Научная статья на тему 'MUQOBIL ENERGIYA –IQTISODIY TEJАMKORLIK GАROVI'

MUQOBIL ENERGIYA –IQTISODIY TEJАMKORLIK GАROVI Текст научной статьи по специальности «Физика»

CC BY
32
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
energiya / quyosh / shamol / muqobil / ekologik / quvvat / energiya tejamkorlik.

Аннотация научной статьи по физике, автор научной работы — Qilichov Sobir Savriyevich

Maqolada so‘nggi yillarda respublikaning iqtisodiy va ijtimoiy sohalarida elektr energiyasini tejashni ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, jumladan qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirishva respublikada energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha hukumatning asosiy qarorlari, elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarishda ishlatiladigan asosiy yoqilg‘i tarkibida tabiiy gaz va boshqa an’anaviy uglevodorod yoqilg‘ilari hosil bo’layotgan muammolarni yechimi sifatida quyosh stansiyalari va shamol stansiyasilaridan umumli foydalanish kerak ekanligi taxlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUQOBIL ENERGIYA –IQTISODIY TEJАMKORLIK GАROVI»

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS ANO SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

tashkent, o-8 MAv 2004 www.in-academy.uz

MUQOBIL ENERGIYA - IQTISODIY TEJAMKORLIK GAROVI

Qilichov Sobir Savriyevich

Toshkent Amaliy fanlar universteti, Katta o'qituvchisi. Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Gavhar ko'chasi, 1-uy.

[email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.13378603 Annotatsiya: Maqolada so'nggi yillarda respublikaning iqtisodiy va ijtimoiy sohalarida elektr energiyasini tejashni ta'minlash bo'yicha keng ko'lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, jumladan qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirishva respublikada energiya samaradorligini oshirish bo'yicha hukumatning asosiy qarorlari, elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarishda ishlatiladigan asosiy yoqilg'i tarkibida tabiiy gaz va boshqa an'anaviy uglevodorod yoqilg'ilari hosil bo'layotgan muammolarni yechimi sifatida quyosh stansiyalari va shamol stansiyasilaridan umumli foydalanish kerak ekanligi taxlil qilingan.

Kalit so'zlar: energiya, quyosh,shamol,muqobil,ekologik,quvvat, energiya tejamkorlik.

KIRISH

Insoniyat hayot tarzining asosini energiya tashkil qilishi hech kimga sir emas. Inson tomonidan iste'mol qilinayotgan umumiy energiya miqdori tarixiy rivojlanish bosqichlariga bog'liq. Masalan, ibtidoiy jamoa davrida, inson tomonidan bir kunda iste'mol qilinadigan o'rtacha quvvat, ya'ni ularning yashashini ta'minlovchi metabolik energiya oziq-ovqatlar hisoblangan. Uning miqdori taxminan 2,4 kVt soatdan iborat bo'lsa, bugungi rivojlangan g'arb mamlakatlarining yashash darajasida bu ko'rsatkich ibtidoiy jamoa tuzimiga qaraganda 10 martadan ko'p va u 250 kVt soatni tashkil qilmoqda.

Bu ko'rsatkich insonning nafaqat tirikligini ta'minlovchi metabolik energiyani, balki uning barcha zamonaviy ehtiyojlari: aloqa, elektr va issiqlik energiyasi, transport kabilarni o'z ichiga oladi. Jahon mamlakatlari miqyosida fuqarolarning bunday talablarini uzilishlarsiz qondirish uchun albatta katta miqdordagi energiya zarur bo'ladi.

Aholisi soni 10 million atrofida bo'lgan Shvetsiya qirolligida yiliga o'rtacha 169,9 TVt soat (teravatt-soat) elektr energiyasi ishlab chiqarilsa, aholisi 36 milliondan ziyod bo'lgan mamlakatimizda 70,01 TVt soat, ya'ni 2,4 marta kam elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Kishi boshiga to'g'ri keladigan elektr energiya miqdorini solishtirish uchun jahonda yashash tarzi bo'yicha eng yuqori o'rinlarda turadigan Shvetsiya qirolligida bu ko'rsatkich o'rtacha 13 480 kVt soatni, mamlakatimizda esa 1645 kVt soat (8 marta kam)ni tashkil qiladi. Demak, mamlakatning yoki jamiyatning rivojlanish darajasi qancha yuqori bo'lsa, shuncha ko'p elektr energiyasi iste'mol qilinadi.

