NOKNING QISHKI NAVLARI MEVALARI SOVUTGICHLI
OMBORLARDA SAQLASH
1Shaumarov Xikmat Baxramovich, 2Djabbarov Zikrillo Abdumaxsudovich
1Toshkent davlat agrar universiteti professori, 2Toshkent davlat agrar universiteti dotsenti
https://doi.org/10.5281/zenodo.13968659
Annotatsiya. Ilmiy maqola Texnik pishib yetilgan nok navlari mevalarini sovutkichli omborxonalarda harorat 4-6 0S va havoning nisbiy namligi 80-85 % da saqlash jarayonida meva tarkibidagi faol moddalar о 'zgarishi jadallashmaydi va saqlanuvchanligi uzoq muddat bo 'ladi. Nok mevalarini saqlashda mahsulot sifati va biokimyoviy tarkibining о 'zgarishi omborxonalar turlariga keskin ravishda bog'liqligi aniqlangan.
Kalit so 'zlar: nok, meva, meva o'lchami, morfometrik, rang shkalasi, saqlash ombori, harorat nisbiy namlik.
Аннотация. В научной статье проанализированы уровни естественной редукции плодов при выращивании и хранении груш. Было замечено, что при хранении плодов груш на складах без охлаждения и с охлаждением уровни естественной редукции плодов были разными. В основном было обнаружено, что существует большая разница в темпах естественного снижения количества груш, когда груши хранятся в обычных холодильных складах, по сравнению с грушами, хранящимися в холодильных камерах.
Ключевые слова: груша, плоды, размер плодов, морфометрия, цветовая гамма, склад хранения, температура, относительная влажность.
Abstract. The scientific article analyzes the levels of natural reduction offruits during the cultivation and storage of pears. It was noted that when storing pear fruits in warehouses without cooling and with cooling, the levels of natural reduction of fruits were different. Basically, it was found that there is a large difference in the rate of natural reduction of pears when pears are stored in conventional refrigerated warehouses, compared to pears stored in refrigerated chambers.
Keywords: pear, fruits, fruit size, morphometry, color range, storage warehouse, temperature, relative humidity.
Kirish
Hozirgi vaqtda dunyo miqyosida nok mevalarini yetishtiruvchi ko'plab davlatlarda, jumladan; Xitoy, Argentina, AQSH, Italiya va Turkiyada nok mevalarini yetishtirish, hosildorligi va hajmini oshirish, sifatli va ekologik sof mevalarni ko'paytirish va ularni saqlab ozuqaviyligi hamda shifobaxshligini yо'qotmagan holda aholiga yetkazish bо'yicha olimlar tomonidan ko'plab ilmiy-tadqiqotlar olib borilmoqda. Shunday bo'lsada, hozirda nok mevalarini saqlashning resurstejamkor, xalqaro standartlarga mos, samarali elementlarini ishlab chiqish, saqlashga mos nok navlarini saqlanuvchanligini oshirish, biokimyoviy tarkibini saqlangan holda sifat ko'rsatkichlarini oshirish bo'yicha tadqiqotlarga alohida e'tibor qaratilgan.
Tadqiqotning obyekti sifatida nokning qishgi "Zimnyaya nashvati", "Royal zimnyaya" navlari tanlab olingan.
Tadqiqotning predmeti. Nok mevalarini agrotexnologik yetishtirish sharoitini saqlash jarayoniga ta'siri va navlar kesimida nok mevalarini sifat ko'rsatkichlariga, tabiiy yo'qotish darajasiga, saqlash jarayonida yuzaga keluvchi turli ta'sir etuvchi omillar va uzoq muddat saqlash davomida sovutgichli omborxona havosining nisbiy namligi, harorati va havo aylanishini boshqarish hisoblanadi.
Tadqiqotning usullari. Tadqiqotlarda nok mevalarini GOST 25999-83 standarti, nokni saqlashgacha va saqlashdan keyingi tarkibidagi mono va disaxaridlar, organik kislotalar, pektin moddalari - karbazol usuli bilan; nokni tatib ko'rish orqali organoleptik baholash
koeffitsiyentlarini aniqlashda Ye.P.Shirokov va V.I.Polegayevlarning uslubi bo'yicha tahlil etilgan.
Tadqiqot natijalari: Nokning qishki navlari mevalari sovutgichli omborlarda saqlanganda, to'rt oydan keyin va saqlash yakuniga qadar ham mikrobiologik buzilishlar hamda yo'qotishlar juda kam ko'rsatkichda bo'lganligi aniqlandi. Aytish joizki qishki nok navlari sovutgichli omborxonalarda havo harorat 4-6°S va havoning nisbiy namligi 80-85 % bо'lganda nokning Zimnyaya nashvati va Royal zimnyaya navlari mevalarini saqlanuvchanligi yuqori ko'rsatkichda bo'ldi.
Qishki nok navlarini oddiy saqlash omborxonalarida va sovuqxonalarda saqlash davomida, mevalarning qobig' qismidagi mayda donachalarni holati mikroskopda tahlil etilganda, ushbu donachalarni biologik o'zgarishlari oddiy saqlash omborxonasida saqlangan mevalarni qobig'idagi o'zgarishlar bilan sovutgichli omborlarda saqlangan mevalarni qobig' o'zgarishlari keskin farqlanishi mavjudligi kuzatildi. Bunda mevadagi donachalarni yiriklashishi va qo'ng'ir rangdan to'q jigarrang holatgacha o'zgarganligi kuzatildi (2-rasmga qarang).
