Научная статья на тему 'OLMA MEVALARINI SAQLASHDA MAQBUL PISHISH MUDDATLARINI ANIQLASH'

OLMA MEVALARINI SAQLASHDA MAQBUL PISHISH MUDDATLARINI ANIQLASH Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
3
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
olma / saqlash / qattiqlik / tovar tahlili / payvandtag / omborxona / havoning nisbiy namligi / penitrometr / refraktometr / titrometrik.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Tashmanov R.K., Zokirov Z.Z., Umidov Sh.E.

Ushbu maqolada yetishtirilayotgan olma mevalarini saqlash uchun texnologik xususiyatlaridan quruq modda miqdori, qattiqlik darajalari, o’lchamlari tahlili olib borildi. Bu tajribalar orqali olma mevalarini navlar kesimida uzoq muddat saqlanishini o‘rgandik va saqlashga joylash uchun olmaning pishganlik darajasini aniq belgilab olish haqida 2020-2022 yillardagi tajribalar natijalari yoritildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OLMA MEVALARINI SAQLASHDA MAQBUL PISHISH MUDDATLARINI ANIQLASH»

OLMA MEVALARINI SAQLASHDA MAQBUL PISHISH MUDDATLARINI ANIQLASH

1Tashmanov R.K., 2Zokirov Z.Z., 3Umidov Sh.E.

1Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti katta o'qituvchisi. q.x.f.f.d.(PhD) 2Toshkent davlat agrar universiteti tayanch doktoranti 3Toshkent davlat agrar universiteti dotsenti. q.x.f.f.d.(PhD) https://doi.org/10.5281/zenodo.13951029

Annotatsiya. Ushbu maqolada yetishtirilayotgan olma mevalarini saqlash uchun texnologik xususiyatlaridan quruq modda miqdori, qattiqlik darajalari, o'lchamlari tahlili olib borildi. Bu tajribalar orqali olma mevalarini navlar kesimida uzoq muddat saqlanishini o'rgandik va saqlashga joylash uchun olmaning pishganlik darajasini aniq belgilab olish haqida 2020-2022 yillardagi tajribalar natijalari yoritildi.

Kalit so'zlar: olma, saqlash, qattiqlik, tovar tahlili, payvandtag, omborxona, havoning nisbiy namligi, penitrometr, refraktometr, titrometrik.

Аннотация. "В данной статье были изучены технологические характеристики для хранения выращиваемых яблок, такие как содержание сухого вещества, уровень твердости и размеры. В ходе этих экспериментов мы изучили длительное хранение яблок по сортам и осветили результаты исследований за 2020-2022 годы о том, как точно определить степень зрелости яблок перед их размещением на хранение".

Ключевые слова: яблоко, хранение, твердость, товарный анализ, подвой, склад, относительная влажность воздуха, пенетрометр, рефрактометр, титриметрия.

Abstract. "This article examines the technological characteristics for storing cultivated apples, such as dry matter content, firmness levels, and size. Through these experiments, we studied the long-term storage of apples by variety and highlighted the results of studies from 2020-2022 on how to accurately determine the ripeness of apples before placing them in storage."

Keywords: apple, storage, firmness, product analysis, rootstock, warehouse, relative air humidity, penetrometer, refractometer, titrimetric analysis.

Kirish

Olma yetishtirish va uni eksport qilish bo'yicha dunyoda birinchi o'rinlarni egallab kelayotgan davlatlarda olma bog'larining qariyb 90-95% past bo'yli payvandtaglarga asoslangan intensiv bog'larda yetishtirilmoqda. Olma yetishtiriladigan aksariyat davlatlarda eng raqobatli bo'lgan dunyo olma bozorida nufuzli o'rin egallash maqsadida ushbu mevaning yangidan-yangi yuqori sifatli tovarbop navlarini yaratish, ularning yetishtirish hajmi, meva sifatini va saqlanuvchanligini tubdan oshirish borasida muntazam tadqiqotlar olib borilmoqda.

Olma mevalari oddiy sharoitda uzoq muddat saqlanish xususiyatiga ega bo'lmaganligi, tovarlilik xususiyatlarning o'zgarish va olma mevasining saqlanuvchanligi uning pomologik naviga, shuningdek kimyoviy tarkibida bo'ladigan quruq modda miqdoriga bog'liq bo'ladi. Ularni saqlaganda saqlanuvchanligiga ta'sir etadigan omillarga esa omborxonalardagi havo harorati, havoning nisbiy namligi va gaz muhiti hisoblanadi. Boshqariladigan gazli muhit omborxonalarda mevalarning saqlanish muddatini 1,5-2,0 martaga uzaytiradi. Shuningdek boshqariladigan gazli muhit omborida saqlangan olmalar oddiy usulda saqlangandan ko'ra, qand miqdori, organik kislotalar va vitaminlar ko'proq darajada saqlanib qoladi [3].

O'zbekistonning markaziy xududlarida yetishtirilgan olmadan saqlashga chidamli navlarni tanlash, texnologik xususiyatlarini o'rganish orqali chora tadbirlarni belgilashdan iborat [2].

