Научная статья на тему 'MUSIQA VA TASVIRIY SAN’AT DARSLARIDA O‘QITISH TEXNOLOGIYALARI'

MUSIQA VA TASVIRIY SAN’AT DARSLARIDA O‘QITISH TEXNOLOGIYALARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
196
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta’lim metodi / musiqa / tasviriy san’at / o‘qitish texnologiyalari / interfaol metodlar.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Atajonova Shohista Olimboyevna, Baltayeva Feruza Rustamovna

Mazkur maqolada maktab ta’limida o‘quvchilarning san’atga oid bilimlarini yanada oshirish maqsadida o‘tiladigan amaliy fanlar musiqa va tasviriy san’at darslarida qo‘llaniladigan o‘qitish texnologiyalari haqida so‘z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUSIQA VA TASVIRIY SAN’AT DARSLARIDA O‘QITISH TEXNOLOGIYALARI»

MUSIQA VA TASVIRIY SAN'AT DARSLARIDA O'QITISH

TEXNOLOGIYALARI

Atajonova Shohista Olimboyevna

Xo^m viloyati Uгganch shahгidagi S-son maktabning tasviriy san'at fani o'qituvchisi Baltayeva Feruza Rustamovna Xo^m viloyati №ganch shahгidagi S-son maktabning musiqa fani o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7515423

Annotatsiya: Mazkuг maqolada maktab ta'limida o'quvchilaming san'atga oid bilimlarini yanada oshiгish maqsadida o'tiladigan amaliy fanlaT musiqa va tasviriy san'at darelarida qo'llaniladigan o'qitish texnologiyalari haqida so'z yuгitiladi.

Kalit so'zlar: ta'lim metodi, musiqa, tasviгiy san'at, o'qitish texnologiyalari, interfaol metodlaг.

Ta'lim metodi bu o'qituvchi va o'quvchining tartibga solingan o'zaro aloqadagi usuli, o'qitish jarayonida ta'lim va rivojlanish masalalaгini hal qilishga qaгatilgan faoliyatdir Metod (yunoncha atama-aynan nimagadiг yo'l) maqsadga erishish yo'lini bildiгadi. Muayyan ma'noda tartibga solingan faoliyat. O'qitish metodlari o'quv jarayonining muhim ta"kibiy qismi hisoblanadi. Faoliyatning tegishli metodlarisiz ta'limning maqsad va vazifalaгini o'quv materialining muayyan mazmunini o'quvchilaг tomonidan o'zlashtirishga eгishib bo'lmaydi. Usullaг axborotni uzatish va qabul qilish xarakteriga qaгab so'z oгqali ifodalash, ko^gazmali va amaliyga bo'linadi. Ta'lim mazmunini o'zlashtirishda o'quvchilaming bilim faoliyatini xa^teriga munosib гavishda quyidagi usullaг: tushuntirish - ilyustгativ (infoгmatsion гetseptiv) reproduktiv, muammoli bayon, xususiy qidiгish yoki evristik hamda yaгim tadqiqot va tadqiqot usullari qo'llanishi mumkin.

Asosiy metod^ guгuЫaгining haг biгi o'z navbatida gui^cha^ va ulaгga kimvchi alohida metodlaгga bo'linadi. O'quv-bilish faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish jaгayonining o'zi o'zlashtiгish, qabul qilish, anglash, o'quv infoгmatsiyalaгini esda saqlashni hamda olinadigan bilim va ko'nikmalami amaliyotda qo'llay olishni nazaгda tutishni hisobga olsak, biгinchi guгuh metodlariga so'z oгqali qabul qilish melodlari (og'zaki metodlar: hikoya, ma'ruza, suhbat va b.), o'quv axborotini ko^gazmali o'zatish va ko'гish oгqali qabul qilish metodlari (ko^gazmali metodlar: tasviriy, namoyish qilish va b.) o'quv axborotini berish va uni tahlil, kinestezik qabul qilish (amaliy metodlari: mashqto, laboratoriya tajгibalaгi, mehnat harakatlari va b.) kiгadi. Ta'limning og'zaki metodlariga hikoya, ma'ruza,

suhbat va boshqalar kiradi. Bu metodlaming qo'llanishida o'qituvchi so'z vositasida o'quv materialini bayon qiladi, tushuntiradi, o'quvchilar esa tinglash, eslab qolish va anglash orqali uni faol qabul qiladilar va o'zlashtiradilar.

