Научная статья на тему 'MURAKKAB ASHYOLAR FUQAROLIK HUQUQLARI OBYEKTI SIFATIDA'

MURAKKAB ASHYOLAR FUQAROLIK HUQUQLARI OBYEKTI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
589
41
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
fuqarolik huquqi obyekti / ashyo / oddiy ashyo / murakkab ashyo / kollektiv ashyo / kompozitsion ashyo / murakkab ashyolarning huquqiy holati. / objectives of civil law / thing / simple thing / complex thing / compound thing / legal regime of complex thing.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — To’xtayev, O’ktamjon Zarifjon O’g’li

Ushbu maqola fuqarolik huquqi obyekti sifatida murakkab ashyoning mohiyati va tushunchasi, turlari va uning boshqa obyektlardan farqli jihatlarini tahlil etishga bag‘ishlangan. Maqolada, shuningdek, ashyolarni oddiy va murakkab kabi turlarga bo‘lish masalalari ko‘rib chiqiladi, shuningdek, murakkab ashyolarni aniqlash bo‘yicha xorijiy davlatlar tajribasi o‘rganiladi. Amaliy muammolarini aniqlash bo‘yicha sud pretsedentlaridan namunalar keltiriladi va tahlil etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

COMPLEX GOODS AS A CIVIL RIGHTS OBJECT

This article is devoted to the analysis of the essence and concept of the complex broadcast as an object of civil law, its types and differences from other objects. Also the article deals with the division of objects into simple and complex types, as well as the experience of foreign countries to identify complex objects. Examples of judicial precedents for identifying practical problems are given and analyzed.

Текст научной работы на тему «MURAKKAB ASHYOLAR FUQAROLIK HUQUQLARI OBYEKTI SIFATIDA»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(2), Feb., 2023

MURAKKAB ASHYOLAR FUQAROLIK HUQUQLARI OBYEKTI

SIFATIDA

To'xtayev O'ktamjon Zarifjon o'g'li

Toshkent davlat yuridik universiteti Fuqarolik huquqi kafedrasi o'qituvchisi tukhtaevuktamj on@gmail .com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola fuqarolik huquqi obyekti sifatida murakkab ashyoning mohiyati va tushunchasi, turlari va uning boshqa obyektlardan farqli jihatlarini tahlil etishga bag 'ishlangan. Maqolada, shuningdek, ashyolarni oddiy va murakkab kabi turlarga bo 'lish masalalari ko 'rib chiqiladi, shuningdek, murakkab ashyolarni aniqlash bo'yicha xorijiy davlatlar tajribasi o'rganiladi. Amaliy muammolarini aniqlash bo'yicha sudpretsedentlaridan namunalar keltiriladi va tahlil etiladi.

Kalit so'zlar: fuqarolik huquqi obyekti, ashyo, oddiy ashyo, murakkab ashyo, kollektiv ashyo, kompozitsion ashyo, murakkab ashyolarning huquqiy holati.

АННОТАЦИЯ

Данная статья посвящена анализу сущности и понятия сложного веща как объекта гражданского права, его видов и отличий от других объектов. Также в статье рассматриваются вопросы деления объектов на простые и сложные виды, а также опыт зарубежных стран по выявлению сложных объектов. Приведены и проанализированы примеры судебных прецедентов для определения практических проблем.

Ключевые слова: цели гражданского права, вещь, простая вещь, сложная вещь, составная вещь, правовой режим сложной вещи.

ABSTRACT

This article is devoted to the analysis of the essence and concept of the complex broadcast as an object of civil law, its types and differences from other objects. Also the article deals with the division of objects into simple and complex types, as well as the experience of foreign countries to identify complex objects. Examples of judicial precedents for identifying practical problems are given and analyzed.

Keywords: objectives of civil law, thing, simple thing, complex thing, compound thing, legal regime of complex thing.