Tadqiqot uchun tanlab olingan olma navlarining texnologik va biokimyoviy tarkibini tadqiq qilish, olmani saqlashda dastlabki ishlov berishning noan'anaviy usullarini sinab ko'rish vazifa sifatida belgilab olingan[1].

Tadqiqot ob'ektlari va usullari. O'zbekistonda davlat reyestriga kiritilgan Red Delishes, Golden Delishes, Renet Simirenko, Skarlet (Steymored) navlar va introduksiya qilingan Grin Smit, Gala, Pink Ledi, Fudji, Modi, Jeromin navlari tanlab olindi. Tadqiqot uchun ob'ekt qilib Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi "Maroqand meva sabzavot" MChJ olma maydonlari tanlab olindi[4].

Olma mevalari pishishining optimal darajasini va saqlash vaqtida biokimyoviy ko'rsatkichlarini aniqlashda penitrometr, refraktometr, titrimetrik, fotometrik tahlil usullar qo'llanildi: GOST ISO 750-2013 bo'yicha titrlanadigan kislotalar; penetrometr FT - 372 bilan olma mag'zisining qattiqligi; GOST R 54697-11 bo'yicha tovar navlarining chiqishini aniqlash. [7]

Olingan natijalar muhokamasi. Olma mevalarini saqlashda uning texnologik xususiyatlari muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, qattiqlik darajasi, meva o'lchami va tarkibidagi quruq modda miqdori saqlanuvchanlikka to'g'ridan to'g'ri ta'sir etuvchi omillar hisoblanadi (1-jadval).

1-jadval

Olma mevalarini texnik yetilganlik ko'rsatkichlari (2020-2022 yy.)

t/r Navlar Quruq modda miqdori, % Qattiqligi, o'rtacha Diametri, mm, o'rtacha

2020 2021 2022 O'rtacha

1 Red delishes 12,3±0,6 12,8±0,3 13,4±0,5 12,8 7,3±0,6 78,2±3,5

2 Golden delishes 12,5±0,4 12,8±0,2 14,8±0,2 13,3 6,9±0,2 72±4

3 Renet semirenko 10,2±0,5 11,3±0,6 12,1±0,8 11,2 7,4±0,5 73±3,5

4 Skarlet 12,1±0,7 12,9±0,2 13,3±0,6 12,7 7,2±0,6 77±4,5

5 Grinni smit 10,6±0,3 11,4±0,5 12,6±0,3 11,5 7,6±0,3 78±3

6 Gala 11,9±0,2 13,2±0,7 13,1±0,8 12,7 7,5±0,5 67±3,5

7 Pink lediy 12,5±0,4 12,8±0,2 13,7±0,3 13,0 7,7±0,2 79±2,5

8 Fudji 13,6±0,3 14,0±0,8 14,8±0,2 14,0 7,5±0,3 82±4,0

9 Modi 11,9±0,2 13,4±0,5 13,6±0,3 12,9 7,4±0,2 70±4,5

10 Jeromin 12,2±0,6 12,4±0,5 13,1,±0,8 12,5 7,5±0,4 71±4,5

Jadvaldagi ma'lumotlarda aks etganidek, olma mevalarining texnologik ko'rsatkichlari naviga qarab turlicha bo'ldi. Olma mevalaridagi quruq modda miqdori asosiy sifat ko'rsatgichlaridan hisoblanganligi uchun olib borilgan tajribalarda 2020-2022 yillardagi ko'rsatgichlarning o'zgarishi tahlil qilindi. Tahlil natijalariga qarab, o'rganilgan saqlashga mos olma navlaridan quruq modda miqdori Golden delishes navida 2020 yilda 12,5 %ni , 2021 yilda 12,8 ni, 2022 yilda esa 14,8 % ni tashkil qildi. O'rtacha 13,3 %ni tashkil qilib, yillar kesimida o'sish darajasi 0,2-0,4 %da o'sishga erishilgan. Xuddi shunday Pink ledi navida o'rtacha quruq modda miqdori 13,0 % tashkil qilib, yillar kesimida 0,3-0,4 %ga o'sishga erishildi.

O'rganilayotgan olma navlaridan Fudji navida esa quruq modda miqdori 0,3-0,8 % ga o'sish bo'lib, yillar kesimida 14,0% ga ko'payganishi ko'rish mumkin. [6]

Tahlildagi saqlashga mos olma navlarining saqlanish muddatiga uzaytiruvchi omillardan biri bu, olmalarning qattiqlik darajasi hisoblanadi.

Saqlashga mo'ljallangan olma navlarini penetrometr yordamida dala sharoitida olmalarni qattiqligini o'rganish ishlari olib borildi. Olma uchun FT 516 markali nosadkadan foydalanildi. O'rganish turli konturlardan 20 tagacha olma namunalari olinib, o'rtacha qattiqligi aniqlandi. Unga ko'ra qattiqlik darajasi yuqori bo'lgan navlari (Pink ledi (7,7 kg/sm2), Grinni smit (7,6 kg/sm2), Gala (7,5 kg/sm2), Fudji (7,5 kg/sm2), Jeromin (7,5 kg/sm2))da aniqlandi.

