Научная статья на тему 'NOTARIATNING VAZIFASI VA NOTARIAL FAOLIYATNI TARTIBGA SOLUVCHI PRINSIPLARNING INSON HUQUQLARINI HIMOYA QILISHDA TUTGAN O’RNI'

NOTARIATNING VAZIFASI VA NOTARIAL FAOLIYATNI TARTIBGA SOLUVCHI PRINSIPLARNING INSON HUQUQLARINI HIMOYA QILISHDA TUTGAN O’RNI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

221
45
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «NOTARIATNING VAZIFASI VA NOTARIAL FAOLIYATNI TARTIBGA SOLUVCHI PRINSIPLARNING INSON HUQUQLARINI HIMOYA QILISHDA TUTGAN O’RNI»

NOTARIATNING VAZIFASI VA NOTARIAL FAOLIYATNI TARTIBGA SOLUVCHI PRINSIPLARNING INSON HUQUQLARINI HIMOYA

QILISHDA TUTGAN O'RNI

Intizor Turdimatovna Mamajonova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, tayanch doktoranti

Mustaqillik yillari jamiyatda jismoniy va yuridik shaxslarning qonun bilan qo'riqlanadigan huquq va manfaatlarini himoya qilishda notarialidoralar ma'muriy idoralar tizimida o'z o'rniga ega bo'ldi. Notarial idoralarning o'ziga xos bo'lgan, boshqa ma'muriy idoralardan farq qiluvchi jihati shundaki, ushbu idora nizosiz munosabatlarni tartibga soladi. Shuningdek, ma'muriy idora hisoblangan sud, prokuratura, ichki ishlar organlariga shaxslar majburan keltirilsa, buidoragahechkimmajburankeltirilmaydi.

Notarial faoliyatni tartibga soluvchi qonunlarga ko'ra, notariuslarga muhim vazifa yuklatilgan bo'lib, ularni bajarish uchun notariusdan yuksak saviya, talabchanlik, xushmuomalalik talab qilinadi. Bu borada, mustaqillik yillari O'zbekiston Respublikasi notarial Palatasi tomonidan notariuslarning Kasb etikasi qoidalari ishlab chiqildi .

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar natijasi bois, ushbu kunda notarial harakatlarning turi va soni kun sayin o'sib bormoqda. Mustaqillikka erishgach O'zbekiston Respublikasining "Notariat to'g'risida"gi (bundan keyin matnlarda soha qonuni deb yuritiladi) qonuni yangitdan qabul qilindi va qonunga qator o'zgartishlar kiritildi. Soha Qonunida notariatning vazifasi qayd etib o'tildi. Ushbuga ko'ra "O'zbekiston Respublikasida notariat qonunda nazarda tutilgan notarial harakatlarni hamda ular bilan bevosita bog'liq huquqiy va texnik tusdagi harakatlarni notariuslar tomonidan amalga oshirish yo'li bilan jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta'minlashgada 'va tetilgan huquqiy institutdir" Soha qonunida notarial harakatni bajaruvchi shaxslar doirasi belgilab berildi. "O'zbekiston Respublikasida notarial harakatlar ushbu Qonunga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat notarial idoralari notariuslari va xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariuslar tomonidan amalga oshiriladi", "boshqa davlatlarning hududida notarial harakatlarni O'zbekiston Respublikasi konsullari amalga oshiradi" degan qoida qonunda o'z ifodasini topdi.

April 21-22

944

Hozirgi kunda notariatning jamiyatda tutgan o'rni beqiyos bo'lib, uning jamiyatda tutgan o'rni, sohaning vazifasi bilan uzviy bog'liqdir.

Mustaqillik yillari jismoniy va yuridik shaxslarning qonun bilan qo'riqlanadigan huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida maxsus tizimga solingan notarial faoliyatni o'zida ifodalovchi aniq huquqiy mexanizm yaratildi. Huquqiy adabiyotlarda notarial faoliyatning o'ziga xos bo'lgan huquqiy jihatlari yoritib berilgan.Bu jarayon jamiyatda notarial idoralarning nufusini belgilab berish bilan birga, notariatning vazifasini bajarishga ham xizmat qiladi. Notarial faoliyatning o'ziga xos bo'lgan asosiy jihatlari quyidagilar :

1. Notarial harakat O'zbekiston Respublikasi nomidan bajariladi;

2.Bajarilayotgan notarial harakat amaldagi qonunga zid bo'lmasligi kerak;

3. Notarial harakatda shaxs o'z erkiga asosan ishtiro ketadi;

4.Notarial harakat ishtirokchilari teng huquqga ega;

5.Notarial harakatda ishtirok etayotgan shaxs aqliraso bo'lishi kerak;

6. Notarial harakat nizosiz bo'lishi kerak;

7.Notarial tasdiqlangan hujjat notarius muhri bilan ijroga qaratiladi.