KIRISH

Fuqarolik-huquqiy munosabatlarning mavjudligi ular ishtirokchilarida tegishli qiziqish uyg'otadigan ma'lum bir ne'matlar bilan bog'liq. Ne'matlar inson ehtiyojlarini qondirish obyekti va vositasi hisoblanib, bunday tovarlarni qo'lga

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

kiritishga qaratilgan sa'y-harakatlar ulaming ishtirokchilari tomonidan fuqarolik munosabatlarini vujudga keltirish uchun asos hisoblanadi. Fuqarolik huquqida ushbu ne'matlar fuqarolik huquqiy munosabatlar obyekti sanaladi.

Klassik davrda Rim huquqida ashyolar tushunchasi keng ma'noda ko'rib chiqilgan. Bu konsepsiya nafaqat tashqi olamning moddiy obyektlari sifatida oddiy ashyolarni, balki huquqiy munosabatlarni ham qamrab oladi. Rim huquqida tegish mumkin bo'lgan moddiy ne'matlar va teginib bo'lmaydigan nomoddiy ne'matlar mavjud edi. Nomoddiy ne'matlarga uzufrukt, majburiyatlar misol bo'la oladi [1].

Bundan tashqari, rimliklar hamma uchun ochiq bo'lgan ne'matlar borligini aytib o'tishadi — quyosh nuri, oqim, suv, shamol. Ammo ular huquqiy ma'noda ashyolar emas edi. Shuni ham unutmasligimiz kerakki, Rim huquqida xususiy huquq (res rublicae) bilan emas, balki ommaviy huquq bilan tartibga solinadigan ashyolar (jamoat ashyolari) — yo'llar, maydonlar, portlar, kemalar qatnovchi daryolar) mavjud edi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Fuqarolik huquqining eng keng tarqalgan obyektlari sifatida ashyolar (ular qatoriga pullar, valyuta qimmatliklari va qimmatli qog'ozlar ham kiritiladi) va ashyolarga bo'lgan huquq ko'rsatiladi. Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining (keyingi o'rinlarda FK) 81-moddasida fuqarolik huquqi obyektlarining yana uch mustaqil turi — ish va xizmatlar, intellektual faoliyat natijalari, shuningdek, nomoddiy boyliklar keltirib o'tiladi.

Ashyolar fuqarolik huquqining asosiy obyektlaridan biri hisoblanib, ular, o'z navbatida, bir qancha turlarga bo'lib o'rganiladi. Odatda, har qanday davlatlar fuqarolik qonunchiligida ularni oddiy va murakkab ashyolarga ajratish mavjud. O'zbekiston fuqarolik qonunchiligida ham murakkab ashyolar huquqiy tartibga solishning alohida obyekti sifatida ajratilgan. FK 91-moddasi ushbu tushunchani ochib beruvchi qoidalarni nazarda tutadi. Unga ko'ra, turli xil ashyolar birikmaning mohiyati bilan belgilanadigan vazifasi bo'yicha foydalanish imkonini beradigan yaxlit bir butunni (geterogen) tashkil etsa, murakkab ashyo sanaladi. Huquq nazariyasida murakkab ashyo tushunchasining mohiyati bundan buyon yagona huquq obyekti sifatida mavjud bo'ladigan sifat jihatidan yangi shakllanish — murakkab obyekt (murakkab ashyo)da birlashgan mustaqil mustaqil ashyolar yig'indisidir.

Qoida tariqasida, oddiy ashyolarni ta'riflash bilan bog'liq muammolar ma vjud emas. Oddiy ashyolar shunchaki elementlarning organik bog'lanishi hisoblanadi, murakkab ashyolar esa, ashyo va elementlarning turli xil birikmalariga ega — mexanik, funksional, yuridik. Umuman olganda, turli xil ashyolarni bir butunga birlashtirishning nima keragi bor? Biz ma'lum bir amaliy natijaga erishish uchun

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

qandaydir sinergetik effektga erishish haqida gapiramiz, chunki oddiy ashyoning o'zi bu natijaga erisha olmaydi. Ammo oddiy ashyolar yangi ashyoga birlashganda (qo'shilganda) nima bo'ladi? Ular o'z mustaqil ma'nosini yo'qotadimi yoki oddiy ashyolar sifatida mavjud bo'lishda davom etadimi?

