Научная статья на тему 'MUSIQIY -NAZARIY FANLARNI TASHKIL QILISH. SOL’FEDJIO DARSLARIDA INTONATSION MASHQLARNING AHAMIYATI'

MUSIQIY -NAZARIY FANLARNI TASHKIL QILISH. SOL’FEDJIO DARSLARIDA INTONATSION MASHQLARNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
121
29
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Musiqiy / san’at soha / madaniyat / musiq / sol’fedjio / ixtisoslashgan san’at maktabi.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Dilafruz Sultanxonovna Isakova, Aripova Dilnoz Ne’matovna

Sayyoramizda turli kelishmovchiliklar va qarama-qarshiliklar, urush va nizolar avj olgan taxlikali zamonda,odamzod tobora o’z dunyosiga o’ralib borayotgan bir sharoitda musiqa insonga insonligini eslatib, uning qalbida kelajakka umid va ishonch uyg’otdi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUSIQIY -NAZARIY FANLARNI TASHKIL QILISH. SOL’FEDJIO DARSLARIDA INTONATSION MASHQLARNING AHAMIYATI»

MUSIQIY -NAZARIY FANLARNI TASHKIL QILISH. SOL'FEDJIO

DARSLARIDA INTONATSION MASHQLARNING AHAMIYATI

Dilafruz Sultanxonovna Isakova

Farg'ona ixtisoslashtirilgan san'at maktabi "Musiqiy-nazariy fanlar" bo'limi

katta o'qituvchisi

Aripova Dilnoz Ne'matovna

Farg'ona ixtisoslashtirilgan san'at maktabi "Musiqiy-nazariy fanlar" bo'limi

Bosh o'qituvchi

ANNOTATSIYA

Sayyoramizda turli kelishmovchiliklar va qarama-qarshiliklar, urush va nizolar avj olgan taxlikali zamonda,odamzod tobora o'z dunyosiga o'ralib borayotgan bir sharoitda musiqa insonga insonligini eslatib, uning qalbida kelajakka umid va ishonch uyg'otdi. 1

Kalit so'zlar: Musiqiy, san'at soha, madaniyat, musiq, sol'fedjio, ixtisoslashgan san'at maktabi.

O'zbek xalqi musiqa san'atining badiiy-ma'naviy go'zalligi asrlar qa'ridan kelayotgan kuy-ohanglarda, ularning turfa ko'rinishlarida ajoyib, betakror ifodasini topgan. Bugungi kunda yurtimizda san'at va madaniyat xususan, musiqa san'atiga alohida e'tibor qaratilyapdi va soxa rivoji yo'lida bir qancha salmoqli ishlar olib borilmoqda. Bunga misol qilib san'at va madaniyat soxasini rivojlantirish to'g'risidagi bir qancha qaror va dasturlarni ko'rishimiz mumkin.

2019- yil 21- noyabr O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 940-sonli Maqom san'atini rivojlantirish va maqom maktablarini tashkil qilish to'g'risida, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.05.2020 yildagi PF-6000 sonli "Madaniyat va san'at sohasining jamiyat hayotidagi o'rni va ta'sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" Farmoni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112 sonli "Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlarto'g'risida"gi Qarori. Ushbu qaror va farmonlar musiqa va san'at sohasida faoliyat olib borayotgan har bir pedagog, ijrochi va ijodkorlar zimmasiga katta mas'uliyat yuklaydi.

Ma'naviy-axloqiy tarbiya jarayoniga musiqa maktablari, to'garaklar, ixtisoslashtirilgan san'at maktablari, ixtisoslashtirilgan litseylar dastlabki qadamlar

1 Sh.Mirziyoyev "Sharq taronalari" 12-xalqaro musiqa festivalining ochilishiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi tabrik so'zidan. Tashkent, Uzbekistan 235

hisoblanadi. Ushbu ta'lim muassasalari bitiruvchilarining bilim salohiyatiga bir qancha soha kamchiliklari salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Birgina Musiqiy-nazariy fanlarni tashkil qilishdagi kamchiliklarni keltirsak;

1. Musiqiy-nazariy fanlar bo'yicha yangi adabiyotlar, qo'llanmalarning kamligi va talab darajasida emasligi.

2. Musiqiy-nazariy va musiqiy- tarixiy fanlarni o'tishda zamonaviy pedagogik usullardan kam foydalanish

Musiqiy- nazariy fanlar musiqaning asl negizi bo'lib, asarning tarixi uning tuzilishi haqida tushunchaga ega bo'lmagan ijrochi yoki musiqashunos tinglovchiga uning asl mohiyatini yetkaza bera olmaydi.

