Научная статья на тему 'NOSOZLIKLARNI DIAGNOS QILISHNING ANALITIK USULI'

NOSOZLIKLARNI DIAGNOS QILISHNING ANALITIK USULI Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
29
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Nosozlik / ta`mirboplik / transport vositalari / ta'mir / ishlash qobiliyati / ehtimollik / texnik tizimlar / analitik / diagnostika / ishonchlilik / vaqt / axborot / Fault / maintainability / vehicles / repair / performance capability / probability / technical systems / analytical / diagnostics / reliability / time / information.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Abdug’aniyev Shohruh Oxunjon O’g’li, Raximqulov Foziljon Sobirjon O’g’li

Ushbu maqolada buzilishlarning sabablari, belgilari va murakkablik guruhlariga bo'linishi hamda nosozliklarni oldindan diagnoslashning dolzarb muammosi haqiqat parametrlari asosida aniq hisob-kitoblarda ko'rsatilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Analytical method of diagnosing malfunctions

This article describes the causes, the characters, and the devision into the groups of complexity of faults, the topical issue of prediagnosis of faults which is showed accurate calculations based on reality parametrs.

Текст научной работы на тему «NOSOZLIKLARNI DIAGNOS QILISHNING ANALITIK USULI»

UDK 629.331 (075.8)

NOSOZLIKLARNI DIAGNOS QILISHNING ANALITIK USULI

Abdug'aniyev Shohruh Oxunjon o'g'li NamMQI,o'qituvchisi email:shohruhabduganiyev1_gmail.com. Tel:+ 998931781780

Raximqulov Foziljon Sobirjon o'g'li NamMQI, magistrant

Annotatsiya: Ushbu maqolada buzilishlarning sabablari, belgilari va murakkablik guruhlariga bo'linishi hamda nosozliklarni oldindan diagnoslashning dolzarb muammosi haqiqat parametrlari asosida aniq hisob-kitoblarda ko'rsatilgan.

Аннотация: В данной статье описаны причины, характеры и деления на группы сложностей неисправностей, актуальна проблема предварительной диагностики неисправностей, которая показана точными расчетами на основе параметров реальности.

Abstract: This article describes the causes, the characters, and the devision into the groups of complexity of faults, the topical issue of pre- diagnosis of faults which is showed accurate calculations based on reality parametrs.

Kalit so'zlar: Nosozlik, ta'mirboplik, transport vositalari, ta'mir, ishlash qobiliyati, ehtimollik, texnik tizimlar, analitik, diagnostika, ishonchlilik, vaqt, axborot.

Ключевые слова: Неисправностъ, ремонтопригодностъ, транспортные средства, ремонт, способность к производительности, вероятность, технические системы, аналитический, диагностика, надежность, время, информация.

Keywords: Fault, maintainability, vehicles, repair, performance capability, probability, technical systems, analytical, diagnostics, reliability, time, information.

Nosozliklarning paydo bo'lish sabablari har xil bo'lishi mumkin. Bu konstruksiyalash va loyihalash bosqichida qilingan xatoliklar tufayli noto'g'ri hisoblashlar, ishlab chiqarishdagi nuqsonlar, ekspluatatsiya qoidalari va me'yorlarini buzilishi, shikastlanish, shuningdek, tabiiy yeyilish va eskirish jarayonlari [1].

Nosozlik belgilari haydovchining sezgi organlariga obyektlarning ishlamaydigan holatiga yoki ular bilan bog'liq jarayonlarga xos bo'lgan hodisalarning to'g'ridan-to'g'ri yoki bilvosita ta'sirini ko'rsatadi va obyektda sodir bo'layotgan o'ziga xos o'zgarishlarni aniqlaydi.

Ko'pgina texnik tizimlar, xususan, transport vositalari uchun nosozlik jadalligining vaqt oralig'iga bog'liqligining uch turda xarakterlanadi, bu ushbu tizimlarning uchta "hayotiy davriga" to'g'ri keladi [2].