Darhaqiqat, turli xil ashyolar birlashganda yangi huquq obyektini tashkil etib, kelajakda o'z maqsadiga muvofiq foydalanilishida ma'lum bir qarama-qarshilikni vujudga keltiradi. Shu bilan birga, tarkibiy elementlar (ashyolar) o'zlarining funksional maqsadini yo'qotmaydi.

Ular o'zlarining birligidagina inson ehtiyojlarini maksimal darajada (mashinalar, ko'chmas mulk, kolleksiyalar) qondirishi mumkin.

Murakkab ashyolar — bu umumiy maqsadda foydalanishni nazarda tutadigan tarzda bir-biri bilan bog'langan turli xil ashyolar. FK 91-moddasi yuqoridagi tushuncha ta'rifiga qo'shimcha tarzda shartnomaviy munosabatlarda qo'llaniladigan dispozision norma — "murakkab ashyoga nisbatan amalga oshirilgan bitimning ta'siri, agar bitim shartlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, unga kiritilgan barcha narsalarga taalluqlidir", degan qoidani keltirib o'tadi. Bu shuni anglatadiki, taraflar shartnoma predmeti hisoblangan "murakkab ashyo" tarkibidagi muayyan ashyolarni istisno etilishini nazarda tutishlari mumkin. Masalan, qishloq xo'jaligida foydalaniladigan transport vositasi traktor oldi-sotdisida taraflar uning g'ildiragini istisno sifatida chiqarib tashlashlari mumkin.

Roman-german huquq oilasiga mansub davlatlar fuqarolik huquqi doktrinasida murakkab ashyolarni tasniflashda turli xil yondashuvlar mavjud. Xususan, N.N. Averchenko murakkab ashyolar kompozision va kollektiv murakkab ashyolarga bo'linadi, degan xulosaga keladi [2]. Uning fikricha, murakkab ashyolarni tasniflash mezoni jismoniy va funsional bog'lanish nisbati bilan belgilanadi. Kompozision murakkab ashyo jismoniy va funsional bog'langan komponentlar yig'indisidan iborat bo'lsa, funksional va yuridik jihatdan bog'langan komponentlar kollektiv murakkab ashyoni tashkil qiladi.

Qolaversa, xuddi shunga o'xshash fikrni E.A. Mazurning ilmiy qarashlarida ham ko'rishimiz mumkin. Uning fikricha, kollektiv va kompozision ashyolar fuqarolik huquqlarining murakkab obyektidir [4].

Shu bilan birga, agar kollektiv murakkab ashyoda funksional aloqa muvofiqlashtirilsa, birlashgan turli xil ashyolar oddiy kollektiv murakkab ashyoni vujudga keltiradi (masalan, choy idishlari to'plami, rasmlar kolleksiyasi, asarlar to'plami, texnologik (ishlab chiqarish) liniyasi va boshqalar). Agar funksional bog'lanish bo'ysunuvchi bo'lsa, mazkur ashyolar asosiy va mansub kabi turlarga ajratiladi (skripka va uning kamoni, mobil telefon va zaryadlovchi qurilma (hozirgi

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

zamonaviy iqtisodiy munosabatlarda zaryadlovchi qurilma asosiy ashyo sifatida qo'llanilmoqda), avtomobil va uning signalizatsiya tizimi va boshqalar). Shunga o'xshash fikrlar Y.G. Mudrova va N.N. Dalbayeva [3] tomonidan ham keltiriladi. Xususan, ular qayd etishicha, murakkab ashyo tushunchasining mohiyati sifat jihatidan yangi shakllanish majmuasiga (murakkab ashyo) birlashtirilgan bo'lib, u bundan buyon yagona huquq obyekti sifatida mavjud bo'ladi.

