Научная статья на тему 'MUSIQAVIY ESTETIK TARBIYADA MUSIQANI IDRОK QILISH MALAKALARINI FAОL RIVОJLANTIRISH'

MUSIQAVIY ESTETIK TARBIYADA MUSIQANI IDRОK QILISH MALAKALARINI FAОL RIVОJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
155
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
ta’lim / tarbiya / idrok / tafakkur / milliylik / madaniyat / did / histuyg‘ u / kechinma / folklor

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Diloram Tursunaliyevna Xamdamova

Mazkur maqolada musiqaviy estetik tarbiyada musiqani idrok qilish malakalarini faol rivojlantirish masalasi atroflicha tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUSIQAVIY ESTETIK TARBIYADA MUSIQANI IDRОK QILISH MALAKALARINI FAОL RIVОJLANTIRISH»

MUSIQAVIY - ESTETIK TARBIYADA MUSIQANI IDRОK QILISH MALAKALARINI FAОL RIVОJLANTIRISH

Diloram Tursunaliyevna Xamdamova Namangan davlat universiteti

Annotatsiya: Mazkur maqolada musiqaviy - estetik tarbiyada musiqani idrok qilish malakalarini faol rivojlantirish masalasi atroflicha tahlil etilgan.

Kalit so'zlar: ta'lim, tarbiya, idrok, tafakkur, milliylik, madaniyat, did, his-tuyg'u, kechinma, folklor

MUSIC PERCEPTION SKILLS IN MUSICAL-AESTHETIC EDUCATION

Diloram Tursunaliyevna Khamdamova Namangan State University

Abstract: In this article, the issue of active development of music perception skills in musical-aesthetic education is thoroughly analyzed.

Keywords: education, upbringing, perception, thinking, nationality, culture, taste, feeling, experience, folklore

Ta'lim muassasalarida o'tiladigan darslarning sifat va samaradorligini orttirishda milliy ta'lim va tarbiya tizimi muhim rol o'ynaydi. Albatta, bu muhim psixologik kechinma, avvalam bor, shu millatga mansub har bir shaxsning, qatlamlarning hal etishi bilan yuzaga keladi, shuningdek Oliy ta'lim muassasalari vakillarining ham.

Bizga ma'lumki, bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biri ta'lim- tarbiya tizimigi innovatsion texnologik yo'nalishlarni olib kirishdan iborat. Innovatsion texnologiya yangilik degan ma'noni anglatib, ta'lim yo'nalishiga zamon talablariga mos keluvchi turli yangiliklardan foydalaniladi. Yangi ko'rinishlar bugungi kunda internet tizimining rivoji va undan yoshlarning foydalanishlarida o'z aksini topmoqda. Ushbu jarayon musiqaviy-estetik tarbiyaning tarkib topishida yutuqlar bilan birga bir qator muammolarni ham keltirib chiqarishi tabiiy...

Musiqaviy - estetik tarbiya masalalari hozirgi zamon pedagogikasida tarbiyaning umumiy muammolari bilan bog'liq holda qaraladi. Musiqiy - estetik tarbiya musiqa tarbiyasiga qaraganda ancha keng tushunchadir. Bu jarayonda musiqa darsi muhim o'rin tutadi, lekin alohida o'rin tutmaydi.

Musiqaviy - estetik tarbiyada musiqani idrok qilish malakalarini faol rivojlantirish, san'at va atrof hayotidagi go'zal narsalarga muhabbat tuyg'usini hamda

o'z his - tug'ularini musiqa tilida ijodiy namoyon qilish qobiliyatini shakllantirish katta rol o'ynaydi.

Musiqadagi go'zallikni faol idrok etish tafakkur faoliyatini talab qiladi. Musiqa ijodida va idrokida intelektual asosni qaror toptirishdan hech qachon voz kechmaslik kerak. Musiqani tinglar ekanmiz, u yoki bu holatlarni hech etib boshdan kechiribgina qolmasdan, balki idrok qilayotgan materialni farqlaymiz, tanlaymiz, baholaymiz, binobarin, fikr yuritamiz.

Musiqa san'ati insonni tarbiyalaydi, uni ezgulikka, kishilarni yaxshilik qilishga undaydi. Musiqaning yoshlar tarbiyasidagi o'rni beqiyosdir. Biroq bugungi kunda yoshlarning musiqaga qiziqishlari biroz muammolar keltirib chiqarmoqda. Ko'plab yoshlar xorijiy musiqalarga taqlid qilgani holda o'zlarining ko'rinishlariga ham g'arbona tus bermoqdalar.

