Научная статья на тему 'NEGATIVE VALUE EXPRESSING BY PHRASEOLOGICAL UNITS'

NEGATIVE VALUE EXPRESSING BY PHRASEOLOGICAL UNITS Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
axiological value / linguistic value / higher / neutral and lower level value / emotional value / religious value / secular value / valuation.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Z.Z.Isakova

In modern linguistics, the research studying interdisciplinarity are developing widely, and the study of the axiological value which we paid attention to, is one of them in linguistics. It is known that there is a gradation of axiological evaluation, and we can see this phenomenon in the structure of the linguistic system.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «NEGATIVE VALUE EXPRESSING BY PHRASEOLOGICAL UNITS»

NEGATIVE VALUE EXPRESSING BY PHRASEOLOGICAL UNITS

Z.Z.Isakova

PhD, Kokand pedagogical institute https://doi.org/10.5281/zenodo.11085015

Abstract. In modern linguistics, the research studying interdisciplinarity are developing widely, and the study of the axiological value which we paid attention to, is one of them in linguistics. It is known that there is a gradation of axiological evaluation, and we can see this phenomenon in the structure of the linguistic system.

Keywords: axiological value, linguistic value, higher, neutral and lower level value, emotional value, religious value, secular value, valuation.

Annotatsiya. Zamonaviy tilshunoslikda fanlararo bog'liqlikni o'rganuvchi tadqiqotlar keng rivojlanib bormoqda biz e 'tibor qaratgan aksiologik bahoning tilshunoslikdagi o'rganilishi ham ulardan biri hisoblanadi. Ma'lumki, axiologik bahoga darajalanish mavjud va biz bu hodisani lisoniy bajho tarkibida ham ko'rishimis mumkin Ushbu tezisda badiiy asarlardan olingan parchalar orqali ingliz jonli nutqida qo'llanuvchi baho va undagi darajalanish atroflicha tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: aksiologik baho, lisoniy baho, yuqori, neytral va quyi darajadagi baho, emotsional baho, diniy baho, dunyoviy baho, baholash.

Аннотация. В современном языкознании широко развиваются исследования, изучающие междисциплинарность, и исследование аксиологической оценки в лингвистике, на которое мы обратили внимание, является одним из них. Известно, что существует градация аксиологической оценки, и это явление мы можем увидеть в структуре языковой системы.

Ключевые слова: аксиологическая оценка, языковая оценка, оценка высшего, нейтрального и нижнего уровня, эмоциональная оценка, религиозная оценка, светская оценка, оценка.

Ma'lumki, voqelikka obyektiv va subyektiv yondashish baholash jarayonining asosini tashkil qiladi. Bu haqida nazariy tilshunoslik fanining asoschilaridan biri Vilgelm fon Humbold predmetlar idroki subyektiv xususiyatga ega ekanligi va bu subyektivlik til qurilishida aks etishini ta'kidlaydi hamda so'zni predmetni aynan aksi emas, balki inson qalbida hosil bo'lgan timsol (obraz)ning in'ikosi sifatida qarash lozimligini uqtiradi. Har qanday obyektiv idrokka subyektivlik hamroh bo'lishini inobatga olib, «har qanday individual insonni, hatto lisonga e'tibor bermagan holda ham, olam idrokida alohida nuqtayi nazarga ega, deb hisoblash kerak» [4, 200]. Demak, shaxs obyektiv voqelikka subyektiv munosabatini qo'shib ifodalaydi va so'zlovchining voqelikka bo'lgan ijobiy yoki salbiy munosabati, bahosi uning nutqida aks etadi. Bu xususida E.S.Aznaurova «Konnotatsiyaning tarkibiy qismi sifatida ma'noda ekspressivlik muammolari kam o'rganilgan. Borliq xususida ikki xil mulohazaga bildirish mumkin: deskriptiv va aksiologik. Birinchisi -borliqni o'zi haqida ma'lumot beruvchi (obyektiv), ikkinchisi - borliqni inson tomonidan baholanishi» deb ta'kidlaydi [6, 64].