Yuqorida sanab o'tilgan holatlar notarial faoliyatni amalga oshirishning o'ziga

xos asosiy jihatlari bo'lib, ushbu jihatlarni amaliyotga to'g'ri tatbiq etishni ta'minlashda notarial faoliyat bilan shug'ullanuvchi notarius, konsul, mansabdor shaxslar mas'uldirlar, ayni paytda buzilgan huquq sud yo'li bilan himoya qilinadi.

1.Notarial harakatni bajaruvchi shaxslar notarial faoliyatni davlat nomidan amalga oshiradi. Jismoniy va yuridik shaxslarning qonun bilan qo'riqlanadigan huquq va manfaatlarini himoya qilish davlat funksiyasi hisoblanib, notarial faoliyatni amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar mazkur funksiyani notarial faoliyatni amalga oshirish yo'li bilan bajaradi.

2. Notarius tomonidan bajarilgan har bir notarial harakat qonunga asoslangan bo'lishi shart. Shaxs notariusdan bajarib berishni talab qilayotgan harakat qonunga va qonunlar majmuasiga zid bo'lmasligi kerak.

3.Notarial harakatda ishtirok etayotgan shaxs o'z istagi, talabi va xohishidan kelib chiqib, notariusdan qonunga zid bo'lmagan notarial harakatni bajarib berishni talab qilishi va qonunga zid bo'lmagan notarial harakatda ishtirok etish huquqiga ega.

4.Notarial harakat ishtirokchilari teng huquqga ega. Ularning huquqlari cheklanishi mumkin emas, ular qonunda belgilangan huquq va vakolat doirasida harakat qiladi.

April 21-22

945

5. Qonun notarial faoliyatda ishtirok etayotgan shaxsning mustaqil bo'lishini nazarda tutadi, , u o'z harakatlarini oqibatini to'liq tushunib yetishi ya'ni aqliraso bo'lishi kerak.

6.Notaria lharakatda qatnashuvchi shaxslar o'z xohishidan kelib chiqib erkini shtirok etadilar, notarial harakat nizosiz bo'lishi kerak.

7. Har bir bajarilgan notarial harakat notarius tomonidan imzo qo'yib, muhr bosish bilan ijroga qaratiladi, notarius tasdiqlagan hujjat majburiy ijron italab qilmaydi.

Notarial faoliyatning o'ziga xos bo'lgan asosiy jihatlari

Notarial idoralar jamiyatda o'z o'rniga ega bo'lgan idora hisoblanadi. Oddiy xalq nazarida hujjatga imzo qo'yib, muhr bosib beruvchi idorasi sifatida gavdalanishi mumkin. Biroq, har bir notarial harakat zaminida inson huquqi va majburiyatlariga tegishli bo'lgan hujjat

April 21-22

946

qonuniy tus oladi. Soha qonunida notarius, tomonidan notarial harkatni bajarishni rad etish tartibi ham ko'rsatib o'tilgan. Notarius quyidagi hollarda notarial harakatni amalga oshirishni rad etadi, agar: bunday harakatni amalga oshirish qonunga zid bo'lsa; bu harakat boshqa notarius tomonidan amalga oshirilishi kerak bo'lsa; muomalaga layoqatsiz fuqaro yoxud zarur vakolatlari bo'lmagan vakil notarial harakatni amalga oshirishni so'rab murojaat qilgan bo'lsa; yuridik shaxs nomidan amalga oshiriladigan bitim uning ustavida yoki nizomida ko'rsatilgan maqsadlarga zid bo'lsa; bitim qonun talablariga muvofiq bo'lmasa; notarial harakatni amalga oshirish uchun taqdim etilayotgan hujjatlar qonunchilik talablariga muvofiq bo'lmasa. Amaliyotda notariuslar tomonidan notarial harakatni bajarishni rad etish, notarial harakat ustidan sudga shikoyat qilish holatlari mavjud.

