ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | UIF: 6,1 | SJIF: 6,897
NEYROLINGVISTIKA: TAHLIL VA TALQIN
Raxshona Hamza qizi Muslixiddinova
Navoiy davlat pedagogika instituti O'zbek tili va adabiyoti fakulteti 1-kurs magistranti, muslixiddinovaraxshona@gmail .com
Mazkur maqolada tilshunoslikning yangi sohasi- neyrolingvistika haqida eng umumiy ma'lumotlar, ushbu soha o'rganadigan umumiy obyektlar va muammolar hamda yo'nalishning kelib chiqish tarixi , buguni va manbalari haqida ilmiy ma'lumotlar beriladi .
Kalit so'zlar: Til, miya, neyron, Luriya, afaziya, agrammatik afaziya, klinik labaratoriya, ichki til.
This article provides the most general information about the new field of linguistics - neurolinguistics, general objects and problems studied by this field, as well as scientific information about the history, present day and sources of the direction.
Keywords: Language, brain, neuron, Luria, aphasia, agrammatic aphasia, clinical laboratory, inner language
Neyrolingvistika o'zi nima? Uni o'rganish qamroviga nimalarni kiritadi. Maqola davomida ushbu savollarga javob izlashga harakat qilamiz. Maqolada asosan ancha yillik tajribaga ega Amerika Qo'shma Shtatlari nashrlaridan foydalaniladi. Demak, avvalo neyrolingvistika nima?
Neyrolingvistika- tilning miyyada qanday namoyon bo'lishini o'rganadigan sohadir. Soddaroq qilib aytadigan bo'lsak, til miyya orqali boshqariladi, uning turli vaziyatlarda qanday namoyon bo'lishi miyyadagi neyronlar bilan bog'liq bo'ladi. Masalan,
- Afaziya- nutq sistemasidagi muammolar;
- Yoshlar orasida nutqda farqlarning yaqqol bo'linishi;
- Lagapetga ehtiyojning ortishi;
- Alsgeymer kasalligiga moyillik va uning yosharishi;
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
KIRISH
So'zlar va xotira bog'liqligi, ikki tillilik;
January, 2024
ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | UIF: 6,1 | SJIF: 6,897
- Ma'naviy va moddiy halokat va til sistemasi orasidagi yaqinliklar;
- Tashqi va ichki nutq - ong osti holatlar;
- Qizlarning gapirish toni va o'gil bolalarning ohangi, so'zlarning ishlatilishi, pauza, temp, gapirish intonatsiyasidan tortib, til grammatikasi ham farqlanishi;
- Etiqod, yosh, soha va til hamda uning bo'limlarining bog'liqligi kabi juda ko'plab sohalar bugungi kunda uning o'rganish obyektidir.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Ushbu soha tarixiga qaraydigan bo'lsak, 1940-1950-yillarda paydo bo'lishi E.Tragger, A.Xekan, A. Luriyaga tegishli. Luriyaning "Neyrolingvistikaning asosiy muammolari" kitobi dastlabki kitob sanaladi.
Voqealarga izma-iz ravishda 1970-yillarning boshlarida Santa Kruz universitetida professor va talabalar —Jon Grinder va Richard Bandler neyrolingvistika (NLP) sohasini o'rganishni chuqurlashtirishgan.
O'zbek tilishunoslik dorasida bu soha haqida dastlabki fikr quyidagicha: Neyrolingvistika - tilshunoslikning eng yangi sohasi sifatida ma'lum bo'lib, u miyadagi neyronlarning tilni hosil qilishdagi xizmatini o'rganuvchi sohadir.
Neyrolingvistika psixolingvistika bilan uzviy bog'liq va ba'zan ular o'rganadigan obyektlar aralashadi. Ammo " Psixolingvistika buni insondagi psixologik jarayonlar bilan bog'lab tushuntirishga harakat qiladi. Neyrolingvistika esa miya strukturalari va funksiyalari bilan bog'lab o'rganadi",- deya ta'kidlaydi lingvist neyrolingvistika va psixolingvistika bo'yicha olima Iroda Azimova .
