Научная статья на тему 'Nemis tili frazeologik birikmalari va tilning lug’at boyligi'

Nemis tili frazeologik birikmalari va tilning lug’at boyligi Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
91
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
frazema / frazeologiya / morfema / sintaktik bog’lanish / lingvistik birlik

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Sohiba Mallayevna Normurodova, Sayora Karimovna Yorova

Nemis tili frazeologiyasi, tilda leksik va sintaktik aloqalar, tilning lug’at boyligi,frazeologik birikmalarning ishlatilishi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Nemis tili frazeologik birikmalari va tilning lug’at boyligi»

Nemis tili frazeologik birikmalari va tilning lug'at boyligi

Sohiba Mallayevna Normurodova Sayora Karimovna Yorova SamDTU

Annotatsiya: Nemis tili frazeologiyasi, tilda leksik va sintaktik aloqalar, tilning lug'at boyligi,frazeologik birikmalarning ishlatilishi.

Kalit so'zlar: frazema, frazeologiya, morfema, sintaktik bog'lanish, lingvistik birlik

Phraseological combinations of the German language and

vocabulary of the language

Sohiba Mallayevna Normurodova Sayora Karimovna Yorova SamSMU

Abstract: Phraseology of the German language, lexical and syntactic relations in the language, the vocabulary of the language, the use of phraseological combinations.

Keywords: phrase, phraseology, morpheme, syntactic connection, linguistic unit

Kirish. Tilshunoslikda lug'at zahirasining boyib borishi uchun turli xil imkoniyatlar mavjud. Tilning lug'at boyligi asosan so'zlardan iborat. Leksik birliklar deganda, nafaqat alohida so'zlarni tushunamiz, balki turg'un so'z birikmalarini (fraza, turg'un ibora, frazeologizmlar) ham tushunamiz. Frazeologiya (yun. phrasis - ifoda, ibora va ...logiya fan) tilshunoslikning tilning frazeologik tarkibini uning hozirgi holatida va tarixiy taraqqiyotida tekshiruvchi bo'limi;

Muayyan tildagi frazeologizmlar majmui. "Frazeologiyani kengroq ta'riflash uchun uning nazariy va amaliy jihatlariga etabor berish kerak. Frazeologiya - bu til hodisalarining frazeologik jihatdan ifodalanishi uchun bugungi kunda turli xil baxs-munozaralarga sabab bolmoqda".

Tilshunoslik bo'limi sifatidagi frazeologiyaning asosiy diqqat e'tibori frazeologizmlar tabiatini va ularning kategorial belgilarini o'rganishga, shuningdek, frazeologizmlarning nutqda qo'llanish qonuniyatlarini aniqlashga qaratiladi. Frazeologiyaning eng muhim muammosi frazeologizmlarni nutqda hosil qilinadigan (ya'ni avvaldan tayyor bo'lmagan) so'z birikmalaridan farqlab, ajratib olish va shu asosda frazeologizmlarning belgilarini aniqlashdir.

Idioma frazeologizmlar, frazeologik birikmalar va barqaror jumlalar (maqol va matallar, gapga teng boshqa frazeologizmlar) o'rtasidagi muayyan tafovutlarga qarab ko'plab tadqiqotchilar frazeologiyani 2 xil: tor va keng ma'noda tushunadilar. Uni keng ma'noda tushunilganda, frazeologiya doirasiga maqol va matallar, folklorga xos barqaror jumlalar, ba'zi muloqot shakllari (salomlashish, xayrlashish jumlalari) ham kiritiladi.