Notarial harakat yoki bunday harakatni bajarishni rad etganlik ustidan berilgan shikoyatlarning statistik tahlili shuni ko'rsatadiki, Respublika bo'yicha 2003yil holatiga notarial harakat yoki bunday harakatni bajarishni rad etganlik bo'yicha ko'rilgan ishlar jami 77 tab o'lib, bundan 68,1 foizda 'voto'liq qanoatlantirilgan, 2004 yil holatiga notarial harakat yoki bunday harakatni bajarishni radetish bo'yichak o'rilganish 128 ta bo'lib, bundan 68,4 foizda va qanoatlantirilgan, 2005 yil birinchi yarim yillik holatiga Respublika bo'yicha mazkur turkumdagi 234 ta ish ko'rilgan, bundan 41,0 foizda'voqanoatlantirilgan, 2006 yilning birinchi yarim yillik holatiga Respublika bo'yicha mazkur turkumdagi 2037 ta ish ko'rilgan bo'lib, ko'rilgan ishdan 90,4 foizda 'va qanoatlantirilgan".Notarius notarial harakatni bajarishni rad etganligi va kasb etikasi roiya qilmaganligi bo'yicha, 2021 yilning 1 -yarim yilligi davomida Notarial palata va uning hududiy boshqramalariga jami 192 ta murojaat kelib tushgan bo'lib,shundan 46tasi qanoatlantirishgan, 117tasi bo'yicha murojaatchilarga tegishli tartibda huquqiy tushuntirishlar berilgan. Ushbu murojaatlarning 38 tasi o'z tasdig'ini topganligi bois, kasb etikasi komissiyalari tomonidan ko'rib chiqilib notariuslarga nisbatan ogohlantirish, hayfsan va litsenziyalarni turli muddatlarga to'xtatish choralari qo'llanilgan.

Huquqiy adabiyotlarda qayd etilishicha notariat sohasiga oid prinsiplar tashkiliy prinsiplarga, funksional prinsiplarga bo'linadi. Notarial faoliyatni tartibga soluvchi prinsiplar, funksional prinsiplar hisoblanadi. Ushbu prinsiplar notarial faoliyat bilan shug'ullanuvchi barcha shaxslarga tegishli bo'lgan rahbariy qoidalar hisoblanadi.

Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizda jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo'riqlanadigan

April 21-22

947

manfaatlarini himoya qilishda notariat sohasi jamiyatda muhim o'rine gallaydi. REFERENCES

1. Internet ma'lumotlaridan olindi http://hudud24.uz/notarius-uchun-kasb-etikasi juda-muhim/

2.O'zbekiston Respublikasining 2020 yil 14 yanvarlagi O'zbekiston Respublikasi Qonuni (O'RQ)-602-sonli qonuni tahririda- Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020y., 03/20/602/0052-son

3.O'zbekiston Respublikasining 2021 yil 21 apreldagi O'zbekiston Respublikasi Qonunlari-683-sonli Qonuni tahririda - Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021 y., 03/21/683/0375-son

4.O'zbekiston Respublikasining 2010 yil 14 sentyabrdagi O'zbekiston Respublkasi Qonuni-255-sonli qonuni tahririda - O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2010 yil., 37-son, 313-modda.

5.SultonovaT.S. "O'zbekistonda notarial faoliyat" O'quv qo'llanma. O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Yuristlar malakasini oshirish markazi. Toshkent-2014. 7-8 b

6.O'zbekiston Respublikasining 2021yil 21apreldagi O'zbekiston Respublikasi Qonuni-683-sonli Qonuni tahririda-Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021y., 03/21/683/0375-son.

7.SultonovaT.S. "O'zbekistonda notariat to'g'risidagi qonunlar va ularni takomillashtirish muammolari" mavzusidagi yuridik fanlar nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgandissertatsiya ishidan olindi. TDYuI.Toshkent-2008 yil. 8.Internet ma'lumotlaridan olindi. http://hudud24.uz/notarius-uchun-kasb-etikasi-juda-muhim/. 9 .Takroriy manba.

3.O'zbekiston Respublikasining 2021 yil 21 apreldagi O'zbekiston Respublikasi Qonunlari-683-sonli Qonuni tahririda - Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021 y., 03/21/683/0375-son

4.O'zbekiston Respublikasining 2010 yil 14 sentyabrdagi O'zbekiston Respublkasi Qonuni-255-sonli qonuni tahririda - O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2010 yil., 37-son, 313-modda.

5.SultonovaT.S. "O'zbekistonda notarial faoliyat" O'quv qo'llanma. O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Yuristlar malakasini oshirish markazi. Toshkent-2014. 7-8 b

April 21-22

948

6.O'zbekiston Respublikasining 2021yil 21apreldagi O'zbekiston Respublikasi Qonuni-683-sonli Qonuni tahririda-Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021y., 03/21/683/0375-son.

7.SultonovaT.S. "O'zbekistonda notariat to'g'risidagi qonunlar va ularni takomillashtirish muammolari" mavzusidagi yuridik fanlar nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgandissertatsiya ishidan olindi. TDYuI.Toshkent-2008 yil. 8.Internet ma'lumotlaridan olindi. http://hudud24.uz/notarius-uchun-kasb-etikasi-juda-muhim/. 9 .Takroriy manba.

® о

April 21-221

International Scientific and Practical Conference

©

О

949

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.