Научная статья на тему 'NAVOIY VILOYATI ERKIN IQTISODIY ZONASINING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

NAVOIY VILOYATI ERKIN IQTISODIY ZONASINING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
464
76
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ERKIN IQTISODIY ZONA / EKSPORT / SANOAT MAHSULOTI / QO'SHMA KORXONA

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Muxammedova N.J., Kuvvatova D.B., Nurova M.A., Ismoilov U.B.

Maqola Navoiy viloyatida barpo etilgan Erkin iqtisodiy zonaga bag`ishlangan bo`lib, uning iqtisodiy samaradorligi ochib berigan. Shu bilan birga ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi va qiymatiga alohida e`tibor qaratilgan. Navoiy Erkin iqtisodiy zonasi ishlab chiqargan mahsulotlarning Jahon bozoridagi mavqei va eksport salohiyati atroflicha yoritilgan. Shuningdek uning hududiy keng xususiyatlariga ahamiyat berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SPECIFIC FEATURES OF NAVOI REGION FREE ECONOMIC ZONE

The article is devoted to the Free Economic Zone in Navoi region, which reveals its economic efficiency. At the same time, special attention is paid to the volume and value of products. The position of the products of the Navoi Free Economic Zone on the world market and the export potential are covered in detail. Attention is also paid to its wide regional features.

Текст научной работы на тему «NAVOIY VILOYATI ERKIN IQTISODIY ZONASINING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

Muxammedova N.J., PhD

Navoiy davlat pedagogika instituti, Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari

kafedrasi katta o^qituvchisi Kuvvatova D.B.

Navoiy davlat pedagogika instituti magistranti

Nurova M.A.

Navoiy davlat pedagogika instituti magistranti

Ismoilov U.B.

Navoiy davlat pedagogika instituti magistranti

NAVOIY VILOYATI ERKIN IQTISODIY ZONASINING OZIGA XOS

XUSUSIYATLARI

Annotatsiya. Maqola Navoiy viloyatida barpo etilgan Erkin iqtisodiy zonaga bag^ishlangan bolib, uning iqtisodiy samaradorligi ochib berigan. Shu bilan birga ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi va qiymatiga alohida e"tibor qaratilgan. Navoiy Erkin iqtisodiy zonasi ishlab chiqargan mahsulotlarning Jahon bozoridagi mavqei va eksport salohiyati atroflicha yoritilgan. Shuningdek uning hududiy keng xususiyatlariga ahamiyat berilgan.

Kalit so^zlar. Erkin iqtisodiy zona, eksport, import, sanoat mahsuloti, qo"shma korxona.

Mukhammedova N.Zh., Ph.D.

senior lecturer fundamentals of geography and economics

Navoi State Pedagogical Institute Kuvvatova D.B. master

Navoi State Pedagogical Institute

Nurova M.A. master

Navoi State Pedagogical Institute

Ismoilov U.B. master

Navoi State Pedagogical Institute SPECIFIC FEATURES OF NAVOI REGION FREE ECONOMIC ZONE

Annotation. The article is devoted to the Free Economic Zone in Navoi region, which reveals its economic efficiency. At the same time, special attention is paid to the volume and value of products. The position of the products of the Navoi Free Economic Zone on the world market and the export potential are covered in detail. Attention is also paid to its wide regional features.

Keywords. Free economic zone, export, import, industrial products, joint ventures.

Navoiy viloyati tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari qulay bo'lgan hudud hisoblanib, sanoat jadal rivojlanib borayotgan mintaqa sanaladi. Malumotlarga ko'ra hudud aholisi 2021 yilda 1,01 ming kishidan oshgan. Aholining 440,9 ming kishiga yaqini mehnatga bandlar tashkil etib, u 48,89 % urbanizatsiya darajasiga ega. Aholining 171,1 foizi ayollar, 173,7 foizi erkaklarni tashkil etadi.

Respublikamizda ilk bor 2008 yil 2-dekabrda Erkin iqtisodiy zonaning Navoiy viloyatida tashkil etilishi, hududning iqtisodiy qulayligidan dalolat beradi. Navoiy Erkin iqtisodiy zonasi Karmana tumanining 645 gektar hududda joylashgan bolib, u Xalqaro aeroport, xalqaro temiryo'l va avtomobil magistral yo'li infrastrukturasida joylashgan.

