Научная статья на тему 'NOAN’ANAVIY QAYTA TIKLANADIGAN ENERGIYA MANBALARIGA ASOSLANGAN ENERGIYA'

NOAN’ANAVIY QAYTA TIKLANADIGAN ENERGIYA MANBALARIGA ASOSLANGAN ENERGIYA Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Energiya resurslar / Suv energiyasi / termoelektr generatorlar / termoemission generatorlar. / Energy resources / Water energy / thermoelectric generators / thermoemission generators.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Baratov L.S., Tulakov J.T., Otamurodov S.B.

Energetika resursi deb – tabiiy yoki sun`iy faollashgan har qanday energiya manbaiga aytiladi. Tabiiy resurslarning tasniflaridan biri – bu turdagi resursning tugallanishi bo‘lib, unga muvofiq energetika resurslarini tugallanadigan va tugallanmaydiganlarga bo‘linadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ENERGY BASED ON NON-CONVENTIONAL RENEWABLE ENERGY SOURCES

Energy resource means any natural or artificially activated energy source. One of the classifications of natural resources is the completion of this type of resource, according to which energy resources are divided into renewable and non-renewable.

Текст научной работы на тему «NOAN’ANAVIY QAYTA TIKLANADIGAN ENERGIYA MANBALARIGA ASOSLANGAN ENERGIYA»

Baratov L.S.

Tulakov J.T.

Jizzax Politexnika instituti "Energetika" kafedrasi assistenti Otamurodov S.B.

Jizzax Politexnika instituti "Energetika" kafedrasi 442-21 E guruhi talabasi

NOAN'ANAVIY QAYTA TIKLANADIGAN ENERGIYA MANBALARIGA ASOSLANGAN ENERGIYA

Annotatsiya. Energetika resursi deb - tabiiy yoki sun"iy faollashgan har qanday energiya manbaiga aytiladi. Tabiiy resurslarning tasniflaridan biri - bu turdagi resursning tugallanishi bo'lib, unga muvofiq energetika resurslarini tugallanadigan va tugallanmaydiganlarga bo 'linadi.

Kalit so 'zlar: Energiya resurslar, Suv energiyasi, termoelektr generatorlar, termoemission generatorlar.

Baratov L.S. assistant

Tulakov J.T. assistant "Energy" department Jizzakh Polytechnic Institute Otamurodov S.B.

student 442-21 group E "Energy" department Jizzakh Polytechnic Institute

ENERGY BASED ON NON-CONVENTIONAL RENEWABLE ENERGY

SOURCES

Abstract. Energy resource means any natural or artificially activated energy source. One of the classifications of natural resources is the completion of this type of resource, according to which energy resources are divided into renewable and non-renewable.

Key words: Energy resources, Water energy, thermoelectric generators, thermoemission generators.

O'z navbatida, tugallanadiganlar tiklanuvchi va tiklanmlaydigan bo'lishi mumkin. Tiklanuvchilarga tabiat (yer, o'simliklar, hayvonlar va h.k.) tomonidan tiklanadigan rusurslar kiradi, tiklanmaydiganlarga - tabiat tomonidan bir necha

мЭкономнка h соцнумм №5(120)-1 2024

www.iupr.ru

128

asrlar davomida to'plangan lekin, yangi geologik sharoitlarda hosil bo'lmaydigan resurslar (neft, ko'mir va boshqa yer osti zaxiralari) kiradi. Tugallanmaydiganlariga quyosh, shamol, kosmik, iqlimiy va suv resurslari kiradi.

Energiya resurslarining barcha turlaridan quyosh energiyasi muhim ahamiyatga ega. Energiya resurslarining barcha turlari quyosh energiyasini tabiiy o'zgartirish natijasidir. Ko'mir, neft, tabiiy gaz, torf, yonuvchi tog' jinslari va o'tinlar - bu o'simliklar tomonidan olingan va o'zgartirilgan quyoshning nurli energiyasi zaxiralaridir. Surat sintezi (fotosintez) reaksiyasi jarayonida atrof-muhitning noorganik elementlaridan, yani, suv (H2O) va karbonot angidrit gazi SO2 lardan quyosh nuri tasirida o'simliklarda asosiy elementi uglerod (S) bo'lgan organik modda hosil bo'ladi.

Suv energiyasi ham suvni bug'lantiradigan va bug'ni atmosferaning yuqori qatlamlariga ko'taradigan quyosh energiyasi hisobiga hosil bo'ladi.

Shamol, quyosh tomonidan bizning sayyoramizni turli nuqtalarini turli harorat hisobiga isitish natijasida hosil bo'ladi, ya'ni issiq va sovuq havo qatlamining siqilishi evaziga sodir bo'ladi. Bundan tashqari quyoshning yer sathiga to'g'ri keladigan bevosita nurlantirishi, katta energiya imkoniyatiga egadir.

