g
m
MUSTAQIL TA'LIM JARAYONIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI
AHAMIYATI
Mazkur maqolada talabalar mustaqil tayyorgarligini shakllantirish va mustaqil ta'lim jarayoni samaradorligni oshirishda raqamli texnologiyalarning ahamiyati, shuningdek yangilanayotgan davrda raqamli texnologiyalarni ta'lim jarayoniga tatbiq qilish batafsil yoritilgan.
Kalit so'zlar: Axborot texnologiyalar, raqamli texnologiyalar, modernizatsiya, kredit, mustaqil ta'lim, nutq, muhandislik-kommunikatsiya, nutq;
Hozirgi vaqtda zamonaviy raqamli texnologiylardan foydalanmasdan o'quv jarayonini tashkil etish mumkin emas. XXI asr talabasida quyidagi ko'nikmalar va fazilatlar shakllansa: shaxsiy javobgarlik, bag'rikenglik, muloqot qobiliyatlari, o'z-o'zini rivojlantirish qobiliyatlari, fikrlashni rivojlantirish, topish, tahlil qilish, boshqarish,birlashtirish, baholash va yaratish qobiliyati turli xil shakllarda va turli xil usullarda ma'lumot, jamoa bo'lib ishlash qobiliyati, muammolarni hali qilish qobiliyati va shu kabilar. Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim jarayoni kredit modul tizimiga o'tganligi sababli talabalar uchun auditoriya soatlari kamayib, mustaqil ta'lim soatlari oshiriliyabdi. Bunda talaba bitta fan uchun ajratilgan kreditlarni to'plashi kerak bo'ladi. Masalan bitta fanda bir semestrda 26 soat ma'ruza, 26 soat seminar, 78 soat mustaqil ta'limga ajratiladi. Bundan shuni tushunish mumkinki talaba fanga individual yondashib, mustaqil tarzda fanni o'zlashtirishi kerak. Professor o'qituvchi talabaga yo'nalish berishi kerak xalos.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarni egallash zarur va shartligi, bu yuksalishning eng qisqa yo'lidan borish imkoniyatini berishi, bugungi kunda korxonalar raqamli texnologiyalardan
Bobomurod Faxriddin o'g'li Abdishukurov
Chirchiq davlat pedagogika universiteti talabasi
Suhrob Aktam o'g'li Xurozov
Chirchiq davlat pedagogika universiteti talabasi
ANNOTATSIYA
mutlaqo yiroqda ekanligi alohida ta'kidlanib, raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini oshirishi,
October 20, 2023
g
m
shuningdek ortiqcha xarajatlarni kamaytirishi, natijadorlikni oshirishi, bir so'z bilan aytganda, odamlar turmushini keskin yaxshilash maumkinligi asoslab berdi. Iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilashni nazarda tutadigan "Raqamli 0'zbekiston-2030" dasturini ishlab chiqish va joriy etish vazifalari belgilandi. Bu esa sanoatning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiyalash va raqobatdoshlikni kuchaytirish, sohaga ilg'or texnologiyalarni joriy etish, yuqori texnologiyali korxonalar, texnoparklar, ishlab chiqarish korxonalari tashkil etish, zamonaviy muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalarini barpo etishga yanada keng imkoniyatlar yaratadi [1].