Birinchi turdagi xarakterlar ("a" bo'limi) nosozlik jadalligini monotonik kamayishi bilan tavsiflanadi. Bu texnologiya va ishlov berishdagi nuqsonlar paydo bo'ladigan va konstruksiyaga xos bo'lmagan ishlash vaqtiga to'g'ri keladi [2].

Ikkinchi turdagi xarakterlar ("b" bo'limi) nosozlik jadalligi kostantasi bilan shartlashadi. Bu normal ekspluatatsiya davriga mos keladi. Ushbu davrda, qoida tariqasida, konstruksiyaning o'ziga xos to'satdan buzilishlar paydo bo'ladi va ularning soni, shuningdek, ularning paydo bo'lish chastotasi ishlash vaqtiga bog'liq [2].

3,5 3 2,5 "S c 50 J 2 2 5« 1 1,5 3 •a p

1 M

3 \ /

\ /

2

0,5 0

a c b t vaqt

1-rasm. Nosozlik jadalligining vaqtga bog'liqligi

Uchinchi turdagi xarakterlar ("c" bo'limi) nosozliklar jadalligining doimiy o'sishini aks ettiradi. Bu qarish jarayonlari natijasida paydo bo'lgan yeyilish davriga to'g'ri keladi. Ushbu davrda asosan asta-sekin buzilishlar yuzaga keladi [1].

Nosozliklar odatda bir qator belgilarga muvofiq tasniflanadi. Nosozliklarni murakkablik guruhiga bo'linishini ko'rib chiqamiz.

Nosozliklarning birinchi guruh murakkabligiga-obyektning turli xil agregatlarini yoki tarmoqlarini qismlarga ajratmasdan bartaraf qilinadigan hamda ularni TXK da bartaraf mumkin bo'lgan nosozliklar kiradi.

Nosozliklarni ikkinchi guruh murakkabligiga: ta'mirlash yo li bilan yoki yengil almashtiriladigan agregat va tarmoqlarni almashtirish bilan bartaraf qilinadigan nosozliklar, asosiy agregatlarni ichki boshliqlarini ochish yo'li bilan (qismlarga ajratmasdan) yoki TXK-2 da bartaraf qilinadigan nosozliklar kiradi.

Nosozliklarni uchinchi guruh murakkabligida asosiy agregatlarni qismlarga ajratish talab qilinadi. Ushbu guruhning nosozliklari ixtisoslashtirilgan ta'mirlash korxonalari sharoitida yoki markaziy ta'mirlash ustaxonalarida (MTU) bartaraf qilinadi [2].

Ushbu turdagi nosozliklarni transport vositalarida kamaytirish uchun avtotransport korxonalarida aniq hisob-kitoblarga asoslangan diagnostik hisob kitoblarni amalga oshirish zarur. Bu diagnostik hisob-kitoblar avtotransport vositasining ishonchlilig xususiyatini oshirib buzilishlar sonini kamaytirish uchun xizmat qiladi. Murakkab xususiyat sifatida avtotransport vositasining ishonchliligi xususiyatlarning kombinatsiyasidan iborat: buzilmaslik, chidamlilik, tamirboplik va saqlanuvchanlik. Shuning uchun ishonchliligni baholash ushbu obyektlarning ishlashini kuzatish natijalari asosida individual xususiyatlar ko'rsatkichlari bo'yicha alohida amalga oshiriladi. Ishonchlilik ko'rsatkichlarini ish vaqti oralig'i uchun, shuningdek, butun kuzatuv davri uchun alohida-alohida aniqlash maqsadga muvofiqdir. Buning uchun har bir

transport vositasini barcha nosozliklarini ish oralig'ida taqsimlash kerak. So'ng ma'lum bir oraliqda ishlaydigan transport vositalarining shartli soni quyidagi formulaga bo'ysunadi:

bu yerda: Ef=i(t;) -aniq oraliqda barcha transport vositasini ishlash vaqti summasi, ming km.; At-oraliq qiymati, ming km.