O'zbekiston iqtisodining katta sur'atlar bilan rivojlanishi, yangi zavod va fabrikalarning qurilishi

hamda ishga tushirilishi, transport va infrastrukturalardagi o'zgarishlar, aholi sonining katta tezlik bilan o'sishi mamlakatimizda elektr energiyasiga bo'lgan talabning keskin ortishiga olib kelmoqda.

Kelajakda O'zbekiston Respublikasida energetik, ekologik, iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlashda hamda energetika sohasini barqaror rivojlanishi uchun qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish, shak-shubhasiz zarurdir. Kelgusi avlodlar uchun tabiiy boyliklarni saqlab qolish va ekologiyani muhofaza qilishning zaruriy sharti qayta tiklanadigan va muqobil energiya manbalarini o'zlashtirish hisoblanadi.

Maishiy uskunalarini ishlab chiqarishda energiya tejamkor markirovkalarini qo'yish standartlari joriy etildi. Ko'chalar, turar-joy va ijtimoiy binolarni yoritishda energiya tejovchi lampalar hamda energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish ishlari olib borilmoqda va respublika hududida 40 Vtdan ortiq kuchlanishli lampalarni sotilishi to'xtatildi. Energetika sohasida zamonaviy bug' va gaz turbina qurilmalarini joriy etish bo'yicha investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.

Shu bilan bir qatorda, qabul qilinayotgan chora-tadbirlarga qaramay, mamlakat iqtisodiyotining energiya sarfi yuqori darajada saqlanib qolmoqda. Qayta tiklanadigan energiya manbalarini sanoat ishlab chiqarilishida jalb qilish hisobiga yoqilg'i energetika balansini diversifikatsiya qilish darajasi jahon tendensiyalariga mos kelmaydi. Elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarishda ishlatiladigan asosiy yoqilg'i tarkibida tabiiy gaz va boshqa an'anaviy uglevodorod yoqilg'ilarining turlari ustunlik qiladi.

. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE 55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of

I Li I toe^centurv

TASHKENT, 6-8 MAY 2004

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishining beshta ustuvor yo'nalishlari bo'yicha harakat Strategiyasida belgilangan sohadagi ustuvor yo'nalishlarni amalga oshirish uchun qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, ishlab chiqarishda energiya sarfini qisqartirish, mahalliy ilmiy-texnik ishlanmalarning amaliyotda tatbiq etilishini muvofiqlashtirish va ilg'or xalqaro energiya tejovchi texnologiyalarni tadqiq etish ishlari amalga oshirilmoqda.

Bunday sharoitda shamol va quyosh energiya manbalaridan foydalanish ham muhim ahamiyatga ega. Dunyoning rivojlangan davlatlariga e'tibor qaratadigan bo'lsak, Kosta-Rika energiyasining 98 foizini qayta tiklanadigan manbalardan ishlab chiqaradi. Bu jarayonda gidro, geotermal, shamol, biomassa va quyosh energiyasidan foydalaniladi. Shotlandiyada elektr energiyasiga bo'lgan ehtiyojning 97 foizdan ortig'ini qayta tiklanadigan manbalarga to'g'ri keladi. Germaniyada esa qayta tiklanadigan manbalar 2035 yilda 100 foizga yetishi kutilmoqda. Xitoy shamol va quyosh energiyasini ishlab chiqarish bo'yicha dunyoda yetakchi hisoblanadi. Pekin 2025 yilga borib energiyaning uchdan bir qismini qayta tiklanadigan manbalardan ishlab chiqarishni maqsad qilgan.

Endi yurtimizdagi imkoniyatlar va bugungi holat haqida to'xtalsak. O'zbekistonda yiliga o'rtacha 300 kun quyoshli bo'lib, bu 51 000 trillion kVt/soat energiya salohiyatiga ega. Bu salohiyatdan foydalanish orqali tabiiy gazga bo'lgan ehtiyojni, atrof-muhitga bo'lgan salbiy ta'sirni kamaytirish mumkin Mamlakatni 2022-2026-yillarga mo'ljallangan Taraqqiyot strategiyasida "yashil" energetikani rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilgan. Unga ko'ra, 2026 yilga borib O'zbekistonda quyosh va shamol elektr stansiyalari hajmi 8 000 MVtga yetkaziladi. Buning natijasida yurtimizda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining 25 foizi qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini tashkil etadi. Bu yiliga qariyb 3 mlrd. kub metr tabiiy gazni tejash imkonini beradi.