Milliy kuy-qo'shiqlarimizni unutib qo'yishayotgandek nazarimizda... chindan ham biror bir yoshlarni tanovvor, munojot yoki maqom qo'shiqlaridan hirgoyi qilishlariga duch kelmaymiz. Xalqimiz orasida tanilib borayotgan ayrim "yosh estrada xonandalari"ning qo'shiqlari ham bachkana ko'rinishda tinglovchiga taqdim etilmoqda. Birgina so'zning bir necha bor takrorlanishi tinglovchiga manzur bo'lmaydi, va holanki ularning yangrayotgan musiqalari xorij musiqalaridan o'g'irlangan.

Bunday shovqinli musiqalarga berilgan yoshlar o'zlarini go'yo ohang yo'nalashiga yo'rg'alatadilar, harakatlari ham bizning mentalitetimizga to'g'ri kelmaydigan ko'rinishda bo'lmoqda. Aynan shunday xolatlarni kelib chiqmasligi uchun musiqa madaniyati darslarida milliy kuylarni tinglash, xalq qo'shiqlaridan o'rgatib borish zarur. Bunda o'zbek milliy musiqa san'atini kengroq tushuntirish, o'qib o'rganish uchun adabiyotlar majmuasini, shunga oid darsliklar ishlab chiqishni, mumtoz kuylarimiz tushirilgan disklar to'plamini yetkazishni ta'lim mutassaddilari kengroq o'ylab ko'rsalar maqsadga muvofiq bo'ladi.

Chunki musiqa orqali yana takroran aytamizki inson tarbiya topadi, xalqona yo'lda yaratilgan qo'shiqlar orqali kishilar tin oladilar. Biroz bo'lsada madaniy xordiq chiqaradilar, g'am-tashvishlarini unutadilar. Umuman olganda milliy qo'shiq yoki musiqa inson qalbiga yaqin bo'ladi. Bunday ko'rinishlar ko'proq folklor yo'nalishidagi kuy-qo'shiqlarda namoyon bo'ladi. Dars jarayonida o'quvchilardan qanday folklor qo'shiqlarini bilasizlar deb savol bersak birorta sanab berolmaslik holatlari namoyon bo'lmoqda, shuning uchun ko'proq folklor qo'shiqlarini dars jarayoniga olib kirish o'rinlidir.

Estetik idrokni, estetik didlarni tarbiyalash, badiiy qobiliyatlarni rivojlantirish doimo aqliy va ahloqiy tarbiya bilan o'zaro ta'sirda bo'ladi. Estetik tarbiyaga doir ishni to'g'ri tashkil qilishda jo'rli sinfdagi bolalar uchun uning taxminiy mazmunini belgilash, tarbiyaning umumiy vazifalariga muvofiq keluvchi konkret talablarni

aniqlash maqsadga muvofiqdir. Bu estetik tabiya vosita va metodlarini tanlashda tasodifiylik, stixiyalilik, bir tomonlamalilikning oldini olishga imkon beradi, pedagog - amaliyotlarga ishni rivojlantirishga, materialni muayyan izchillikda taqsimlashga, uning pirovard natijalarini ko'rishga yordam beradi.

Estetik tarbiya dasturi idrok, tasavvur, xotirani shaklantirishga hamda hayotga faol munosabatning paydo bo'lishiga yordam beruvchi qiziqish, hissiyot, mayl va qobiliyatlarni o'stirishga qaratilgan. Bu sifatlarning namoyon bo'lishini, ularning rivojlanishini kuzatish bilim va malakalarning konkret natijalarini kuzatishdan qiyinroqdir. Bu rivojlanishning aniqlash muhimdir. Estetik tarbiya - murakkab jarayon. Shuning uchun ham biz ba'zan "bolalarni emotsional idrok etishga o'rgatish", "lazzatlanmoq", "sevmoq va intilmoq", "qobiliyatlarini namoyon qilmoq" va shu kabi ifodalarga asoslanamiz, bunda u aynan, nimalarda namoyon bo'lishini konkretlashtirib beramiz. Masalan, "musiqachilik va shoirlik qobiliyatini namoyon qilish" talab etiladi va ayni paytda buni qanday aniqlash mumkunligi hamda bolalarda nima talab qilinishi: "to'g'ri intonatsiya, qo'shiq to'g'ri aytilganmi -yo'qligini tinglab aniqlash, yuqori va past tovushlarni, ularning kuchi va balandligini, kuylashdagi, she'r o'qishdagi tempning almashinuvini farqlash" tushuntiriladi.

Hozirgi zamon musiqa darsi musiqaviy tarbiya ta'limining o'ziga xos vazifalari bilan bir qatorda o'z oldiga quyidagi vazifalarni ham quymog'i kerak.

Hozirgi zamon musiqaviy tarbiya tizimi ko'pgina elementlardan tashkil topadi, bular musiqa darsi, musiqadan sinfdan va maktabdan tashqari ish olib borish, xor guruhlari va to'garakalari, vokal va cholg'u ansambllar, musiqa maktablari va hokazo. Bu zanjirda ommoviy axborot vositalari juda katta rol o'ynaydi. Tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi vositalarning jami musiqaviy - estetik muhiti tashkil etadiki, bu muhitda o'quvchilarning musiqa sohasidagi qiziqish va ehtiyojlari vujudga keladi.