Shunisi ahamiyatliki, inson nutqi subyektivlikdan holi bo'lishi mumkin emas. Subyektivlik har bir shaxs borliqqa o'zi mansub bo'lgan jamiyat, millat, din va yoshidan kelib chiqib, bildirgan shaxsiy bahosida namoyon bo'ladi. Bu o'rinda meyoriy va huquqiy hujjatlarda fikrlarning obyektiv bayon qilinishi obyektiv bahoni tashkil qiladi deb fikrlashamiz yuzaki qaraganda to'g'riga o'xshab ko'rinadi. Lekin qonunshunoslik, tibbiyot va hatto davlat boshqaruv tizimlarida

ham o'zaro farqli jihatlari borki, biz bunga tayanib bu tizimlardagi baholashni mutloq obyektiv baho deb hisoblashimiz to'g'ri emas. Masalan, qotillik jinoyatini sodir etgan shaxsga bu malakat bunaqa, u mamlakat unaqa....

Shunga qaramasdan, har bir jamiyatda jahon tajribalaridan, standardlaridan kelib chiqib qo'yilgan meyor, talablar majmuasi borki, biz uni shartli ravishda obyektiv baho deb atashimiz va unga tayanib insonlar nutqidagi subyektivlikni tahlil qilishimiz mumkin. Demak, mutlaq obyektivlikni tahlil qilishning chegarasi yo'q, har qanday baholash jarayoni ma'lum bir jamiyat, din, millat, ma'daniyat meyorlaridan kelib chiqib amalga oshadi va subyektivlik nutq rang-barangligini ta'minlovchi vositadir. Subyektiv baho esa umumiy va xususiy, mutlaq va vaqtinchalik, emotsional va emotsional bo'lmagan, shaxs, guruh, jamiyat munosabatini ifodalovchi kabi baho turlarini taqazo etadi.

Bizningcha, falsafiy, mantiqiy va lingvistik kategoriya sifatida bahoda pog'onaviylik aks etadi va biz ishimizda baho turlarini o'rganishda ushbu pog'onaviylikni asos qilib oldik. Chunki baho munosabatining ifodalanishida bir fanning o'rganish sohasi bilan chegaralanilmaydi va baholashda din, jamiyat, millat, qadriyat tushunchalari bahoni aks ettiruvchi ma'nolar gradiatsiyani tashkil qiladi va neytral bahoga nisbatan ikki qutbga ajraladi. Bu haqida S.F.Anisimov bahoning vertikal klassifikatsiyasini taklif qiladi va bahoni quyidagi guruhlarga bo'lib o'rganadi: inson, insoniyat - eng yuqori darajada baholanadigan oliy daraja; iqtisodiy, moddiy baho - o'rta darajada qadrlanadigan baho va oxirgi baho munosabati - jamiyatdagi ma'naviy, ruhiy holatlar yuzasidan berilgan baho [1, 23]. Tilshunos tomonidan ilgari surilgan guruhlashni falsafiy va semantik klassifikatsiya deyish mumkin. Chunki bu guruhlashda qadimgi faylasuflar tomonidan ilgari surilgan eng oliy xilqat - inson tamoyili asos qilib olinadi hamda moddiylik va jamiyatdagi ma'naviy, ruhiy holatlar keyingi darajalarga qo'yiladi. Bizningcha, bu guruhlashni qayta ishlash, uni inson baholash jarayonida ta'sir o'tkazadigan boshqa omillarni ham hisobga olib kengaytirish zarur.

Bahoning psixologik va ijtimoiy xususiyatlariga asoslanib, N.D.Arutyunova aksiologik bahoni dastlab ikki turga: umumiy baho va xususiy (o'zgaruvchan) bahoga ajratib o'rgangan. O'z navbatida xususiy bahoni quyidagi guruhlarga bo'lgan: 1) gedonistik baho (nima insonga rohat bag'ish-lasa, ijobiy baholanadi: yoqimli, mazali; noxushlik olib kelsa, salbiy baho beriladi: yoqimsiz, bemaza); 2) psixologik baho: intellektual baho (interesting - boring, aqilli - ahmoqona), emotsional baho (xursand - xafa, quvnoq - g'amgin); 3) estetik baho (beautiful - ugly, chiroyli -xunuk); 4) etik baho (insofli - insofsiz, rahmdil - berahm); 5) utilitar baho (useful - useless, xayrli

- yoqimsiz); 6) normativ baho (to'g'ri - noto'g'ri, sog'lom - kasal); 7) diniy, ilohiy baho (samarali

- besamar, lucky - unlucky) [7, 76].