Murakkab ashyo o'zining yuridik tabiatiga ko'ra moddiy ne'mat ekanligini hisobga olib, uni mulkiy xususiyatga ega bo'lgan tovar deyish mumkin. D.S. Shipilovaning so'zlariga ko'ra, bunday ashyolar tovar shakliga ega bo'lib, moddiy dunyo obyektlari (mulk huquqi obyektlari) hisoblanadi [5].

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, qonunchilikda kompozitsion murakkab ashyo yetarli darajada aniqlashtirilmagan va tartibga solinmagan.

N.N. Averchenko murakkab ashyolarning fuqarolik huquqlarining boshqa obyektlari bilan umumiy xususiyatlarini ifodalab, irodaning yo'qligi va diskretlikni ajratib ko'rsatadi. Shuningdek, ularning boshqa ashyolar bilan umumiyligi sifatida moddiylik va egalik qilish imkoniyati mavjudligini, maxsus xususiyatlar sifatida (faqat murakkab ashyolarga xos demoqda muallif) esa, ko'plik va yaxlitlikni ajratib ko'rsatadi [2].

Biroq, murakkab ashyoning tarkibiy qismi bo'lgan ashyolarning mustaqilligi muammosi huquq nazariyasida ham, zamonaviy fuqarolik muomalasidagi huquqni qo'llash amaliyotida ham eng keskin hisoblanadi (chunki ashyo tarkibiy qismlari mustaqilligining maqsadga muvofiqligi to'g'risidagi masala Rim huquqidan beri bahs-munozaralarga sabab bo'lgan).

Yuqorida aytib o'tganimiz: qonun chiqaruvchi tomonidan murakkab ashyoga birlashish paytidagi ashyolar mustaqilligining tan olinishi (FK 91-modda 2-qismi) muammoli vaziyatni yuzaga keltiradi. Bir ashyoga nisbatan ikki mutlaq huquqning holati - bir shaxsning huquqi birlashgan ashyoga va boshqa shaxsning huquqi butun birlashtirilgan ashyoga (ya'ni nom berilgan ashyoga) nisbatan vujudga kelgan bo'lsa. Ushbu vaziyatda ko'rilayotgan ashyo uchun uchun ikkita huquq belgilanadi. Moddaning ikkinchi qismini talqin qilishda davom etsak, "agar bitim shartlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, unga kiritilgan barcha narsalarga taalluqlidir". Qonun chiqaruvchi ushbu obyektning shartnoma tarkibiy qismiga nisbatan imkoniyatini tan ola turib, uning mustaqil huquq obyekti sifatidagi rolini ta'kidlaydi.

Qonunda aniq bitim turlari ko'rsatilmagan, ya'ni u ijara yoki oldi-sotdi shartnomasi bo'ladimi, umuman, har qanday bitim bo'lishi mumkin. Amalda bino sovutish tizimi bir shaxsning mulki bo'lgan va umuman bino boshqa shaxsga tegishli

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

bo'lgan holatlar allaqachon mavjud. Bunday holatda bino egasi sovutish tizimini narigi tarafdan ijaraga olishga majbur bo'ladi. Fuqarolik qonunchiligidagi bunday holat hech bo'lmaganda fuqarolik muomalasi jarayonini murakkablashtirishi yoki ko'p hollarda uni butunlay tugatish xavfini vujudga keltiradi.

Xorijiy tajribaga, xususan, roman-german huquqiy oilaga mansub mamlakatlar qonunchiligiga murojaat qilsak, ko'plab tadqiqotchilar murakkab ashyolarni ichki huquqiy tartibga solish muammolarini hal qilishni Shveytsariya, Gollandiya, Germaniya kabi mamlakatlar huquqini o'rganish orqali hal etishga harakat qilishganligini ko'rishimiz mumkin.