Bizning iqlim sharoitimizda quyosh energiyasidan ko'proq foydalanish maqsadga muvofiqdir. SHu maqsadda quyosh energiyasidan foydalanish bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Muntazam takrorlanuvchi energiya manbalariga asosan ishlatilgan energiya o'rnini tabiiy ravishda qayta (takroran) to'ldirib boradigan energiya xosil bo'lish jarayonini ta'minlovchi tabiat resurslari kiradi. Masalan, suv, quyosh, shamol energiyalari va boshqalar. Suyultirilgan kompostdan ajralib chikuvchi gaz ham muntazam takrorlanuvchi energiya manbasi bo'lishi mumkin. Go'zaning poyasi ham muntazam takrorlanuvchi energiya resursi bo'la oladi. Har yili yangi ekilgan o'simlikdan poyani olish imkoni bor. Ammo bu energetik resursni xam oxirgi vaktlarda kurilish materiallari va kogoz tayyorlash uchun dalalardan yigib olinmokda.

Muntazam takrorlanuvchi energiya zaxiralarining afzalliklaridan biri va asosiysi ularning ekologiyaga zararli ta'sirining kamligidir. Bu energetik resurslar qayta tiklanishi bilan tavsiflanadi.

Ko'mir, neftt va tabiiy gaz zaxiralari chegaralangan bo'lib, sarflangan zaxiraning o'rni qoplanmaydi. Chunki yer osti yoqlarilgi zaxiralari millionlab yillar davomida o'tgan evolyutsion jarayon ta'sirida hosil bulgandir. Shuning uchun xam bu zaxiralarni tejab ishlatish zarur.

Muntazam takrorlanuvchi energiya manbalarini doimo tabiatning o'zi hosil qilib turadi.Faqat ulardan samarali foydalanishni tashkil etish zarur.

Hozirgi vaqtda issiqlikni to'g'ridan-to'g'ri, harakatlanuvchi mexanik detallarni qo'llamasdan, elektr energiyasiga aylantiruvchi qurilmalar tadqiq qilinmoqda.

Elektr energiyasi hosil qilishning quyidagi zamonaviy usullari mavjud:

- energiyani magnit gidrodinamikli o'zgartgichlar (o'zgarmas magnitlar orasidan zaryadli zarrachalarni katta tezlikda oqib o'tishi natijasida elektr energiyasini hosil qilishga asoslangan);

- termoelektr generatorlar (1921 yilda kashf etilgan Zeebek samarasiga asoslanib, ya'ni bir uchlari issik kavsharlangan, ochiq qolgan uchlarida esa harorat ta'sirida E.Yu.K. hosil qiladigan turli xil metallardan tayyorlangan juftlikka asoslangan);

- radioizotopli energiya manbalari (yadro yemirilishida zarrachalar va kvantlarning kinetik energiyasi ajralishi bilan kechadi va bu harorat muxitga yutiladi hamda bu muxitni qizdiradi. Mazkur qizishni termoelektrik yo'l bilan elektr energiyasi hosil qilishda ishlatiladi);

- termoemission generatorlar (ushbu xodisaga 1883 yilda T.Edison asos solgan bo'lib, anod va katodlardagi harorat uzgarishi natijasida elektr energiyasi hosil qilishga asoslangan);

- elektrokimyoviy generatorlar (kimyoviy energiyani tugridan-tugri elektr energiyasiga aylantiruvchi kurilma);

- geotermal elektr stansiyalari (bu stansiyalar energiya manbai sifatida Yer qa'ridagi issiqlikni ishlatadi);

- muntazam takrorlanuvchi dengiz zaxiralaridan foydalanish. Dengiz zaxiralari uchga bo'linadi: 1) vertikal termogradiyentlar va okean shamollari; 2) dengiz biomassalari va geotermal suvlar; 3) yuzadagi to'lqinlar va oqimlar. Eng katta energiya vertikal termogradiyent ta'sirida, ya'ni suv satxidagi va tik o'q bo'yicha dengiz quvuridagi haroratlar farqi xisobiga suyuq ammiakni xarakatlantirib, turbina o'qini aylantirib elektr energiyasi ishlab chiqarishga asoslangan;

- quyosh elektr stansiyalari;

- termoyadro reaksiyasi va reaktor-ko'paytirgichlarning energiyasidan foyda-lanish va boshqa usullar kiradi. Energoresurslar bu insonlar o'z manfaati uchun foydalanishi mumkin bo'lgan energiya manbalaridir.

