Научная статья на тему 'MUSTAQIL O‘RGANISHGA UNDOVCHI TA’LIM BERISHDA USTOZ-SHOGIRD MUNOSABATI'

MUSTAQIL O‘RGANISHGA UNDOVCHI TA’LIM BERISHDA USTOZ-SHOGIRD MUNOSABATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
6
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kelayotgan o‘qituvchi

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Z.Uchkurova

Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash jarayonida didaktik vositalar majmuasidan unumli foydalanish, dars jarayonida konkret uslubiy va texnik imkoniyatlarga tayanish lozim. Dars jarayonida texnik vositalardan, jumladan kompyuter texnologiyalardan foydalanish mashg‘ulot samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Shuning uchun bugungi kunda, uzluksiz ta’lim tizimida pedagog kadrlardan kompyuter texnologiyalarini puxta o‘rganib, texnik va dasturiy vositalardan intensiv foydalanish talab etilmoqda. Chunki kompyuter texnologiyalari yuqorida ko‘rsatilgan didaktika masalalarini hal qilinishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, ular mustaqil o‘rganishga undovchi ta’lim berish uslubini shakllantiradi. Quyida hozirgi kungacha davom etib kelayotgan o‘qituvchi uslubi bilan mustaqil o‘rganishga undovchi ta’lim berish uslubini o‘zaro taqqoslaymiz:

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUSTAQIL O‘RGANISHGA UNDOVCHI TA’LIM BERISHDA USTOZ-SHOGIRD MUNOSABATI»

MUSTAQIL O'RGANISHGA UNDOVCHI TA'LIM BERISHDA USTOZ-SHOGIRD

MUNOSABATI Z.Uchkurova

O'zPFITI tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.10115588

Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash jarayonida didaktik vositalar majmuasidan unumli foydalanish, dars jarayonida konkret uslubiy va texnik imkoniyatlarga tayanish lozim. Dars jarayonida texnik vositalardan, jumladan kompyuter texnologiyalardan foydalanish mashg'ulot samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Shuning uchun bugungi kunda, uzluksiz ta'lim tizimida pedagog kadrlardan kompyuter texnologiyalarini puxta o'rganib, texnik va dasturiy vositalardan intensiv foydalanish talab etilmoqda. Chunki kompyuter texnologiyalari yuqorida ko'rsatilgan didaktika masalalarini hal qilinishida muhim omil bo'lib xizmat qiladi. Shuningdek, ular mustaqil o'rganishga undovchi ta'lim berish uslubini shakllantiradi. Quyida hozirgi kungacha davom etib kelayotgan o'qituvchi uslubi bilan mustaqil o'rganishga undovchi ta'lim berish uslubini o'zaro taqqoslaymiz:

O'qituvchi bilimiga tayangan holdagi ta'lim berish uslubi Mustaqil o'rganishga undovchi ta'lim berish uslubi

O'qituvchi quyidagilar orqali ta'lim beradi Ta'lim oluvchi quyidagilar orqali o'rganadi O'qituvchi quyidagilar orqali ta'lim beradi Ta'lim oluvchi quyidagilar orqali o'rganadi

Tushuntirish Tinglash Nazariy va amaliy topshiriqlarni tayyorlash hamda savollar yuzasidan o'z maslahatlarini berish. Ma'lumot natijalarini muhokama qilish. Mustaqil ma'lumot izlash /olish Ma'lumot natijalarini taqdim etish

Qanday qilib bajarishni namoyish qilish(ko'rsatish) Ko'rish(kuzatish) va immitatsiya (o'xshatish) Nazariy va amaliy topshiriqlarni tayyorlash hamda savollar yuzasidan o'z maslahatlarini berish. Rejalarni muhokama etish Mustaqil rejalashtirish Rejalashtirish natijalarini taqdim etish

Nazorat va monitoring qilish Ko'rsatmalarga rioya etish Nazariy va amaliy topshiriqlarni tayyorlash hamda savollar yuzasidan o'z maslahatlarini berish. Mustaqil monitoring

Maslahatlar va ko'rsatmalar berish Mustaqil tarzda tadbiq etish

Baholash Tinglash va qabul qilish Nazariy va amaliy topshiriqlar hamda baholash varaqlarini tayyorlash. Natijalarni muhokama etish va yakuniy baholash. O'z-o'zini baholash Barcha faoliyat natijalarini taqdim etish