Ko'hna qit'a mamlakatlari ta'limoti MDH davlatlari huquqidagi murakkab ashyoga o'xshash (tarkibi qismlardan iborat va asosiy ashyoning o'zini tashkil etuvchi). Kompozitsion ashyolar uni yagona ashyo deb hisoblash uchun zarur bo'lgan intensivlikni emas, o'zaro bog'liq bo'lgan bir nechta ashyolar ko'pligi (piyolalar kompleksi, kutubxona va boshqalar) o'rtasidagi farqni ko'rsatadi. Farqlashning asosiy mezoni ashyolarning bir-biri bilan bog'lanish intensivligidir. Asosiy ashyoni aniqlashning ikkinchi muhim mezoni - uning fuqarolik muomalasidagi ko'rinishi, tegishli doiralarning idrokiga ko'ra, umumiy foydalanishga ko'ra nom berilgan ashyo sifatida qaralishi kerak (Gollandiya fuqarolik kodeksi 5-kitobi, 14-modda) [6].

Shveytsariya Fuqarolik kodeksining 642-moddasiga ko'ra, ashyoning tarkibiy qismini aniqlash mezoni, jamoatchilik tomonidan uni idrok etishdan tashqari, uni asosiy ashyodan nobud qilish va shikast yetkazmay turib ajrata olish imkoniyatidir

Shunday qilib, kompozitsion ashyo iqtisodiy birlikni tashkil qiluvchi, lekin uning tarkibiy qismlari o'z mohiyatini (substansiyasini) yo'qotmaydigan va mustaqil bo'lishi mumkin bo'lgan ashyodir.

Shu sababli, Shveytsariya Fuqarolik kodeksi o'zining ba'zi normalarida to'g'ridan-to'g'ri tarkib bo'yicha har bir kollektiv qismlarning alohida huquqlar obyekti sifatida harakat qilish qobiliyatini istisno qiladi va, aksincha, ular o'rtasidagi aloqalarning intensivligini hisobga olgan holda alohida ashyolarning mustaqilligini ta'kidlaydi (642, 644-moddalar).

Germaniya fuqarolik huquqida boshqacharoq yondashuv mustahkamlangan bo'lib, Germaniya Fuqarolik kodeksi 93-moddasiga ko'ra, asosiy ashyoning tarkibiy qismlari moddiy va nomoddiyga bo'linadi. Moddiylik mezoni uning tarkibiy qismini asosiy ashyoni yo'q qilmasdan ajratishning mumkin emasligidan iborat. Bunday holda, to'g'ridan-to'g'ri qonun qoidalariga ko'ra, muhim tarkibiy qismlar mustaqil huquqlarning predmeti bo'la olmaydi [8].

[7].

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

Eng muhim jihat shundaki, Yevropa davlatlarining qonunchiligi murakkab ashyo alohida tarkibiy qismlarining mustaqil huquqlar obyekti bo'lish imkoniyatini e'tirof etib, bir qator muhim masalalarni batafsil tartibga soladi:

1. Yagona (murakkab) ashyo tarkibidagi bir nechta ashyoning bog'lanishi tugatilishining huquqiy oqibatlari haqida:

- murakkab ashyo tarkibiy qismlaridan birortasini chiqarib tashlash, va shu mustaqil ashyoning yuridik ahamiyatga ega bo'la olish oqibatlari;

- yangi ashyoga egalik huquqining vujudga kelishi.

2. Ikki yoki undan ortiq ashyoning qo'shilishi natijasida hosil bo'lgan, yangi murakkab ashyoning tarkibiy qismlari vazifasini bajaruvchi murakkab ashyoga egalik huquqining paydo bo'lishi asoslari bo'yicha:

- kompozitsion qismni yagona murakkab ashyoga kiritishning huquqiy oqibatlari to'g'risida.

