NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Original peper
© T.E. Nuratdinov1^_
1O 'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Nukus filiali, Nukus, O'zbekiston
Annotasiya
KIRISH: Maqolada musiqa fanini o'qitishda pedagogning kasbiy maxorati va talabalar bilan ishlashishning o'ziga xos xususiyatlari haqida so'z yuritiladi. Shu bilan birga talabalarning ijro xususiyatlarini, qobiliyatlarini to'g'ri yo'naltirish va musiqiy qobiliyatni rivojlantirish, bunda musiqa pedagogikasining uzviy bog'liqligi tahlil qilinadi.
MAQSAD: musiqa o'qituvchilarining kasbiy-pedagogik mahoratini va uning bir tarmog' sanaladigan kasbiy kompetensiyasini oshirish ahamiyati ko'rsatishdan iborat.
MATERIALLAR VA METODLAR: musiqa ta'limida o'quvchilarda musiqiy savodxonlik kompetensiyalarini shakllantirishni ta'minlovchi o'quv materiallarini sohaning me'yoriy hujjatlariga muvofiq tarzda tanlab olinganligi, tadqiqot davomida pedagogika qonuniyatlari, mahalliy va xorijiy manbalarning tahlillari asosida aniqlanishi hamda qo'llaniladigan pedagogik texnologiyalarning amaliy asoslari, ilmiy xulosalar ishlab chiqilganligi bilan ta'minlangan.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: musiqiy savodxonlikka oid o'quv kompetensiyalarini baholash mezonlari va ko'rsatkichlarining aniqlashtirilganligi, kompetensiyaviy yondashuv asosida o'quvchilarda musiqiy savodxonlikni shakllantirish jarayonini didaktik loyihalash tizimi hamda o'quvchilarda musiqiy savodxonlikka oid o'quv kompetensiyalarni shakllantirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqilganligi bilan belgilanadi.
XULOSA: musiqa o'qituvchisining pedagogik faoliyati - bu maxsus bilim, ko'nikma va malakalar, tashkilotchilik qobiliyatiga egalik, kasbiy tayyorgarlikning yuqori darajasi, kasbda o'z-o'zini anglash, doimiy o'z-o'zini takomillashtirish, muloqot qilish va har bir bolaga to'g'ri yondashuvni topish qobiliyatlarini namoyon qilishdir.
Kalit so'zlar: musiqa pedagogikasi, iqtidorli talabalar, ijodiy jarayon, pedagogik mahorat, musiyqiy tarbiya.
РОЛЬ И МАСТЕРСТВО ПЕДАГОГА В ПРЕПОДАВАНИИ МУЗЫКИ_
© Т.Е. Нуратдинов1Н
Жукусский филиал Узбекского государственного института искусств и культуры, Нукус, Узбекистан_
Iqtibos uchun: Nuratdinov T.E. Musiqa fanini o'qitishda pedagogning o'rni va mahorati // Inter education & global study. 2024. № 1. B. 109-114.
NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ: в статье говорится о профессиональных навыках педагога при обучении музыке и особенностях работы со студентами. При этом анализируется правильная ориентация работоспособности, способностей и развития музыкальных способностей учащихся, в которой анализируется целостная связь музыкальной педагогики.
ЦЕЛЬ: показать важность повышения профессионально-педагогического мастерства учителей музыки и ее отраслевой профессиональной компетентности.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в музыкальном образовании учебные материалы, обеспечивающие формирование у учащихся компетенций музыкальной грамотности, подбираются в соответствии с отраслевыми нормативными документами, в ходе исследования определяются на основе анализа закономерностей педагогики, отечественных и зарубежных источников, а также разрабатываются практические основы применяемых педагогических технологий, научные выводы.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: критерий и показатель оценки учебных компетенций по музыкальной грамотности определяется разработанной на основе компетентностного подхода системой дидактического проектирования процесса формирования музыкальной грамотности у обучающихся, а также предложениями и рекомендациями по формированию учебных компетенций по музыкальной грамотности у обучающихся.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: педагогическая деятельность учителя музыки - это проявление специальных знаний, умений и навыков, владения организаторскими способностями, высоким уровнем профессиональной подготовки, самосознания в профессии, постоянного самосовершенствования, умения общаться и находить правильный подход к каждому ребенку.
Ключевые словэ: музыкальная педагогика, одаренные ученики, творческий процесс, педагогическое мастерство, музыкальное образование.
