MUSIQA O'QITISH METODLARINI TANLASHDA O'QUVCHILARNING YOSH XUSUSIYATLARINI HISOBGA OLISH
Nilufarxon Latipovna Xodjaeva Andijon davlat universiteti
Annotatsiya: Musiqa darsida o'quvchi bilan o'qituvchining o'zaro munosabat jarayoni shaxsiy aloqaga asoslangan. Musiqa darsida istesnosiz barcha o'quvchilarning musiqiy faoliyatlarini yo'llaydi va nazorat qiladi. Shuningdek, o'quvchilarning orasidagi o'zaro aloqa va o'zaro nazoratni qo'llab-quvatlaydi. O'qituvchining darsdagi ishi barcha o'quvchilarning darsni o'zidayoq o'rganayotgan bilish asoslarini egallashlari, zarur ko'nikma va malakalarni xosil qilishlari uchun zamin yaratadi.
Kalit so'zlar: Musiqa darsi, innovatsiya, metod, o'quvchilar, faoliyat
TAKING INTO ACCOUNT THE AGE CHARAKTERISTIK OF STUDENTS WHEN CHOOSING MUZIK TEACHING METHODS
Nilufarxon Latipovna Khodjaeva Andijan State University
Abstract: In music lessons, the process of student-teacher interaction is based on personal contact. Directs and monitors the musical activities of all students in the music class without exception. It also encourages student interaction and supervision. The teacher's work in the classroom allows all students to acquire the basics of knowledge, skills and competencies that they are learning in the classroom.
Keywords: Music lesson, innovation, method, students, activity
Turli o'qitish metodlarining imkoniyatlarini baholashda o'quvchilar yosh xususiyatini hisobga olmaslik mumkin emas, to'g'ri, o'quvchilarning yosh xususiyatlari dastur va darsliklarda hisobga olingan, lekin metodlarni tanlashda bir qator shunday holatlar borki, bularni o'qituvchining hisobga olishiga to'g'ri keladi. Masalan, dastur va darslik mazmunidan hali darsda og'zaki o'qitishning qaysi konkret metodlari hikoya, suhbat, tushuntirish metodlaridan foydalanish kerakligi haqida bevosita borilayotganligi sezilayotir. Bu erda o'qituvchiga o'quvchilarning aynan yosh xususiyatlari ish qobiliyatlari va diqqatlarini boshlang'ich sinflarda hikoya - suhbatga, sinflarning o'rta guruhida suhbat - hikoyaga afzallik berish afzal ekanligin, yuqori sinflarda esa, aytib o'tilgan metodlar bilan bir qatorda lekciyadan ham foydalanish mumkmligini nazarda tutib hisobga olishga to'g'ri keladi. [1.B.54]
Reproduktiv harakterdagi bilish faoliyatining usullari yuqori sinflar sari qisman izlanish va muammoli izlanish usullari bilan borgan sari ko'proq almashinib boradi. O'quvchilarning o'quv materialin egallash bo'yicha mustaqil ishlarga oid xilma - xil metodlarning salmog'i quyi sinflardan - yuqori sinflarga tomon ortib, darsda o'qituvchining o'quv materialini bevosita bayon qilish bilan bog'liq bo'lgan ishlarning turlari kamayib boradi.
Musiqa faoliyatlarini quyi sinflardan yuqori sinflarga qarab rag'batlantirish va nazorat qilishda mazmunning qiziqarliligi bilan rag'batlantirishning rolini kamayishi va aksincha, bo'lish qiyinchiliklari yordamida rag'batlantirishning ahamiyati ortishi kuzatiladi. O'quv faoliyati bevosita boshqarish darajasi quyi sinflardan yuqori sinflarga qarab susayib va, aksincha, o'quvchilar tomonidan o'qishga o'zini - o'zi boshqarishning darajasi hamda roli ortib boradi. Musiqa darslaridagi o'qitish metodlarining xilma-xilligi bo'lgan talablar ham yoshga ko'ra ma'lum o'zgarishlariga duch keladi, agar bu boshlang'ich va o'rta sinflarda o'quvchilarning qobiliyatlarini va o'rta guruhlarda o'quvchilarda o'qishga qiziqishni qo'llab -quvvatlash uchun ayniqsa katta ahamiyatga ega bo'lsa, yuqori sinflarda bunday yondoshuv uncha muhim bo'lmay qoladi, chunki o'quvchilar, masalan, butun dars davomida ma'ruza tinglashga qarshi bo'ladilar. Garchi bu erda ham xilma-xilligi, albatta undan optimal darajada foydalanilganda, ijobiy rol o'ynaydi. [2.B.143]
O'quvchilarning yoshiga ko'ra sur'ati ham tipik o'zgarishlarga uchraydi, u quyi sinflardan yuqori sinflarga tomon har doim o'sib boradi, buning oqibatida dars davomida o'zlashtirish uchun borilayotgan o'quv materialining hajmi ham ortib boradi.