Ajratilgan Golden Delishes, Modi va Renet Simerenko navlarining qattiqlik darajasi bir mir muncha past bo'lsada, lekin bu navlarda saqlanish muddatining yuqoriligi bilan ajralib turdi. Xuddi shunday ko'rsatgichlar Red delishes va Skarlet navlarining qattiqligi 7,2-7,4 ni tashkil qilgan bo'lsada, saqlashdagi orgonoleptik xususiyatlarining va tovarboplik ko'rsatgichlarining pasayishi kuzatildi.

Natijalarni tahliliga qarab, Pink ledi, Grinni smit va Fudji navlari qattiqlik darajasini saqlab qolgan navlar ekanligi ajratildi.

Jadvalagi olmalarning diametr ko'rsatgichlarini tahliliga qarasak, o'rtacha o'lchamlar mahsulotning tovarlilik xususiyatlarini yaxshilanganligi uchun o'lchashlar shtangitserkulda xar kuni, turli olma maydonlarda amalga oshirildi. Shunga ko'ra saqlash uchun mo'ljallangan olmalardan eng yuqori o'rtacha diametrga Fudji (82 sm), Pink ledi (79 sm) navlarida kuzatilib, eng past o'rtacha o'lcham Modi va Jeromin navlarida ekanligi aniqlandi. [8]

Saqlash uchun mo'ljallangan olma mevalarini pishish muddatlarni aniq belgilash muhim hisoblanadi. Agar pishish muddatlari bir kun bo'lsa ham o'tib ketsa mahsulotning saqlanish muddatini 20-25 kungacha qisqartiradi. Shuni inobatga olib yig'ish muddatlarini belgilashning yodametrik yoki yod yordamida olma mevalarning pishganlik darajasi aniqlab ko'rildi. Xulosa

Olmaning Pink ledi, Grinni smit va Fudji navlari yuqori qattiqlik darajasini saqlab qolgan va o'rtacha diametrga Fudji (82 sm), Pink ledi (79 sm) navlarida kuzatildi. Bundan tashqari olma mevalarining qattiqlik darajasi saqlanish muddatiga uzaytiruvchi omillardan biri bo'lib, tajribadagi navlar ichida eng yuqori ko'rsatkich Pink Ledi navida kuzatildi u 7,7 kg/sm2 ni tashkil etdi. O'z navbatida saqlangan mevalarining organoleptik va tovarboplik ko'rsatkichi boshqa navlarga nisbatan yuqori bo'lishi aniqlandi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Tashmanov, R. K. (2023). REDUCING THE NATURAL DECLINE OF APPLES DURING LONG STORAGE. Models and methods in modern science, 2(11), 211-215.

2. Sh, N. S. (2022). OLMA SAQLASHDA SMARTFRESH PREPARATIDAN FOYDALANISH. AGROBIOTEXNOLOGIYA VA VETERINARIYA TIBBIYOTI ILMIY JURNALI, 886-889.

3. Ташманов, Р., & Гайдаров, Б. (2024). ИНТРАДУКЦИЯ ^ИЛИНГАН ОЛМА НАВЛАРИНИ САКЛАШДАН АВВАЛГИ ВА КЕЙИНГИ ХЩАТЛАРДАГИ БИОКИМЁВИЙ ТАРКИБИНИНГ ТА^ЛИЛИ. Theoretical aspects in the formation of pedagogical sciences, 3(5), 160-167.

4. R.K.Tashmanov., Sh.E.Umidov. Achieving efficiency by reducing natural decline in apple storage. Academic research in modern science international scientific-online conference. https://doi.org/10.5281/zenodo.10071395

5. Tashmanov R.K. Olma mevalarini orgonaleptik belgilari, tovarbopligi va saqlash sullari. Monografiya.Toshkent"Navruz" nashriyoti 2021, 33 b.

6. Tashmanov, R. K., Normakhmatov, R., & Nurullayev, N. K. (2023). FACTORS AFFECTING THE SHELF LIFE OF APPLES AND PROBLEMS OF THEIR STANDARDIZATION. JOURNAL OF HEALTHCARE AND LIFE-SCIENCE RESEARCH, 2(10), 76-78.

7. Ashurovna, I. S., Saidmuradova, Z. T., & Tashmanov, R. Q. (2022). Effective Method of Apple Storage. International Journal of Biological Engineering and Agriculture, 1(5), 4851.

8. TamMaHOB, P. K., HypynnaeB, H., & ymhaob, ffl. Э. (2024). EOffl^APHnA^HTAH TA3HH MY^HT OMEOPHAPH^A CAK^AHTAH OHMA MEBAnAPHHHHT EHOKHMËBHH TAPKHEHHH y3TAPHfflH. AGROBIOTEXNOLOGIYA VA VETERINARIYA TIBBIYOTIILMIY JURNALI, 3(3), 24-29.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.