Maktabda musiqa ta'limi va tarbiyasining asosiy ish shakli, ba'zasi respublikaning maorif vazirliklari tomonidan tarbiya tavsiya etilgan dasturlar asosida olib boriladigan musiqa darslaridir. Mashg'ulotlarda o'quvchilarni musiqa sohasida har tomonlama rivojlantirish nazarda tutiladi. Ularning musiqaviy madaniyatiga zamin yaratiladi. Sinfdan va maktabdan tashqari musiqa tarbiyasi darslarda o'qitish tizimiga tayanadi hamda o'quvchilarning musiqaga qiziqish va ehtiyojlarini izchilik bilan rivojlantirib boradi.

Musiqa darsi musiqa ijodining quvonchini anglash tuyg'usini beradi, go'zallikka dahldorlik tuyg'usini, kompazitor yoki xalq musiqa asariga jo qilgan axloqiy - estetik mazmundan huzurlanish qobiliyatini shakllantiradi. Darsda ijodiy faoliyatning bir -biri bilan mustahkam bog'langan hamma turlari samarali bo'ladi.1

1 O'quv-uslubiy majmua,Musiqa o'qitish metodikasi va maktab repertuari,2017 y

rfccTii^^Bl 353 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

Musiqa darsining o'ziga xos tomoni shundan iboratki, darsda musiqa ta'limi vazifalaridan tashqari badiiy ijodkorlik vazifalari ham qo'yiladi. Bu gaplar birichi maktabda musiqadan ta'lim berishning faol shakli bo'lgan xor bo'lib qo'shiq aytishga taalluqlidir. Juda qadimiy va chuqur xalq an'analariga ega bo'lgan xor bo'lib ashula aytish faqat musiqa qobiliyatlarini emas, balki xarakter sifatini, dunyoqarashni, badiiy didni, estetik tuyg'uni ham rivojlantiradi. Xor bo'lib qo'shiq aytish darsda olib boriladigan ishlarning xilma - xil shakllarini qo'shiq ijro etishni, musiqa savodini, musiqani idrok qilishni, musiqa asboblarida chalishni, vokal improvizatsiyani o'zida birlashtiradi.

Hozirgi musiqa darsi ishning xilma - xil shakllari va axborotga boyligi bilangina emas, balki texnikaviy jihatdan qurollanganligi bilan ham ajralib turadi. O'quv jarayonining mustahkam asosga ega bo'lishi haqida hozirgi paytda quyilayotgan talablarga muvofiq musiqaviy - estetik tarbiyaning to'laqonli bo'lishi uchun musiqa kabinetida ovozni yozib oluvchi va qayta eshittiruvchi apparatlar, nota to'plamlari, musiqa to'g'risida kitoblar, ko'rgazmali qurollar, kompozitorlarning portretlari, proektsiya apparatlari, musiqa asboblari turkumi bo'lmog'i kerak.

Musiqa darsi mumkin qadar samarali o'tishi uchun u puxta rivojlantirgan, dramaturgiya jihatdan izchil qurilgan va ayniqsa, musiqa bilan yetarli darajadata'minlangan bo'lmog'i kerak.

Darsda o'quvchilarni tarbiyalash, o'qitish, rivojlantirish, ularga ta'lim berish birlikda va o'zaro aloqada amalga oshirilmog'i kerak. Bu tamoyillaridan biridir.

Umumiy ta'lim maktabi o'quvchilarni prfessional musiqa faoliyatiga tayyorlashni o'z oldiga maqsad qilib qo'ymaydi. Biroq musiqani tushunish, uni idrok qilish va undan ta'sirlanish qobiliyati har bir o'quvchiga, u kelajakda professional musiqachi bo'ladimi yoki musiqa madaniyatining g'oyat xilma - xil shakllarida musiqaviy - estetik faoliyatining asosiy bilimlariga, ko'nikma va malakalariga ega bo'lgan yaxshi tayyorlangan tinglovchi bo'lib qoldimi, bundan qat'iy nazar, xos bo'lmog'i kerak.