O'quvchilar qobiliyatining o'sishi hisobga olinib, uy vazifalarining hajmi ham ko'payib boradi. Agar quyi sinflarda vazifalarni tayyorlash 1 soatdan 2 soatgacha vaqt talab qilsa, V-VI sinflarda bir kunda 2,5 - 3 soatgacha vaqtni talab qiladi. O'quvchilarni o'rganish jarayonida yoshlarining o'quv imkoniyatlari ulg'ayishlari bilan bir tekstda rivojlanmasligi nazarda tutish kerak. O'quvchilarning imkoniyatlari quyi sinflarda agar o'sgan bo'lsa, V - VI sinflarga kelib ancha sustlashadi.
VII - VIII sinflarga kelib u o'sish sur'atining jadallashuvi bilan almashinadi. O'qishga bo'lgan munosabatning o'zgarishi va intizomlilikka kelganda shuni aytish kerak, bu erda ba'zi ikkilanishlar ko'zga tashlanadi. Masalan, o'quv intizomsizligi sinflarning o'rta guruhida, kichik o'smirlik yoshida ko'proq namoyon bo'ladi. O'qishga salbiy munosabatda bo'lgan o'quvchilarning soni o'rtacha hisobga olganda quyi sinflardan o'rta va yuqori sinflar tomon uzuluksiz ortib bormoqda. Bu kichik o'smirlik yoshidagi o'quv psixologiyasining xususiyatlari va uni ta'lim - tarbiya jarayonida etarlicha xisobga olinmaslik bilan va shuningdek, yuqori sinf o'quvchilarini kasb-hunar egallashga va o'qishga yo'llash o'rtasida ko'pincha paydo bo'ladigan ixtiloflar bilan bog'liqdir. [3.B.90]
Pedagogikada o'quvchilaming o'zlashtirmasliklarining oldini olishga qaratilgan ish metodlari va usullari tizimi ishlab chiqilgan. O'qituvchilar amalda bulardan qanday foydalanmoqdalar. Shu maqsadda maktabdagi o'qituvchilarning 10-ta darsini tanlab tahlil qildim. Natijada darslariga kirilgan o'qituvchilarning ellik foizdan ko'prog'i xatolar ustida ishlashni uy vazifalariga kiritmasliklari, bo'sh o'zlashtiruvchilarga uy vazifalarini individuallashtirib bermaganliklari, yangi mavzuni o'zlashtirish uchun zarur bo'lgan materialni takrorlashni tavsiya etmasliklari, o'quvchilarga materialni bayon qilish uchun o'zlari uylarida tuzilgan rejadan foydalanib javob berishga ruhsat etmasliklari aniqlandi.
Bu o'qituvchilarning o'ttiz besh foizini o'zlashtirmaslikning oldini olishning vazifalari miqdorini uyg'unlashtirish, ularni belgilangan vaqtda bajarishi uchun tushunarli bo'lishini ta'minlash kabi usullarni qo'llamaydilar, o'quvchilarga mashqlarni bajarishda, masalalarni echishda o'zlarini - o'zlari nazorat qilishni o'rgatmaydilar, doska oldida javob berishga oldindan tayyorlanishga, yozuvlar qilishga, ko'rgazmali qurollardan foydalanishga ruhsat bermaydilar, o'quvchilarning e'tiborini tipik xatolarga qaratmaydilar, bo'sh o'zlashtiruvchilarga darsda mustaqil ishlash davomida tegishli yordam ko'rsatmaydilar. [4.B. 121]
Tayyorgarligi kuchli o'quvchilar bilan ishlashga kelganda shuni aytish kerakki, darsdagi mashqlar hajini oshirish, ularga ma'lum vaqt ichida bajarish uchun ko'proq miqdorda masala va mashqlar yoki musiqa savodidan topshiriqlar berish, izlanish metodlari va mustaqil ishlash metodlarini keng qo'llash kerak.
