Научная статья на тему 'MUSTAQILLIK YILLARIDA SUV XО‘JALIGI TIZIMIGA KAPITAL MABLAG‘LAR AJRATISHNING ORTIB BORISHI'

MUSTAQILLIK YILLARIDA SUV XО‘JALIGI TIZIMIGA KAPITAL MABLAG‘LAR AJRATISHNING ORTIB BORISHI Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
22
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
suv xo‘jaligi / suv resurslari / melioratsiya va irrigatsiya / sug‘orish texnologiyalari / suv ombori / drenaj va kollektorlar / islohot.

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Shomurotov Sh.Sh.

Maqolada mustaqillik yillari O‘zbekistonda suv xo‘jaligi tizimidagi islohotlarning amalga oshirilganligi, respublika sug‘orish tizimida suv resurslaridan oqilona va tejamli usulda foydalanishga alohida e’tibor qaratilishi, sohada modernizatsiya jarayonlari yildan-yilga asta-sekin takomillashib borganligi manbalar yordamida tahlil qilingan. Bu borada aynan shu davrda tizimni taraqqiy ettirish va uni huquqiy jihatdan kafolatlash maqsadida bir qancha qarorlar, qonunlar ishlab chiqildi va hayotga tatbiq etilganligi masalalari ham ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUSTAQILLIK YILLARIDA SUV XО‘JALIGI TIZIMIGA KAPITAL MABLAG‘LAR AJRATISHNING ORTIB BORISHI»

Shomurotov Sh.Sh.

Qo'qon davlat pedagogika instituti o 'qituvchisi

MUSTAQILLIK YILLARIDA SUV XO'JALIGI TIZIMIGA KAPITAL MABLAG'LAR AJRATISHNING ORTIB BORISHI

Annotatsiya. Maqolada mustaqillik yillari O'zbekistonda suv xojaligi tizimidagi islohotlarning amalga oshirilganligi, respublika sug 'orish tizimida suv resurslaridan oqilona va tejamli usulda foydalanishga alohida e'tibor qaratilishi, sohada modernizatsiya jarayonlari yildan-yilga asta-sekin takomillashib borganligi manbalar yordamida tahlil qilingan. Bu borada aynan shu davrda tizimni taraqqiy ettirish va uni huquqiy jihatdan kafolatlash maqsadida bir qancha qarorlar, qonunlar ishlab chiqildi va hayotga tatbiq etilganligi masalalari ham ochib berilgan.

Kalit so'zlar: suv xo'jaligi, suv resurslari, melioratsiya va irrigatsiya, sug 'orish texnologiyalari, suv ombori, drenaj va kollektorlar, islohot.

Shomurotov Sh.Sh.

teacher

Kokand State Pedagogical Institute

INCREASING CAPITAL FUNDING FOR THE WATER MANAGEMENT SYSTEM IN THE YEARS OF INDEPENDENCE

Abstract. The article analyzes the implementation of reforms in the water management system in Uzbekistan during the years of independence, special attention is paid to the rational and economical use of water resources in the irrigation system of the republic, and the modernization processes in the field are gradually improving from year to year with the help of sources. In this regard, in order to develop the system and legally guarantee it, a number of decisions and laws were developed and the issues of their implementation were revealed.

Key words: water management, water resources, reclamation and irrigation, irrigation technologies, reservoir, drainage and collectors, reform.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bо'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida»gi 2017 -yil 7-fevralda qabul qilingan Farmonining qishloq xo'jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish bo'yicha ustuvor yo'nalishlarida sug'orish tizimi modernizatsiyasiga oid fikrlar mavjud bo'lib, jumladan, unda «sug'orma maydonlarni meliorativ jihatdan yaxshilash, irrigatsiya inshootlarini rivojlantirish, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishiga doir intensiv usullarni, birinchi navbatda, suv hamda resurslarni tejaydigan ilg'or agrotexnologiyalarni tatbiq

etish va unumdoñigi yuqoгi bo'lgan qishloq xo'jaligi texnikasidan samaгali гavishda foydalanish» kabi vazifalarni tizimli asosda bajarish belgilab qo'yilgan.