Shunday qilib, mamlakatimiz fuqarolik huquqi qoidalarida murakkab, aslida kompozitsion ashyolarning huquqiy tartibga solinishini ko'rib chiqish bilan birgalikda, kollektiv murakkab ashyolarni tahlil qilishni davom ettirsak. Kollektiv ashyolar - bu alohida ashyolardan tashkil topgan murakkab ashyolarning bir turi bo'lib, ularning har biri o'ziga xos avtonom funksionallikka ega va bitta umumiy kollektiv nom bilan bog'langan. Bular sirasiga korxona, suratlar kolleksiyasi, kutubxona va boshqalarni kiritish mumkin. Masalan, korxona murakkab obyekt sifatida mulkiy kompleks va murakkab ashyoning bir turi sifatida turli xildagi transport, mashinalar, materiallar va mashinalar majmuasini mexanik jihatdan bog'lanmagan bo'lsa ham, lekin funktsional ravishda bog'langanligi tufayli o'z ichiga oladi. Zamonaviy ishlab chiqarish liniyasi asbob-uskunalar bilan jihozlangan bo'lib, u faqat birlikda, hatto alohida mashinalarning mexanik bog'lanishi bo'lmagan taqdirda ham alohida iqtisodiy ahamiyatga ega. Ma'lumki, kompleksning tarkibiy qismlari nafaqat aniq ifodalangan bo'lishi mumkin, ya'ni bitta poydevorda turishi, umumiy jismoniy biriktirilishi yoki aniq bo'g'inlarga ega bo'lmasligi va bir-biridan ma'lum masofada joylashgan bo'lishi mumkin. Chunki ular faqat birgalikda ishlaydi.

Agregatning elementlari o'rtasida funksional bog'liqlikning mavjudligi yoki yo'qligi haqidagi xulosa ravshan, chunki u ashyolarni an'anaviy tushunishga asoslanadi. Chunki ko'pgina mahsulotlar dastlab texnik xususiyatlariga ko'ra murakkab ashyoning majburiy qismlari (samalyot dvigatelining qismlari, kompyuter qattiq diskining tarkibiy qismlari) bo'lishi uchun yaratilgan. Ular fuqarolik muomalasida mustaqil ashyolar (tovarlar) sifatida muomalada bo'lishi mumkin, lekin foydalanish (iste'mol) bosqichida ular doimo bir-biri bilan faqat "majmua, to'plam" bo'lib ishlaydi, chunki Aristotel aytganidek, "Ba'zi (zarur) ne'matlar uchun ularning

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

zaruriyat sababi boshqa ne'mat bo'lsa, boshqalar uchun bunday sabab yo'q, lekin ular tufayli boshqa ne'matlar zaruriy tarzda mavjuddir [9].

Bir qator holatlarda tarkibiy qismlar umumiy maqsadining tartibga solinishi noaniq va nizolarni hal qilishda protsessual dalillarga muhtoj. Amaliy misol sifatida mashhur "Gambrinus ishi"ni keltirish mumkin. "Gambrinus" Ijevskdagi pivo zavodi bo'lib, bir muncha vaqt "Trast-kapital boshqaruv kompaniyasi" bilan birgalikda sanoat binolarini ijaraga berish bilan shug'ullanishgan. U yerda binolar maxsus jihozlar uchun mo'ljallangan, ammo ko'chmas mulk va jihozlar turli shaxslar egaligida edi, ammo keyin binolar egasi (boshqaruv kompaniyasi) uskunalar egasi bilan sheriklikni tugatishni so'radi, ammo binolarga zarar bermasdan buni amalga oshirish mumkin emas edi, chunki uskunalar ajratib bo'lmaydigan holatda o'rnatilgan edi. Rossiya Federatsiyasi Oliy Arbitraj sudi Prezidiumi doktrinaviy prinsiplar asosida bu vaziyatda aslida umumiy umumiy mulk huquqi mavjud deya qaror qabul qildi [10].

Ushbu holat korxonaning bir qismi mustaqil huquq obyekti sifatida harakat qilish imkoniyatini qonunchilik bilan mustahkamlash zaruriyatini yuzaga keltirdi va 2013-yilda Rossiya Fuqarolik kodeksiga yangi obyekt - yagona mulkiy kompleks kiritildi [11]. Umuman korxona yoki uning bir qismi mulkiy huquqlarni belgilash, o'zgartirish va tugatish bilan bog'liq oldi-sotdi, garov, ijara va boshqa bitimlar obyekti bo'lishi mumkinligi FK 85-moddasi 2-qismidan ma'lum.