Lekin bu masala, ya'ni frazeologiyani keng ma'noda tushunish masalasi hanuz munozarali bo'lib qolmoqda. Frazeologiyaning asosiy vazifalari yoki masalalari: frazeologik tarkibning izchilligini aniqlash va shu munosabat bilan frazeologizmning belgi(lik) xususiyatini o'rganish; frazeologizmlar omonimiyasi, sinonimiyasi, antonimiyasi, polisemiyasi va variantdorligini tavsiflash; frazeologizmlar tarkibida qo'llanuvchi so'zlar va ularga xos ma'nolarning o'ziga xos xususiyatlarini aniqlash; frazeologizmlarning so'z turkumlari bilan o'zaro munosabatlarini oydinlashtirish; ularning sintaktik rolini aniqlash; frazeologik birliklar tarkibida so'zlarning yangi ma'nolari hosil bo'lishini o'rganish va boshqa frazeologiya frazeologik birliklarni ajratish prinsiplarini, ularni o'rganish, tasniflash va lug'atlarda tavsiflash metodlarini ishlab chiqadi. Frazeologiyada ishlab chiqilgan o'ziga xos, xilma-xil metodlar asosida tilning frazeologik tarkibi turlicha: struktursemantik, grammatik, vazifaviy uslubiy asoslarga kora tasnif etiladi. Struktursemantik tasnif prinsipi asosiy hisoblanadi.

Frazeologiya tilshunoslikning mustaqil tarmog'i sifatida 20-asrning 40-yillarida rus tilshunosligida paydo bo'lgan. Uning dastlabki shakllanishiga rus olimlari HM^MHHOBa ffl.C. Nemis tili frazalogiyasi A.A.Potebnya, I.I.Sreznevskiy, A.A.Shaxmatov asarlarida asos solingan bo'lsa, barqaror (turg'un) so'z birikmalarini alohida tilshunoslik bo'limi - frazeologiyada o'rganish masalasi 20-40-yillardagi o'quv-metodik adabiyotlarda - Ye.D.Polivanov, S.Abakumov, L.A.Bulaxovskiy asarlarida ko'tarib chiqilgan. G'arbiy Yevropa va Amerika tilshunosligida frazeologiya tilshunoslikning alohida bo'limi sifatida ajratilmaydi2 . "So'zlar tilda odatda alohida tarzda emas, balki erkin sintaktik birikma tarzida mavjud bo'ladi. Erkin sintaktik birikmalar ikki yoki undan ortiq so'zlarning grammatik birlashuvidir. Bunday sintaktik so'z birikmalari semantik nuqtai nazardan ham analiz qilinishi mumkin. Chunki bunday so'z birikmasining har bir komponenti o'zining asl ma'nosida va ko'chma ma'noda bo'lishi mumkin. Barcha so'z birikmalarining umumiy ma'nosi ularning komponentlari ma'nolarining birlashuvidan yuzaga keladi"

Masalan, eine kluge Studentin, ein faule Studentin, ein gehorsame Studentin yoki in die Schule gehen, in den Zoo gehen, ins Theater gehen va boshqalar. Bunday so'z birikmalari so'zlashuv jarayonida yaratiladi. "Erkin so'z birikmasi qo'llanish jarayonida o'z ma'nosini yo'qotishi va ko'chma ma'no hisobiga turg'un birikmaga aylanishi mumkin. Masalan, Jemandem das Gesicht, die Hande, den Kopf, waschen birikmalari o'zining asl ma'nosida erkin sintaktik so'z birikmasi sifatida uchraydi va

kimnidir yuzini, qo 'llarini, boshini yuvmoq deb tarjima qilinadi. Lekin Jemandem den Kopfwaschen birikmasi esa, ko'chma ma'noda ibora sifatida ishlatiladi va kimnidir koyimoq, tanbeh bermoq tarzida tarjima qilinadi. Yana bir misol: Etwas (jemanden) in der Hand haben yoki halten birikmasi o'zining asl ma'nosida erkin sintaktik so'z birikmasidir."