Sug'oгiladigan yeгlaгning meliorativ holatini yaxshilash qishloq xo'jaligini rivojlantirishdagi hal qiluvchi omillardan biri hisoblanadi. Jumladan, гespublikadagi mavjud sug'oгma maydonlaming 50 foizga yaqinini shо'г bosgan yerlar tashkil qiladi.

Keyingi yillarda ana shu yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish maqsadida yirik davlat dasturlari ishlab chiqildi va sohaga tatbiq etildi. Jumladan, 2008-2016 yillar oгalig'ida sug'oriladigan yeгlaгning melioгatsiya holatini yaxshilash dasturlarini amalga oshirishga davlat byudjetidan jami 2011,37 mlrd. so'm xaгajatlandi. Bu o'tkazilgan tadbiг natijasida 2015 yilda 2001 yilga nisbatan shо'гlanmagan yerlar 17,3 foizga, kuchsiz shо'гlangan yerlar 10,9 foizga oshib, о'гtacha sho'rlangan yerlar hajmi 34,3 foizga hamda kuchli sho'rlangan yerlar 48,0 foizga qisqardi.

Harakatlar strategiyasida sug'oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash, irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini rivojlantirish, ularning xavfsiz va barqaror ishlashini ta'minlash, suv resurslaridan oqilona va tejamli foydalanish va shu asosda qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish barqarorligiga erishish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish ko'zda tutiladi:

-734,9 km. magistral, tumanlararo, xo'jaliklararo kollektorlarni, 348,3 km. yopiq-yotiq drenaj tizimlarini, 6 ta meliorativ nasos stansiyalarini, 79 ta meliorativ tik quduqni, 131 ta meliorativ obyektdagi gidrotexnik inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilish;

-14537,2 km. ochiq kollektorlarni, 1330,5 km. yopiq-yotiq drenaj tarmoqlarini, 15 dona meliorativ nasos stansiyasini, 791 dona meliorativ tik quduqlarni, 2277 dona meliorativ obyektlardagi gidrotexnik inshootlarini ta'mirlash va tiklash;

-500 km. kanallarni, 74 km. sug'orish lotok tizimini, 106 dona gidrotexnik inshootni, 10 km. bosimli suv quvurlarini, sig'imi 625 mln. m. kubga teng bo'lgan suv omborlarini qurish va rekonstruksiya qilish hamda 0,5 km. qirg'oqbo'yi mintaqasini muhofaza qilish va himoyalash;

-142 ta meliorativ texnika va jihozlarni suv xo'jaligida ixtisoslashgan pudrat tashkilotlariga lizing orqali yetkazish;

-2013-2017 yillar davomida sug'oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish Davlat dasturi» doirasida amalga oshirilgan ishlarning samaradorligini tanqidiy o'rganish asosida «20182022 yillarda sug'oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish Davlat dasturi» loyihasini ishlab chiqish;

Bu tadbirlarga jami 905 000 mln. so'm, shu jumladan, 457 273 mln. so'm davlat byudjeti mablag'larini sarflash belgilandi. Mazkur ishlar natijasida 270,5 ming ga sug'oriladigan yerning meliorativ holatini barqaror saqlash, 276,2 ming ga sug'oriladigan yerni suv bilan kafolatli ta'minlashga erishildi.

Bir necha yillardan buyon respublikaning qator hududlarida ekinlarni sug'orishning yangi texnologiyalari sinovdan o'tkazildi va ularni doimiy ravishda qo'llashga tavsiya qilindi.

O'zbekiston Respublikasining «2013-2017 yillar davrida sug'oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish Davlat dasturi» ga asosan 2013-2017 yillarda jami 104 600 ga maydonda sug'orishning zamonaviy usullarini joriy etish ko'zda tutildi. Ma'lumotlarga ko'ra, respublikada 2011-2015 yillarda jami 47356 ga ekin maydonlarida tomchilatib sug'orish, 18418 ga da ko'chma egiluvchan quvurlar orqali sug'orish texnologiyalari joriy etildi.