Aniq oraliqda bitta transport vositasini nosozliklarning ortacha sonini quyidagicha aniqlaymiz:

rcp = HL r (A )/ Ny

bu yerda: r (At) - i-li yuk avtomobilning aniq bir oraliqdagi nosozliklar soni.

At oraliqlar bo'yicha nosozliklar oqimi parametrik ro(At) otk/ming km quyidagi formula bilan aniqlanadi:

r (At) c(At) = r[3] At

Unda butun kuzatuv davri uchun nosozliklar oqimi parametrining o rtacha qiymati quyidagi formula bilan aniqlanadi:

C = ■

2T

bu yerda: Zf=1r(-kuzatuv davriga barcha transport vositalari bo yicha nosozliklarni summar soni;

ST- kuzatuv davriga barcha yuk avtomobillari bo'yicha summar ishlash vaqti, ming km. Aniq oraliqda nosozlikga ortacha ishlash vaqti To, quyidagi formula bilan aniqlanadi:

t =—

1 o a(At )

bunda, kuzatuv davriga barcha transport vositalari bo'yicha nosozlikgacha ortacha ishlash vaqti quyidagi formula bilan ifodalanadi:

1 o v^N „

L=i L C

Aniq oraliq chegarasida transport vositalarini buzilmasdan ishlash ehtimolligi formula bilan aniqlanadi:

P(t, t + At ) = ea( At )At

Tamirboplik korsatkichlaridan-ishlash qobiliyatini tiklashni ortacha vaqtini aniqlaymiz. Ishlash qobiliyatini tiklashni ortacha qayta tiklashni ortacha vaqtini transport vositalarini kuzatuv davrida bartaraf qilingan nosozliklar bo'yicha quyidagicha aniqlaymiz:

rrt _ tb

1 e.cp N

r ycmp

bu yerda ^^ -ishlash qobiliyatini qayta tiklashni summar vaqti, s.

Tayyorgarlik koeffitsienti - bu kuzatuv ob'ektlarining tamirboplik va buzilmasdan ishlashini tavsiflovchi kompleks ko'rsatkich, quyidagi formula bilan aniqlanadi:

LT -. 1 0

К T -

X xT + T

1 0 1 в.ср

bu yerda: x-yuk avtomobilini ishlash vaqti birligini toza ishlagan soatiga otkazish koeffitsiyenti. Ushbu koeffitsiyent quyidagicha aniqlanadi:

X-— [4] Wt

bu yerda: Wt- transport vositalarining nazariy unumdorligi.

Transport vositalarini mukammal ta'mirgacha (MT) ish vaqti y - foizli resurs bo'yicha baholanadi. Buning uchun transport vositalarining resurslari qiymatlari (variatsion qator) ularning ko'payish tartibida joylashtiriladi. Axborotlarning raqamli qiymatlari, axborotlarning o'rtasi, chastota, tajriba ehtimoli (chastotasi) va to'plangan eksperimental ehtimolligi bo'yicha statistik ketma-ket ma'lumotlarni tuzamiz. Barcha axborotlarni oraliqlarga ajratamiz, ularning soni quyidagi formula bo'yicha aniqlanadi:

n-4n

bu yerda: N-axborotlar soni.

Bitta oraliq uzunligi A,ming km., quyidagi formula bilan aniqlaymiz:

Т - Т

д _ -L мах -L МИН

n

bu yerda: Tmax va Tmin-statistik qatorda mos ravishda eng katta va eng kichik qiymatlar.

Bundan tashqari, oraliq uzunligi ko'p tomonga yaxlitlanadi. Siljish qiymati tSm formula bilan aniqlanadi:

A

t = T

v sm J- DrI ^

bu yerda: TDw-birinchi axborot nuqtasidagi resurs qiymati (eng kichik resurs), ming km.

Statistik qatorning birinchi qatorini tuzishda oraliqlar soni va ularning uzunligi qo'llaniladi. Ushbu satrning ikkinchi satri har bir oraliqning o'rtasini bildiradi. Uchinchi qator chastotani mi, ya'ni har bir resurs oralig'iga tushadigan qiymatlar soni ko'rsatadi. Bunda, agar ikkita oraliq chegarasida bir nechta bir xil resurs qiymatlari bo'lsa, ularni ushbu oraliqlar o'rtasida teng taqsimlaymiz.