Erkin iqtisodiy zona - mintaqani jadal ijtimoiy-iqtisdoiy rivojlantirish uchun mamlakat va chet el kapitalini, istiqbolli texnologiya va boshqaruv tajribasini jalb etish maqsadida tuziladigan, aniq belgilangan ma'muriy chegaralari va alohida huquqiy tartiboti bolgan maxsus ajratilgan hudud hisoblanadi2. Bundan ko'rinib turibdiki, hududning erkin iqtisodiy zonasi asosan keng ko'lamdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqish va eksport qilish bilan shug'ullanadi.

Respulikamizda erkin iqtisodiy zonalar bilan hamohang maxsus iqtisodiy zonalar ham shakllantirilishi qator siyosiy nizom, farmon va qonunlarda aks ettirildi. Ozbekiston Respublikasining Maxsus iqtisodiy zonalar to,g,risida"gi Qonunning 1-bob 3-moddasida maxsus iqtisodiy zonaga - tegishli hududni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun chet el investitsiyalarini va mahalliy investitsiyalarni yuqori texnolologiyalar hamda boshqaruv jalb etish maqsadida maxsus ajratiljan, belgilangan chegaralarga va maxsus huquqiy rejimga ega bolgan hudud - deb ta'rif berilgan.

Yuqorida berilgan har ikkala ta'rifiga ko'ra erkin iqtisodiy zona yoki maxsus iqtisodiy zonalar tashkil qilingan mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida, xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb qilish orqali yuqori texnologiyali raqobatbardosh ishlab chiqarishni yolga qo'yish bilan eksportbop va import o'rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish asosida, mazkur mintaqalardagi aholini ish bilan ta'minlash orqali ularning turmush darajasini yuksaltirish imkonini beradigan alohida huquqiy rejimga ega boladigan chegarali hudud hisoblanadi.

O'zbekistonning yangi iqtisodiy faoliyatini takomillashtirish, kichik va o'rta biznesni rivojlanayotganligi, mamlakatimizda sanoatning hududiy tashkil etilishini erkin iqtisodiy zona, kichik sanoat zonasi kabi yangi shakllari vujudga kelishiga sabab boldi. Bugungi kunda mamlakatimizda 14 ta erkin iqtisodiy zona faoliyat yuritmoqda. Bular "Navoiy", "Angren", "Jizzax", "Urgut",

2 Ozbekiston Respublikasining "Erkin iqtisodiy zonalar togrisidagi" Qonuni 25 aprel 1996 yil.

"G'ijduvon", "Qo'qon" va "Xazorasp" erkin iqtisodiy zonalarida 62 ta loyiha amalga oshirilgan. Farmasevtika sohasiga ixtisoslashgan "Nukus-farm", "Zomin-farm", "Kosonsoy-farm", "Sirdaryo-farm", "Boysun-farm", "Bo'stonliq-farm", "Parkent-farm" kabi 7 ta yangi erkin iqtisodiy zonani rivojlantirish bo'yicha izchil ishlar olib borilgan. Buning natijasida ko'plab kimyo-laboratoriyalar faoliyati natijasida ko'plab tabiiy farm mahsulotlarini ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi.

Hozirgi kunda "Navoiy Erkin iqtisodiy zonasi"da Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Italiya, Xitoy xalq respublikasi, Birlashgan Arab Amirliklari, Hindiston, Singapur va Rossiya davlatlari bilan istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, "Telekom Innovations" mas'uliyati cheklangan jamiyat qo' shma korxonasi (Singapur, Xitoy), "TV tyunerlar, ADSL modemlar va Home Gate way" qurilmalarini ishlab chiqaruvchi tashkilot, "UzEraeCabel" mas'uliyati cheklangan jamiyat qo'shma korxonasi (Koreya respublikasi), "Avtomobillar uchun kabel va akkumulyator jgutlarini ishlab chiqaruvchi", "UzEraeAlternator" mas'uliyati cheklangan jamiyat qo'shma korxonasi (Koreya respublikasi), "Avtomobillar uchun generator va compressor" ishlab chiqaruvchi tashkilotlar faoliyat yuritmoqa.