Harakatlar strategiyasi bo'yicha sug'orishning ilg'or texnologiyalarini joriy etish ishlari tizimli ravishda davom ettirildi va bu global suv tanqisligi sharoitida ekinlarni suv bilan ta'minlash va hosildorlikni ortib borishiga ko'mak beradi.

2017 yil 20 apreldagi O'zbekiston Prezidentining «2017-2021 yillarda ichimlik suvi ta'minoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish dasturi to'g'risida» gi qabul qilingan qarorida yuqorida ko'rsatilgan yillar mobaynida ichimlik suvi ta'minoti va kanalizatsiya tizimida muhim o'zgarishlar qo'llash hamda bu sohada modernizatsiyalashni yo'lga qo'yish, suv ta'minoti sohasida tegishli axborot texnologiyalarini qo'llash maqsadi belgilandi.

Shuningdek, mazkur qarorda keyingi olti yilning o'zida 13 ming km. ga yaqin bo'lgan muhim suv quvurlari va vodoprovod tarmoqlari, 1,6 mingdan ko'proq suv chiqarish quduqlari, 1,4 mingta suv resurslari bosimini hosil qiladigan yangi minora va rezervuarlar qurildi hamda rekonstruksiya qilinishi yo'lga qo'yildi. Natijada, xalqaro moliya tashkilotlarining tegishli grantlari va maqsadli kreditlarini jalb etish hisobiga, ichimlik suvi bilan ta'minlanmagan ko'pgina aholi punktlari sifati va xavfsizligi bo'yicha zamonaviy talablarga mos keladigan suv bilan ta'minlandi.

Ayrim mintaqalarni, eng avvalo, Qoraqalpog'iston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarini sifatli ichimlik suvi bilan ta'minlashning bir qancha yechilmagan muammolari hamon saqlanib qolganligi ham qarorda e'tirof etildi.

Aynan shu yilning 4 mayida Respublika Prezidentining «2017-2021 yillarda yer osti suvlari zaxiralaridan oqilona foydalanishni nazorat qilish va hisobga olishni tartibga solish chora-tadbirlari to'g'risida» gi qarori qabul qilinib, undagi asosiy diqqat-e'tibor tabiiy suv resurslaridan tejamli usulda foydalanish, sarflanayotgan suv resurslari hajmini tegishli tarzda hisobga olishni yo'lga qo'yish, ularning ifloslanishi va taqchilligini oldini olish va himoyalashga bevosita e'tibor qaratildi.

Qisqa o'tgan davrda respublikaning aksariyat kamsuvli mintaqalarda mahalliy aholini toza markazlashgan ichimlik suvi bilan ta'minlash bo'yicha sezilarli ishlar qilindi. Xususan, aynan hozirgi paytda respublikadagi 69 ta yirik

shahar, 335 ta maxsus posyolka hamda 2903 ta qishloq aholisi kundalik ehtiyojlari asosan mavjud yer osti suvlari zaxiralari hisobidan qoplanmoqda.

Ushbu qarorda ba'zi hududlardagi yer usti suv zaxiralarini chiqarish tarmoqlari hamda ko'plab drenajlarning ishlamasligi va ishlaydigan drenaj tarmoqlarining qoniqarsiz holatda ekanligi, yer osti sizot suvlari sathining intensiv ravishda ko'tarilishi, shuningdek, bu yerda rejali ravishda maxsus gidrogeologik tekshirish olib borilmaganligi natijasida ko'plab shaharlar va boshqa aholi turar-joylarida yer osti sizot suvlari sathining ko'tarilishi kuzatilgani, uning salbiy jihatlari ta'kidlab o'tildi.

2017 yil 27 noyabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «2018-2019 yillarda irrigatsiyani rivojlantirish va sug'oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash Davlat dasturi to'g'risida» gi qarori qabul qilindi. Unda quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish, ya'ni irrigatsiya-melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish, ta'mirlash va qayta tiklash loyihalarini amalga oshirish, qishloq xo'jaligi ekinlarini tomchilab sug'orish va suvni tejaydigan boshqa sug'orish texnologiyalari tizimini joriy etish, irrigatsiyani rivojlantirish bo'yicha normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, meliorativ suv xo'jaligi ishlarini bajarishga ixtisoslashgan qurilish tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, suv xo'jaligi rahbarlari va mutaxassislarining malakasini oshirish, suv resurslaridan foydalanish monitoring tizimlarini takomillashtirish ishlari amalga oshirish ko'zda tutildi.