TADQIQOT NATIJALARI

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanishni kengaytirish masalalari bo'yicha o'tkazilgan yig'ilishda bugungi kunda yurtimizda 2-3 milliard kilovatt soat elektr energiyasiga qo'shimcha talab borligi, kelgusi besh yilda esa bu ehtiyoj 10 milliard kilovatt soatga oshishi

kutilayotganligini aytib, bunday vaziyatda eng samarali yo'l uy, korxona, bog'cha, maktab va shifoxonalarda muqobil energiyadan foydalanishni ko'paytirish ekanligini ta'kidladi. Birgina, tejalgan gaz bilan yil davomida 1 million xonadonni tabiiy gaz bilan ta'minlash mumkin. Noan'anaviy energiya manbalaridan foydalanish mavjud gaz, elektr, ko'mir zaxiralaridan iloji boricha kamroq foydalanishga zamin yaratadi. Shuning uchun energiya tejamkor texnologiyalarni takomillashtirish, ishlab chiqarish va xalq xo'jaligiga joriy qilish yuqori naf keltiradi. Xususan, O'zbekiston iqlim sharoitini hisobga olgan holda energiya saqlash tizimiga ega bo'lgan quyosh fotoelektr tizimi orqali mahalliy elektr tarmog'i bilan parallel holda ishlaydigan elektromobillarni tez zaryadlash qurilmasi ishlab chiqilgan. Bu tizim yiliga 32 ming kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarib, 950 ta elektromobilni zaryadlash imkoniyati yaratiladi hamda 11,2 ming kub metr tabiiy gaz tejalib, atmosferaga 19,8 tonna zararli gazlar chiqishining oldi olinadi.

Quyosh energiyasidan foydalanish barobarida yangi ish o'rinlarini kengaytirish mumkin. Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT) tomonidan o'tkazilgan tadqiqotga ko'ra, qayta tiklanadigan energiya sektori qazib olinadigan yoqilg'i sektoriga qaraganda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi birligiga ko'proq ish o'rinlarini yaratishi mumkin. Masalan, quyosh energiyasi har bir MVt quvvatga 11 tagacha ish o'rni yaratsa, ko'mir esa har MVtga atigi 1-7 ish o'rni yaratishi mumkin. Bu esa energiyadan foydalanish imkoniyatini yaxshilashi, energiyaga bo'lgan talabni qondirishi bilan birga ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishni yaxshilashi mumkinligini bildiradi.

O'zbekistonning g'arbiy hududlari shamolli hudud ekanligini inobatga olib, respublikamiz uchun ahamiyatga ega bo'lgan yana bir muqobil energiya manbasi bu shamol energiyasidir. Global shamol energetikasi kengashi (GWYeC) ma'lumotlariga ko'ra, shamol energetikasi quvvati ham jahon miqyosida o'sib bormoqda, bunda Xitoy, AQSh va Germaniya kabi davlatlar yetakchilik qiladi. Jahon statistikasi shuni ko'rsatadiki, shamol energiyasi quvvati 2020 yilda 93 GVt ga oshgan bo'lsa, 2026 yilga borib 1123 GVtga yetishi kutilmoqda. Shamol energiyasi ham ish o'rinlari yaratishi va mahalliy iqtisodiyotni oshirish imkonini beradi.

O'zbekiston dunyodagi energiya mustaqilligiga ega bo'lgan kamsonli mamlakatlardan biridir. Bizda elektr energiya ishlab chiqarishda resurslarning asosini tabiiy gaz va neft mahsulotlari tashkil qiladi. Uglevodorod resurslarini tejashda, mamlakatning energiya

. . .E.jÎ.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE

55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF

I Li I ™ ^ЭТ CENTURY

TASHKENT, e-e MAY 2024

xavfsizligini ta'minlashda qayta tiklanuvchi energiya manbalarining muhimligini, shuningdek (qTEM) markazlashgan energiya manbalaridan (elektr energiyasi, tabiiy gaz, issiq suv) uzoqda yashaydigan aholini, toh va cho'llarda istiqomat qiluvchi aholini, mavsumiy ishdagilar yoki ekspeditsiyadagilarni elektr energiyasiga, issiqlik va ichimlik suvga bo'lgan talablarini qondirishda hal qiluvchi ahamiyatga egaligini hisobga olgan holda bu yo'nalishni rivojlantirishga ko'proq ahamiyat berilmoqda.