Neyrolingvistika nevrologiyaning kognitiv nevrologiya bo'limi sohasi tarkibi sifatida o'rganilgan . Neyrolingvistikaning dastavval asosi afaziya bo'lgan. Afaziya — nutqning sistem buzilishi bo'lib , bosh miya po'stlog'ida joylashgan nutq markazlarining zararlanishi oqibatida kuzatiladiga holatdir.
Neyropsixologlar nutqning ikta alohida turini farq qilishadi. Bu ekspressiv nutq( so'zlash) va impressive nutq ( so'zlarni, gaplarni tushunish) . Afaziyaning barcha turlarida bu ikki nutq u yo bu darajada zararlangan bo'ladi. Afaziyada bir necha turlari bor:
- Global
- Eksperssiv
- Aralash
- retseptiv afaziya( ravon)
- Anomik
- Birlamchi progressiv afaziya
January, 2024
Academic Research in Educational Sciences_Volume 5 | Issue 1 | 2024
ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | UIF: 6,1 | SJIF: 6,897
Neyrolingvistika doirasida o'rganilgan til bilan bog'liq kasalliklarni davolash bo'yicha gipnoterapiyadan foydalanishga doktor H. Milton, Erikson ; shu bilan birga oilaviy terapevt Virjiniya Satir ham fan rivoji va davo choralarini topish bo'yicha o'z xissalarini qo'shishgan.
Neyrolingvistikaning asosiy obyekti nutq sistemasi buzilishi bo'lsa-da bugungi kunda neyrolingvistika dasturlash yoki NLP kabi yangi yo'nalishi ham tarqalyapti. Bunda birovning ongiga ta'sir qilish ikki shaxsning neyronlari o'rtasida bog'liqlik kabi yangi tarmoqlar paydo bo'yapti. Neyrolingvistika dasturlashning kuchi amaliy tajribalar bazasidir .
NLP bo'yicha, biz tashqi muhit sifatida boshdan kechirayotgan narsalarimiz va ushbu tajribaning ichki tasavvurlari o'rtasidagi bog'liqlikni tekshirishni ham taklif qilgan. Buni amalga oshirish uchun NLP nevrologiya, psixofiziologiya, tilshunoslik, kibernetika, aloqa nazaryasi bilan hamkorlikda rivojlanadi.
Neyrolingvistikaning o'rganish predmeti 4ta hisoblanadi va bular juda soddadir.
<Aei,Vei,Kei,Oei> A= eshitish V=visual/ ko'rish K= Kinestik/ Tana sezgilari O= ta'm, hid.
"e" va "i" ustki yozuvlari tashqi manbalardan olinadigan ma'lumotlar qiyofasidir. Masalan, "e" biz o'zimizdan tashqarida bo'lgan narsaga qaraganimizda, tinglaganimizda, his qilganimizda, hidlaganimizda, ta'mini his qilganimizda ; "i" esa biz qandaydir tasvirni, tovushni, his-tuyg'ularni eslaganimizda yoki tasavvur qilganimizda bizning ongimizda uning inikosi namoyon bo'ganligini ifodalaydi.
XULOSA
Yuqoridagi ilmiy izlanishlar aosida shakllangan fikrlar neyrolingvistika sohasini umumiy tahlil qilish uchun asos bo'lib xizmat qiladi va ular keying bosqich uchun tayanch sanaladi. Demakki, neyrolingvistika o'rganish obyektlari asosida klinik ko'riklar va labaratoriya tekshiruvlari yotadi va ular klinik davo uchun ham xizmat qila oladi.
REFERENCES
1. Nosirjon Uluqov. Tilshunoslik nazariyasi . T. 2016.
2. Tibbiyot psixologiyasi. Z.Ibodullayev. T.Iqtisod-moliya. 2008.
3. The Big Book of NLP.Shlomo Vaknin. Copyright © 2010 by Inner Patch Publishing
January, 2024
64
ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | UIF: 6,1 | SJIF: 6,897
4. Neuro -Linguistic Programming: Volume I The Study of the Structure of Subjective Experience
5. Linguisticsociety.org
6. En.m.wikidepiya.org
7. https://regionalneurological.com/types-of-aphasia/
8. MyAdvancedIdeas.com
January, 2024