Masalan, ein Buch in der Hand halten. Ushbu jumla qo 'lida kitob ushlab turmoq deb tarjima qilinadi. Ko'chma ma'noda esa u turg'un so'z birikmasi hisoblanadi va kuchga ega bo'lmoq ma'nosini anglatadi. Ushbu turg'un birikmani misol tarkibida ko'rib chiqsak. Er hielt ihm in der Hand, er konnte ihn vernichten! (H.Mann). Bu gapni Uning taqdiri hozir uning qo'lida, hoxlasa yo'q qilib tashlashi mumkin, xoxlasa tirik qoldirishi mumkin, xoxlasa unga yordam qo lini cho zishi mumkin deb tarjima qilinadi. Quyidagi so'z birikmasiga Ein Faden ein Band um den Finger wickeln ham alohida tarzda qaralganda, o'zining asl ma'nosida, ya'ni ipni yoki bantikni barmog'iga o'ramoq tarzida tarjima qilinadi. Lekin ushbu birikmalar jumlalar tarkibida o'z ma'nosini yo'qotib, ko'chma ma'no kasb etadi. Va turg'un ibora sifatida qo'llanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Yorova S., Nasimova S. The ways of teaching languages at medical institutions. - 2019.

2. Yorova S. K. The concept "health" in the English lingual culture //Humanities and Social Sciences in Europe: Achievements and Perspectives.- 2017. - С. 58-60.

3. Karimovna Y. S. STRATEGIC METHODS OF ENGLISH AND UZBEK MEDICAL DISCOURSES //Thematics Journal of Education. 2022. - Т. 7. №. 5.

4. Rakhmatova Sunbula Ahmadjonovna, Aytmuratova Perxan Genjibaevna, Normuradova Nasiba Saydullaevna, Rakhimova Nigora Atakulovna, Ibragimova Dilbar Sadulayevna The Teacher's Role in the Effective Organization of the Lesson Process in Foreign Language Дата публикации 2021/3/1 Журнал: Annals of the Romanian Society for Cell Biology

5. Aitmuratova Perkhan Genjebayevna THE ROLE OF INTERRACTIVE METHODS IN TEACHING FOREIGN LANGUAGES IN HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS Дата публикации 2022/11/3 ЖурналWeb of Scientist: International Scientific Research Journal Том 3 Номер 11 Страницы 41-45

6. Aytmuratova Perkhan Genjebaevna, Esanova Maftuna Bakhadirovna THE IMPORTANCE OF TEACHING LATIN IN MEDICAL SCHOOLS Дата публикации 2022/12/17 Журнал Thematics Journal of Education Том 7 № 5

7. Aytmuratova Perkhan Genjebaevna, Esanova Maftuna Bakhadirovna THE ROLE OF TEACHING A FOREIGN LANGUAGE IN HIGHER EDUCATION Дата публикации 2022/4 Журнал Хоразм маъмун академияси ахборотномаси Том 2 Номер 4 Страницы 275-279

8. Beknazarova Mokhiya Kenzhayevna, Ibragimova Dilbar Sadullayevna Aitmuratova Perkhan Genzhebayevna THE EFFECTIVENESS OF THE STAGED PRINCIPLE IN THE STUDY OF THE LATIN LANGUAGE in medical institutions. Дата публикации 2021/5 Журнал International Journal of Research in Economics and Social Sciences(IJRESS) Том 2 Номер ISSN: 2249-7382 | Impact Factor: 8.018 Страницы 62-67 Издатель

9. Talablarning fizika darslariga qiziqishini oshirish uchun yangi innovatsion texnologiyalardan foydalanish (http://econferencezone.org/index.php/ecz/article/view/523) Mualliflar Suhrob Abdusalimov Rustamovich Nashr qilingan sana 2022/4/17 Jurnal Elektron konferentsiya zonasi Sahifalar 225-226

10. WAYS TO IMPROVE STUDENTS'ENGLISH SPEAKING SKILLS IN ENGLISH CLASSES (https://giirj.com/index.php/giirj/article/download/1271/1194) Авторы Suhrob Abdusalimov Rustamovich Дата публикации 2022/2/15 Журнал Galaxy International Interdisciplinary Research Journal Том 10 Номер 2 Стр. 352353

11. Methods of forming medical terms Автор Sokhiba Mallaevna Normurodova "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.