Demak, "fuqarolik huquqlari obyekti" tushunchasining mazmuni haqidagi umumiy g'oyalarga asoslanib, murakkab ashyoning quyidagi xususiyatlarini ajratib ko'rsatish mumkin:

- agar ular fuqarolik muomalasida erkin bo'lsa, meros, hadya qilish yoki boshqa huquqlarni o'tkazish yo'li bilan bir shaxsdan boshqa shaxsga erkin begonalashtirilishi yoki o'tkazilishi mumkin;

- muomalada cheklangan bo'lishi mumkin;

- qiymatga ega bo'la olishi, ya'ni ijtimoiy subyektning (jamiyatdagi individ, odamlar guruhi) ehtiyojlarini, istaklarini, manfaatlarini qondirish uchun obyekt bo'la olish xususiyatiga ega bo'lishi.

Ushbu ishlanmada olib borilgan murakkab ashyolarning tahlili yuzasidan quyidagilarni taklif va xulosalarni keltirib o'tishimiz mumkin:

Birinchidan, murakkab ashyo tarkibiy qismlarining murakkab ashyoning bir qismi bo'lish davrida mustaqil huquq obyekti bo'la olish imkoniyatini qayta ko'rib chiqish;

Ikkinchidan, yangi shakllangan murakkab ashyoga egalik huquqining paydo bo'lishi uchun asoslarni belgilash;

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

Uchinchidan, mustaqil ashyoning huquqiy ahamiyatga ega bo'lish oqibatlarini ko'rib chiqish.

REFERENCES

1. Римское частное право: учебник/ под ред. И.Б. Новиско, И.С. Перетерского. М.: Юрист, 1997;

2. Аверченко Н.Н. Правовой режим сложных вещей. Диссертация ... канд. юр. наук. СПб., 2005;

3. Mudrova E.G. A complicated thing as an object of civil law / E.G. Mudrova, N.N. Dalbaeva. / Actual problems of law: materials of the VII Intern. nauch. Conf. (Saint-Petersburg, July 2018). SPb.: His publishing house, 2018. S. 30—34;

4. Mazur E.A. The ratio of the legal categories of "Complicated thing" and "Complex object" under the Civil legislation of the Russian Federation // Actual problems of humanitarian and natural Sciences. 2012. pp. 1-5;

5. Shipilova D.S. Tangible and intangible benefits as objects of civil rights // International Journal of Humanities and Natural Sciences. 2020. pp. 210-212;

6. Gollandiya Fuqarolik kodeksi 5-kitobi (Burgerlijk Wetboek Boek 5) // Available at: https://wetten.overheid.nl/BWBR0005288/2018-09-19 (tashrif sanasi: 22.01.2023);

7. Shveytsariya Fuqarolik kodeksi (Swiss Civil Code) // Available at: https://www.fedlex.admin.ch/eli/cc/24/233 245 233/en (tashrif sanasi: 22.01.2023);

8. Germaniya Fuqarolik kodeksi (German Civil Code) // Available at: https://www.gesetze-im-internet.de/englisch bgb/englisch bgb.html#p0279 (tashrif sanasi: 22.01.2023);

9. Aristotel, Metafizika. — M.: Eksmo, 2006. — 608 b.;

10. Rossiya Federatsiyasi Oliy Hakamlik sudi Prezidiumining № 12505/13-sonli qarori // Available at: http://www.vsrf.ru/files/17404/ (tashrif sanasi: 23.01.2023);

11. Rossiya Federatsiyasi Fuqarolik Kodeksi birinchi qismi 3-kichik bo'limiga o'zgartirishlar kiritish to'g'risida. 2013-yil 2-iyuldagi 142-FZ-sonli Federal qonuni // ConsultantPlus. Available at: http://www.consultant.ru/document/cons doc LAW 148454 / (tashrif sanasi: 23.01.2023).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.