UO'T: 634.7:587.34+634.743
NAMANGAN IQLIM SHAROITIDA ILK BOR GARTENZIYA GULINING HIDRONGEA MACROFILLA NAVINI IN VITRO VA TUPROQ SHAROITIDA YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI
1Misirova Surayyo Abdumutalovna, 2Najmiddinova Maxliyo Muxiddin qizi
1Namangan muhandislik-texnologiya instituti "Manzarali bog'dorchilik va ko'kalamzorlashtirish" kafedrasi mudiri. Professor.
2Namangan muhandislik-texnologiya instituti "Manzarali bog'dorchilik va ko'kalamzorlashtirish" kafedrasi magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.14011750
Annotatsiya. Xozirgi kunda in vitro va tuproq sharoitida daraxt va o'simliklarni ko'paytirish davr talabiga aylanib bormoqda. Chunki, bu usullar kichik maydonlarda ko'p ko'chat etishtirish imkonini beradi.
Kalit so'zlar: hidrongea macrofilla , kallus to'qima , ozuqa muhit, In vitro, urug'
Аннотация. В настояшее время размножение деревев и растений ин витро и в почвенних условиях становится требованием времени. Потому что эти методи позволяют вирашиват много рассади на неболших плошадях.
Ключевие слова: гортензия макрофилла, мозолистая ткан, питателная среда, ин витро, семена.
Abstract. currently, in vitro and in soil conditions, the reproduction of trees and plants is becoming a requirement of the period. Because, these methods allow you to grow a lot of seedlings in small areas.
Keywords: hydrongea macrofilla, callus tissue, nutrient medium, in vitro, seed.
Kirish. Bugungi kunda O'zbekiston genofondini yangi biologik turga oid manzarali daraxt va gullarni introduksiya va adaptatsiya qilish yuzasidan bir qator qonnun va farmonlar chiqarilmoqda, ularni ijrosini ta'minlash maqsadida ushbu tadqiqot ishini tanlandi va tadqiqot ishlari olib borilmoqda.. Gartenziya Hidrongea macrofilla guli O'zbekiston iqlim sharoitida ilk bor urug'idan laboratoriya sharoitida in vitro usulida va tuproq sharoitida ko'paytirish texnologiyasi o'rganilmoqda.
Ushbu gul toshyorardoshlar oilasining Hydrangea turkumiga mansub bir necha tur xushmanzara o'simliklarga berilgan umumiy nom. Bargi oddiy, qarama-qarshi joylashgan. Oq, pushti, qizil va ko'k rangli gullari to'pgul hosil qiladi. Urug'i ko'sakchada, 76 turi bor. Ulardan bir nechasi gulchilikda ekiladi. Xitoy va Yaponiyadan keltirilgan Gartenziya (N. macrophylla) va Shimoliy Amerikadan keltirilgan daraxtsimon, ko'p yillik Gartenziya (N. arborescens) xushmanzara o'simlik sifatida parklarda o'stiriladi. Gartenziya parhish va qalamcha bilan ko'paytiriladi. Makrophylla atamasi katta yoki uzun bargli degan ma'noni anglatadi. Qarama-qarshi joylashgan barglarning uzunligi 15 cm gacha o'sishi mumkin.
1-rasm. Gartenziyaning Hidrongea macrofilla navini gul ko'rinishi
Hydrangea macrophyllaning to'pgulida barcha gullar bir tekislikda yoki yarim sharda joylashgan. Ikki xil turdagi gul shakli bor: markaziy, dekorativ bo'lmagan, pentamerli va periferik, bezakli, tetramerli. Dekorativ gullarning to'rtta sepallari och pushtidan qizil fu§ya binafsha ranggacha bo'lgan ranglarga ega. Dekorativ bo'lmagan gullar beshta kichik yashil
sepals va beshta kichik gulbargga ega. Gullash yozning boshida boshlanadi va qishning boshigacha davom etadi.
Hydrangea macrophyllaning vatani Sharqiy Osiyo. Bu o'simlik dengiz bo'yidan, shuningdek, Yaponiyadagi tog'lardan, Xonsyudan janubidan yopilgan. Bu tur Xitoy, Koreya, Sibir, Yangi Zelandiya va Amerikada tabiiylashtirilgan. O'simlik Azor va Madeyra arxipelaglarida invaziv tur hisoblanadi.
2-rasm. Gartenziya gulining Hidrongea macrofilla navini xilma-xilligi.
Hydrangea macrophylla gullari ko'k, qizil, pushti, och binafsha yoki to'q binafsha rangda bo'lishi mumkin. Rangga tuproqninh pH darajasi ta'sir qiladi. Kislotali tuproq (pH 7 dan past) odatda ko'k rangga yaqinroq gul rangini hosil qiladi, ishqoriy tuproq (pH 7 dan yuqori) esa pushti gullar hosil qiladi. Bunga alyuminiy ionlari borligida gul pigmentlarining rangi
o'zgarishi sabab bo'ladi Gartenziya gulining in vitro usulida ekish texnologiyasi. Bugungi kunda Gartenziya guli ommabop qimmatbaho gullar sirasiga kiritilmoqda. Bu gulni ko'paytirish juda mushkul bo'lib bir necha usullarda ko'paytirish bo'yicha ilmiy tadqiqot o'tkazib kelinmoqda. Xususan, Gartenziya gulni urug'ining unib chiqishi va harorati bo'yicha bir qancha tadqiqotlar mavjud. Boshqa ko'plab turlarda bo'lgani kabi, Gartenziya guli urug'lari harorat oralig'ida o'sadi.
In vitro muxitida ekish va o'sish tezroq, chunki sharoitlar to'liq nazorat ostida bo'ladi, shuningdek, zamburug'lar va bakteriyalar bilan poygada omon qolishga hech qanday hojat yo'q. Tadqiqot jarayonida asosan oddiy ozuqada, MS+1 BAP bilan MS + 1 NAA , MS + 1 NAA + 1 BAP, MS + 1 NAA + 2 BAP, MS + 2 NAA + 1 BAP tarkibida ekiladi. Bunda eng aktiv o'sgan variantimiz 4- variant bo'lib MS + 1 NAA + 1 BAP barcha reaktivlar teng miqdorda olinganligi eng maqbul variant bo'ladi. Xulosa
Gartenziya gulining Hidrongea macrofilla navini navini in vitro usulida ko'paytirish texnologiyasi, eng maqbul usullardan bo'lib, bunda kichik joyda ko'p ko'chat yetishtirish imkonini beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Vildanova K.D. Dekorativnie kustarniki. Uchebnoe posobie. -Tashkent: "Shark", 2006. -96 s.\
2. Ivanova L., Inozemseva YE. Virashivayem lilii v Zapolyare // Svetovodstvo. -Moskva.-2011. -№3.-18-19 s.
3. Botella, J.R., Fairbairn, D.J. (2005). Present and Futute Potential of Pineapple Biotechnology. Acta Horticulturae 666: 312-318.
4. www.florist.planet-earth.s,www.floriculture.ru.