Interfaol metodlar deganda - ta'lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta'lim jarayonining markazida ta'lim oluvchi bo'lgan metodlar tushuniladi. Bu metodlar qo'llanilganda ta'lim beruvchi ta'lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. Ta'lim oluvchi butun jarayon davomida ishtirok etadi. Ta'lim oluvchini markazda bo'lgan yondashuvning foydali jihatlari quyidagilarda namoyon bo'ladi:

ta'lim samarasiyuqoriroq bo'lgan o'qish-o'rganish;

ta'lim oluvchiningyuqori darajada rag'batlantirilishi;

ilgari orttirilgan bilimlarning ham e'tiborga olinishi;

ta 'lim jarayoni ta 'lim oluvchining maqsad va ehtiyojlariga muvofiqlashtirilishi;

ta 'lim oluvchining tashabbuskorligi va mas 'uliyatining qo'llab-quvvatlanishi;

amalda bajarish orqali o 'rganilishi;

ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit yaratilishi.

Shunday qilib, fanlarni o'qitish jarayonida interfaol metodlardan foydalanish o'ziga xos xususiyatga ega. Ta'lim amaliyotida foydalanilayotgan har bir interfaol metodni sinchiklab o'rganish va amalda qo'llash o'quvchi-talabalarning fikrlashini kengaytiradi hamda muammoning to'g'ri yechimini topishlariga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. O'quvchi-talabalarning ijodkorligini va faolligini oshiradi. Turli xil nazariy va amaliy muammolar interfaol metodlar orqali tahlil etilganda o'quvchi-talabalarning bilim, ko'nikma, malakalari kengayishi va chuqurlashishiga erishiladi. Yuqorida aytilganlardan interfaol ta'lim metodlarini tegishlicha tahlil qilish va shu asosda ularni tasniflash zarurati ma'lum bo'ladi. Ushbu masala yuzasidan umumiy mulohazaga keladigan bo'lsak, bu metodlarni tasniflashda ularni interfaol metodlar, interfaol ta'lim strategiyalari, interfaol grafik organayzerlarga ajratish mumkin. Hozirgi kunda eng ommaviy interfaol ta'lim metodlari quyidagilar sanaladi:

1. Interfaol metodlar: "Keys-stadi" (yoki "O'quv keyslari"), "Blist-so'rov", "Modellashtirish", "Ijodiy ish", "Muammoli ta'lim" va boshqa metodlar.

2. Interfaol ta'lim strategiyalari. "Aqliy hujum", "Bumerang", "Galereya", "Zig-zag", "Zinama-zina", "Muzyorar", "Rotastiya", "Yumaloqlangan qor" va boshqa ta'lim strategiyalari. Interfaol ta'lim metodlari tarkibidan interfaol ta'lim strategiyalarini ajratishda guruh ishini tashkil qilishga yondashuv ma'lum ma'noda strategik yondashuvga qiyoslanishiga asoslaniladi. Aslida, bu strategiyalar ham ko'proq jihatdan interfaol ta'lim metodlariga tegishli bo'lib, ularning orasida boshqa farqlar yo'q.

3. Interfaol grafik organayzerlar: "Baliq skeleti", "BBB", "Konsteptual jadval", "Venn diagrammasi", "T-jadval", "Insert", "Klaster", "Nima uchun?",

"Qanday?" va boshqalar. Interfaol grafik organayzerlarni ajratishda bunday mashg'ulotlarda asosiy fikrlar turli grafik shakllarda yozma ko'rinishda ifodalanishiga asoslaniladi. Aslida, bu grafik organayzerlar bilan ishlash ham ko'proq jihatdan interfaol ta'lim metodlariga tegishli bo'lib, ularning orasida boshqa farqlar

yo'q.

Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, tasviriy san'at va musiqa darslarini yuqoridagi ommaviy interfaol ta'lim metodlari yordamida tashkil qilinsa, nafaqat o'quvchilarning fanga bo'lgan qiziqishi ortadi, balki, darsdan kutilgan natijalarga to'liq erishiladi. Shunday ekan, har bir zamonaviy pedagog interfaol metodlarni qo'llagan holda dars o'tishi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Hasanboyeva O., Hasanboev J., Homidov £. Pedagogika tarixi. Tos'hkent, G'.G'ulom, 2004.

2. JO'RABEK YARASHEV DILNAVOZ MUROTOVA MUSIQA O'QITISH METODIKASI (o'quv qo'llanma). Buxoro. 2021.

3. www.ziyo.uz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.