Axborot nuqtalarining bir yoki bir nechta qiymatining oxirgi oraliq chegarasidan chiqib ketadigan bo'lsa, A oraliqlar uzunligini oshiramiz. Har bir P oralig'ida ishonchlilik ko'rsatkichi ko'rinishining eksperimental ehtimoli qiymatlari quyidagi formula bilan aniqlanadi:

N

To'plangan ehtimollik yoki chastotalar qiymatini axborotlarning oraliqlari bo'yicha ehtimolliklarni qo'shib formula bilan aniqlaymiz:

P, - m

Zn p = vn m _ ~yn

i-1 -1 Д T

m-i

"'-1 N

Shunday qilib, transport vositalarini ta'mirlash resurslariga qadar statistik taqsimotning barcha kerakli yo'nalishlarini shakllantiramiz. So'ng, resurslarni taqsimlashning asosiy raqamli xususiyatlarini; o'rtacha qiymatini TDr, o'rtacha kvadratik og'ish о va V variatsiya koeffitsientini aniqlaymiz. o'rtacha kvadratik og'ish о mutlaq o'lchovdir va variatsiya koeffitsienti tasodifiy o'zgaruvchilar dispersiyasining nisbiy o'lchovidir. O'rtacha resurs qiymati quyidagi formula bilan aniqlanadi:

TDR = YjTcmPr [51

1

Гсд -i'-oraligi o'rtasidagi resurs qiymati; Pi-i--oraligidagi tajriba ehtimolligi.

Ortacha kvadratik chetlanish quyidagi formula bo'yicha hisoblanadi:

(TCP1 - ТДР) x Pi [5]

Variatsiya koeffitsiyentini quyidagi formula bo'yicha hisoblaymiz:

V -—

TДР tcm

Tajriba qiymatini Irvinn mezoni boyicha tekshirishni amalga oshiramiz:

л _ Тi Ti-i

Лоп - a

bu yerda Ti va T-i-axborot jadvalidagi almashuvchi nuqtalar [6].

Olingan qiymatlar Irvin mezonining jadval qiymatlari bilan taqqoslaymiz. Agar Xop<Xt bo'lsa, axborot ishonchli, agar Xop>^t bo'lsa, yani ishonsiz bo'ladi [6].

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, nosozliklarning analitik ravishda oldindan aniq bashorat qilish bugungi avtotransport korxonalarining asosiy muammolaridan biri hisoblanadi. Bu muammoni yechishda Irvinn mezoni bo'yicha axborotning ishonchliligini tekshirish avtotransport vositasini mukammal ta'mirgacha bo'lga davrini qisqartiradi va avtotransport korxonalariga transport vositalarining ta'mirlash vaqti haqida aniq ma'lum otlar bera oladi. Bu esa o'z navbatida avtotransport korxonalariga ta'mirlash uchun mablag'ni oldindan yo'naltirish imkonini beradi.

ADABIYOTLAR

1. Динко A.B. Шесцот практических советов. Диагностика неисправностей автомобилей М.: континентпресс. - 2001.b-384 .

2. Биргер И.А.Техническая диагностика - М.: Машиностройенийе,1978-240 б.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

3. Кузнецов Й. С., Воронов В. П., Болдин А. П.Техническая эксплуатация автомобилей -М.: Транспорт. - 1991. - 413

4. Хасанов Р. X. Автомобилларни техник эксплуатация к;илиш асослари.Укув кулланма / Оренбург.: гоу огу. 2003-193 б.

5. К.С.Имомназаров, А.Ш.Насриддинов, З.Т.Мунаввархонов, (2021). Применение интеллектуальных систем в автомобилях. Економика и социум, (5-1), 933-938.

6. Sarvar, I. (2021). Application of intelligent systems in cars. International journal of innovative analyses and emerging technology, 1(4), 78-80.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.