poetik tuyg'uni shakllantirish orqali uni klassik adabiyot bilan tanishtirishga tayyorlaydi. Katta maktabgacha yoshda bolalar bir qator bilimlar va intellektual ko'nikmalarga ega bo'lishiga qaramay ular topishmoqlarni doim ham to'g'ri va aniq topa olishmaydi. Bunday xatoliklarni yuzaga keltiruvchi sabablar quyidagilardan iborat: topishmoqni diqqat bilan eshitmaslik; topishmoqni to'liq eslab qolmaslik; topishmoqning javobini topishda unda keltirib o'tilgan barcha belgilarni solishtirmaslik; topishmoqning javobida keltirib o'tilgan predmet haqida etarlicha bilmaslik; topishmoqda ko'rsatilgan belgilarni tahlil qilish, solishtirish va umumlashtirish kabi harakatlarni to'g'ri bajara olmaslik.
Topishmoqlarni o'ylab topish va ularning javobini izlash bolalar nutqini har tomonlama rivojlantirishga imkon beradi. Topishmoqda metafora obrazini yaratish uchun maktabgacha yoshdagi bolalar nutqining obrazli tarzda tashkil etilishini ta'minlovchi turli ifoda vositalaridan (jonlantirish usuli, ko'p ma'noli so'zlar, epitetlar va taqqolash usuli hamda o'ziga xos ritmik ifodalardan foydalanish) foydalaniladi.
Topishmoqlarda foydalanilgan so'zlarning ko'p mazmunga ega ekanligi sababli ular bolaning lug'at boyligini kengaytiradi, so'zning ikkilamchi ma'nosini payqash imkonini beradi va bolada so'zning ko'chma ma'nolari haqida tasavvur hosil qiladi. Ular til shakliga diqqatni qaratish va uni tahlil qilish orqali o'zbek tilining tovush tarkibi va grammatik tuzilishini o'zlashtirishga yordam beradi.
Topishmoqlar bolada ziyraklik va topqirlik xususiyatlarini rivojlantiradi. Topishmoq berilishi bilan bola uning javobini qidira boshlaydi. Topishmoq o'ylab topilgan elementlarga qanchalik boy bo'lsa, uni topish shunchalik qiyin bo'ladi. Topishmoqda ifodalangan obrazlarning g'ayri oddiyligi topishmoqning tavsifi va real hayotda idrok qilinadigan odatiy vaziyatlar o'rtasidagi qarama-qarshilikni keltirib chiqaradi, topishmoqning javobi esa barcha tushunmovchiliklarni oydinlashtiradi, topishmoq va uning javobida ifodalangan predmet xususiyatlari o'rtasida bog'liqlik o'rnatiladi.
©intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 8(1)
Ilmiy-nazariyvametodikjurnal ISSN 2992-9024 (online)
Научно-теоретический и методический журнал 2024, №8(1)
Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Shuningdek, topishmoq faqatgina uning javobida belgilangan predmetga xos bo'lgan o'ziga xos belgilarga ishora qiladi. U predmetlar o'rtasidagi o'xshashlik va ularni rad etishga asoslangan. Topishmoqning ushbu xususiyati bolani atrofdagi predmet va hodislar o'rtasidagi aloqa hamda har bir predmet va hodisaning o'ziga xos belgisi haqida fikrlashga majbur qiladi.
Topishmoq topish bolalarda tahlil qilish va umumlashtirish qobiliyatini rivojlantiradi, mustaqil tarzda xulosa chiqarish ko'nikmasini shakllantiradi. Predmet yoki hodisaga ko'proq mos bo'lgan belgini aniq farqlash va predmetlarning obrazini nazokat bilan etkazib bera olish bolalarda atrofdagi dunyoga "shoirona nigoh bilan" qarash xususiyatini rivojlantiradi.
Topishmoqning aniqligi, predmetliligi va detallarga yo'naltirilganligi bolalarga didaktik ta'sir ko'rsatish vositasi sifatida foydalanish imkonini beradi. Bolalarga mashg'ulot, kuzatishlar va suhbatlar avvalida topishmoq aytish mumkin. Ishning bunday turlarida topishmoq bolada qiziqish uyg'otadi va uni qiziqtirayotgan predmet yoki hodisa haqida batafsilroq suhbatlashish imkonini beradi. Folklorning bunday shakllari mashg'ulotlarni "jonlantiradi" va u yoki bu predmetlarga boshqa nigoh bilan qarash, kundalik vositalardagi o'ziga xos qiziqarli detallarni payqash imkonini taqdim etadi. Topishmoqlardan nafaqat mashg'ulotning boshi va o'rtasida, balki uning yakunida ham foydalanish zarurligini tavsiya etishadi. Masalan, predmetlarni ko'rish, solishtirish va ular o'rtasidagi o'xshashlik hamda farqlarni aniqlash mobaynida bolalar aniq bir xulosaga kelishadi hamda uni so'z orqali ifoda etishadi. Bunda topishmoq bolaning ongida predmet belgilarini yaqqol aks ettirgan holda mashg'ulot jarayonini o'ziga xos tarzda yakunlash va umumlashtirishga yordam beradi. Ushbu usul bolalarda predmet yoki hodisaga xos bo'lgan tasavvurlarni aniqlashtirishga imkon beradi. Shunday qilib, topishmoqlar bolalarga til vositalaridan qanday qilib yorqin va o'ziga xos tarzda foydalanish orqali ayni bir narsani turli so'zlar bilan ifodalash mumkinligini anglashga yordam beradi.