Yurtimizda musiqaning rivojlanishi va musiqiy ta'limga alohida e'tibor qaratilmoqda. O'zbekiston Respublikasida musiqiy ta'lim uch bosqichda amalga oshiriladi. Ular:

Bolalar musiqa va san'at maktablari (1-5, 1-7 sinflar)

ixtisoslashtirilgan san'at maktablari.litsey. internatlar (10-11 , 9-11, 5-11 sinflar)

oliy ta'lim O'zbekiston davlat Konservatoriyasi, O'zbekiston Milliy Maqom instituti, San'at va madaniyat institutlari

Musiqiy-nazariy fanlar o'quvchi musiqa maktabiga qadam qo'ygan kundan boshlab turli ko'rinish va nomlarda olib boriladi. 1-7 (milliy cholg'u ijrochiligida 15) sinflarda musiqa savodi yoki musiqaning elementar nazariyasifani va sol'fedjio, musiqa adabiyoti darslari olib boriladi.

Ixtisoslashtirilgan san'at maktablari, litsey, internatlarda ushbu fanlar chuqurlashtirilgan holda o'qitiladi. Yuqoridagi fanlar qatoriga garmoniya, polifoniya, musiqa asarlar tahlili, maqom san'ati tarixi, bastakorlar ijodi, Sharq xalqlari musiqasi, musiqiy tanqid dastur asosida olib boriladi.

Sol'fedjio darslarida intonatsion mashqlarning ahamiyati

Musiqaning shaxsga yo'naltirilganlik g'oyasi bugungi kunda o'zining keng rivojini topmoqda. O'quvchi yoshlarning ongida milliy g'oya, san'atga muhabbat tuyg'ularini shakllantirish hozirgi zamon pedagoglarining muhim vazifasidir.

Professional musiqa ta'limining rivojlanish davrida musiqiy-nazariy fanlarning, xususan sol'fedjio fanining mavqei o'zgarib kelgan. Dunyoqarashni shakllantiruvchi yordamchi fandan ular, muhimligi jihatidan birlamchi fanga aylandi. Yosh musiqachi asrlar davomida turli ijodiy uslub va yo'nalishlarning bir qator qonuniyatlarini muntazam ravishda tushunishi va o'zlashtirishi lozim. Soil'fedjio avvalambor amaliy fandir. Uning vazifasi- bir qator ko'nikmalarni orttirishdir. Sol'fedjio kursi o'z ichiga quyidagi ish shakllarini oladi:

1) Tinglab tahlil qilish

2) Diktant

3) Intonatsion mashqlar

4) Notadan o'qish

Eshitish qobiliyati va musiqiy qobiliyatni qonuniyatlarini aniqlash uchun akustika, psixologiya, fiziologiya, pedagogika,estetika kabi fanlardan foydalanish zarur. Ular musiqiy qobiliyatni har tomonlama rivojlantirish uchun xizmat qiladi. Sol'fedjio fanining vazifalariga nafaqat bilim berish va ko'nikmalar tarbiyalash, balki musiqaga muhabbat uyg'otish, musiqiy didni tarbiyalash, musiqaga ijodiy yondashishni o'rgatishi lozim.