Shu bilan birga korxonalarda tayyorlanayotgan yuqori kuchlanishga chidamli kabel similar "National Plast" mas'uliyati cheklangan jamiyat qo'shma korxonasi Italiya hamkorligida ishlab chiqariladi. "GREN LINE" mas'uliyati cheklangan jamiyat qo'shma korxonasida alyumin profil va alyumin mahsulotlari hamda O'zbekiston - Janubiy Koreya qo'shma korxonasida esa avtomobillar uchun yuqori bosimli gazballonlar, emal simlar, statyor, rotor, dori-darmonlar, mobil telefonlar, noutbuk, smartfon va boshqa elektrotexnika mahsulotlari, tibbiy buyumlar, mashinasozlik, avtomobilsozlik, qurilish materiallari, kimyo va neft kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish yo'lga qo'yilgan. Shuningdek, qurilish ishlari va gipsakartonlarni montaj qilishda qo'llaniladigan turli ashyolar, polipropilin quvurlar hamda ularni ulashda foydalaniladigan qismlar, tpansport vositalari uchun tormoz qismlari, quyosh issiqlik panellari, tikuv mashinalari, maishiy texnika jihozlari, gilamlar ishlab chiqarilmoqda. Yuqorida ishlab chiqarilgan mahsulotlar MDH davlatlari, Ukraina, Polsha, Chexiya, Germaniya, Kanada, AQSh va boshqa xorijiy davlatlarga eksport qilinmoqda.

Ma'lumotlariga ko'ra Navoiy Erkin iqtisodiy zonasida 2009-2016 yillarda 22 ta loyiha amalga oshirilgan bo'lib, 124 mln. AQSh dollari miqdorida foyda ko'rgan. Bu holat o'sha davrda korxonalar sonining qisqaligi bilan izohlanadi. 2017-2018 yillarda MDH va jahon mamalkatlarining sohalarga kiritgan investitsiyalari natijasida 35 ta loyiha amalga oshirildi hamda buning natijasi yuqori ko'rsatkichga ega bo'ldi.

2020-2021 yillarda esa ushbu davr ichida erkin iqtisodiy zonada amalga oshirilgan lohihalar sonining yana 12 taga ko'payganligi bu ishlab chiqarish hajmining oshganligidan dalolat beradi. 2020-2022 yillarda loyihalar sonining

jadal ortishi va oz navbatida korxonalar kelajak istiqboli ko'rsatkichlarini oshishiga sabab boladi. Shu bilan birga hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan iqtisodiy sohalarni rivojlantirishga qaratilgan strategiyalar muhim sanalib hududlarda faoliyat yuritayotgan iqtisodiy zonalrning optimallashishini taqozo etadi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2019 yilda Navoiy viloyatidagi tashrifi munosabati bilan hudud to liq erkin iqtisodiy zonaga aylantirilishi e'tirof etildi. Bunga binoan "Navoiy viloyatini innovatsion, yuqori texnologiyalarga asoslangan, eksportga yo'naltirilgan va import o'rnini bosadigan ishlab chiqarishlar uchun erkin iqtisodiy zona sifatida belgilash chora-tadbirlari to'g>isida"gi 15.05.2019 yil 5719-sonli Prezident Farmoni e'lon berildi.

Ushbu farmon 2030 yil 1-yanvarga qadar, keyinchalik belgilangan tartibda muddatini uzayturish imkoniyati bilan quyidagilarni oz ichiga oladi: Navoiy viloyati ishlab chiqarish salohiyatidan kompleks, samarali foydalanish, hududda yirik logistika markazini yaratish, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni yolga qo'yish va Navoiy erkin iqtisodiy zona ishtirokchisi bo'lgan korxonalarga Yer, daromad, yuridik shaxslarning mol-mulkiga, kichik korxonalar uchun yagona soliqlar kiritilgan investitsiya hajmiga qarab muddati belgilab qo'yildi.