Turli nutqiy buzilishlarga ega bolalar bilan olib boriladigan korreksion - pedagogik ishlar jarayonida folklorning qiziqarli va qulay shakllaridan biri hisoblangan topishmoqlardan keng foydalanib kelinmoqda. Topishmoqning o'ziga xos xususiyati shundaki, u so'zli-mantiqiy topshiriq vazifasini bajaradi. Topishmoqni topish murakkab tafakkur operatsiyalarini amalga oshirish, ya'ni savolga javob berishni talab etadi. Topishmoqda nazarda tutilgan predmet yashirin tarzda ifodalanadi va uni topish uchun turli usullardan foydalaniladi. Topishmoqning korreksion-rivojlantiruvchi imkoniyatlari xilma-xildir. Quyida ulardan eng muhimlari keltirib o'tilgan: bolada topqirlik, ziyraklik va vaziyatga tezkor ravishga munosabat bildirish qobiliyatlarini tarbiyalash; aqliy faoliyatni rag'batlantirish; tafakkur, nutq, xotira, diqqat va tasavvurni rivojlantirish; atrof-muhit haqidagi bilimlar va tasavvurlar zaxirasini kengaytirish; sensor sohani rivojlantirish. Bu
©intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 8(1)
Ilmiy-nazariyvametodikjurnal ISSN 2992-9024 (online)
Научно-теоретический и методический журнал 2024, №8(1)
Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
ayniqsa, nutqi to'liq rivojlanmagan bolalar uchun muhim hisoblanadi, chuni ayni holatda topishmoq bolaning to'g'ri nutqini shakllantirish va undagi nutq buzilishlarini korreksiyalash uchun amaliy material sifatida xizmat qilishi mumkin.
Topishmoqning murakkablik darajasini belgilashda quyidagi omillarni hisobga olish zarur: bola topishmoqni topish paytida amalga oshirishi kerak bo'lgan aqliy operatsiyalar va mantiqiy topshiriq turi; turli nutqiy rivojlanish darajasiga ega bo'lgan bolalarning topishmoqda ifodalangan tasviriy-ifodaviy vositalarni tushuna olishi; topishmoqdagi kompozitsion-sintaktik tuzilmaning qay darajada murakkabligi (savol-javob, bir tarkibli gap, bir o'zakli gap bo'laklaridan foydalanish va hokazo).
Topishmoqlarni to'g'ri tushunish va to'g'ri topish imkonini ta'minlovchi shartlar quyidagilardan iborat: bolalarni topishmoq javobida keltirib o'tilgan predmet va hodisalar bilan avvaldan tanishtirish; pedagogning topishmoqdan qay tarzda foydalanish va uni qanday taqdim etish usullarini rejalashtirishi; bolalarning nutqiy rivojlanish darajasi; maktabgacha yoshdagi nutqi to'liq rivojlanmagan bolalarning yoshga doir xususiyatlari va imkoniyatlarini hisobga olish. Demak, topishmoqlar bolada ziyraklik va topqirlik xususiyatlarini rivojlantiradi hamda bolalar nutqini rivojlantirish va undagi nutq buzilishlarini korreksiyalash uchun amaliy material sifatida xizmat qilishi mumkin ekan.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. 1.Бойчечак. Болалар фольклори. О.Сафаров, К.Очилов. Т.: ФАСН, 1993.
2. 2.Жах,онгиров Г'. Узбек болалар фольклори. Т.: "Укитувчи", 1991.
3. З.Сафаров О. Узбек болалар поэтик фольклори. Т.: "Укитувчи", 1995.
4. 4.Сафарова Н. Узбек болалар ойин фольклори табиати. -Т.: "Фан", 2008.
5. 5.Топишмоклар. Узбек халк ижоди, куп томлик, Т,2010.
6. М.Жураев, F.Эшонкулов. Фольклоршуносликка кириш. Тошкент, Турон-Икбол, 2018 w w
7. М.Сапарниёзова. Узбек халк топишмокларида гап булаклари тартиби /"Узбек тили ва адабиёти"/ 2005, Зс.
8. Умида Крбулова. Топишмокларнинг структуравий тах,лили /Узбек тили ва адабиёти/, 2005, 4-сон.
9. Наргиза Махмудова, Кх,ошимова Машкх,ура, Тх,е меанинг оф риддле ин фольклоре.2001
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
^Rustamova Muxayyo, magistrant, [Рустамова Мухаё - магистрант.], [Rustamova
Mukhayo graduate student]; manzil:O'zbekiston, Toshkent shahri,Chilonzor tumani,Bunyodkor ko'chasi 27-uy. [aддреc: Узбекистан, ул Город Ташкент, Чиланзорский район, улица Бунёдкор, 27], [address: Uzbekistan, 27 Bunyodkor street, Chilonzor district, Tashkent city.]
©intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 8(1)