Didaktika qonunlari o'qituvchidan o'quv jarayonini maqsadli tashkil qilishni talab qiladi. Yakka va guruh bilan ishlash uslublari har bir o'quvchini bir tekisda va to'liq rivojlanishini ta'minlaydi. Musiqiy - ijodiy jarayon davrida musiqiy eshitish qobiliyatini rivojlantirishda musiqaga muhabbatini tarbiyalashda eshitish qobiliyatining roli juda katta. Musiqiy eshitish qobiliyati ijrochilik apparatini boshqaradi harakatga keltiradi, tovushni yangrash sifatini nazorat qiladi va asarining badiiy obrazlarini shakllanishiga yordam beradi. Rivojlangan musiqiy qobiliyat insonga musiqani idrok etishi, his etishi, unga ongli yondashishiga imkon beradi. Yaxshi musiqiy qobiliyat tug'ma qobiliyat bo'libgina qolmay, balki, o'qitish, rivojlantirish, tarbiyalash natijasidir.

Musiqiy eshitish qobiliyati musiqachining asosiy quroli bo'lganligi sababli solfedjio fanining ahamiyati juda muhimdir. Rus musiqashunos olimi, kompozitor N.A.Rimskiy-Korsakov shunday yozadi: «Amaliyot-biror bir narsani o'rganishning asosiy vositasidir. San'atda hech qanday nazariya yo'q, faqat amaliyot. Amalyotning natijalari to'plami esa -nazariya deb ataladi».

Solfedjio - eshitish qobiliyatining «gimnastikasi». Ushbu «gimnastika» jarayonida eshitish qobiliyatini har tomonlama rivojlantirish uchun bir qator usul va ko'nikmalar ishlab chiqariladi».

Musiqiy eshitish qobiliyati murakkab hodisa bo'lib, quyidagi tarkibiy qismlardan iborat :

1) Balandlikni his etish

2) Ladni his etish

3) Metr va ritmni his etish

4) Garmoniyani his etish

Ladni his etish - eshitish qobiliyatining asosi hisoblanadi va tovushlar o'rtasidagi munosabatlarni emotsional darajada idrok etishni talab etadi.

Garmoniyani his etish-unsurlarni his etishdan alohida va ko'plikni birdaniga his etishgacha qobiliyatni o'z ichiga oladi.

Metr va ritmni his etish - musiqiy qobiliyatning eng oddiy va birlamchi xususiyatidir.

Ushbu musiqiy eshitish qobilyatini tarkibiy qismlari hammada har xil bo'ladi. Masalan tovushlar balandligini yaxshi his qiladigan o'quvchi metr va ritmni yaxshi his qilmaydi va aksincha.

Musiqiy eshitish qobilyatining sifati bir birini to'ldiradigan barcha qirralarining rivojlanganligi darajasiga qarab aniqlanadi.

Tovushlar balandligini aniq va tog'ri kuylash muntazam ravishda bajariladigan maxsus mashqlar yordamida shakllanadi va ishlab chiqiladi. Buning uchun bir qator ko'nikmalar orttirish zarur.

Solfedjio darslarida ushbu ko'nikmalarga alohida e'tibor beriladi.

Ko'nikma-ongli faoliyatning avtomatik tarkibiy qismlaridir, ya'ni, muntazam faoliyat jarayonida avtomatik, ammo ongli ravishda ishlab chiqilgan bilim va harakatlar. Mustahkam ko'nikmalariga ega bo'lish uchun o'qituvchi va o'quvchi maqsadli ish olib borishi lozim.

Musiqiy eshitish qobilyatini rivojlantirishning yuqori pog'analarida eshitish tasavvurlari yanada yorqin va mustahkam bo'ladi.

Rivojlangan eshitish qobilyatining uslubiy asoslari quyidagilar:

1) Lad va lad ichidagi, ya'ni pog'analar munosabatlarni xis etishni tarbiyalash.

2) Musiqiy til unsurlari haqidagi tasavvurlarni o'rganish va mustahkamlash.

3) To'g'ri kuylash ko'nikmalarini ishlab chiqish.

4) Kuylash jarayonida musiqiy tasavvurlar va bilimlardan foydalanishni

bilish.

5) Kuylash sifatini eshitib, baholay olish.

Ichki tasavvurlar, ularni yorqinligi va aniqligi ko'proq xotira bilan bog'liq. B.Teplov shunday yozadi: "Oldin eshitgan narsani yoki bajargan ishni, to'plangan tajribani saqlab qolish, keyinchalik uni tanib olish va namoyish eta olish xotira deyiladi"

Xotira-eslab qolish qobilyati. Xotira sifati uning tezligi, mustahkamligi, aniqligi bilan belgilanadi.