Hozirgi vaqtda bu sohada yetarlicha tajriba to'plangan. qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ko'pgina qurilmalaridan foydalanish bo'yicha o'tkazilgan tajribalar shuni ko'rsatadiki, ularga boshlanhich nisbatan katta mablah sarflansada, iqtisodiy jihatdan ular o'zlarini oqlaydilar. Birlamchi energiya tashuvchilar narxlarining oshib ketishi (geologorazvedka, qazib olish, yetkazib berish) va ikkinchi tomondan qayta tiklanuvchi energiya texnologiyalarining rivojlanishi bilan bu energiya tobora raqobatdosh bo'lib bormoqda.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining afzalliklaridan biri elektroenergiya ishlab chiqarishda uglevodorodli energiya manbalaridan foydalanish imkoniyatini kamaytiradi va ularni neft-kimyo sanoatida xom ashyo sifatida ishlatish uchun saqlab qolish imkonini beradi.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari, odatda yetarlicha katta bo'lgan aholi yashash joylarini, yirik sanoat korxonalari va muassasalarni energiya bilan to'la taminlash imkoniga ega emas. Mamlakatimizda, xususan ekologik jihatdan noqulay hududlarda qayta tiklanuvchi ekologik toza energiya manbalarini qo'llash katta istiqbolga ega va bu ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy samaralar beradi.

MUHOKAMA

Bugungi kunda O'zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan amaliy foydalanish bo'yicha ishlar izchillik bilan olib borilayapti. Nega deganda, neft, gaz kabi an'anaviy energiya manbalarining zaxirasi cheklangan. Qolaversa, ularning tabiatga zarari ham ko'p. Shu bois rivojlangan davlatlar "yashil" energetikaga o'tmoqda. Bunday sa'y-harakatlar nafaqat bugun, balki kelajak uchun juda muhim.

Mamlakatimiz suv oqimlari, quyosh nuri, shamol, biomassa va geotermal resurslar kabi ne'matlardan foydalanish bo'yicha qulay imkoniyatlarga ega. Ularni o'zlashtirish respublikada tabiiy resurslarni kelgusi avlodlar uchun asrab qolgan holda, energetikani barqaror rivojlantirishni ta'minlashning zarur sharti hisoblanadi.

Prezidentimiz raisligida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ko'paytirish va sohani rivojlantirish masalalari muhokamasi yuzasidan o'tkazilgan yig'ilishda bu borada qilinishi kerak bo'lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Xususan, 2022-2024 yillarda 3 milliard dollar to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar hisobiga, jami quvvati qariyb 3 ming megavattli 10 ta quyosh va shamol elektr stansiyalarini barpo etish rejalashtirilgan.

Kelgusi yilda Xorazm, Buxoro, Qashqadaryo, Namangan va Farg'ona viloyatlarida jami 900 megavattli yana 5 ta quyosh elektr stansiyasini barpo etish bo'yicha investorlar tanlovi yakunlanadi.

O'zbekiston Respublikasining o'ziga xos iqlim sharoitlarida qayta tiklanuvchi energiya man'balaridan foydalanishning kelajagi judayam porloq. Ayniqsa, bu quyosh energiyasiga tegishli. O'zbekistonning quyosh energiyasi bo'yicha yalpi salohiyati 50 973 mln. tonna neft ekvivalentiga teng deb baholanadi, bu esa respublika hududidagi hozirgacha tekshirilgan barcha qayta tiklanuvchi energiya manbalarining 99,7 % iga teng.

Respublikada quyoshli vaqt bir yilda shimolda 2000 soatga yetadi va janubiy hududlarda 3000 soatdan oshadi. Sutka davomida quyosh nur sochishi 7-10 soat, yillik jami nurlanish shimolda 4800 MDj /m2 dan janubda 6500 MDj /m2 gacha o'zgarib turadi.

Dunyoda foydalaniladigan qayta tiklanuvchi energiya turlaridan biri shamol energiyasidir. O'zbekistonda shamol energiyasining yalpi salohiyati 2,2 mln.t.n.e. deb baholangan. O'zbekiston hududining geografik holatiga ko'ra, shamol oqimlari mavsumiy xarakterga ega. Tekisliklarda shamolning yillik o'rtacha tezligi 2,0-5,0 m/sek ni tashkil qiladi.

Ko'p yillik tadqiqotlar O'zbekiston xududida 8ta gidrotermal resurslar havzalarini aniqlash imkonini berdi. Geotermal resurslarning yalpi salohiyati 244,2 ming tonna shartli yoqilhi deb baholangan, texnikaviy salohiyati esa aniqlanmagan. Geotermal suvlarning eng katta salohiyati Farhona vodiysiga (Namangan viloyati

- 42,6 ming tonna shartli yoqilhi) va Buxoro viloyatiga

- 81,2 ming tonna shartli yoqilhi to'hri keladi.