Aytish joizki nok mevalari sovutgichli omborxonalarda saqlanganda ularning ikki oy davomida sifat ko'rsatkichlari va tovarlilik qiymati o'zgarmay saqlanib qolishi aniqlandi. Bunda asosan nok mevalari oddiy omborxonalarda saqlanganda mevalarda kechadigan fiziologik jarayonlar jadalligi natijasida meva tarkibi o'zgarishi bilan birga, meva qobig'ida bir qancha morfologik ko'rsatkichlari keskin o'zgarishi aniqlandi (1-2-rasmlar).
1-rasm. Nok mevasi qobig'idagi mayda donachalar saqlashdan oldin va saqlashdan keyingi
jarayon.
a) oddiy saqlash omborida. b) sovutgichli omborda.
2-rasm. Nok mevasi qobig'idagi mayda donachalar saqlashdan oldin va saqlashdan keyingi
jarayon.
Mevalarni saqlashda saqlash omborxonalaridagi muhit ularda kechadigan fiziologik, mikrobiologik va faol moddalarni, gidroliz ya'ni moddalar bilan suv o'rtasida o'zaro ta'sir natijasida turli birikmalar (kislota, asos va b.) hosil bо'lishi, jumladan (tuzlarda) ion almashinuv reaksiyasi amalga oshadi. Gidroliz noorganik va organik birikmalarda ko'p tarqalgan muhim jarayon bo'lib, tuzlar, uglevodlar, oqsillar, efirlar, yog'lar va turli sinfga mansub birikmalarda uchrashi ilmiy manbalardan ma'lum bo'ldi.
Meva tarkibidagi suv molekulasi ikkita vodorod va bitta kislorod atomlaridan iborat bo'lib, ushbu atomlarning birikmasi tufayli kuchsiz kislotalar va asoslarning tuzlari ionlari o'rtasida muvozanat hosil bo'ladi. Kislotalar va asoslar - bu umumiy kimyo va analitik kimyo fanlarida paydo bo'ladigan tushunchalar bo'lib, gidrolizni u yerda eng oddiy kimyoviy reaksiyalardan biri deb aytish mumkin bo'ladi.
Shunday qilib, o'rganilgan qishki nok navlaridan Zimnyaya nashvati va Royal zimnyaya navlari mevalarini davomiy va sifatli saqlanuvchanlik xususiyatlarini barqarorligi aniqlandi. Ushbu nok navi mevalarini chirish, nostandart mevalarning foizi, minimal yo'qotishlar va birinchi navli mevalarning yuqori ko'rsatkichlari ushbu navlar sovutkichli omborxonalarda saqlanganda, mevalar tovarboplik xususiyatlarini va sifat ko'rsatkichlarini saqlab qolish imkonini berishi tajribalarda kuzatildi (3-rasm).
a) b) s) d)
3-rasm. Nokning qishki Zimnyaya nashvati va Royal zimnyaya navlari mevalarining tashqi
va ichki ko'rinishi.
Saqlash jarayonida nok mevalari tarkibida biokimyoviy jarayonlarni o'zgarishi biyomolekulalar haqida fikr yuritilganda ushbu turdagi reaksiya alohida o'rin tutadi. Shuning uchun molekulalarning monomerlarini ushlab turadigan bog'lanishlar ma'lum sharoitlarda
gidrolizlashga moyil bo'ladi. YA'ni, molekulalar biriktirilgan kovalent aloqalar suv ishtirokida uzilishi kuzatiladi. Bunga misol qilib meva qandlarini aytish mumkin bo'ladi. Meva tarkibidagi qandlar polisaxaridlarni monosaxaridlarga parchalash uchun gidrolizlashga qodir bo'ladi. Bu glyukozidazalar deb ataladigan fermentlarning ta'siri tufayli yuzaga kelishi ilmiy manbalardan bizga ma'lumdir.
Xulosa: Texnik pishib yetilgan nok navlari mevalarini sovutkichli omborxonalarda harorat 46 0S va havoning nisbiy namligi 80-85 % da saqlash jarayonida meva tarkibidagi faol moddalar o'zgarishi jadallashmaydi va saqlanuvchanligi uzoq muddat bo'ladi. Nok mevalarini saqlashda mahsulot sifati va biokimyoviy tarkibining o'zgarishi omborxonalar turlariga keskin ravishda bog'liqdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Кожина, Л. В. Влияние условий хранения на восприимчивость к загару яблок сорта Антоновка обыкновенная / Л. В. Кожина, В. Л. Урнев // Хранение и переработка сельхозсырья. - 2014. - № 1. - С. 39-43.
2. Криворот, A.M. Экономическая эффективность длительного хранения плодов / А.М.Криворот: сб. науч. тр., Самохваловичи, Республика Беларусь. - 2006. - Т. 18, 4.2. - С.252-256
3. Криворот А.М. Прогнозирование сроков уборки и лежкости плодов яблони белорусского сортимента. А.М. Криворот: Автореф. дис. канд. с-х. наук. -Самохваловичи,-2001. - С. 20.
4. Nortojiyev B. Sh., Narqulova I. F., Sheraliyev H., «LIMON MEVALARINI SAQLASHDA TABIIY KAMAYISH KO'RSATKICHLARI» Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi www.tadqiqotlar.uz 6-to'plam 1-son aprel 2024 -Б. 291-294.