Ayni damda resurslarni tejash va ulardan oqilona foydalanish kun tartibining dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun muqobil energiyadan foydalanish to'g'ri qaror hisoblanadi. AQSH va yevropa davlatlarida quyosh energiyasidan foydalangan holda suv isitish texnologiyasi uzoq vaqtdan beri qo'llanilmoqda.

Yevropa Ittifoqi davlatlarida quyosh energiyasidan foydalanish hajmi sezilarli darajada jadallashdi. Ayniqsa, iqlimi birmuncha issiq bo'lgan mamlakatlarda, xususan, Germaniya, Belgiya, Gretsiya, Italiya, Ispaniyada bu sohada ma'lum darajada tajriba ham to'plangan. Shuningdek, Xitoy, Turkiya, Lyuksemburg va Daniya kabi davlatlarda ham bu masalaga alohida e'tibor qaratilyapdi. Isroilda esa quyosh energiyasidan oqilona foydalaniladi. Mamlakatning istalgan hududidagi uylar tomlarida o'rnatilgan suv isitgichlari bunga yaqqol misoldir. Bunday maishiy ehtiyojdagi qurilmalar 150 litr sig'imga ega bo'lib, quyosh batareyasidan energiya olib, suvni isitadi. Shu tarzda bunday

qurilma sohibi yiliga taxminan 2000 kVt/soat elektr energiyasini tejash imkoniga ega bo'ladi.

Respublikamizdagi qayta tiklanadigan energiya manbasining imkoniyatlari 1.2-jadvalda ko'rsatilgan.

Ko'rsalkifhlar Jami (mln.t.n.e.) Shu jumladan, energiya (mln.t.n.e.)

Gidro Quyosh Shamol Biomassa

Yalpi1 50984,6 9,2 50973 2,2 -

Texnik" 179 1,8 176,8 0,4 0,3

O'zlashtirilgan 0,6 0,6 - - -

1 -belgilangan hududga tusliadigan yoki hosil qilitiadissm nazariy energiya miqdori. 2- yalpi imkomyatlami ainalga oshirib, fcydalanish пшшкш lio'lgan mavjud texnolcgiyaning bu qismi.

Фойдаланилган адабиётлар руй^ати:

1. Суюн Л. и др. РЕАКТИВ КУВВАТ МАНБАЛАРИНИ НАЗОРАТ ВА БОШКАРУВИ УЗГАРТГИЧЛАРИНИНГ ТУРЛАРИ ВА УЗГАРТИРИШ ТАМОЙИЛЛАРИ ТАДЛИЛИ //INTERNATIONAL CONFERENCE DEDICATED TO THE ROLE AND IMPORTANCE OF INNOVATIVE EDUCATION IN THE 21ST CENTURY. - 2022. - Т. 1. - №. 4. - С. 202-207

2. Baratov L., Majidov X. ELEKTROMAGNIT O 'ZGARTGICH PARAMETRLARI //Talqin va tadqiqotlar. - 2023. - Т. 1. - №. 21.

3. Qurbanov A., Baratov L., Jalilov O. QUYOSH ENERGIYASIDAN FOYDALANISHDA QUYOSH FOTOELEKTR O'ZGARTGICHLARINING AXAMIYATI //Interpretation and researches. - 2023. - Т. 1. - №. 6.

4. Qurbanov A., Baratov L., Jalilov O. SANOAT KORXONALARINING SAMARADORLIK KO'RSATKICHINI OSHIRISH MAQSADIDA ELEKTR YUKLAMALARI KARTOGRAMMASINI QURISH VA BPP NING O 'RNATILISH JOYINI ANIQLASH //Interpretation and researches. - 2023. - Т. 1. - №. 6.

5. Baratov L., Xoldorov B., Majidov X. CURRENT ISSUES OF ENERGY //Interpretation and researches. - 2023. - Т. 1. - №. 7.

6. Absalamovich N. B., Laziz B. The Concept of a Pumped Storage Power Plant //International Journal of Scientific Trends. - 2023. - Т. 2. - №. 5. - С. 1-6.

7. Наримонов Б. А., Баратов Л. С. ПЕРСПЕКТИВНОЕ РАЗВИТИЕ ВЕТРОЭНЕРГЕТИКИ В УЗБЕКИСТАНЕ //European Journal of Interdisciplinary Research and Development. - 2023. - Т. 15. - С. 7-10.

8. Baratov L., Parmonov S. WIND TURBINES AND ITS APPLICATIONS //Talqin va tadqiqotlar. - 2024. - Т. 2. - №. 1 (38).

"Экономика и социум" №5(120)-1 2024

www.iupr.ru

131

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.