1-jadval

Navoiy viloyatining tashqi iqtisodiy aloqalari tashqi savdo eksporti)

Hamkor davlatlar 2010 yil 2015 yil 2020 yil 2010-2020 yillarda o'zgarishlar indeksi

AQSh 28736,1 1276,8 280,7 1,0

Buyuk Britaniya(Angliya) 50823,2 355,3 572,3 1,1

Koreya Respublikasi 34894,0 9068,2 229,2 0,7

Birlashgan Arab Amirliklari 23899,9 2249,4 1538,8 6,4

Gruziya 1280,3 6004,4 125,7 9,8

Italiya 281,5 5,6 50,4 17,9

Latviya 1167,3 305,3 240,7 20,6

Singapur 18004,1 1841,9 6627,1 36,8

Qozogiston 13665,7 9798,1 8848,1 64,7

Turkmaniston 24802,5 11808,7 16053,7 64,7

Fransiya 63297,0 134600,2 78258,7 123,6

Yaponiya 464,1 52,9 851,6 183,5

Rossiya Federatsiyasi 17400,4 49215,4 34878,0 200,4

Ukraina 623,4 4539,8 2558,0 410,3

Turkiya 6231,6 5011,0 29517,3 473,7

Qirgiziston 815,7 1568,7 37111,3 4549,4

Jadval: Navoiy statistika boshqarmasi malumotlari asosida tuzilgan.

Jadvalda keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, Navoiy erkin iqtisodiy zonasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar eksportga bevosita yo'naltirilganligi, qo'shni mamlakatlar, MDH davlatlari hamda Yevropaning bir qator mamlakatlariga ekport qilish orqali davlatlararo hamkorlikni kengaytirish, o'zaro do'stlik aloqalarini yanada mustahkamlashga qaratilgan. Statistik ma'lumotlarga bo'yicha oladigan bo'lsak, eng ko'p eksport Rossiya Federatsiyasi, Turkiya, Ukraina, Yevropa davlatlaridan Fransiya va Italiya bilan, qo'shni davlatlardan Bu holatni korxonaning iqtisodiy samaradorligi hamda uning ishlab chiqarish qobiliyati belgilaydi. Navoiy viloyati sanoat korxonalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar yuqori darajada qo'shni davlatlarga ya'ni Qirg'iston hamda Tojikiston respublikalariga eksport qilingan.

2-jadval

Navoiy viloyatining makroiqtisdiy ko'rsat tkichlari

O'lchov birligi 2010 y. 2015 y. 2020 y.

Yalpi hududiy mahsulot mlrd.som 4325,6 10545,2 49742,2

Osish sur'ati,% da 103,9 103,8 107,1

Sanoat mahsuloti mlrd.som 4038,5 9286,9 65084,9

Osish sur'ati,% da 99,6 103,4 109,1

Asosiy kapitalga investitsiyalar mlrd.som 1741,8 1809,1 15683,4

Osish sur'ati,% da 2,5 90,7 77,1

Tashqi savdo aylanmasi mlrd.som 926,0 802,5 1312,3

Osish sur'ati,% da 108,9 81,0 71,5

Eksport mlrd.som 553,4 441,4 426,5

Osish sur'ati,% da 112,1 100,2 117,5

Import mlrd.som 372,6 361,0 885,8

Osish sur'ati,% da 104,5 65,7 60,2

Jadval: Navoiy statistika boshqarmasi malumotlari asosida tuzilgan.

Yuqoridagi javdal malumotiga ko'ra viloyat mavqeini aniqlab beruvchi ko'rsatkich YaHM oldingi yillarga ko'ra 2020 yilda ham o'sish kuzatilgan. Bu holar ijtimoiy hayotda Covid-19 epidemiyasi va karantin holati sababli sanoat korxonalarida ham iqtisodiy samaradorlik oz mavqeini saqlab qolgan. Ushbu davrda sanoat mahsulotlari hajmi ortib, eksportbop mahsulot hajmi oshgan.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, viloyat korxonalari o'rtasida sanoat kooperatsiyalarini yaratish, mahalliy xom-ashyo materiallariga asoslangan sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish, klasterlarini joriy etish, keng imkoniyatlar, ilg'or texnologilar, bugungi kunda tadbirkorlarga yaratib berilayotgan imtiyozlardan samarali foydalanish hududning iqisodiy mavqeini belgilab beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Ozbekiston Respublikasining "Erkin iqtisodiy zonalar to'g'risidagi" Qonuni 25 aprel 1996 yil.

2. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni PF 5719 15.05.2019 y

3. www.navstat.uz sayti ma'lumotlari

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.