Bundan tashqari, qarorda ta'kidlanishicha, o'tgan yillar davomida sug'oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga va suv resurslaridan oqilona foydalanishga qaratilgan chora-tadbirlarning keng kompleksini izchil amalga oshirish yer va sur resurslari, shuningdek, umuman respublikada qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi unumdorligini oshirish imkonini berganligi alohida qayd etildi. 2013 - 2017 yillar davrida sug'oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish Davlat dasturiga muvofiq:

-5443 km. kollektor-drenaj shoxobchalari, 751 ta tik drenaj quduqlarini qurish va rekonstruksiya qilish, 72,2 ming km. kollektor-drenaj tarmoqlarini, 2907 ta tik drenaj quduqlari, 75 ta meliorativ nasos stansiyalari va boshqalarni ta'mirlash hamda qayta tiklash - Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sug'oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg'armasi mablag'larini;

-1745 km. dan ko'proq irrigatsiya tizimlari, 388 km. novli sug'orish shoxobchalari, 135 ta gidrotexnika inshootlari, umumiy hajmi sekundiga 49,6 m3 suv chiqaradigan nasos stansiyalari qurilishi va ularni rekonstruksiya qilish -markazlashtirilgan kapital mablag'larni jalb etgan holda moliyalashtirildi. Buning natijasida, kuchli va o'rtacha sho'rlangan maydonlar 149,4 ming ga ga kamaydi, sizot suvlar sathi yer yuzasiga yaqin (2 m. gacha) joylashgan maydonlar 302,9 ming ga ga qisqardi, 897 ming ga dan ko'proq maydonning meliorativ holatini saqlash chora-tadbirlari amalga oshirildi, sug'oriladigan 1,3 mln. ga dan ko'proq yerlarning suv ta'minoti yaxshilandi.

2018 yilning yanvar-sentabrida O'zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti (YAIM) hajmi joriy narxlarda 244 343,7 mlrd. so'mni tashkil etdi va o'tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 5,2 % ga o'sdi. YAIM deflyatori indeksi 2017 yilning yanvar-sentabridagi narxlarga nisbatan 131,6 foizni tashkil etdi. Iqtisodiy o'sish sur'ati iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida kuzatilgan ijobiy dinamika bilan bog'liqdir. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo'shilgan qiymat (keyingi o'rinlarda YAQQ) hajmi YAIM umumiy hajmining 86,3 % ini tashkil etdi va 5,3 % ga o'sdi (YAIM mutloq o'sishiga ta'siri 4,6 foiz punktni tashkil etdi). Mahsulotlarga sof soliqlarning YAIM tarkibidagi ulushi 13,7 % ni tashkil etdi va 4,5 % darajasida o'sish qayd etildi (YAIM mutloq o'sishiga ta'siri 0,6 f.p.). YAIM o'sish sur'atiga xizmatlar sohasi eng katta ta'sir ko'rsatdi (2,5 f.p.) va bu soha o'tgan yilning yanvar-sentabriga nisbatan 6,0 % ga o'sdi.

Shundan, savdo xizmatlari (avtotransport vositalarini ta'mirlashni qo'shgan holda) 3,9 % ga, yashash va ovqatlanish bo'yicha xizmatlar 5,6 % ga, tashish va saqlash 3,9 % ga, axborot va aloqa 17,0 % ga va boshqa xizmatlar 6,4% ga o'sdi. Sanoat tarmog'ining qo'shilgan qiymatida 6,3 % lik o'sish qayd etildi. Sanoat ishlab chiqarishining YAIM mutloq o'sish sur'atiga ijobiy ta'siri 1,4 f.p. darajasida baholandi.