Musiqiy xotira turlari quyidagicha bo'ladi:

1) Bevosita kuy, ohangni eslab qolish. Xotiraning ushbu turi taqlidga asoslanadi.

2) Mexanik xotira - cholg'u asbobini chalishda harakat reflekslari bilan bog'liq.

3) Mantiqiy xotira - tushunishga asoslangan.

4) Ko'z xotirasi - nota matnini grafik yozuvini eslab qolish.

Odatda ushbu xotira turlari baravar ishlaydi.

Musiqiy eshitish qobilyatining ko'rinishlaridan eng ahamiyatlisi - ichki tasavvurlar jarayoni, ya'ni to'g'ri fikrlash imkonini beradigan ichki eshitish qobilyatidir. Musiqiy fikrlash ichki tasavvurlarini, tajribani xotirada saqlangan obrazlarini, oldin olingan bilimlarini umumlashtirishga yordam beradi, eshitilgan narsani tushinish va izohlash, musiqiy til unsurlarini tasavvur qilish va eshitish, nota matnini o'qish imkonini beradi.

Rivojlangan ichki eshitish qobilyati musiqiy faoliyatni barcha turlari uchun o'ta ahamiyatlidir. Musiqiy eshitish qobiliyatining muhim takibiy qisimlaridan biri -intonatsion, ya'ni ohangni his etish qobilyatidir. Uning vazifasi - turli balandlikdagi tovushlarni his etish, eslab qolish va ifoda eta olish . Sofedjio fanining maqsadi ham-tovushlararo aloqalarni o'rganish, kuyni his etish, eslab qolish va ifoda eta olish.

Intonatsiya - musiqiy mavzuviy tuzilmani toza va aniq kuylash. Tonalliklar haqida bilimlarni berishdan oldin turli balandlikda ladni his etish, balandlikni ushlab turishni, har xil pog'onalarni bemalol ifoda etishni o'rgatish lozim. Ladni his etish ustida butun o'qish jarayonida olib boriladi. Dastlab turli balandlikda diatonikani o'zlashtiriladi, keyin al'teratsiyani, so'ng berilgan tonallik chegarasida o'tkinchi va yordamchi tovushlarni o'zlashtirish lozim.

Xulosa sifatida shuni aytish joizki, musiqiy eshitish qobiliyati haqida so'z borganda garmoniyaning roliga alohida urg'u berish lozim. Aynan garmoniya lad aloqalarini anglashga yordam beradi. Bundan xulosa qilish mumkinki, eshitish qobiliyatini rivojlantirishda faqat a capella ijrosi bilan chegaralanib qolmay jo'rli kuylash uslubidan ham keng foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Intonatsion mashqlarning asosiy vazifasi mashqlarni to'g'ri kuylash, notadan o'qish uchun zamin yaratishdir.

Sol'fedjio darslari musiqani barcha sohalari ya'ni ijrochilik, musiqashunos, bastakorlik bo'limida tahsil oluvchilar uchun musiqiy- nazariy fanlarning eng muhimlaridan hisoblanadi. Har bir o'qituvchi darsda oldiga qo'ygan maqsadiga

Cholg'u ijrochiligida musiqiy ta'lim uzviyligini ta'minlash Providing the integrity of music education in instrumental performance

erishishi uchun avvalo ushbu fanning muhim jihatlari haqida, uning yaxshi

mutaxassis va ijrochi bo'lishida ahamiyati katta ekanligini singdirishi kerak.

REFERENCES

1. O'zbek pedagogikasi antologiyasi. Tuzuvchi mualliflar K.Xoshimov, S.Ochil. T. O'qituvchi, 1999

2. B.Teplov Psixologiya muzikal'nix sposobnostey

3. Y.Davidova Metodika predpodovaniya sol'fedjio

4. V.Vaxromeyev Voprosi metodiki predpodavaniya sol' fedj io

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.