Demak, N.D.Arutyunova aksiologik bahoni semantik jihatdan tahlil qilib guruhlarga ajratgan bo'lsa, A.A.Artemov jamiyat va ijtimoy sohalar kesimida quyidagi aksiologik baho turlarini ko'rsatib o'tadi:

1) dunyoviy baho (insoniyat tomonidan abadiylikka daxldor bo'lgan baho); 2) keng qamrovli baho (bir soha chegarasidagi baho: iqtisodiy, ma'daniy sohalar); 3) tor doiradagi baho (demografik guruhlar, bir kasb sohiblari yoki bir shaxs bildirgan shaxsiy baho) [2, 51-53].

Yuqoridagi yondashuvlarga qo'shimcha tarzida, tadqiqotimizda aksiologik baho munosabatida darajalanish inson-til-madaniyat-ong-dunyo paradigmasi doirasida shakllantirildi va baho munosabatida darajalanish uch asosiy guruh hamda ularga asoslangan kichik guruhlarga bo'lindi. Guruhlarga bo'lishda aksiologik baho munosabatida darajalanish turli millatlar mentaliteti, dini, ma'daniyati va jamiyatdagi ahloq normalaridan kelib chiqib, ijobiy bahoning

pastdan yuqoriga qarab o'sib ma'no va mazmun kengayishini ko'rsak, salbiy bahoda esa yuqoridan pastga qarab ma'no va mazmun kengayib boradi. Bunda aksiologik qarashlarning asosiy tamoyili bo'lgan yaxshilik va yomonlik tamoyillari asos qilib olingan. Ma'lumki, yaxshilik tamoyili kengaygani sari yuqorilab, o'z egasini yuksaklikka yetaklasa, yomonlik ko'paygan sari, insonni pastga qarab tortib boradi. Lekin shu o'rinda yaxshilik va yomonlik tushunchalari ham shartli tushunchalar ekanligini unimasligimiz, ularni talqin qilishda ham obyektivlikka tayangan su'bektiv fikrlar ustivor ekanligini ko'rishimiz mumkin.

Dastlab ijobiylik va salbiy baho darajalanishini ifodalanmagan bahoni neytral baho deb hisoblaymiz va ijobiy va salbiy bahoni neytral bahoga qiyosiy tahlil qilamiz. Neytral baho ijobiylik yoki salbiylik kasb etadi va bunga misol qilib, normativ hujjatlar, jamiyatdagi qonun-qoidalar, ensiklopedik yoki izohli lug'atlarda keltirilgan ta'riflash, baholashni olish mumkin. Masalan, oila tushunchasi ... tahlil.

Keyinga bahodagi daraj alanish guruhi bu - ij obiy baho. Qadrlilik yoki ij obiy baho quyidagi darajalanishga ega: Quyi ijobiy baho (ijtimoiy manfaatga, moddiy manfaatga asoslangan baho) ^ o'rtacha ijobiy baho (intellektual qobiliyat, bilish darajasidan kelib chiqib yoki hissiy-estetik baho) ^ yuqori ijobiy baho (muqaddas va diniy baho).

Uchinchi guruh - qadrsizlik yoki salbiy baho quyidagi darajalanishga ega: yuqori salbiy baho (ijtimoiy manfaatga, moddiy manfaatga asoslangan baho) ^ o'rtacha salbiy baho (intellektual qobiliyat, bilish darajasidan kelib chiqib berilgan yoki hissiy-estetik baho) ^ quyi salbiy baho (muqaddas va diniy baho).

Baho ifodalanishida darajalangan baho guruhlari o'zaro bir-birini inkor etmaydi. Chunki aksar hollarda jamiyat va uzoq tarixga ega bo'lgan diniy e'tiqod tomonidan ijobiy baholangan tushunchalar insonning subyektiv bahosida ham aks etadi. Biroq shunday holatlar borki, subyektiv baho obyektiv baho, diniy bahoga zid kelishi mumkin va bunda quyi ijobiy baho, ya'ni ijtimoiy manfaatga, moddiy manfaatga asoslangan baho yuzaga keladi. Quyidagi misolda baho kategoriyasidagi darajalanishni neytral salbiy bahodan o'rtacha salbiy baho va quyi salbiy bahoga o'zgarishini tahlil qilamiz va bunda o'rtacha subyektiv baho obyektiv bahoga zid kelishini ko'rishimiz mumkin:

1. Ushbu parcha Buyuk Britaniya qonunchiligidan olingan bo'lib, unda o'g'rilik tushunchasiga salbiy baho beriladi va bu salbiy neytral baho hisoblanadi. A person is guilty of theft if he dishonestly appropriates property belonging to another with the intention of permanently depriving the other of it; and "thief' and "steal" shall be construed accordingly. It is immaterial whether the appropriation is made with a view to gain, or is made for the thief's own benefit. The five following sections of this Act shall have effect as regards the interpretation and operation of this section (and, except as otherwise provided by this Act, shall apply only for purposes of this section) [3].

2. Charliz Dikkens tomonidan yozilgan «Oliver Tvist» asarida o'g'rilik, cho'ntakkesarlik bilan shug'ullanuvchi bolalar misoli sifatida Oliver Tvistga asar qahramonlari tomonidan quyidagicha ta'rif berilgan:

A) ... «Didn't know, you white-livered thief!» growled Sikes....

B) ... replied the young woman, «he ran away, near a month ago, from his parents, who are hard-working and respectable people; and went and joined a set of thieves and bad characters; and almost broke his mother's heart..»

V). «He's a thief, a liar, a devil, all that's bad, from this night forth. Isn't that enough for the old wretch, without blows?»

A ta'rifda o'g'riga nisbatan yuqori salbiy baho (ijtimoiy manfaatga, moddiy manfaatga asoslangan baho) berilgan. O'g'riboshi o'g'rilikni eplolmagan Oliver Tvistni qo'rqoq o'g'ri deb atab, o'g'rilikdek sharafli unvonga dog' tushurganlikda ayblaydi va o'g'rilik tushunchasiga o'z manfaatidan kelib chiqib, subyektiv ijobiy baho beradi. B, V ta'riflarda o'rtacha salbiy baho (intellektual qobiliyat, bilish darajasidan kelib chiqib berilgan yoki hissiy-estetik baho) ifodalangan. Chunki asar qahramonlari hech qanday manfaatga tayanmagan holda o'g'riga salbiy baho berishgan.

3. Quyi salbiy baho - muqaddas va diniy baho: If a thief be found abreaking up, and be smitten that he die, there shall no blood be shed for him... If a man shall deliver unto his neighbour money or stuff to keep, and it be stolen out of the man's house; if the thief be found, let him pay double. And he that astealeth a man, and selleth him, or if he be found in his hand, he shall surely be put to death . Misollardan ko'rinib turganidek, quyi salbiy baho (muqaddas va diniy baho) boshqa darajadagi baholarga nisbatan mazmunan keng va hukm ma'nosini anglatadi [5, 112].

Parchalardan ko'rishimiz mumkinki, o'g'rilik tushunchasiga davlat qonunchiligi, diniy nuqtayi nazaridan ham salbiy baho berilgan. Lekin baho munosabati ifodalanishidagi xilma-xillik til vakillari tomonidan bir tushunchaga ham ijobiy, ham salbiy baholash orqali yaqqol namoyon bo'ladi. Demak, ingliz tilida semantik kategoriya sifatida baho ifodalanishining ayrim o'xshash va farqli jihatlari bor va biz ularni aksiologik hamda semantik xususiyatlaridan kelib chiqib, yuqorida guruhlarga bo'lgan holda tahlil qildik.

REFERENCES

1. Anisimov S. F. The real and imaginary values - Moscow: Thought, 1970. - P. 23.

2. Artemov A. A. Philosophical experience in building value hierarchy. Problems of modern economy. 2006 - 1-2, 51-53

3. https://www.legislation.gov.uk/ukpga/1968/60.

4. Safarov Sh. Pragmalingvistika. Monografiya. - Toshkent: Fan, 2008. - B. 200.

5. The holly Bible. - USA: The Church of Jesus Christ of Latter-day Saints Salt Lake City, Utah press, 2013. - P. 112.

6. Азнаурова Э.С. Прагматика художественного слова. - Ташкент: Фан, 1988. - С. 64.

7. Арутюнова Н.Д. Типы языковых значений. Оценка. Событие. Факт. - Москва: Наука, 1988. - С. 76.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.