XX asrning 40—60-yillarida ,,elektr" texnologiyasi paydo bo'lib, u yechib almashtiradigan elementlarga ega elektr yozuvi mashinkalari, oddiy qog'ozdan foydalanuvchi nusxa ko'chirish mashinasi, portativ diktafonlardan iborat edi. Aynan shu vositalar hujjatlarni qayta ishlash sifati, soni va tezligini oshirish hisobiga boshqarish faoliyati yaxshilandi. Ko'pgina zamonaviy muassasalar ,,elektr" texnologiyasiga asoslanadi. Aytish mumkinki, axborot texnologiyasi bir necha million yillar avval odamzod o'rtasida ilk bor o'zaro muloqotga kirish usullari (turli tovushlar chiqarish, imo-ishora, hatti-harakatlar qilish) paydo bo'lish bilan birga yuzaga kelgan deb aytish mumkin. Bunda axborot almashunuvi faqat yakka shaxslar o'rtasidagina amalga oshirilgan. Nutq paydo bo'lishi bilan birga (taxminan 100 ming yil oldin) odamlar miyasida axborot to'plashni imkoniyati yuzaga keldi [2]. Inson raqamli axborot texnologiyalaridan birinchi muloqot uchun foydalanishni boshlagan, yillar o'tib uning sohalari kengayib nafaqat muloqot inson butun boshli hayoti texnologiyalarga bo'g'lanib qoldi. Oliy ta'lim muassasalari va ulardagi o'quv-tarbiya jarayonini modernizatsiyalash, pedagogik mutaxasislar tayyorlash tizimi sifat-monitoringni oshirish, bo'lajak o'qituvchilarni zamonaviy kasbiy bilim, malaka va ko'nikmalar bilan qurollantirish, ularda kasbiy faoliyatga nisbatan akmeologik motivatsiyani shakllantirish pedagog mutaxasislarning kasbiy tayyorgarligini shakllantirish jarayonidagi muhim vazifalardan hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlarda, xususan Buyuk Britaniya, Avstraliya, Shvetsariya. Germaniya, Malayziya. Kanadaning mutaxasis tayyorlash bilan bog'liq tajribasi shuni ko'rsatadiki, kasbiy ta'limning asosiy vazifasi talabalarda tanlangan mutaxasislikning o'ziga xosligidan kelib chiqqan holda intellekt va mantiqiy tafakkurni rivojlantirishda iborat bo'lib, vazifani bajarish asosida ta'lim oluvchining kasbiy tayyorgarligi ta'minlanadi [3]. Kasbiy tayyorgarlikni oshirishda talaba raqamli
texnologiyalarni har tomonlama mukammal tarzda o'rganishi kerak.
October 20, 2023
g
m
Mustaqil ta'lim jarayonida talabalar fan nuqtai nazaridan kelib chiqib individual yondashgan holda raqamli texnologiyalarni kasbiy faoliyatida qo'llashi mumkin. Hozir yangilanib borayotgan davrda raqamli texnologiyalarni mukammal tarzda o'rganib, tatbiq qilib, amalda qo'llab shaxsiy faoliyatni rivojlantirish kerak. Raqamli axborot texnologiyalaridan foydalangan holda o'tiladigan ma'ruza darslari talabalarga raqamli axborot texnologiyalarisiz o'tiladigan darslarga nisbatan ancha samarali va tushunarli tarzda qabul qilinadi. Xalqimizda bir naql bor: ,,Minga marta eshitgandan bir marta ko'rgan afzal''. Talaba amaliyot jarayonida ham raqamli texnologiyalardan foydalangan holda o'quvchilarga ochiq dars mashg'ulotlari o'tib, o'quvchilarni diqqatini o'ziga jalb qiladi. Raqamli texnologiyalarni nafaqat ta'limda, boshqa turli sohalardan qo'llash ham effekt beradi. Bitta fanni mustaqil ta'limini misol sifatida ko'radigan bo'lsak, professor o'qituvchi har bitta talabaga alohida yoki talabani guruhlarga bo'lgan holda mustaqil ta'lim topshiriqlarini berishi mumkin. Referat, prezentatsiya, dars ishlanma va shu kabilarni tayyorlash uchun raqamli texnologiyalarni ahamiyati yuqoridir.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-sonli "Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori.
2. Axborot texnologiyasi va tizimi: Oliy o'quv yurti uchun darslik/ R.X.Alimov va boshqalar. - T.: Voris. 2011. B 34-35
3. Tolipov O'.Q. Oliy pedagogik ta'lim tizimida umummehnat va kasbiy ko'nikma hamda malakalarni rivojlantirishning pedagogik texnologiyalarni. Monografiya. - T.: Fan, 2004. B 73-79
October 20, 2023