Yuqorida o'qitis h uslublarini o'zaro taqqoslashda mustaqil o'rganishga undovchi ta'lim

berish uslubining afzalligi, uning ta'lim oluvchi shaxsini rivojlantirish orqali ta'lim maqsadiga erishishni ta'minlashi yaqqol ma'lum bo'ldi. Pedagogik texnologiyaning markaziy muammosi ham xuddi ana shu. har qanday pedagogik texnologiya ta'limni rivojlantiruvchi tamoyillarga asoslangan bo'lib, ta'lim oluvchi shaxsini takomillashtirishga yunaltiriladi. Ta'lim jarayonining ham sub'ekti, ham ob'ekti bo'lgan ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchilar o'rtasida o'zaro hamkorlik, o'zaro muloqot, ularning bir-birlariga nisbatan ko'rsatadigan aks ta'sirlari eng zamonaviy talabga javob bera olishi zarur.

Oliy ta'lim tizimida tashkil etiladigan ta'lim shakllariga tegishli bo'lgan nazariy ma'lumotlari, tarqatma materiallar, nazorat savollari va h.k.larning elektron variantlari oldindan kompyuter xotirasiga ma'sul o'qituvchi tomonidan kiritib qo'yilib, u muntazam ravishda dinamik xususiyat kasb etish, ya'ni o'qituvchi tomonidan yangilanib borilishi lozim ular tinglovchiga oldindan elektron shaklda taqdim etilsa, talaba darsda va auditoriyadan tashqari mashg'ulotlarda fan doirasidagi mavzularni, mustaqil ta'lim mashg'ulotlaridagi mavzularni o'rganishini oldindan taqdim etilgan elektron paket yordamida o'rganib chiqsa, unda o'quv materiallarini o'rganish va o'zlashtirish sur'ati tezlashadi va yangi tinglovchilarda bilimlarni olishga ishtiyoq oshadi. U kursda o'qish mobaynida mobaynida yanada ko'proq ma'lumotlar olishga muvaffaq bo'ladi.

Mashg'ulotlar jarayonida o'qituvchi tomonidan mustaqil o'rganishga undovchi ta'lim berish uslubi keng qo'llanilishi, shuningdek, kompyuterda turli xil slaydlar, chizmalar, ko'rgazmali rangli elektron stendlar namoyish etilishi va h.k.lar qisqa vaqt ichida ko'p materiallarni taqdim etish va axborotlarni o'rganish imkonini beradi, ta'lim samaradorligi oshiradi.

Buning uchun, eng avvalo, o'qituvchi ta'lim jarayonini tashkil etishga nisbatan qo'yiluvchi talablar, ta'limni tashkil etish va boshqarish tamoyillari, yo'llari, ta'lim oluvchini aqliy va jismoniy jihatdan rivojlantirishga xizmat qiluvchi usullar, u bilan hamkorlik qilish, uni o'qish va o'rganishga yo'naltirish, ta'lim oluvchi shaxsi faoliyatini to'g'ri tashkil etish, ular bilan muloqotga kirishish, pedagogik faoliyatni tashkil etish jarayonida yuzaga keluvchi muammo va kelishmovchiliklarni birgalikda bartaraf etish, auditoriyada ijodiy, ishchanlik muhitini hosil qilish, ta'lim oluvchi faoliyatini aniq to'g'ri baholashga imkon beruvchi metodlar bilan qurollangan bo'lishi kerak.

REFERENCES

1. L.M. Karakhonova. Organization of research activity of Schoolchildren at the lessons of biology// Science and innovation international scientific journal volume 2 Issue 2 February

2023 UIF-2022: 8.2. -P. 430-438

2. L.M. Karakhonova. Formation of research competence in teaching biology at a comprehensive school// Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching// ISSN (E): 2795-739X. Journal Impact Factor: 8.115. Volume 20| May 2023. -P.154-158.

3. L.M. Karakhonova, Z.Sh.Uchkurova. Independent educational activity and mechanisms of effective organization in the continuous education process// American Journal Of Applied Science And Technology// VOLUME 03 ISSUE 06 Pages: 15-21 SJIF Impact factor (2021: 5. 705) (2022: 5. 705) (2023: 7.063)

4. L.M. Karakhonova Pisa - of students as an International science literacy Assessment program// Neo Science Peer Reviewed Journal Volume 10, June. 2023 ISSN (E): 2949-7701 -P.15-26 www.neojournals.com

5. L.M. Karakhonova Issues of developing research competence in students based on the project method// novateur publications JournalNX- A Multidisciplinary Peer Reviewed Journal ISSN No: 2581 - 4230 VOLUME 9, ISSUE 9, Sep. -2023.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.