Estetik tarbiya umumiy pedagogik jarayondan ajralib turmaydi. Estetik tarbiya bola hayotining ko'pgina tomonlariga singib ketib, bolalarning axloqiy, aqliy, musiqiy va jismonyi rivojlanishlari bilan tashkil qilishning asosiy shakllarida: o'yin, raqs, mashg'ulot, turmush, mehnat, bayram va tadbirlarda amalga oshadi. Dastur talablari qatorida madaniy axloq malakalari - tartibli kiyinish, muomala, tozalik, tashqi ko'rinishni kuzatish va shu kabilar qayd qilingan. Bu talablar jismoniy rivojlanishga ham, madaniy - gigienik malakalarni egallashga ham taalluqlidir. Biroq axloqning elementar me'yorlarini egallamay turib, bolaning estetik tarbiyasini tasavvur qilish mumkin emas. Bunday oddiy va kundalik axloq ko'rinishlarini estetik sifatlarning shakllanishi deb hisoblash tabiiydir. Pirovard natijada ular bolani ancha teran axloqiy kechinmalarga olib kelishga imkon beradi.

Musiqa va hayotdagi go'zallikni tushunishni o'rganish uchun elementar estetik taassurotlar, ko'rish va sezish hissiyotlarini jamg'arishning uzoq yo'lini bosib o'tish, emotsional va bilish jarayonlarining ma'lum darajada rivojlangan bo'lishi zarurdir.

Musiqa asarining muazmunini tushunish tinglovchining umumiy madaniyatiga, shuningdek uning maxsus tayyorgarlikka egaligiga bog'liq bo'lib, maxsus tayyorgarlik o'z navbatida tinglovchi e'tiborining faollik darajasiga ta'sir ko'rsatadi. Shu narsa yaxshi ma'lumki, musiqadan tayyorgarligi bo'lgan tinglovchilarning idroki boyroq bo'ladi. Musiqani tushunadigan o'quvchining musiqa asarlariga qiziqish doirasi modaning ta'siriga kamroq bo'ladi beriladi, badiiy didning yuksak darajasi bilan ajralib turadi. Musiqa shaklining o'ziga xos tomonini, mazmunini, musiqaning rivojlanish tarixini tushunish asosida, tinglovchi sifatida katta tajribaga ega bo'lish, musiqaviy - ijodiy faoliyat sohasida rivojlangan ko'nikma va malakalarga ega bo'lish asosidagina musiqa asarini to'laqonli idrok qilish mumkin.

Maktabda musiqa darsi estetik tarbiya tuzilishning bir qismi bo'lib, u ko'p jihatdan maktab o'quvchisining ma'naviy rivojlanishga qaratilgan bo'ladi. Musiqaviy - ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish va boyitish, musiqani idrok etish malakalarini shakllantirish, musiqa san'atiga qiziqish bilan qarash, o'quvchilarning badiiy havaskorligi puxta o'ylangan va izchil tizim bo'yicha amalga oshirilmog'i kerak.

Musiqa darsi o'ziga faoliyat turlari bilan: musiqa asarini tinglash va tahlil qilish, musiqa ostida harakat qilish, erkin ijod bilan ajralib turadi. Ular bir - birlaridan mexanik tarzda ajratilishi mumkin emas, chunki bir - biri bilan o'zaro bog'langan va ba'zan bir - biriga singib ketgan bo'ladi. Musiqani tinglash jarayonida o'quvchilar muayyan miqdorda musiqaviy - nazariy bilimlar oladilar, musiqa tinglash qobiliyati tajribasini to'playdilar, ularda ayni vaqtning o'zida tahlil qilish malakalari shakllanadi. Xor bo'lib qo'shib aytish jarayonida qo'shiqchilik ovozi hamda musiqa tinglash qobiliyatining barcha komponentlari (yuqori tovush, ritmika, garmonika, tembr) rivojlanadi. Xor bo'lib qo'shiq aytish, musiqa asboblarini chalish, musiqa ostida harakat qilish erkin ijod jarayonida ijrochilik malakalarining rivojlanishi o'quvchilarni o'quv mashg'ulotining faol, manfaatdor, emotsional qatnashchilariga aylantirib qo'yadi.

Musiqa darslarining vazifasi - bolalarni go'zallikka faol munosabatda bo'lishga, musiqaga ijodiy yondoshishga o'rgatishdan iboratdir. Bunga biron bir asarni o'zlashtirib va tushunib olish asosidagina emas, balki uning yaratilish tarixini, musiqa nazariyasining asoslarini, uning rivojlanish qonuniyatlarini bilish asosida erishish mumkin.

Biroq darsda o'quvchi faoliyatining barcha turlariga musiqani idrok qilish asos bo'ladi. Musiqani tushunish atrofdagi hayotni to'la - to'kis idrok qilish uchun zarurdir, chunki pirovardida musiqa asari va hayotdagi estetik narsaning mohiyatiga

chuqur kirib borish qobiliyati maktab o'quvchisi shaxsining har tomonlama rivojlanishiga yordam beradi.

Musiqa darsi o'quvchilarni musiqa san'ati dunyosiga olib kirish, uning shakl va janrlari bilan birgalikda o'quvchilarda musiqa madaniyatini ular ma'naviy madaniyatining bir qismi sifatida tarbiyalashdan iboratdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.