Shunday qilib, xilma-xil o'qitish metodlarining imkoniyatlari nisbiydir va bu metodlarni qiyoslashda ular qo'llaniladigan sharoitlarni, xal qiladigan vazifalarning harakterini, mavzu mazmunining xususiyatini, o'quvchilarning yoshi va tayyorgarlik darajasini qat'iy hisobga olish kerak.
O'qituvchilarning shu tajribasida o'qitish metodlarining to'g'ri tashlash muammosini ma'lum darajada etarli tushunmaslik hollari uchraydi. Masalan, maktahlardan birida biz "chet tillarni o'qitishning eng qulay metodlari" deb nomlangan planshedga e'tibor berdik. Unda, muammoli suhbatlar va o'qitishning texnok vositalaridan foydalanish to'g'risida gap yuritilgan edi. Planshet mualliflari o'qituvchi ish tajribasida aytib o'tilgan metodlardan foydalanishni kengaytirish lozimligini ko'rsatishga intilganliklari shundaygina ko'rinib turibdi. Lekin u yoki bu metodning optimalligi uning atalishi, uning odatdagicha bo'lib qolganligi emas, balki uning dars vazifalari va mazmuniga, o'qituvchi va o'quvchilarning imkoniyatlariga muvofiqligi bilan baholanadi. Eng maqbul tanlangan metodlar qo'yilgan vazifalarni ajratilgan vaqta yaxshiroq xal qilish imkonini beradi.
Darsning tarbiyaviy vazifalarini hal qilish, o'quvchilarda ilmiy duyoqarashni tarkib toptirish uchun o'qitish metodlarini tushunib tanlashga katta e'tibor berish kerak. [5.B.43]
Musiqaviy-estetik tarbiya-musiqa tarbiyasiga qaraganda ancha keng tushunchadir. Bu jarayonda musiqa darsi muhim o'rin tutadi, lekin alohida o'rin tutmaydi. Musiqiy tarbiyada musiqani idrok qilish malakalarini faol rivojlantirish, san'at va atrof hayotdagi go'zal narsalarga muhabbat tuyg'usini hamda o'z his -tuyg'ularini musiqa tilida ijodiy namoyon qilish qobiliyatini shakllantirish katta rol o'ynaydi. Musiqiy tarbiya haqida unga keng pedagogik ma'no bergan holda gapiriladigan bo'lsa, ta'lim - tarbiya muassasalri tizimida amalga oshiriladigan butun o'quv-tarbiya jarayonining biror maqsadiga muvofiq oldindan qo'yilgan holda tashkil etilishi tushuniladi. Biror maqsadga qaratilgan, yaxshi tashkil etilgan musiqiy tarbiyaning maqsadi, mehnati va ijtimoiy faoliyayatga va ona vatanning sevishga doimio tayyor bo'lgan, har tomonlama va garmonik rivojlangan shaxsni tarkib toptirishdan iborat.
Musiqadagi go'zallikni faol idrok etish tafakkur faoliyatini talab qiladi. Musiqa ijodida va idrokida intelektual asosm qaror toptirishdan hech qachon yuz o'girmaslik kerak. Musiqani tinglashda u yoki bu holatlarni xis etib boshdan kechiribgina qolmasdan, balki idrok qilinayotgan materialni farqlaymiz, tanlaymiz, baholaymiz va fikr yuritamiz.
Shuningdek, haqiqiy musiqiy didga ega bo'lish mazkur shaxsning muhim fazilatlaridan biridir. Chunki didda u yoki bu kishlning ruhiy olarni namoyon bo'ladi. Demak, sog'lom did uchun kurashish shaxsning insoniy fazilati uchun qayg'urish demakdir. Musiqiy didi barkamol bo'lgan o'quvchi faqat san'at durdonalarini tushunadigan bolagma emas, u hayot go'zalliklarini qaysi shaklda - tabiattdami, odobdami, mehnatdami yoki atrofdagi buyumlardami, nimalarda ko'rinmasin uni qadirlaydigan bo'ladi. U barcha g'oyaviy va ahloqiy tubanlikka zarba berishga tayyor turadi.
Dars maktabdagi o'quv ishining tashkiliy shakll bo'lib, unda o'qituvchi aniq belgilangan vaqt doirasida o'qituvchining doimiy guruhi - sinf bilan qat'iy jadval bo'yicha shug'ullanadi, jamoa bilish faoliyatiga rahbarlik qilib, fatnni turli fanlarga bog'langan holda o'quv dasturiga muvofiq o'zi belgilaydigan ddaktik va tarbiviy vazifalarga erishlsh uchun xilma - xil metodlardan foydalanadi.