THE ROLE AND SKILL OF A TEACHER IN TEACHING MUSIC_
© Timur E. Nuratdinov1®
1Nukus branch of the State Institute of Arts and Culture of Uzbekistan Nukus, Uzbekistan
INTRODUCTION: the article talks about the professional skills of the pedagogue in teaching music and the specific features of working with students. At the same time, proper orientation of students' performance characteristics, abilities and development of musical ability, in which the integral connection of music pedagogy is analyzed.
Для цитирования: Нуратдинов T.E. Роль и мастерство педагога в преподавании музыки // Inter education & global study. 2024. № 1. С. 109-114.
Annotation
© intereduglobalstudy.com
2024, EDITION 1
NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
AIM: to show the importance of improving the professional and pedagogical skills of music teachers and their sectoral professional competence.
MATERIALS AND METHODS: in music education, educational materials that ensure the formation of musical literacy competencies among students are selected in accordance with industry regulations, during the research they are determined based on the analysis of the patterns of pedagogy, domestic and foreign sources, and practical foundations of applied pedagogical technologies and scientific conclusions are developed.
DISCUSSION AND RESULTS: the refinement of criteria and indicators for assessing educational competencies in musical literacy is determined by the system of didactic design of the process of forming musical literacy among students developed on the basis of a competence-based approach, as well as suggestions and recommendations for the formation of educational competencies in musical literacy among students.
CONCLUSION: the pedagogical activity of a music teacher is a manifestation of special knowledge, skills, organizational skills, a high level of professional training, self— awareness in the profession, constant self-improvement, the ability to communicate and find the right approach to each child.
Key words: music pedagogy, gifted students, creative process, pedagogical skill, musical education.
Musiqa tarbiyasi nafosat tarbiyasining asosiy va murakkab qirralaridan biri bo'lib, insonni atrofdagi go'zal narsalarni to'g'ri idrok etishga va qadrlashga o'rgatadi. Musiqa inson ruhiyatiga kuchli ta'sir ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'lib, uni nafosat olamiga olib kirish va axloqiy g'oyaviy tarbiyalashni muhim vositasidir. Musiqa insonni yuksak did bilan qurollantiradi va unga ma'naviy ozuqa beradi. Musiqa o'qituvchisi o'z kasbiga va yoshlarga mehr qo'ygan, yuksak madaniyatli, keng dunyoqarashga ega bo'lgan shaxs bo'lishi lozim.
Buyuk mutaffakkir shoir A.Navoiy o'z asarlarida musiqa tarbiyasining qirralarini chuqur o'rganib, shunday dedi: "Musiqa jamiyat hayotining muhim negizidir. Faqat musiqagina odamning qalbiga tiniqlik, mutanosiblik va o'z-o'zidan qanot tuyg'usini olib kiradi va uni baxtiyor qiladi". Shunday ekan, hozirgi davrda, musiqa o'qituvchisidan mas'uliyat, fanga yangicha yondashuv uning metodologiyasini chuqur o'rganish talab etadi. Shu bilan birgalikda musiqani o'qitishda pedagogning o'rni va mahorati katta ahamiyat kasb etuvchi omil hisoblanadi.
Ya'ni o'qituvchining darsga ijodiy tarzda yondashishi muhim ahamiyat kasb etadi va bir qancha vazifalarni o'z oldiga maqsad qilib qo'yadi: musiqa tarbiyasida yangi metod va vositalar izlash; hayot va san'at o'rtasidagi o'zviylikni ifodalash. Ushbu maqsadlarni amalga oshirishda o'qituvchi jiddiy tayyorgarlik ko'rishi, o'z ustida tinmay ishlashi, ya'ni bilim saviyasini oshirishi uchun ilmiy adabiyotlar, yangi dasturlar, badiiy adabiyotlar, teatr, muzeylarga borib (tinmay) ongini oshirish yo'larini takomillashtirib borishi zarur[1].
For citation: Timur E. Nuratdinov. (2024) 'The role and skill of a teacher in teaching music', Inter education & global study, (1), pp. 109-114. (In Uzbek).