O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo'mitasi qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan amalda foydalanish yo'lida aniq ishlar olib bormoqda. Ekologik toza qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng tarhibot-tashviqot qilish, xo'jalikning turli sohalariga tadbiq qilish maqsadida O'zbekiston Republikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo'mitasi huzurida ihtisoslashgan mahsus «Eko-energiya» Ilmiy-tadbiqiy Markazi faoliyat olib bormoqda. "Eko-energiya" Markazi

. PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE

55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF

I Li I ™ ^ЭТ CENTURY

TASHKENT, 6-8 MAY 2004

tomonidan korxona va

chiqindilardan), mikro-GES o'rnatildi va ishga tushirildi.

XULOSA

«Eko-energiya» Ilmiy-tadbiqiy Markazi hodimlari qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish va uni rivojlantirish bo'yicha xalqaro loyihalarda ham faol ishtirok etmoqdalar. Masalan, Markaz xodimlari BMT Taraqqiyot Dasturining «qoraqalpohistondagi qishloq jamoasi uchun toza energiya» - 1 va 2 fazalari (fotoelektr stansiyasi) loyihasida,

«Ekologiya va Energiya» Mamlakat dasturida (quyosh fotoelektr stansiyalari va quyosh kollektri),

«O'zbekistonda biogaz texnologiyalarini rivojlantirishga ko 'mak berish» va «Milk-Agro» Fermer xo'jaligida biogaz uskunasi monitoringi» va boshqa loyihlarda bevosita ishtirok etdilar.

«Eko-energiya» Ilmiy-tadbiqiy Markazi BMT Taraqqiyot Dasturining mintaqaviy Markazi ko'magida Yevropa va MDX bo'yicha o'tkazilgan «Eng yaxshi amaliyot» Xalqaro ko'rigida samarali ishtirok etdi. Xususan, Markaz jamoasi «Ekologik toza texnologiyani o'zlashtirish va qishloqlar uchun qishloq xo'jaligi va maishiy chiqindilar asosida qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi kichik sexlari tashkil etish» loyihasi bilan birinchi o'rinni egalladi. «qoraqalpohiston ahilisi uchun toza energiya» loyihasi bilan ikkinchi o'rinni egalladi va «qayta tiklanuvchi energiya» nominatsiyasida «O'zbekiston Respublikasi, Buxoro viloyatidagi «Jayron» Ekomarkazida fotoelektr stansiyasi va quyosh suv issitgichlarni ishlatish» loyihasi bilan holib bo'ldi.

O'zbekistonda BMT Taraqqiyot dasturi, GEJ Kichik grantlar dasturlarining mahalliy hamkorlar bilan qayta tiklanuvchi energiya manbalarini qo'llash ko'lamini kengaytirishga, bu yo'nalishdagi milliy bozor va texnologiyalarni rivojlantirishga yo'naltirilgan qator loyihalari muvaffaqiyatli bajarilmoqda

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

[1] Kazuo Matsuda, Yasuki Kansha, Chihiro Fushimo, Atsushi Tsutsumi, Akira Kishimoto. Advanced Energy Saving and its Applications in Industry. Japan - «Springer», 2013. -94 P

[2] Аллаев K.P. Электроэнергетика Узбекистана и мира, - Т.: Fan va texnologiya, 2009. - 463 с.

[3] Аллаев К.Р. Энергетика мира и Узбекистана, — Т.: Moliya, 2007. -388 с.

[4] Elektr tarmoqlari va sistemalari: uslubiy qo'llanma/ O'zR O O'MTV; Rasulov A.N., Taslimov A.D.,

MfeßhMMla0iih§ . , Raxmonov bUyUrfcshteiit: TDäMsdä 4joraqalpohiston

90 b.

[5] Xoshimov F.A., Taslimov A.D. Energiya tejamkorligi asoslari. O'quv qo'llanma. - T.: Voris, 2014.

[6] Karimov X.G., Bobojonov M.Q. Avtomatik boshqarish va rostlash nazariyasi asoslari. 0 'quv qo'llanma. -T.: Intellekt ekspert, 2014.

[7] Xoshimov F.A., Taslimov A.D. Energiya tejam korligi asoslari. O'quv qo'llanma. - T.: Vneshinvestrom, 2014.

[8] Karimov X.G., Rasulov A.N., Taslimov A.D. Elektr tarmoqlari va tizimlari. 0 'quv qo'llanma. - T.: Tafakkur qanoti, 2015. 9. Karimov R.CH., Rafikova G.R. Elektr xavfsizligi asoslari. O'quv qoTlanma. - T.: Spektrum media, 2015

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.