O'qitish jarayoninin o'qituvchi bilan shug'ullanuvchining biror maqsadga qaratilgan, izchllik bilan o'zgarib turadigan o'zaro bog'langan faoliyati deb qarash mumkin. Bu faoliyat davomida shug'ullanuvchilarning ma'lumot olish, rivojlanish va tarbiyalanish vazifalari xal etiladi. [6.B.94]
Musiqa darsida o'quvchi bilan o'qituvchining o'zaro munosabat jarayoni shaxsiy aloqaga asoslangan. Musiqa darsida istesnosiz barcha o'quvchilarning musiqiy faoliyatlarini yo'llaydi va nazorat qiladi. Shuningdek, o'quvchilarning orasidagi o'zaro aloqa va o'zaro nazoratni qo'llab - quwatlaydi. O'qituvchining darsdagi ishl barcha o'quvchilarning darsning o'zidayoq o'rganayotgan bilish
asoslarini egallashlari, zarur ko'nikma va malakalarni xosil qilishlari uchun zamin yaratadi.
Har bir musiqa darsi o'quvchilarni yangi bilimlar bilan boyitish, ularni ong bilm doiralarini kengaytirish, musiqiy ko'nikma va malakalarning shakllanishi yoki ilgari o'rganganlarini takomillashtirish kerak. O'quvchilar darsdan - darga go'yo pog'onadan - pog'onaga qadam qo'ygandek bilishning cheki yo'q narvonidan olg'a intilib boradilar.
Darsda o'quvchilarni tarbiyalash, o'qitish, rivojlantirish ularga ta'lim berish birgalikda va o'zaro aloqada amalga oshirilmog'i kerak. Bu musiqa pedagogikasining g'oyat muhim tamoyillaridan biridir.
Maktab o'quvchilarini professionalmusiqa faoliyatiga tayyorlashni o'z oldiga maqsad qilib qo'ymaydi. Biroq musiqani tushunish, uni idrok qilish va undan ta'sirlanish qobiliyati har bir o'quvchiga, u kelajakda professional musiqachi bo'ladimi yoki musiqa madaniyatini g'oyat xilma - xil shakllarrda musiqaviy estetik faoliyatning asosi bilmlariga, ko'nikma va malaklariga ega bo'lgan yaxshi tayyorlangan tinglovchi bo'lib qoladimi, bundan qat'iy nazar ta'sirda bo'lishi shart.
O'z navbatida darsning tarbiyaviy vazifalari musiqaviy o'quv ishini tashkil etishga va uning metodikasiga jiddiy ta'sir o'tkazadi. Masalan, shaxsning vazifalari sifatida mustaqillik va bilm faoliyatini shakllantirish darsda ijodkorlik va topshiriqlarga, mustaqil ravishda ishlarning har xil turlariga ko'proq e'tibor berishni taqazo etadi. [7]
Musiqa darslarining vazifasi - bolalarni go'zallikka faol munosabatda bo'lishga, musiqaga ijodiy yondoshishga o'rgatishdan lboratdir. Hozirgi zamon musiqa darsi huddi ana shu vazifani xal qilmog'i kerak va bu vazifani qanchalik faol va aniq maqsadini ko'zlagan holda hal etsa, maktab o'quvchilanga faqat musiqiy tarbiya berish darajasi ham shunchalik yuqori bo'ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Sh.M.Mirziyoev. Buyuk kelajagimizni mard va oliy janob xalqimiz bilan hirga quramiz.T. "O'zbekiston" 2017 yil.
2. Abralova M., Galieva D., Qo'shaev A. Musiqa. 3-sinf. O'qituvchilar uchun metodik qo'llanma. T., 2008 yil.
3. Boymirzayev X. va boshqalar. "Musiqa o'rganish metodikasi". T. 1995 yil
4. Babanskiy Yu. "Hozirgi zamon umum ta'lim maktabida o'qitish metodlari". Toshkent, "O'qituvchi", 1990 yil.
5. Karimova D. "Musiqiy pedagogik mahorat asoslari". Toshkent 2008yil.
6. "Maktabda musiqaviy tarbiya" (musiqa o'qituvchilari uchun metodik tavsiyalar). Toshkent. 1991 yil.
7. Soliev N, Umarov A "Musiqa savodi alifbosi o'qitish" bo'yicha o'quv-
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Volume 2 Issue 4 / December 2021 ISSN 2181-063X
uslubiy qoTlanma. T. 2003 yil.