Sanoat tarmog'idagi ijobiy dinamika tog'-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash tarmog'i qo'shilgan qiymatining 28,5 % ga, ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoat tarmog'i qo'shilgan qiymatining 2,4 % ga va boshqa sanoat tarmoqlarining 2,0 % ga o'sishi hisobiga ta'minlandi. Kuzatilgan ijobiy ko'rsatgichlarni suv xo'jaligi sohasidagi amalga oshirilgan ishlarda ham ko'rishimiz mumkin.

Jumladan, 2017 yil mobaynida Davlat dasturi doirasida amalga oshiriladigan meliorativ tadbirlar uchun davlat byudjetidan jami 455,0 mlrd. so'm ajratilgan. Meliorativ obyektlarni rekonstruksiya qilish va qurish ishlarini bajarishga yo'naltirilgan mablag'lardan maqsadli va samarali foydalanilishi natijasida 889,4 km ochiq va 346,5 km yopiq-yotiq kollektor-drenaj tarmoqlari, 66 dona vertikal drenaj quduqlari, 205 dona gidrotexnik inshoatlar, 175 dona meliorativ kuzatuv quduqlari rekonstruksiya qilindi va qurildi.

Kapital mablag'lar hisobiga irrigatsiya yo'nalishida respublika bo'yicha jami 170 ta ustuvor loyiha, shu jumladan 73 ta yildan yilga o'tuvchi loyihalar doirasida 411,2 km uzunlikdagi kanallar, 76,8 km uzunlikda lotoklar, 77 dona gidrotexnik inshootlari, nasos stansiyalarining 8,7 km uzunlikdagi bosimli quvurlari, 18,3 m3/sek quvvatli nasos stansiyalari, 1 km uzunlikdagi qirg'oq himoya ishlari va 73,9 km elektr uzatish tarmoqlari qurilish va rekonstruksiya ishlari bajarildi.

Suv resurslaridan foydalanishda: Respublika bo'yicha qishloq xo'jaligi maqsadlariga ajratilgan suv resurslari bilan 21 114 ming gektar maydonda sug'orish ishlari olib borildi. Jumladan, 5 611 ming gektar kuzgi g'alla va 6 102 ming gektar g'o'za maydonlari sug'orildi. Respublikada faoliyat ko'rsatayotgan

1503 ta suv iste'molchilari uyushmalari tomonidan umumiy maydoni 3,7 mln gektar bo'lgan suv iste'molchilariga, jumladan fermer xo'jaliklariga suv xo'jaligi xizmati ко' rsatildi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Shomurotov, S. S. O. (2021). The Need for Formation of Knowledge on the Effective Use of Water Resources in Young People in the Process of Globalization. (in the Example of the Aral Sea). International Journal of Human Computing Studies, 3(2), 89-91.

2. SHOMUROTOV, S. S. O. (2021, April). FIRST STEPS FOR MODERNIZATION OF WATER FARMING IN THE REPUBLIC: ACHIEVEMENTS AND CHALLENGES. In Euro-Asia Conferences (Vol. 4, No. 1, pp. 152-155).

3. Shomurotov, S. S. O. (2021, February). Some Environmental Problems Related To Land And Water Resources In Uzbekistan. In International Scientific and Current Research Conferences (pp. 39-41).

4. SHOMUROTOV, S. S. O. Construction and Changes in Canals and Pumping Stations in Uzbekistan. JournalNX, 7(1), 262-266.

5. Шомуротов, Ш. (2021). Историческое значение реформ, осуществляемых в водной системе Узбекистана. Общество и инновации, 2(3/S), 458-465.

6. Шомуротов, Ш. (2021). Узбекистан сув хужалиги тизимида амалга оширилган ислохотларнинг тарихий ахамияти. Общество и инновации, 2(3/S), 458-465.

7. Shomurotov, S. S. O. (2022). O 'Zbekistondа Suvdаn Foydаlаnuvchilаr Uyushmаlаrining Tаshkil Qilinishi Vа Fаoliyatidа Yuzаgа Kelаyotgаn Mmm^^. Miasto Przyszlosci, 29, 216-220.

8. Shomurotov, S. S. O. (2022). Measures Taken to Develop the Irrigation System in the Country. Miasto Przyszlosci, 29, 207-209.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.