© intereduglobalstudy.com
2024, EDITION 1
NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Shu o'rinda pedagogik mahoratning nima ekanligiga alohida urg'u berib o'tishni joizdir. Pedagogik mahorat nima? Uning mohiyati nimalardan iborat? Ularni egallash uchun nimalarni bilish kerak? Hozirgi zamon pedagogikasi va psixalogiyasi "pedagogik mahorat" tushunchasiga turlicha izoh beradi. Jumladan, "Pedagogik ensiklopediya"da quyidagicha izohlangan: "O'z kasbining mohir ustasi bo'lgan, yuksak darajada madaniyatli, o'z fanini chuqur biladigan, yondosh fanlar sohalarini yaxshi tahlil eta oladigan, tarbiyalash va o'qitish uslubiyatini mukammal egallangan mutaxassis". Ushbu ta'rifning mohiyatidan kelib chiqib o'qituvchining pedagogik mahorati tushunchasi mazmunini shunday izohlash mumkin: madaniyatning yuqori darajasi, bilimdonlik va aql-zakovatning yuksak ko'rsatgichi; o'z faniga doir bilimlarning mukammal sohibi; pedagogika va psixologiya kabi fanlar sohasidagi bilimlarni puxta egallaganligi, ulardan kasbiy faoliyatida foydalana olishi; o'quv-tarbiyaviy ishlar metodikasini mukammal bilishi.
Demak, musiqa ilmini o'qituvchia pedagog yuqoridagi barcha vazifalarni amalga oshirishi va o'zini doimo rivojlantirish layoqatiga ega bo'lmog'i kerak ekan. Shundagina pedagog ijodiy soha pedagogikasining talablariga javob beradigan, san'atkor yoshlarni tarbiyalaydigan bir butun mukammalikka erishgan shaxs bo'la oladi. Pedagogik mahorat tizimi quyidagi o'zaro biri-biri bilan bog'liq bo'lgan asosiy komponentlaridan iborat: pedagogik insonparvarlik talablariga bo'ysunishi; kasbga oid bilimlarni boshqa fanlar bilan aloqadorlik mukammal bilishi; pedagogik qobiliyatga ega bo'lishi; pedagogik texnika sirlarini puxta egallashi. Hozirgi kunda Yangi O'zbekistonda biz pedagoglarga e'tibor yuqori darajada ekanligi qalbimizga faqru-iftixor baxshida etadi.
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev: "Albatta, biz Yangi O'zbekistonni barpo etish va Uchinchi Renessans poydevorini yaratishda ziyolilarimizga katta ishonch bilan qaraymiz. Shuning uchun bu zahmatkash insonlarning ilmiy va ijodiy izlanishlarini har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularga zarur sharoitlar yaratishni o'zimizning birlamchi vazifamiz sifatida ko'rishimiz darkor. Shu maqsadda hukumatimiz tomonidan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilib, amalga oshirib kelinmoqda. Shu o'rinda doimo yuragimda ardoqlab yurgan bir tuyg'uni izhor qilishni joiz, deb o'ylayman. Men doimo ziyoli, olim, ijodkor insonlar bilan suhbatlashishga intilaman va bunday muloqotlarni hamisha sog'inaman.
Nega desangiz, olimlik - Alloh nuri tajassum etgan ulug' bir martaba. Bu martabadan jamiyatning butun vujudiga ziyo taraladi. Olimlarning suhbatidan inson o'ziga ma'naviy boylik oladi, qalb kengliklarini, tafakkur teranligini his qiladi. Shu boisdan bunday insonlar bilan uchrashib turganimda, ularni xush kayfiyatda, bardam va tetik, yuz-ko'zlaridan nur yog'ilib turganini ko'rganimda hamisha chuqur mamnuniyat hissini tuyaman. Biroq tan olishimiz kerakki, ular bilan muntazam uchrashib turishga, mamlakatimizda ilm-fan va uning turli sohalarini qo'llab-quvvatlash, intellektual salohiyatni bugungi zamon talablari asosida rivojlantirish masalalariga doim ham yetarlicha e'tibor qarata olmayapmiz[2] - deya yuqori ishonch bildirgani barcha soha pedagoglarning zimasiga katta mas'uliyat yuklaydi. Yoshlar bilan ishlashish g'oyatda - sharafli vazifa. Shu bilan birga pedagogdan yuksak mahorat, ya'ni, professional pedagogik mahorat talab etadi.
NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Haqiqatan ham biz pedagoglar Yangi O'zbekistonni qurish yo'lida bor salohiyat, mahorat va azmu-jijoatimizni safarbar qilamiz. Chunonchi, Yangi O'zbekistonda Uchinchi Renessans davrining talabi - zamon bilan hamnafas, ma'an barkamol, dunyo yoshlari bilan bilim tafakkur borasida bellasha oladigan, mustaqil fikrlaydigan, tafakkuri va didi baland, xorijiy tillar bilimdoni, madaniyat va san'at sohasida yuqori ijodiy ijrochilik mahoratiga ega har tarafdan yetuk yoshlarni tarbiyalash - bugungi kunning kechiktirib bo'lmas vazifasi hisoblanadi.
Ijodiy bilimlar sifati, uning puxtaligi va tafakkurning ijodiy komponentlari bevosita o'qitish xarakteri bilan bog'liq. Shuning uchun ham shaxs, o'quvchi va talabaning ijodiy rivojlanishi o'qituvchining an'anaviy metodlarini qayta ko'rib chiqishni talab kiladi. Ta'lim muassasalarida ta'lim jarayoni shaxs tafakkurining tuzilishini belgilaydigan metodologik asos hisoblanadi.Bunda o'quv faoliyatidan foydalanish, asosiy ma'lumotlarni egallash, malakalarni shakllantirish kabilarni o'ziga maqsad qilib olinadi. Bunga muvofiq o'qituvchini darsga tayyorlanishda uchta vazifani amalga oshirishi zarur: o'qitishning nazariy asoslarini o'zlashtirishni ta'minlash; nazariy bilimlarni amaliyotga qo'llash qobiliyatiga tayyorlash; ijodiy pedagogik faoliyatni shakllantirish.
Pedagogik adabiyotlarda reproduktiv va produktiv (ijodiy faoliyatlar hamda qarama-qarshi va o'zaro bir-birini to'ldiruvchi tomonlar mavjudligini yaxshi bilishi kerak[3]. Shu bilan birga, o'qituvchining kasbiy pedagogik tayyorgarligi shartli ravishda kuyidagi yo'nalishlarda olib boriladi: o'qituvchining shaxsiy fazilatlar bo'yicha tayyorgarligi; o'qituvchining ruhiy -psixologik tayyorgarligi; o'qituvchining ijtimoiy - pedagogik va ilmiy - nazariy jihatdan tayyorgarligi; o'qituvchining maxsus va ixtisoslikka oid uslubiy bilimlarni egallab borishi. Pedagogik mahorat o'qituvchi - tarbiyachi shaxsiy va kasbiy sifatlarining yig'indisi bo'lib, o'qituvchi mahoratini shakllantirishni ta'minlovchi omillarni, pedagogik-psixologik, metodik bilimlarni doimiy egallab borishi lozim[4].
Musiqa fanini o'qitishda pedagogning o'rni va mahorati avvalo, musiqaning insonga tas'ir qilishini tahlil etish va ijro professionalligiga tug'ri baho bera olishidadir. Alohida ta'kidlab o'tadigan bo'lsak, bu jarayonni - soha pedagoglari nazariy va amaliy jihatdan yangi bosqichga ko'taradi va rivojlantiradi. Bu faoliyatining ob'ekti insondir. Pedagog -tadqiqotchilarning fikricha, pedagogik ob'ektining o'ziga xosligi quyidagilardan iborat: 1.Inson - tabiatning jonsiz moddasi emas, balki o'zining individual sifatlari, ro'y berayotgan voqealarning idrok qilishi va ularga o'zicha baho beradigan, takrorlanmaydigan faol mavjudotdir. Psixologiyada ta'kidlanganidek, har bir shaxs-takrorlanmasdir. U pedagogik jarayonning o'z maqsadi, ishtiyoqi va shaxsiy xulqqa ega bo'lgan ishtirokchisi hamdir. Shunday qilib, pedagogik faoliyatning ob'ekti bir paytning o'zida bu faoliyatning sub'ekti bo'lib hisoblanadi. 2.Pedagog doimo o'zgarib, o'sib boradigan inson bilan ishlaydi. Ularga yondoshishda bir xil qolip, shakllanib qolgan hatti-harakatlardan foydalanish mumkin emas. Bu esa pedagogdan doimo ijodiy izlanib turishni talab qiladi. 3.Talabalarga pedagogdan tashqari atrof-muhit, ota-ona, boshqa fan o'qituvchilari, ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy hayot ham, ba'zan sezilmaydigan, ba'zan esa har tomonlama bir necha yo'nalishda ta'sir etadi.
NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Shuning uchun ham pedagog mehnati bir vaqtning o'zida jamiki ta'sirlarga va talabaning o'zida paydo bo'lgan fikrlarga tuzatishlar kiritib borishni nazarda tutadi. Tarbiya jarayoni o'z-o'zini tarbiyalash bilan uyg'unlashgan holda olib borilishi zarur[5].
Musiqa fani o'qituvchisi ijrochilik san'atini farqlay olishi, musiqiy cholg'uning o'ziga xos xususiyatini yaxshi bilishi, yakkaxon va ommaviy ijrochilik shakli, musiqiy asarning janri va shakliy xususiyatini tahlil qilib buni talabalarga dars davomida o'rgatib borishi zarur. Shuningdek bu pedagogning kasbiy va ijrochilik yo'nalishining professional tayyorgarlik va mahorat darajasiga bog'liq bo'ladi. Mahoratli pedagog talaba psixologiyasini tushunishi va his etishi, estetika auditoriya kayfiyatini to'g'ri anglashi, tinglovchida go'zal estetik hissiyotlarni uyg'otishni talaba o'rgatishi, darsda ijodiy kayfiyat muhitini bera olishni bilishi zarur. Ta'lim berishning nazariyasi va amaliyotida o'quvchilarning bilim olish harakatlarini faollashtirish eng dolzarb muammolardan biri sanaladi. Keyingi vaqtlarda pedagoglarning diqqati bilim orttirishning muloqot yuritish shakliga asoslangan o'qitishning interfaol shakl va uslublarini o'zlashtirishga qaratilgan. Ta'lim berish jarayoni quyida ko'rsatilgan talablarga amal qilgan taqdirda samarali bo'lishi va yaxshi natijalar berishi amalda isbotlangan: o'quvchilar ta'lim olish uchun ochiq va ta'lim jarayonining boshqa ishtirokchilari bilan munosabat va hamkorlikka faol kirishib ketganlarida; o'z faoliyatini tahlil qilish va shaxsiy salohiyatini amalga oshirish uchun imkonga ega bo'lganlarida; ular yaqin vaqt ichida o'z hayoti va professional faoliyatida duch kelishi muqarrar bo'lgan vaziyatga amaliy jihatdan tayyorlanib olishlariga imkoniyatlari bo'lganida; o'zlariga ishonishlari, o'zlarini ifodalashdan qo'rqmasliklari, xatoga yo'l qo'yganda ham ular bu faoliyatlari uchun muhokama qilinmasligi va salbiy baholanmasligini bilganlarida [6].
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. Sharipova G.M., Asamova D.F, Xodjaeva Z.L. Musiqa o'qitish nazariyasi metodikasi va maktab repertuari. - Toshkent.: Nizomiy nomidagi TDPU Rizografi. 2014. - 108 b.
2. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O'zbekiston strategiyasi.-Toshkent.O'zbekiston, 2021. 464 b.
3. Farmanov O'. Egamnazarov M. Ijodiy faoliyat tushunchasi, mohiyati va uni amalga oshirish vazifalari. Oliy ta'lim tizimida ilmiy-tadqiqot faoliyatini samarali tashkil etish va natijaviyligini oshirishning dolzarb masalalari. // Respublika ilmiy anjumani ma'ruzalar to'plami. -Toshkent, "ToshDTU", 2014. 421 b.
4. Xoliqov A. Pedagogik mahorat. - Toshkent .: "IQTISOD MOLIYA" 2010, 312 b.
5. Musurmanova O. Umumiy pedagogika. - Toshkent: Yoshlar. 2020. - 376 b.
6. AcK,apoB A., AxpopoBa З., P^MaTOB Э. Умумий педaгогикa. - Тошкент:.2018.
MUALLIF HAQIDA MA LUMOT [ИНФОРМАЦИА ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
Nuratdinov Timur Eliubaevich, o'qituvchi [Нуратдинов Тимур Элиубаевич,
преподаватель], [Timur E. Nuratdinov, teacher]; Manzil: Qoraqalpog'iston Respublikasi, Nukus shahri, Qoraqalpog'iston ko'chasi; [адрес: Республика Каракалпакстан, город Нукус, улица Каракалпакстан]; [address: Republic of Karakalpakstan, Nukus city, Karakalpakstan Street